Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.01.2019 03.07.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2377
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.01.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ TAʼLIMI MUASSASASINING VASIYLIK KENGAShI TOʻGʻRISIDAGI NAMUNAVIY NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 3-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2377]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 18-mh-sonli ““Xalq taʼlimi muassasasining Vasiylik kengashi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2377-1, 11.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi 203-son “Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta taʼlimni tashkil etish toʻgʻrisida”gi, 2004-yil 5-avgustdagi 372-son “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 31-son, 356-modda) hamda 2007-yil 25-oktabrdagi 225-son “Maktabgacha taʼlim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 43-son, 431-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalq taʼlimi muassasasining Vasiylik kengashi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir T. ShIRINOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 13-iyun,

185-son

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2012-yil 13-iyundagi 185-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi muassasasining Vasiylik kengashi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi 203-son “Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta taʼlimni tashkil etish toʻgʻrisida”gi, 2004-yil 5-avgustdagi 372-son “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 31-son, 356-modda) hamda 2007-yil 25-oktabrdagi 225-son “Maktabgacha taʼlim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 43-son, 431-modda) qarorlariga muvofiq, Vasiylik kengashining (keyingi oʻrinlarda Kengash deb yuritiladi) maqsad va vazifalari, huquq va majburiyatlari hamda uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan xalq taʼlimi muassasalariga (maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim, maktabdan tashqari taʼlim) (keyingi oʻrinlarda taʼlim muassasasi deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kengash har bir taʼlim muassasasida jamoatchilik asosida taʼlim-tarbiya jarayonlarini qoʻllab-quvvatlash hamda unga moliyaviy va huquqiy sohalarda koʻmaklashish uchun tashkil etiladi. Kengash yuridik shaxs hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kengash oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa qonun hujjatlari, shuningdek taʼlim muassasasining Ustavi hamda mazkur Nizom asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Kengashning maqsad va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kengashning maqsadlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasasida oʻquvchilar (tarbiyalanuvchilar)ning toʻlaqonli taʼlim-tarbiya olishlari uchun qulay sogʻlom muhitni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasasining oʻquv va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, uning faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasasi oʻquvchilari (tarbiyalanuvchilari)ning oʻqishi va maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy hamda sport tadbirlarida ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlarni yaxshilashda taʼlim muassasasi rahbariyati bilan hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasasida darsdan tashqari mashgʻulotlarni tashkil etish va takomillashtirishga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim-tarbiya ishlarini shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini koʻzlagan holda amalga oshirishda, shuningdek oʻquvchilar (tarbiyalanuvchilar)ning har tomonlama kamol topishi uchun shart-sharoitlarni yaxshilashda taʼlim muassasasiga koʻmak va tavsiyalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiylik mablagʻlari hisobidan taʼlim muassasasini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, uning binosini taʼmirlash va hududini obodonlashtirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiylik mablagʻlarini taʼlim muassasasida ijodkor va iqtidorli oʻquvchilarni (fan olimpiadalari, sport musobaqalari, turli koʻrik-tanlovlar gʻoliblarini) ragʻbatlantirish ishlariga yoʻnaltirish boʻyicha taʼlim muassasasi rahbariyatiga tavsiyalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilar (tarbiyalanuvchilar) bilan turli ommaviy tadbirlar, sayohatlar, uchrashuvlar, sport-sogʻlomlashtiruvchi tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishda taʼlim muassasasi rahbariyatiga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Kengash faoliyatini tashkil etish, uning tarkibi va tuzilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Taʼlim muassasasi rahbariyati tomonidan Kengashni tashkil etish boʻyicha yigʻilish oʻtkazilishidan oʻn kun oldin yigʻilish oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida eʼlon, shuningdek mazkur Nizomning nusxasi barchaning tanishib chiqishi uchun taʼlim muassasasida osib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kengash yetti kishidan kam boʻlmagan toq sondan iborat tarkibda oʻquvchilar (tarbiyalanuvchilar)ning ota-onalari (qonuniy vakillari), taʼlim muassasasi faoliyatini rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan faxriylar bilan oʻtkaziladigan umumiy yigʻilishda barcha aʼzolarining teng huquqliligi asosida tashkil etiladi. Kengash tarkibi aʼzolarining soni cheklanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash tarkibiga taʼlim muassasasi faoliyatiga ulkan hissa qoʻshib kelayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoat tashkilotlarining vakillari kirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kengash aʼzolarining roʻyxati uning birinchi Umumiy yigʻilishida tuziladi, Kengash raisi, uning oʻrinbosari va kotib saylangandan soʻng Kengash qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kengash har yili rais, rais oʻrinbosari, kotib va kengash aʼzolaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim muassasasi rahbari, uning oʻrinbosarlari hamda ularning yaqin qarindoshlari Kengash aʼzolari boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kengash raisi, uning oʻrinbosari va kotib Kengash aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kengash raisi va uning oʻrinbosari oʻz navbatida taʼlim muassasasining