02.07.2012 yildagi 190-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 10.11.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DALA SHAROITLARIDAGI ISHLARDA BAND BOʻLGAN XODIMLARGA DALA USTAMASI TOʻLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 288-moddasiga va Soliq kodeksining 369-moddasiga muvofiq dala sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlarning mehnatini yanada ragʻbatlantirish va qoʻshimcha xarajatlarining oʻrnini qoplash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dala sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlarga dala ustamasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dala sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlarga mehnat haqi tumanlar boʻyicha tartibga solinadigan, shu jumladan noqulay tabiiy iqlim-sharoitlaridagi joylarda ishlaganlik uchun tuman koeffitsiyentlari boʻyicha toʻlovlar qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 2-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
190-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 2-iyuldagi 190-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dala sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlarga Dala ustamasi toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom dala sharoitlarida geologiya-qidiruv, topografiya-geodeziya, loyiha-izlanish, ilmiy-tadqiqot ishlarini hamda boshqa ishlarni bajaradigan tashkilotlar (korxonalar) xodimlariga dala ustamasi (nafaqasi) toʻlashning umumiy tartibini va miqdorlarini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xodimlarga dala ustamasi ishlovchilarning vaqtincha noqulay mehnat va maishiy sharoitlar sababli dala sharoitlaridagi ishlarni bajarish, shuningdek ishlab chiqarish obyektlarining aholi punktlaridan tashqarida joylashganligi bilan bogʻliq ortiqcha xarajatlarning oʻrnini qoplash maqsadida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagi xodimlar dala ustamasi olish huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) dala sharoitlarida ishlovchilar va dala ishlari amalga oshirilayotgan joylarda yashovchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ushbu Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan geologiya-qidiruv, topografiya-geodeziya, loyiha-izlanish va boshqa tashkilotlar (korxonalar)ga bevosita ularning bazaviy dala shaharchalarida xizmat koʻrsatish uchun maxsus tashkil etilgan maktablar, tibbiyot, madaniy-maʼrifiy, maktabgacha taʼlim muassasalari va boshqa yordamchi boʻlinmalar xodimlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Dala nafaqasi xodimlarga, egallab turgan lavozimi va oylik maoshidan qatʼi nazar, dala nafaqasi hisoblab yoziladigan sanada quyidagi miqdorlardan kam boʻlmagan miqdorda toʻlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bevosita dala ishlari oʻtkaziladigan obyektlarda, tashkilotning daladagi bazaviy shaharchasidan tashqarida ishlaganda — kunlik mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining yetti foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarning daladagi bazaviy shaharchalarida bajariladigan ish uchun — kunlik mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining ikki foizi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(41 va 42-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻz xodimlariga dala ustamasi (nafaqasi) toʻlash huquqiga ega boʻlgan tashkilotlar roʻyxati mansubligi boʻyicha vazirliklar va idoralar tomonidan, vazirliklar va idoralar tarkibiga kirmaydigan tashkilotlar (korxonalar) tomonidan esa — mustaqil ravishda (Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishgan holda) tasdiqlanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Dala ishlariga yuborilayotgan xodimlarga dala ustamasi toʻlash tashkilot (korxona) boʻyicha tegishli buyruq bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Dala ustamasi dala ishlari amalga oshirilayotgan joyda haqiqatda boʻlingan kalendar kunlar uchun toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan miqdorlardagi dala ustamasi oʻrtacha oylik ish haqini hisoblashda hisobga olinmaydi va Soliq kodeksiga muvofiq xodimning daromadi sifatida hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Dala ustamasi toʻlash xodim dala ishlari olib borilayotgan joyda yoki bazaviy dala shaharchasida boʻlgan quyidagi holatlarda saqlanib qoladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) vaqtinchalik ishga layoqatsiz boʻlgan davrda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat yoki jamoat vazifalarini bajarish vaqtida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Dala ustamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) har kuni doimiy yashash joyiga qaytib kelish imkoniyatiga ega boʻlgan barcha toifadagi xodimlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) har yilgi mehnat taʼtilida boʻlingan vaqt uchun toʻlanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xodim xizmat safariga yuborilganda dala ustamasi toʻlash toʻxtatiladi. Bunday holatlarda xarajatlar oʻrnini qoplash xizmat safarlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tashkilotlar (korxonalar)ning jamoa shartnomalarida, jamoa kelishuvlarida va mehnat shartnomalarida dala ustamasi ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan miqdorlardan ortiq miqdorda nazarda tutilishi mumkin, uni toʻlash budjetdan tashqari manbalar hisobiga amalga oshiriladi. Tashkilot (korxona)lar dala ustamasini oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan dala ustamasi toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar tegishli xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan normalardan ortiq miqdorda toʻlanadigan dala ustamasi Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq jismoniy shaxslarning daromadlari deb hisoblanadi va ulardan soliq olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 26-27-son, 297-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 09.06.2020-y., 09/20/366/0740-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 31.08.2022-y., 09/22/485/0789-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son; 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son)