Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.02.2013 07.06.2012 yildagi 165-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.02.2013
Hujjat 07.06.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

IJTIMOIY NAFAQALAR TAYINLASh TARTIBINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh HAMDA OILALARNING JAMI DAROMADLARI YANADA TOʻLIQ HISOBGA OLINIShINI TAʼMINLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi 44-sonli “Kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son qaroriga muvofiq hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari orqali ijtimoiy nafaqalar tayinlash va toʻlashning manzilliligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ehtiyojmand oilalarga nafaqalar va moddiy yordam tayinlash uchun oʻrtacha oylik jami daromad miqdorini hisoblab chiqish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining taqdimnomalariga koʻra nafaqalar va moddiy yordam olish uchun oila aʼzolarining daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning ishonchliligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublika “Mahalla” jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda aholi oʻrtasida ehtiyojmand oilalarga nafaqalar va moddiy yordam tayinlash uchun oʻrtacha oylik jami daromad miqdorini hisoblab chiqish tartibi toʻgʻrisida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 7-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
165-son

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-iyundagi 165-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ehtiyojmand oilalarga nafaqalar va moddiy yordam tayinlash uchun oʻrtacha oylik jami daromad miqdorini hisoblab chiqish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
N I Z O M

I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan tayinlanadigan va har oyda toʻlanadigan voyaga yetmagan bolalari boʻlgan oilalarga nafaqalarni (keyingi oʻrinlarda bolali oilalarga nafaqalar deb ataladi), bola 2 yoshga toʻlgungacha parvarish qilish uchun nafaqalarni (keyingi oʻrinlarda onalarga nafaqalar deb ataladi), shuningdek kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordamni (keyingi oʻrinlarda moddiy yordam deb ataladi) olish huquqini beradigan oʻrtacha oylik jami daromad miqdorini hisoblab chiqish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bolali oilalarga nafaqalar, onalarga nafaqalar va moddiy yordam har bir oila aʼzosiga oʻrtacha oylik jami daromad miqdori eng kam oylik ish haqining 1,5 baravaridan ortiq boʻlmagan oilalarga tayinlanadi va toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻrtacha oylik jami daromad miqdori bolali oilalarga nafaqalar, onalarga nafaqalar yoki moddiy yordam uchun murojaat qilingan oydan oldingi oxirgi uch oyda qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaning har bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik jami daromad oilaning har bir aʼzosining bolali oilalarga nafaqalar, onalarga nafaqalar yoki moddiy yordam olish uchun murojaat qilingan oydan oldingi oxirgi uch oy uchun hisoblab chiqilgan oʻrtacha oylik daromadi summasini oilaning jami daromadini hisoblab chiqish uchun qabul qilingan oilaning aʼzolari soniga boʻlgan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Oʻrtacha oylik jami daromad miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan oila tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bolali oilalarga nafaqalar, onalarga nafaqalar olish uchun oila tarkibiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
otasi, onasi yoki bolalarning nikohdagi har ikki ota-onasi (farzandlikka oluvchilar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onasi bilan birgalikda yashaydigan va ularning qaramogʻida boʻlgan bolalar, shuningdek ota-onasi bilan birgalikda yashaydigan va oʻz oilasiga ega boʻlmagan 16 yoshdan katta yoshdagi bolalar (shu jumladan farzandlikka olingan bolalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning ular bilan birgalikda yashaydigan bobolari va buvilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning ota-onalari bilan birgalikda xoʻjalik yurituvchi boshqa shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birgalikda yashaydigan oila aʼzolari tarkibi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan belgilanadi.

