Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“ANGREN” MAXSUS INDUSTRIAL ZONASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Angren” maxsus industrial zonasini barpo etish toʻgʻrisida” 2012-yil 13-apreldagi PF-4436-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilar:
“Angren” maxsus industrial zonasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-dekabrdagi 418-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 12-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Boshqaruv xodimlari soni 8 nafar va 3-ilovaga muvofiq tuzilmaga ega boʻlgan “Angren” maxsus industrial zonasi direksiyasi” (keyingi oʻrinlarda “Angren” MIZ direksiyasi deb ataladi) davlat unitar korxonasi tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
“Angren” MIZning Maʼmuriy kengashiga “Angren” MIZ hududida amalga oshiriladigan loyihalar soni koʻpayishiga qarab “Angren” MIZ direksiyasi tuzilmasiga va xodimlari soniga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Belgilansinki, “Angren” MIZ direksiyasi:
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taʼsis etiladi;
“Angren” MIZ budjeti mablagʻlari hisobiga taʼminlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
“Angren” MIZ Maʼmuriy kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlarga muvofiq “Angren” MIZ qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
investorlar bilan “Angren” MIZ hududida investitsiyalash toʻgʻrisida bitimlar, davlat egaligidagi mol-mulkni nolga teng xarid qiymati boʻyicha sotish toʻgʻrisida “Angren” MIZ Maʼmuriy kengashining qarorlariga muvofiq “Angren” MIZ qatnashchilari bilan shartnomalar tuzadi;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 26-avgustdagi 234-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 35-son, 469-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
oʻz zimmasiga qabul qilingan majburiyatlarning investorlar tomonidan zarur tarzda bajarilishini nazorat qiladi, keyinchalik uning natijalarini “Angren” MIZ Maʼmuriy kengashiga taqdim etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
“Angren” MIZ faoliyatini tezkor boshqarish boʻyicha boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2012-2013-yillar davrida “Angren” MIZ direksiyasi taʼminoti uchun, keyingi yillarda uning oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtishi sharti bilan, asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan mablagʻlar ajratsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. “Angren” MIZ Maʼmuriy kengashi bir oy muddatda “Angren” MIZ direksiyasi ustavini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. “Angren” MIZ direksiyasi quyidagi manzil boʻyicha Angren shahar hokimligi binosida joylashtirilsin: Toshkent viloyati, Angren shahri, Istiqlol koʻchasi, 2-uy.
Toshkent viloyati hokimligi “Angren” MIZ direksiyasini koʻrsatilgan manzil boʻyicha xizmat xonalari bilan bepul taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 29-may,
146-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-maydagi 146-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Angren” maxsus industrial zonasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Angren” maxsus industrial zonasi faoliyat koʻrsatishining huquqiy asoslarini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom maqsadlari uchun quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
“Angren” maxsus industrial zonasi (keyingi oʻrinlarda — “Angren” MIZ deb ataladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Angren” maxsus industrial zonasini barpo etish toʻgʻrisida” 2012-yil 13-apreldagi PF-4436-son Farmoniga 1-ilovaga muvofiq va “Angren” MIZ Maʼmuriy kengashining qarorlariga binoan chegaralar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent viloyati hududining bir qismi;
“Angren” MIZning Maʼmuriy kengashi (keyingi oʻrinlarda Maʼmuriy kengash deb ataladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan “Angren” MIZ faoliyatini muvofiqlashtirish va davlat tomonidan boshqarish funksiyasini amalga oshiradigan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari vakillaridan tuziladigan kollegial organ;
“Angren” MIZ direksiyasi (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) — “Angren” MIZ faoliyatini tezkor boshqarish uchun tashkil etiladigan davlat unitar korxonasi shaklidagi yuridik shaxs;
investor — belgilangan tartibda tanlovdan oʻtgan hamda “Angren” MIZ hududida investitsiyalashni amalga oshiradigan investitsiya faoliyati subyekti;
“Angren” MIZ hududida investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim (keyingi oʻrinlarda investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim deb ataladi) — Direksiya bilan investor oʻrtasida tuziladigan, ularning huquqlari, majburiyati va javobgarligini belgilaydigan bitim;
“Angren” MIZ xoʻjalik faoliyati qatnashchisi (keyingi oʻrinlarda “Angren” MIZ qatnashchisi deb ataladi) — belgilangan tartibda “Angren” MIZ hududida roʻyxatdan oʻtkazilgan va Direksiya tomonidan “Angren” MIZ qatnashchilari reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt;
yer uchastkasidan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnoma — Toshkent viloyati hokimligi bilan “Angren” MIZ qatnashchisi oʻrtasida tuziladigan “Angren” MIZ hududida yer uchastkasidan muddatli foydalanish toʻgʻrisidagi shartnoma;
“Angren” MIZ hududidagi faoliyat — “Angren” MIZ qatnashchisining “Angren” MIZ hududi doirasida investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan tovarlar va mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda qayta ishlash, shuningdek ularni sotish boʻyicha xoʻjalik faoliyati.
