Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.11.2025 12.03.2004 yildagi 115-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.11.2025
Hujjat 28.11.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligida qonuniylikni taʼminlash va yerdan foydalanishdagi suiisteʼmolchiliklarning oldini olishda xoʻjalik sudlarining rolini oshirish toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
(Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 1-dekabrdagi 235-sonli qarori asosida kiritilgan oʻzgartirishlar bilan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar oʻzining samarasini berayotganligi qishloq xoʻjalik rivojida ham namoyon boʻlmoqda. Agrar tarmoqda xoʻjalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shakllari takomillashtirilmoqda. Qishloqda chinakam mulkdorlar sinfi shakllantirilib, yerga, mulkka hamda ishlab chiqarilgan mahsulotga nisbatan egalik tuygʻusi qaror toptirilmoqda. Ammo, qishloqda tadbirkorlik gʻoyasini rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan va fermerlik siyosatini obroʻsizlantirishga qaratilgan xatti-harakatlarga, xususan yerdan foydalanish bilan bogʻliq huquqiy munosabatlarda duch kelinayotgan mansabdor shaxslarning suiisteʼmolchiligi, loqaydligi, byurokratik toʻsiqlar va tamagirlik illatlariga toʻliq barham berilmayapti. Yer uchastkalarini talon-toroj qilish, ulardan noqonuniy foydalanish, soxta fermerlik orqali boylik orttirish, yer uchastkalaridan ijara shartnomasida koʻrsatilgan maqsadlarda foydalanmaslik holatlari yuz bermoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligida islohotlarni amalga oshirishda ayrim mansabdor shaxslar oʻzlarining shaxsiy manfaatlarini davlat va jamiyat manfaatidan ustun qoʻyishmoqda. Baʼzi bir hokimlar, qishloq va suv xoʻjaligi boshqarma va boʻlimlari, yer resurslari xizmati idoralari mansabdor shaxslari hamda qishloq xoʻjalik kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ning rahbarlari davlat mulki hisoblangan yerdan foydalanishda suiisteʼmolchilikka, uni ijaraga berishda har xil qonunbuzarliklarga yoʻl qoʻyishmoqda. Ularga nisbatan amaldagi qonunlar asosida qattiq jazo choralari koʻrilmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim joylarda ijaraga berilgan sugʻoriladigan yerlarda fermerlar kontraktatsiya shartnomasida koʻrsatilgan ekin turlarini ekmasdan, oʻzlarining ehtiyojlari uchun kerak boʻlgan boshqa mahsulotlarni yetishtirmoqdalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligida davlat buyurtmasi boʻyicha mahsulot yetishtirish uchun berilayotgan mineral oʻgʻitlar, yoqilgʻi-moylash mahsulotlarini qoʻshni davlatlarga boylik orttirish maqsadida sotib yuborish yoki ulardan shaxsiy tomorqalarida foydalanish holatlari kamaymayapti. Shuningdek, paxta xom ashyosini oʻgʻirlab chegaradosh mamlakatlarga sotish jinoyatlariga ham yoʻl qoʻyilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat organlari nazorati qonun hujjatlari talablari asosida tashkil etilmagan. Yerdan foydalanuvchilarning yerga nisbatan egalik hissini shakllantirish va yerdan foydalanishda davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilish ustuvor vazifa ekanligiga joylarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda xoʻjalik sudlari ham lozim darajada eʼtibor bermayaptilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudlari tomonidan qishloq xoʻjalik munosabatlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari amaliyotda qoʻllanilayotganligiga qaramasdan, bu sohada vujudga kelgan nizolar boʻyicha huquqbuzarliklarning oldini olish borasida koʻrilgan choralarning taʼsirchanligi va samaradorligi deyarli sezilmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligida yerdan foydalanishda qonuniylikni taʼminlash va huquqbuzarliklarning oldini olishda xoʻjalik sudlarining rolini oshirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 47-moddasiga asosan quyidagi tushuntirishlarni berishga qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xoʻjalik sudlarining eʼtibori ularning qishloq xoʻjaligi sohasida qonuniylikni taʼminlash va yerdan foydalanishda suiisteʼmolchiliklarning oldini olishdagi rolini oshirish zarurligiga qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudlari qishloq xoʻjalik huquqiy munosabatlaridan kelib chiqqan nizolarni koʻrish jarayonida tashkilotlar, davlat organlari va boshqa organlar mansabdor shaxslari, shu jumladan fermer xoʻjaliklari boshliqlari va boshqa yerdan foydalanuvchilar faoliyatida qonun hujjatlari talablari buzilganligi, soxta fermerlik orqali boylik orttirish, yerlardan shartnomada koʻrsatilgan maqsadda foydalanmaslik holatlari aniqlangan taqdirda aybdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qilish, maʼmuriy javobgarlik choralarini qoʻllash, keltirilgan zararni aybdor shaxslar hisobidan qoplash, rahbar va boshqa xodimlarni egallab turgan lavozimlaridan ozod etishgacha boʻlgan intizomiy choralar koʻrish haqida xususiy ajrim va taqdimnomalar kiritish vakolatlaridan foydalanishlari lozim.