Agar bir uy xoʻjaligida (bir pochta manzili boʻyicha) ikki va undan ortiq bolali oilalar yashagan taqdirda, bolali oilalarga nafaqalar, onalarga nafaqalar va moddiy yordam olish uchun bir oila tarkibiga bolalarning ota-onalari, shuningdek ularning bobolari va buvilari hamda bolalarning ota-onalari bilan birgalikda xoʻjalik yurituvchi boshqa shaxslar, agar ular nafaqa tayinlashda boshqa bolali oilada hisobga olinmagan boʻlsa, qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Moddiy yordam olish uchun oila tarkibiga oilaning birgalikda yashaydigan barcha aʼzolari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birgalikda yashaydigan oila aʼzolari tarkibi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bolali oilalarga nafaqalar, onalarga nafaqalar va moddiy yordam tayinlash uchun oʻrtacha oylik jami daromad miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan oila tarkibiga quyidagilar kiritilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nafaqa yoki moddiy yordam olish uchun murojaat qilgan ota-onalarning aka-ukalari va opa-singillari, agar ularning oʻz oilalari boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onalari ularga nisbatan ota-ona huquqlaridan mahrum etilgan bolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularning taʼminoti uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq pul mablagʻlari toʻlanadigan vasiylik (homiylik)dagi bolalar va toʻliq davlat taʼminotidagi bolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriq boʻyicha harbiy xizmatni oʻtayotgan yoxud harbiy taʼlim muassasasida oʻqiyotgan ota-ona (farzandlikka oluvchi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning qaroriga koʻra jazoni ijro etish joylarida ekanligi munosabati bilan oilada hozir boʻlmagan ota-ona (farzandlikka oluvchi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Oʻrtacha oylik jami daromad miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan oila daromadlari turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻrtacha oylik jami daromad miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan oilaning jami daromadiga oila aʼzolari tomonidan olingan quyidagi daromadlar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga haq toʻlash shaklidagi daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkdan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy tadbirkorning daromadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet elda ishlaydigan yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan oila aʼzolaridan pul tushumlari summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa daromadlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mehnatga haq toʻlash shaklidagi daromadlar hisoblangan summa boʻyicha hisobga olinadi (soliq haqidagi qonunlarda nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar chegirib tashlangunga qadar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xorijiy valyutada olinadigan oila daromadi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining bolali oilalarga nafaqalar, onalarga nafaqalar va moddiy yordam olish uchun ariza berilgan kunda belgilangan kursi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasiga qayta hisoblab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Daromad miqdorini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oilaning oʻrtacha oylik jami daromadi ushbu Nizomning 20-bandiga muvofiq fuqarolar tomonidan taqdim etiladigan oila aʼzolarining daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agar fuqarolar tomonidan taqdim etilgan oila aʼzolarining daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarda ushbu Nizomning 12—18-bandlariga muvofiq hisoblab chiqilgan normativ daromaddan past daromad summasi koʻrsatilgan boʻlsa, u holda oilaning oʻrtacha oylik jami daromadini hisoblab chiqish uchun normativ daromad miqdori qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xususiy tadbirkor normativ daromadining har oylik miqdori quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Od= BSSx2, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Od— xususiy tadbirkorning oylik normativ daromadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BSS – qonun hujjatlarida belgilangan faoliyat turi boʻyicha yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslardan (xususiy tadbirkorlardan) olinadigan qatʼiy belgilangan soliq stavkasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yuridik shaxs tashkil etmagan shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaligi boshligʻi normativ daromadining har oylik miqdori quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Od = Em/10 x Nod, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Od - yuridik shaxs tashkil etmagan shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaligi boshligʻining oylik normativ daromadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Em – shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasi maydoni (sotixlar boʻyicha belgilanadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nod – yer maydonining har 10 sotixidan olinadigan, qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdoridagi normativ oylik daromad.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasi obyektiv sharoitlar (suv bilan taʼminlanmaganlik, tuproqning shoʻrlanganligi va boshqalar) boʻyicha normativ oylik daromadni yuqorida koʻrsatilgan miqdorda olish imkonini bermagan yoki umuman daromad olish imkonini bermaydigan ayrim hollarda mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ oylik daromadni pasaytirish tomonga tuzatish kiritishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Uy xoʻjaligida oilaning qoramoldan olinadigan normativ daromadining har oylik miqdori quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Od = (Qbs—1) x EKIH/2, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Od — uy xoʻjaligida oilaning qoramoldan olinadigan normativ daromadning har oylik miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qbs – uy xoʻjaligidagi qoramollar bosh soni, yosh mollar chiqarib tashlangan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EKIH – qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdori.

