04.06.2012 yildagi PQ-1771-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.06.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON DAVLAT SANʼAT VA MADANIYAT INSTITUTINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat va sanʼat sohasida teatr, kino, televideniye, xalq ijodiyotini rivojlantirish borasidagi zamonaviy talablarga, xalqimizning tobora ortib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlariga javob beradigan yuksak malakali mutaxassislarni tayyorlash darajasi hamda sifatini takomillashtirish va tubdan oshirish, shuningdek mazkur yoʻnalishdagi oliy taʼlim muassasalarida yaratilgan mavjud moddiy-texnik bazadan yanada samarali foydalanish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 9-aprelda qabul qilingan 237-f-sonli farmoyishi asosida tashkil etilgan Komissiya hamda Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Toshkent Davlat madaniyat instituti va Oʻzbekiston Davlat sanʼat instituti negizida Oʻzbekiston Davlat sanʼat va madaniyat institutini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Davlat sanʼat va madaniyat instituti shartnoma va majburiyatlar boʻyicha sobiq Toshkent Davlat madaniyat instituti hamda Oʻzbekiston Davlat sanʼat institutining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagi yoʻnalishlar Oʻzbekiston Davlat sanʼat va madaniyat institutining eng muhim vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat, teatr sanʼati, kino va televideniye sohasida zamonaviy talablarga javob beradigan, xalq ijodiyoti anʼanalarini asrab-avaylash va rivojlantirishga qodir, badiiy ijodning zamonaviy metodlari, innovatsion texnika va texnologiyalarni puxta egallagan yuksak malakali mutaxassislarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy-maʼnaviy boylikni asrab-avaylash va koʻpaytirish, xalqimizning boy madaniy-tarixiy merosi hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uygʻunligi asosida oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan milliy teatr maktabi va badiiy ijod mahoratini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqitishning zamonaviy shakl va metodlari, ilgʻor pedagogika, innovatsiya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron axborot resurslari, jumladan, Internetdan keng foydalangan holda, taʼlim jarayonining yuqori darajada olib borilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarni vatanparvarlik va milliy gʻoyaga sadoqat ruhida, maʼnaviy yuksak va har tomonlama barkamol rivojlangan, keng dunyoqarashga ega boʻlgan va mustaqil fikrlaydigan shaxslar etib tarbiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat va sanʼat sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Davlat sanʼat va madaniyat institutining 46 nafar shtat birligi doirasidagi boshqaruv xodimlarining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 9-aprelda qabul qilingan 237-f-sonli farmoyishiga binoan tashkil etilgan Komissiyaning Oʻzbekiston Davlat sanʼat va madaniyat institutida amalga oshirish koʻzda tutilayotgan quyidagi takliflari maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Madaniyat va sanʼat muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish” yoʻnalishini Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga kiritgan holda, ushbu yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Madaniyat va sanʼat sohasi menejmenti” va “Ommaviy tadbirlar rejissurasi” yoʻnalishlari boʻyicha yangi magistratura mutaxassisliklarini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 2012/2013 oʻquv yillarida Oʻzbekiston Davlat sanʼat va madaniyat institutiga qabul kvotalari 2-ilovaga* muvofiq, bakalavrlar tayyorlash boʻyicha — 297 nafar, jumladan, davlat grantlari boʻyicha — 96 nafar hamda toʻlov-shartnoma asosida — 201 nafar, magistrlar tayyorlash boʻyicha — 40 nafar, jumladan, davlat grantlari boʻyicha — 11 nafar, toʻlov-shartnoma asosida — 29 nafar etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshkent Axborot texnologiyalari universitetiga “Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik” yoʻnalishi boʻyicha yuksak malakali mutaxassislar tayyorlash vazifasi yuklansin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 7-mayda imzolangan PQ–1751-sonli qaroriga muvofiq, Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga 2012/2013 oʻquv yillarida ushbu taʼlim yoʻnalishida qabul kvotasi bakalavrlar tayyorlash uchun — 60 nafar, magistrlar tayyorlash uchun esa — 6 nafar etib belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti bilan birgalikda ikki hafta muddatda 2012/2013 oʻquv yillari uchun qabul boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqsin va “Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik” yoʻnalishi boʻyicha yuksak malakali kadrlar tayyorlashni Toshkent Davlat madaniyat institutining ushbu yoʻnalishda taʼlim olayotgan ikkinchi-toʻrtinchi kurs bakalavr va magistrlari mazkur universitetga oʻtkazilishini hisobga olgan holda tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 9-aprelda qabul qilingan 237–f-sonli farmoyishi asosida tuzilgan Komissiyaga Oʻzbekiston Davlat sanʼat va madaniyat institutini Toshkent Davlat madaniyat instituti hamda Oʻzbekiston Davlat sanʼat instituti negizida tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya (R.S. Azimov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda Toshkent Davlat madaniyat instituti hamda Oʻzbekiston Davlat sanʼat instituti negizida Oʻzbekiston Davlat sanʼat va madaniyat instituti faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi tashkil etilayotgan Institutga yuksak malakali kadrlarni tanlov asosida, jumladan, Toshkent Davlat madaniyat instituti hamda Oʻzbekiston Davlat sanʼat institutining rahbarlari hamda professor-oʻqituvchilari tarkibini qonunda belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazish orqali saralab olishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi oʻquv yili boshlangunga qadar yangi tashkil etilayotgan Institutning takomillashtirilgan davlat taʼlim standartlariga qatʼiy mos keladigan, madaniyat va sanʼatni rivojlantirish boʻyicha zamonaviy talablarga javob beradigan mutlaqo yangi oʻquv rejalari hamda dasturlari ishlab chiqilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Davlat sanʼat va madaniyat institutini asosiy turdagi oʻquv-laboratoriya, sahna va kompyuter jihozlari, shuningdek, mebel hamda inventarlar bilan jihozlash chora-tadbirlarini belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2012-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida Oʻzbekiston Davlat sanʼat va madaniyat institutining taʼminoti, taʼmirlash ishlarini amalga oshirish hamda jihozlash uchun zarur mablagʻlar ajratsin va bu ishlarni kelgusi yillarda ham koʻzda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Davlat sanʼat va madaniyat instituti Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, Yalangʻoch dahasi, 127a uy manzili boʻyicha joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Davlat mulkini boshqarish qoʻmitasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Davlat sanʼat institutining boʻshayotgan binolarini Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti balansiga oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 21-iyuldagi “Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent Davlat sanʼat instituti faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ–128-sonli qarori va Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 26-iyuldagi “Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent Davlat sanʼat institutining nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi 154-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 4-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1771-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 23-24-son, 257-modda; 2017-y., 24-son, 490-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son; 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)