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xoʻjalik sudlarining eʼtibori qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtiruvchilar ishtirokidagi nizolarni hal etishda Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi, “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi, “Qishloq xoʻjalik kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”gi, “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-martdagi “Qishloq xoʻjaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi va 2003-yil 27-oktabrdagi “2004 — 2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 22-oktabrdagi “Oʻzbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4478-son farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-yanvardagi “Qishloq xoʻjalik korxonalarini fermer xoʻjaliklariga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 8-son, 2003-yil 4-sentabrdagi “Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish va majburiyatlar bajarilishi uchun tomonlarning javobgarligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 383-son, 2003-yil 5-noyabrdagi “Qishloq xoʻjaligida ijara munosabatlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 486-son qarorlari, 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalarini fermer xoʻjaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-yanvardagi “Fermer xoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 22-sonli qarori va boshqa qonun hujjatlari talablariga qatʼiy rioya etilishi lozimligiga qaratilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 271-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xoʻjalik sudlarining sudloviga shirkat, fermer va dehqon xoʻjaliklaridan yer uchastkalarini qaytarib olish, ularni davlat va jamiyat manfaatlari uchun olib qoʻyish, yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning bekor qilinishi, yer uchastkalarini ijaraga berish bilan bogʻliq nizolar taalluqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining fermer xoʻjaligiga qishloq xoʻjalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va faoliyat yuritish uchun yer uchastkasi ajratish, fermer xoʻjaligini davlat roʻyxatiga olishni rad etganligi yoki belgilangan muddatda davlat roʻyxatiga olishdan bosh tortganligi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi 3-qismiga va Xoʻjalik protsessual kodeksining 24-moddasi 11-bandiga muvofiq, xoʻjalik sudiga shikoyat berilishi mumkin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaligining yer uchastkasini ajratish haqidagi arizasi mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan “Yer uchastkalarini fermer xoʻjaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomda belgilangan tartiblarda va muddatlarda koʻrib chiqilmaganda, hokimlikning bu harakati (harakatsizligi) ustidan fermer xoʻjaligi bergan shikoyatini xoʻjalik sudi ish yurituviga qabul qilib, mazmunan koʻrib chiqishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning eʼtibori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 22-oktabrdagi PF-4478-sonli Farmoniga asosan Fermerlar kengashlari fermer xoʻjaliklari manfaatlarini koʻzlab sudga daʼvo arizalarini taqdim etish, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslari xatti-harakatlari (harakatsizliklari) ustidan shikoyat qilishlari mumkinligiga qaratilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer munosabatlari bilan bogʻliq nizolar xoʻjalik sudlari tomonidan qisqa muddatlarda, tezkorlik bilan koʻrib chiqilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xoʻjalik sudlari fermer xoʻjaliklarini tashkil etish, ularga yer uchastkalari ajratib berish boʻyicha “Yer uchastkalarini fermer xoʻjaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomda nazarda tutilgan qoidalar, jumladan tanlov oʻtkazish, yer uchastkalari berish haqidagi arizalarni koʻrib chiqish, fermer xoʻjaligining yer uchastkasiga boʻlgan huquqini rasmiylashtirish tartibi buzilishiga yoʻl qoʻyilgan har bir holatga huquqiy baho berib, aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli taʼsir choralarini qoʻllasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xoʻjalik sudlari shu holatni eʼtiborga olsinlarki, fermer xoʻjaligi bilan yer ijarasi shartnomasini tuzgan qishloq xoʻjalik kooperativi (shirkat xoʻjaligi) tugatilgan hollarda yer ijarasi shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 6-moddasiga muvofiq tuman hokimliklari daʼvogar sifatida qatnashishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yer ijarasi bilan bogʻliq nizolarni hal etishda xoʻjalik sudlari fermer xoʻjaligiga berilayotgan yer uchastkasi boshqa yerdan foydalanuvchilarning yerlardan foydalanishi uchun noqulayliklar vujudga keltirmasligi, fermer xoʻjaliklari tomonidan yer uchastkalari ijaraga olinishida mazkur hududda yashovchi shaxslar boshqa teng sharoitlarda ustuvor huquqdan foydalanishlarini inobatga olsinlar. Shuni nazarda tutish lozimki, yer uchastkasi fermer xoʻjaligiga imkon boricha yagona mavze boʻyicha, konturlar yaxlitligi