pedagogik kengashi aʼzosi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kengash kotibi Kengash hujjatlarini yuritish va saqlashni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. Kengashning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kengash quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi, uning oʻrinbosarini va kotibni saylash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiylik mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlarini belgilash hamda uning ijrosi boʻyicha har chorakda taʼlim muassasasi hisobchisining hisobotini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatilayotgan homiylik mablagʻlarini belgilangan tartibda taʼlim muassasasining gʻaznachilikda ochilgan hisob raqamiga kirim qilinishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda Kengash raisining Kengash faoliyati yuzasidan hisobotini eshitish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosini, shuningdek homiylik mablagʻlari hisobiga amalga oshirilgan ishlarning bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasasi ichki tartib qoidalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, shuningdek pedagogik kengashga tegishli taklif va mulohazalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonida jamoatchilik asosida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha taʼlim muassasalarida moliyaviy yil boshlangunga qadar Kengash yigʻilishi bayonnomasiga asosan toʻlovlardan ozod qilinadigan kam taʼminlangan oilalarning bolalari (tarbiyalanuvchilar) roʻyxatini tasdiqlashda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Kengashning majburiyatlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda oʻz faoliyati toʻgʻrisida pedagogik kengashga hisobot taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasasida muammoli masalalar yechimini topishda oʻz vakolatlari doirasida koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash zimmasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V bob. Kengash organlari va ular faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Umumiy yigʻilish Kengashning oliy boshqaruv organi hisoblanadi. Umumiy yigʻilish Kengash faoliyatining barcha yoʻnalishlari boʻyicha qarorlar qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Umumiy yigʻilish har chorakda kamida bir marta chaqiriladi. Umumiy yigʻilish uning aʼzolarining uchdan bir qismining tashabbusiga koʻra navbatdan tashqari chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kengash kotibi umumiy yigʻilish oʻtkazilishidan kamida uch kun oldin bu haqda barchaning tanishib chiqishi uchun taʼlim muassasasiga kirish joyida eʼlon osib qoʻyadi. Umumiy yigʻilish chaqirilganda Kengash kotibi uning barcha aʼzolarini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Umumiy yigʻilishda Kengash aʼzolaridan tashqari oʻquvchilar (tarbiyalanuvchilar)ning ota-onalari (qonuniy vakillari), taʼlim muassasasi rahbari, uning oʻrinbosarlari, pedagog xodimlar, jamoatchilik vakillari kuzatuvchi sifatida ishtirok etishlari mumkin. Ular yigʻilishda muhokama qilinayotgan barcha masalalar yuzasidan oʻz taklif va mulohazalarini bildirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Umumiy yigʻilish uning aʼzolarining uchdan ikki qismi ishtirok etganida qaror qabul qilish uchun vakolatli hisoblanadi. Umumiy yigʻilishda qarorlar koʻpchilikning ochiq ovoz berishi orqali qabul qilinadi. Kengash aʼzolarining ovozlari teng kelib qolganda, Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Taʼlim muassasasining pedagog xodimlari va boshqa kuzatuvchilar ovoz berishda ishtirok etish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Umumiy yigʻilish qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va Kengash raisi, uning oʻrinbosari, kotib hamda aʼzolari tomonidan imzolanadi. Bayonnomada uning sanasi, yigʻilishda ishtirok etgan Kengash aʼzolarining familiyasi, ismi va otasining ismi, ovoz berish natijalari hamda qabul qilingan yakuniy qaror koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kengash aʼzolari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek Kengash tomonidan qabul qilingan boshqa qarorlar va hisobotlar uch nusxada qabul qilinadi. Uning bir nusxasi Kengash kotibida, ikkinchisi taʼlim muassasasi rahbarida saqlanadi, uchinchisi esa, barchaning tanishib chiqishi uchun oʻqituvchilar xonasiga osib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Taʼlim muassasasi tomonidan umumiy yigʻilishni oʻtkazish, shuningdek Kengash hujjatlarini saqlash uchun alohida xona taʼlim muassasalarida imkoniyatdan kelib chiqqan holda ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Taʼlim muassasasining rahbari umumiy yigʻilish tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosini taʼminlash uchun masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Kengash kotibi umumiy yigʻilishni oʻtkazish uchun zarur hujjatlarni raisning topshirigʻiga koʻra tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy yigʻilish tomonidan Kengashning alohida faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha tegishli komissiyalari tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Taʼlim muassasasida oʻquvchilar (tarbiyalanuvchilar) va ularning ota-onalari (qonuniy vakillari)dan turli xil sabablar bilan taʼlim muassasasi rahbariyati va boshqa xodimlari (sinf rahbarlari, oʻqituvchilar, tarbiyachi, tarbiyachi-yordamchilar va toʻgarak rahbarlari) tomonidan pul mablagʻlarini yigʻish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-onalar taʼlim muassasasida pul mablagʻlarining yigʻilishi holatlari haqida ogʻzaki yoki yozma ravishda bevosita Kengashga murojaat qilishi mumkin. Bunday holat yuz bergan taqdirda, Kengash tomonidan Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlarining rahbar xodimlari ishtirokida muhokama etiladi hamda aybdor shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kengash har chorakda taʼlim muassasasining umumiy ota-onalar yigʻilishida oʻz faoliyati va oʻquvchilar (tarbiyalanuvchilar)ni kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlari toʻgʻrisida hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 13-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 13-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 13-iyun,
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 26-27-son, 302-modda)