OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
“INTELLEKTUAL MULK OBYEKTLARINI BAHOLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA”GI QARORNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 18-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1953-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 208-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-son “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 48-son, 442-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2009-yil 22-apreldagi 01/19-18/08-son “Intellektual mulk obyektlarini baholash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1953, 2009-yil 8-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 19-20-son, 241-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais v. b. A. ABDUHAKIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 22-may,
01/19-18/10-son
KELIShILGAN:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZOKIROV
2012-yil 20-may
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisi Sh.SALIXOV
2012-yil 20-may
Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi Bosh direktori A. GIYASOV
2012-yil 20-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 25-son, 278-modda)