Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
“Angren” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Angren” erkin iqtisodiy zonasini barpo etish toʻgʻrisida” 2012-yil 13-apreldagi PF-4436-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 252-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Boshqaruv xodimlari soni 8 nafar va 3-ilovaga muvofiq tuzilmaga ega boʻlgan “Angren” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Angren” EIZ direksiyasi deb ataladi)” davlat unitar korxonasi tashkil etilsin.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Erkin iqtisodiy zonalar Maʼmuriy kengashiga “Angren” EIZ hududida amalga oshiriladigan loyihalar soni koʻpayishiga qarab “Angren” EIZ direksiyasi tuzilmasiga va xodimlari soniga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Belgilansinki, “Angren” EIZ direksiyasi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taʼsis etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
“Angren” EIZ budjeti mablagʻlari hisobiga taʼminlanadi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
erkin iqtisodiy zonalar Maʼmuriy kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlarga muvofiq “Angren” EIZ qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazadi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
investorlar bilan “Angren” EIZ hududida investitsiyalash toʻgʻrisida bitimlar, davlat egaligidagi mol-mulkni nolga teng xarid qiymati boʻyicha sotish toʻgʻrisida erkin iqtisodiy zonalar Maʼmuriy kengashining qarorlariga muvofiq “Angren” EIZ qatnashchilarini bilan shartnomalar tuzadi;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
oʻz zimmasiga qabul qilingan majburiyatlarning investorlar tomonidan zarur tarzda bajarilishini nazorat qiladi, keyinchalik uning natijalarini erkin iqtisodiy zonalar Maʼmuriy kengashiga taqdim etadi;
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
“Angren” EIZ faoliyatini tezkor boshqarish boʻyicha boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2012-2013-yillar davrida “Angren” MIZ direksiyasi taʼminoti uchun, keyingi yillarda uning oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtishi sharti bilan, asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan mablagʻlar ajratsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. “Angren” MIZ Maʼmuriy kengashi bir oy muddatda “Angren” MIZ direksiyasi ustavini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. “Angren” MIZ direksiyasi quyidagi manzil boʻyicha Angren shahar hokimligi binosida joylashtirilsin: Toshkent viloyati, Angren shahri, Istiqlol koʻchasi, 2-uy.
Toshkent viloyati hokimligi “Angren” MIZ direksiyasini koʻrsatilgan manzil boʻyicha xizmat xonalari bilan bepul taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 29-may,
146-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 252-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-dekabrdagi 418-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 12-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-maydagi 146-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
“Angren” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasining
(3-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Boshqaruv xodimlari soni — 8 nafar.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 22-son, 243-modda; 2013-y., 35-son, 469-modda; 2017-y., 1-son, 12-modda; 13-son, 207-modda; 15-son, 252-modda, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)