saqlab qolingan holda berilishi, uchastka chegaralari sugʻorish tarmoqlari, kollektorlar, yoʻllar va boshqa topografik elementlar boʻyicha belgilanishi, fermerlarga uzoq muddatga ijaraga beriladigan bu yer uchastkalari qishloq xoʻjalik kooperativi (shirkat xoʻjaliklari) balansidan chiqarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaligiga berilgan yer uchastkasi boshqa yerdan foydalanuvchilarning yerlardan foydalanishi uchun noqulayliklar vujudga keltirganligi toʻgʻrisidagi nizolarni, jumladan paxta, gʻalla yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari yer uchastkalariga tutash, boshqa ekinlar yetishtirishga ixtisoslashgan fermerlar oʻrtasida aynan shu asosda kelib chiqqan nizolarni hal etishda xoʻjalik sudlaridan tegishli qishloq xoʻjalik mutaxassislarining xulosalarini olishlari talab etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Fermer xoʻjaliklari tomonidan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari boʻyicha oʻziga olgan majburiyatlarga koʻra paxta va don ekishga moʻljallangan yerlarga boshqa ekinlar ekish hamda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan ekin maydonlaridan boshqa maqsadlarda foydalanish, yaʼni bu yerlardan oʻzboshimchalik bilan shaxsiy tomorqa sifatida foydalanish, uy-joy, imoratlar yoki boshqa inshootlarni qurish, oʻzga shaxslarning foydalanishiga berib yuborish, paxta va gʻalla yetishtirish uchun berilgan boʻnak pullari, texnika, yonilgʻi va mineral oʻgʻitlardan foydalanish, lekin mahsulot topshirmaslik, davlat buyurtmasiga oid majburiyatlarni bajarmaslik fermer xoʻjaliklari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari talablarini, shu jumladan yer ijarasi shartnomasini qoʻpol ravishda buzish deb baholanishi, bu esa oʻz navbatida, Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasi, Fuqarolik kodeksining 382-moddasi 2-qismiga koʻra fermer xoʻjaligining yer uchastkasiga boʻlgan huquqi va yer ijarasi shartnomasini bekor qilish uchun asos boʻlishi xoʻjalik sudlariga tushuntirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuning bilan birga fermer xoʻjaligi tomonidan kontraktatsiya shartnomalari bajarilmaganligi, yerning ekologik va meliorativ holati yomonlashtirilganligi, yer uchastkasidan odilona foydalanilmasdan, hosildorlik normativdan (kadastr bahosiga koʻra) past boʻlganligi sababli yer ijarasi shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida kiritilgan daʼvo arizalarini koʻrishda xoʻjalik sudlari bu talablar qanday sabablarga koʻra fermer xoʻjaligi tomonidan bajarilmaganligi holatlarini chuqur oʻrganib chiqishlari, kontraktatsiya shartnomalarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlikka tortishda tegishli mutaxassislarni jalb etib, davlat buyurtmasi yerning hosildorligiga mos ravishda belgilanganligiga, tayyorlovchi va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar oʻz shartnoma majburiyatlarini qay darajada bajarganligiga, tabiiy sharoitlar yoki boshqa fors-major holatlarga eʼtiborlarini qaratsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yer uchastkalarini qaytarib olish toʻgʻrisidagi nizolarni koʻrish jarayonida xoʻjalik sudlari yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish boʻyicha mahalliy hokimliklar, yer tuzish xizmati, tabiatni muhofaza qilish organlari, qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimlari, tayyorlov va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar, bank va soliq idoralari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, shartnomaning lozim darajada bajarilishiga oid koʻrilgan choralarga ham eʼtibor berishlari, bu organlar tomonidan qonun buzilishiga yoʻl qoʻyganlik holatlari aniqlanganda, tegishli javobgarlik choralarini qoʻllashlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xoʻjalik sudlari nizolarni koʻrish jarayonida terilgan paxta xom ashyosini oʻgʻirlash, uni sotish maqsadida respublika tashqarisiga noqonuniy ravishda olib chiqib ketish hamda yetishtirilgan mahsulotni saqlash choralarini koʻrmaslik, gʻalla, paxtani payhon qilish, boshqa yoʻllar bilan talon-toroj qilish holatlari aniqlangan taqdirda aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlik choralarini qoʻllash masalasini muhokama etishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xoʻjalik sudlari Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasiga muvofiq, yer uchastkasi ijaraga berilgan muddatning tugaganlik holati yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bekor boʻlishiga asos boʻlishini eʼtiborga olsinlar. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 553-moddasida nazarda tutilgan, mulk ijarasi shartnomasining muddati tamom boʻlganidan keyin ham ijaraga oluvchi mulkdan foydalanishni davom ettirsa va ijaraga beruvchi bunga eʼtiroz bildirmagan boʻlsa, shartnoma avvalgi shartlar asosida nomaʼlum muddatga qayta tuzilgan deb hisoblanishi toʻgʻrisidagi qoidalar yerdan foydalanish bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Ammo ijaraga oluvchi yer uchastkalari ijara shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin shartnomani yangilashda boshqalarga nisbatan teng sharoitlarda ustun huquqqa ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xoʻjalik sudlari shuni eʼtiborga olishlari lozimki, mahalliy davlat hokimiyati organlarining fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisidagi qarorining oʻzigina yer uchastkasiga boʻlgan huquqni vujudga keltirmaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 31-moddasiga muvofiq, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga boʻlgan huquqi joyning oʻzida chegaralar belgilanganidan, yer uchastkalarining planlari (chizmalari) va tavsiflari tuzilib, yer uchastkalariga boʻlgan huquq davlat roʻyxatiga olinganidan keyin vujudga keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga koʻra, fermer xoʻjaligi hamda yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi belgilangan tartibda davlat roʻyxatiga olingan paytdan eʼtiboran fermer xoʻjaligi tashkil etilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berib qoʻyilgan yoki ana shu maqsadlar uchun belgilangan yerlarning egalari, bu yerdan foydalanuvchilar va ijaraga oluvchilar oʻrtasida tuzilgan yer uchastkalarini oldi-sotdi, hadya, garov, ikkilamchi ijaraga berish, oʻzboshimchalik bilan almashtirish shartnomalari oʻz-oʻzidan haqiqiy emas deb hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 113-moddasining 3-qismiga koʻra xoʻjalik sudlari oʻz tashabbuslari bilan bu shartnomalarning haqiqiy emaslik oqibatlarini qoʻllashga haqlidirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday bitimlarni tuzishda aybdor deb topilgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xoʻjalik sudlari Oʻzbekiston Respublikasining “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonuni qishloq xoʻjalik korxonalariga, shu jumladan fermer xoʻjaliklariga nisbatan ham tatbiq etilishini, ushbu Qonunning 162-moddasi 4-qismi talablariga koʻra, fermer xoʻjaliklari va yuridik shaxsni tashkil etgan holdagi Dehqon xoʻjaliklariga nisbatan tashqi boshqaruv taomili joriy etilmasligini nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaliklarini bankrot deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi ariza bilan xoʻjalik sudlariga har qanday kreditor, shu jumladan bank, soliq idoralari, fermer xoʻjaligining oʻzi, shuningdek prokuratura organlari ham murojaat qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xoʻjalik sudlari eʼtiborlarini shu holatga qaratsinlarki, fermer xoʻjaligini bankrot deb eʼtirof etish uni tugatishga olib keladi. Bunday hollarda Oʻzbekiston Respublikasi “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 12-moddasining yettinchi qismiga koʻra, fermer xoʻjaligi tugatilgan taqdirda uni yuritish uchun berilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi qonunda belgilangan tartibda bekor qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudlari bunday toifadagi ishlar boʻyicha qabul qilingan qarorlar haqida tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlarini xabardor etib, ularga fermer xoʻjaligini tugatish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasi 3-bandiga muvofiq, fermer xoʻjaligining yer uchastkasiga boʻlgan huquqini bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish majburiyatini yuklatishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xoʻjalik sudlari shuni eʼtiborga olsinlarki, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 330-moddasining 2-bandiga muvofiq qishloq xoʻjalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tayyorlov va xizmat koʻrsatish tashkilotlariga nisbatan shartnoma majburiyatlarining bajarilmasligi yuzasidan beriladigan daʼvo arizalari boʻyicha, 16-bandiga muvofiq tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimlari qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtiruvchilar manfaatlarini koʻzlab kiritiladigan daʼvo arizalari boʻyicha 29-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Fermerlar kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermerlar kengashlari fermer xoʻjaliklarining manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar yuzasidan, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan fermer xoʻjaliklarining manfaatlarini koʻzlab qilingan shikoyatlar yuzasidan davlat bojini toʻlashdan ozod etilganlar.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Xoʻjalik sudlari qishloq xoʻjaligida yerlardan foydalanish bilan bogʻliq nizolarni sayyor sud majlislarida, imkoni boricha dala shiyponlari va xoʻjaliklarda, ushbu hududdagi fermerlar, dehqonlar, mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillari hamda boshqa manfaatdor shaxslarning ishtirokida koʻrishni kengroq joriy etish, ularning tarbiyaviy rolini oshirish maqsadida ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka yetkazib borishni taʼminlash choralarini koʻrsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 12-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
115-son