Yuridik shaxs tashkil etmagan shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaligida qoramol mavjud boʻlgan taqdirda oila normativ daromadining har oylik miqdori yuridik shaxs tashkil etmagan shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaligidan olingan normativ daromad har oylik miqdorining va uy xoʻjaligidagi qoramoldan oilaning normativ daromadi har oylik miqdorining jami sifatida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Koʻchmas mulkni ijaraga berishdan olingan normativ daromadning har oylik miqdori qonun hujjatlariga muvofiq uy-joyni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovi stavkalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Avtomototransport vositalarini ijaraga berishdan olingan normativ daromadning har oylik miqdori eng kam oylik ish haqining 2,5 baravari miqdorida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Chet eldan oylik pul tushumlarining normativ summasi chet elda mehnat yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi oila aʼzolari sonini eng kam oylik ish haqining 2,5 baravariga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oilaning oxirgi uch oy mobaynida ishlamayotgan mehnatga layoqatli aʼzolari (16 yoshgacha boʻlgan bolalarni tarbiyalash, oʻqish, oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan shaxslarga qarash bilan band boʻlmaganlar) uchun, mehnat boʻyicha organlarda nafaqalar oluvchilar bundan mustasno, normativ daromadning har oylik miqdori quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Od =Ioas EKIHx2,5, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Od – oilaning oxirgi uch oy mobaynida ishlamaydigan mehnatga layoqatli aʼzolarining har oylik normativ daromadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ioas — oilaning oxirgi uch oy mobaynida ishlamaydigan mehnatga layoqatli aʼzolari soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EKIH – qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Xususiy korxona mulkdori va fermer xoʻjaligi boshligʻining oʻrtacha oylik jami daromadi tegishli xususiy korxona va fermer xoʻjaligining oldingi yilda olingan, ularning tasarrufida qolgan (soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyingi foyda summasi) daromadini 12 ga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Daromadlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Bolali oilalarga nafaqalar, onalarga nafaqalar va moddiy yordam olish uchun ariza beradigan shaxs ushbu Nizomga ilovaga muvofiq shakl boʻyicha, ariza berilgan oydan oldingi oxirgi uch oy uchun oila aʼzolarining daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (keyingi oʻrinlarda maʼlumotlar deb ataladi) toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotlarga quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakt) yoki fuqarolik huquqi xarakteridagi shartnomalar boʻyicha ishlarni bajaruvchi shaxslar uchun (soliq toʻlovchining individual raqami nusxasi ilova qilingan holda) – ish joyidan maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dividendlar tarzida daromad oluvchi shaxslar uchun – dividendlar tarzidagi daromadlar summasi va ushlab qolingan soliqning umumiy summasi toʻgʻrisida dividendlar toʻlagan yuridik shaxs tomonidan berilgan maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oxirgi uch oyda yakka tartibdagi jamgʻariladigan pensiya hisob raqamiga majburiy badallar tushumi toʻgʻrisida Davlat-tijorat Xalq banki filiali tomonidan berilgan maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yoki dehqon xoʻjaligi boshligʻi hisoblanadigan shaxslar uchun – yuridik shaxs tashkil etmasdan xususiy tadbirkor va dehqon xoʻjaligi sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkni (koʻchmas mulkni va avtomototransport vositasini) ijaraga berganlik toʻgʻrisidagi shartnoma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ishsizlar sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxslar uchun — Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazidan maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensionerlar uchun — Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimidan maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stipendiya oluvchi talabalar uchun – taʼlim muassasasidan maʼlumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaruriyat boʻlganda, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi ariza bergan shaxsdan boshqa tasdiqlovchi hujjatlarni, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlaridan – xususiy korxona mulkdori va fermer xoʻjaligi boshligʻining tasarrufida qoladigan daromadlar toʻgʻrisidagi hujjatni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalaridan – oilaning ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan aʼzolariga oid hujjatni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mudofaa ishlari organlaridan — oilaning harbiy xizmatni oʻtayotgan aʼzosiga oid hujjatni talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda koʻrsatilgan maʼlumotnoma va maʼlumotlar murojaat qilingan kundan boshlab bir kun mobaynida bepul taqdim etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ariza berayotgan shaxslar tomonidan oʻz oilasi aʼzolarining daromadlari toʻgʻrisida ishonchsiz maʼlumotlarni qasddan taqdim etish yoki ularning buzilishi, buning oqibatida nafaqalar va moddiy yordamning asossiz tayinlanishi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka, shuningdek noqonuniy olingan pul mablagʻlari qaytarilishiga olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Oilaning oʻrtacha oylik jami daromadi miqdorini hisoblab chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oilaning oʻrtacha oylik jami daromadini hisoblab chiqish ariza beruvchi tomonidan nafaqa yoki moddiy yordam tayinlash toʻgʻrisidagi ariza bilan bir vaqtda taqdim etilgan maʼlumotlar asosida, bolali oilalarga nafaqalar, onalarga nafaqalar va moddiy yordam toʻlaydigan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan, tegishli fuqarolar yigʻini hududiga birkitilgan Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi xodimi ishtirokida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oilaning daromadi va uning tarkibi oʻzgargan taqdirda ariza beruvchi shaxs bir oydan kech boʻlmagan muddatda bu haqda nafaqa yoki moddiy yordam toʻlaydigan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga maʼlum qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Oila aʼzolarining daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligi maʼlumotlar taqdim etilgan kundan boshlab uch kun muddatda nafaqa (moddiy yordam) tayinlash boʻyicha maxsus komissiya aʼzosi va tegishli fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi hududiga birkitilgan Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi xodimi tomonidan tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligini tekshirish maʼlumotlarning tasdiqlovchi hujjatlarga muvofiqligini tekshirish, shuningdek, zaruriyat boʻlganda, maʼlumotlarni bergan shaxsdan va uning oila aʼzolaridan soʻrab-surishtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Zaruriyat boʻlganda, (nafaqa tayinlash uchun barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan sanadan boshlab uch kundan kechikmay) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi taqdim etilgan maʼlumotlarni ularni tekshirish uchun mahalliy davlat soliq xizmati organiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy tadbirkorlarning ushbu toifasi uchun belgilangan soliq stavkasini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dividendlar tarzida olingan daromadlar summasini tekshirish uchun soʻrovnoma yuborishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari soʻrovnoma tushgan kundan boshlab oʻn ish kunidan kechikmay tegishli maʼlumotlarni fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga taqdim etishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ehtiyojmand oilalarga nafaqalar va moddiy yordam tayinlash uchun oʻrtacha oylik jami daromad miqdorini hisoblab chiqish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0‎ 1‎ ‎‎varaq ________________________________ga beriladi.

