Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.08.2017 31.05.2012 yildagi 153-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.08.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAZIRLAR MAHKAMASINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUChLARINING HARBIY XIZMATChILARIGA UZOQ MUDDATLI IPOTEKA KREDITLARIDAN FOYDALANGAN HOLDA KVARTIRALAR SOTIB OLISh VA YAKKA TARTIBDAGI UY-JOYLAR QURISh UChUN YER UChASTKALARI AJRATISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA” 2008 YIL 31 IYuLDAGI 163-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 619-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari hamda yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchilarni qulay va shinam uy-joy bilan taʼminlash tartibini yanada takomillashtirish, shuningdek harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilishning samarali tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga uzoq muddatli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun yer uchastkalari ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 31-iyuldagi 163-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 7-son, 39-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 31-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
153-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 31-maydagi 153-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga uzoq muddatli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun yer uchastkalari ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 31-iyuldagi 163-son qaroriga kiritilayotgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatiga kamida 10 kalendar yil xizmat qilgan va yangi kontrakt tuzgan harbiy xizmatchi uchun sotib olinadigan kvartira yoki qurilayotgan yakka tartibdagi uy qiymatining 25 foizi miqdoridagi dastlabki badalni davlat budjeti parametrlarida harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan taʼminlash uchun nazarda tutilgan mablagʻlar va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga toʻlashga ruxsat berilsin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 3-bandga “harbiy xizmatchilar” soʻzlaridan keyin “uy-joyga hujjat (order) olganlaridan yoki tuman hokimi tomonidan yakka tartibdagi uy-joy quruvchiga yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin” soʻzlari qoʻshilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 3-banddagi “ularning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga” soʻzlari “davlat budjeti parametrlarida harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan taʼminlash uchun nazarda tutilgan mablagʻlar va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 12-bandga “harbiy xizmatchilar” soʻzlaridan keyin “uy-joyga hujjat (order) olganlaridan yoki tuman hokimi tomonidan yakka tartibdagi uy-joy quruvchiga yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin” soʻzlari qoʻshilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 22-son, 248-modda)