29.06.2012 yildagi 187-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax politexnika instituti faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mintaqaning ishlab chiqarish va qurilish tarmoqlari uchun malakali mutaxassislar tayyorlash jarayonini yanada takomillashtirish, rahbar va ilmiy-pedagogik kadrlarning kasbiy darajasini oshirish, oʻquv-tarbiya jarayonining mazmuni va sifatini yaxshilash, shuningdek Jizzax politexnika institutining yaratilgan oʻquv va moddiy-texnika bazasidan yanada samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-sentabrdagi 699-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 963-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2012/2013 oʻquv yili uchun Jizzax politexnika institutiga qabul qilish kvotasi, 2-ilovaga muvofiq, bakalavrlar tayyorlash boʻyicha 565 kishi, shu jumladan davlat grantlari boʻyicha — 185 kishi va pulli-kontrakt asosida — 380 kishi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jizzax politexnika institutining rahbar kadrlarini va professor-oʻqituvchilar tarkibini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha komissiya 3-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Komissiya (B.Xodiyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax politexnika institutining rahbar kadrlarini va professor-oʻqituvchilar tarkibini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni bir hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax politexnika institutining rahbar kadrlarini va professor-oʻqituvchilar tarkibini attestatsiyadan oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
institutni yuqori malakali, zamonaviy talablarga javob beradigan boshqaruv kadrlari, ilmiy va pedagog kadrlar bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bir oy muddatda Jizzax politexnika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
institut yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislar tayyorlash sohasidagi ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda oʻquv dasturlari va rejalarining, shuningdek uslubiy qoʻllanmalarning mazmunini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv auditoriyalarini kompyuterlar va oʻqitishning zamonaviy texnik vositalari bilan, oʻquv laboratoriyalarini zamonaviy priborlar va asbob-uskunalar bilan qoʻshimcha ravishda jihozlash, qurilish va yoʻl qurilishi materiallari laboratoriyasini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning tegishli taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bazaviy oliy oʻquv yurtlarida: Toshkent davlat texnika universitetida, Toshkent avtomobil-yoʻllar institutida va Toshkent arxitektura-qurilish institutida institut oʻqituvchilarining malakasini oshirishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy salohiyatni, shu jumladan respublikaning soha boʻyicha yetakchi texnika oliy oʻquv yurtlarida stajyorlar-tadqiqotchilar, izlanuvchilar va magistrlarni (institut kafedralari uchun) maqsadli tayyorlash dasturini ishlab chiqish yoʻli bilan mustahkamlash tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tillarni va axborot texnologiyalarini oʻqitishning zamonaviy uslublarini joriy etish, oʻqituvchilar tomonidan amaliy ingliz tilini oʻzlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jizzax viloyati hokimligi (S.Ismailov) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (B.Xodiyev) bilan birgalikda Jizzax politexnika institutining laboratoriya korpusi uchun bino ajratilishini oʻrganib chiqsin va 10 kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 29-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
187-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-sentabrdagi 699-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 963-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-iyundagi 187-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012/2013 oʻquv yili uchun Jizzax politexnika institutiga qabul qilish kvotasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r

Bakalavriat yoʻnalishlari

2012/2013 oʻquv yili uchun qabul qilish kvotasi
Hammasi

shu jumladan:

grant

kontrakt

565‎

185‎

380‎
1.‎ Kimyo texnologiyasi (ishlab chiqarishlar turlari boʻyicha) 50‎ 10‎ 40‎
2.‎ Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va ularga dastlabki ishlov berish texnologiyasi 30‎ 10‎ 20‎
3.‎ Elektr energetikasi (tarmoqlar va yoʻnalishlar boʻyicha) 60‎ 20‎ 40‎
4.‎ Yengil sanoat buyumlarini konstruksiyalash va ularning texnologiyasi (tarmoqlar boʻyicha) 50‎ 20‎ 30‎
5.‎ Binolar va inshootlarni qurish (turlar boʻyicha) 40‎ 10‎ 30‎
6.‎ Transport inshootlaridan foydalanish (transport turlari boʻyicha) 70‎ 25‎ 45‎
7.‎ Muhandislik kommunikatsiyalarini qurish va montaj qilish (turlar boʻyicha) 40‎ 10‎ 30‎
8.‎ Avtomobil yoʻllari 50‎ 20‎ 30‎
9.‎ Metrologiya, standartlashtirish va mahsulotlar sifati menejmenti (tarmoqlar boʻyicha) 30‎ 10‎ 20‎
10.‎ Yer usti transportlari tizimi va ulardan foydalanish (transport turlari boʻyicha) 60‎ 20‎ 40‎
11.‎ Kasb-hunar taʼlimi (yoʻnalishlar boʻyicha) 60‎ 20‎ 40‎
12.‎ Atrof muhit ekologiyasi va muhofazasi (tarmoqlar boʻyicha) 25‎ 10‎ 15‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 26-27-son, 296-modda; 2014-y., 25-son, 307-modda; 2017-y., 36-son, 963-modda)