‎‎‎‎(fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi nomi)

‎‎Nafaqalar va moddiy yordam olish uchun oila aʼzolarining daromadlari toʻgʻrisida

‎‎MAʼLUMOTLAR

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Oila tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎‎(barcha oila aʼzolari, jumladan maʼlumot beruvchi shaxs ham koʻrsatiladi)
T/r‎

Familiyasi, ismi

Tugʻilgan yili‎

Ish, oʻqish joyi, pensioner, maktabgacha yoshda, ishsiz va boshqalar‎

1.‎
2.‎
3.‎
4.‎
5.‎
6.‎
7.‎
8.‎
9.‎
10.‎
11.‎
12.‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Oila aʼzolarining oxirgi uch oydagi daromadlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar ( har bir daromad oluvchi boʻyicha toʻldiriladi)

soʻm ‎

T/r

Daromad oluvchining familiyasi va ismi‎

Birinchi oy uchun

Ikkinchi oy uchun ‎

Uchinchi oy uchun‎

Uch oy uchun hammasi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mol-mulk daromadlari, shu jumladan ijara, tadbirkorlik faoliyati, dehqon va shaxsiy yordamchi xoʻjalikdan olingan daromadlar, xususiy korxona va fermer xoʻjaligi boshligʻi tasarrufida qoladigan daromad, yakka tadbirkorning daromadi, xorijdan tushgan pul mablagʻlari va boshqalar

T/r‎

Daromadning nomi‎

Oluvchining familiyasi, ismi‎

Birinchi oy uchun‎

Ikkinchi oy uchun‎

Uchinchi oy uchun‎

Uch oy uchun hammasi‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎‎3. Oila aʼzolari tomonidan olingan pensiyalar, stipendiyalar, ijtimoiy nafaqalar, alimentlar

T/r‎

Daromad oluvchining familiyasi, ismi‎

Birinchi oy uchun

Ikkinchi oy uchun‎

Uchinchi oy uchun

Uch oy uchun hammasi‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0‎ 2‎ varaq‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎‎4. Boshqa doimiy daromadlar (chorvachilik mahsulotlarini sotishdan, grantlar boʻyicha summalar, yaratilgan asarlar uchun daromadlar, ish beruvchidan olingan moddiy yordam, ishlamayotgan pensionerlarga toʻlovlar va shu kabilar)

soʻm

T/r‎

Daromadning nomi

Birinchi oy uchun

Ikkinchi oy uchun‎

Uchinchi oy uchun‎

Uch oy uchun hammasi ‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Qoʻshimcha ravishda quyidagi maʼlumotlarni bildiraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-iyundagi 165-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 24-avgustdagi 434-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 8-son, 40-modda) ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 7-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Arizaga tasdiqlangan shakl boʻyicha oila aʼzolarining daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ilova qilinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 8-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oilaning nafaqaga muhtojligini aniqlash uchun asos sifatida oilaning qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq aniqlangan oʻrtacha oylik jami daromadi miqdori qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi hisob raqamidagi mablagʻlar miqdoridan va moddiy yordamning belgilangan miqdorlaridan kelib chiqqan holda moddiy yordam koʻrsatish uchun mezonlar va asoslarni mustaqil ravishda belgilaydi. Bunda moddiy yordam tayinlash uchun oilaning bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik jami daromad miqdori jami daromad aniqlanadigan davrda belgilangan eng kam oylik ish haqining 1,5 baravaridan koʻp boʻlmasligi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 22-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“oila aʼzolarining daromadlari toʻgʻrisida buzib koʻrsatilgan va ishonchsiz maʼlumotlar aniqlanganda, agar ushbu maʼlumotlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining moddiy yordam tayinlash toʻgʻrisidagi qaroriga taʼsir qilishi mumkin boʻlsa”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Bolali oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 10-dekabrdagi 437-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 12-son, 35-modda) ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 12-bandning ikkinchi xatboshidagi “shuningdek, oilaning jami daromadini hisoblash uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan belgilangan davrda oila aʼzolari olgan daromadning miqdori” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a) tasdiqlangan shakl boʻyicha oila aʼzolarining daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“g” kichik band chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 15-bandning uchinchi xatboshidagi “nisbatan koʻp” soʻzlari “uch yuzdan ortiq” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshiga “toʻgʻri keladigan” soʻzlaridan keyin “qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq aniqlangan” soʻzlari qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 19-bandga quyidagi mazmundagi jumla qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda nafaqa tayinlash uchun oilaning bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik jami daromad miqdori jami daromad aniqlanadigan davrda belgilangan eng kam oylik ish haqining 1,5 baravaridan koʻp boʻlmasligi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 28-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) quyidagi mazmundagi 291-band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“291. Oila aʼzolarining daromadlari toʻgʻrisidagi yoki boshqa maʼlumotlarning ishonchliligini tekshirishda fuqarolar yigʻinining yoki Nafaqa tayinlash komissiyasining qaroriga taʼsir etgan buzib koʻrsatilgan va ishonchsiz maʼlumotlar aniqlanganda nafaqa toʻlash toʻxtatiladi, asossiz toʻlangan pul mablagʻlari esa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining hisob raqamiga qaytarilishi kerak”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 23-24-son, 259-modda)