3. “Angren” MIZ hududida davlat organlarining faoliyati va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining qoʻllanilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Angren” maxsus industrial zonasini barpo etish toʻgʻrisida” 2012-yil 13-apreldagi PF-4436-son Farmonida va uni ijro etish maqsadida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda, investitsiyalash toʻgʻrisidagi xalqaro shartnomalar va bitimlarda, shuningdek ushbu Nizomda nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
4. “Angren” MIZ hududida arxitektura va shaharsozlik faoliyati qurishning dastlabki rejasiga yoki “Angren” MIZni rivojlantirish bosh rejasiga muvofiq amalga oshiriladi. Loyiha-smeta hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan kelishiladi.
5. “Angren” MIZ hududidagi yer uchastkalari toʻgʻridan-toʻgʻri Toshkent viloyati hokimligi tasarrufida boʻladi va uning tomonidan “Angren” MIZ qatnashchilariga Maʼmuriy kengashning qarori asosida, belgilangan tartibda beriladi.
6. “Angren” MIZning faoliyat koʻrsatish muddati 30 yilni tashkil etadi. Ushbu muddat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan uzaytirilishi mumkin.
II. “Angren” MIZning asosiy vazifalari
7. Quyidagilar “Angren” maxsus industrial zonasi faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari hisoblanadi:
ichki va jahon bozorlarida raqobatbardoshli boʻlgan yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni barpo etish va ularning samarali faoliyat yuritishi uchun investitsiyalar, eng avvalo toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish borasida qulay shart-sharoitlarni shakllantirish;
maxsus industrial zonaga kiruvchi mintaqaning ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni taʼminlash, mineral-xom ashyo resurslarini yanada chuqur qayta ishlash boʻyicha yangi ishlab chiqarishlarni barpo etish;
maxsus industrial zona va umuman respublika korxonalari oʻrtasida mustahkam kooperatsiya aloqalari oʻrnatish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida mahalliy xom ashyo va materiallar negizida yuqori texnologiyali mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;
transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish hamda ulardan samarali foydalanish, “Angren” logistika markazi salohiyatini, yuklarni avtomobil va konteynerlarda tashish borasida yaratilgan tizimni yanada rivojlantirish hamda ulardan keng koʻlamda foydalanishni taʼminlash.
III. “Angren” MIZning boshqarish tuzilmasi va budjeti
8. “Angren” MIZ faoliyatini muvofiqlashtirish va davlat tomonidan tartibga solish funksiyasi Maʼmuriy kengash tomonidan amalga oshiriladi. Maʼmuriy kengash toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
9. “Angren” MIZ faoliyatini tezkor boshqarish Direksiya tomonidan amalga oshiriladi.
10. “Angren” MIZ direksiyasi:
“Angren” MIZ Maʼmuriy kengashining qabul qilingan qarorlariga muvofiq “Angren” MIZ qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazadi;
investorlar bilan “Angren” MIZ hududida investitsiyalash toʻgʻrisida bitimlar, davlat egaligida boʻlgan mol-mulkni nolga teng xarid qiymati boʻyicha sotish toʻgʻrisida va “Angren” MIZning Maʼmuriy kengashi qarorlariga muvofiq yer uchastkalaridan foydalanish toʻgʻrisida “Angren” MIZ qatnashchilari bilan shartnomalar tuzadi;
belgilangan tartibda tanlab olingan investorlar tomonidan oʻz zimmalariga qabul qilingan majburiyatlarning zarur tarzda bajarilishini nazorat qiladi, keyinchalik uning natijalarini Maʼmuriy kengashga taqdim etadi;
“Angren” MIZ hududida joylashgan davlat mulki boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini oʻziga berilgan vakolatlar doirasida boshqaradi;
qabul qilingan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimlarni bekor qilish toʻgʻrisida daʼvo arizalari bilan Maʼmuriy kengashning qarorlari asosida sudga murojaat qiladi;
“Angren” MIZ faoliyatini tezkor boshqarish boʻyicha boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
11. “Angren” MIZ direksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, har yili tegishli moliyaviy yil uchun “Angren” MIZning mustaqil budjeti loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Maʼmuriy kengashga taqdim etadi.
“Angren” MIZning mustaqil budjeti:
davlat mulki boʻlgan va “Angren” MIZ hududidagi binolar va inshootlarni ijaraga berishdan tushumlar;
xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar;
“Angren” MIZ qatnashchilarining Maʼmuriy kengash tomonidan belgilanadigan miqdorlardagi ajratmalari;
investitsiya dasturida nazarda tutilgan maqsadli budjet mablagʻlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
12. “Angren” MIZ budjeti mablagʻlaridan:
mablagʻlari “Angren” MIZ infratuzilmasini rivojlantirishga va uning faoliyat koʻrsatishi samaradorligini oshirishga yoʻnaltiriladigan “Angren” MIZni rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish;
belgilangan tartibda “Angren” MIZ direksiyasi taʼminoti;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Angren” maxsus industrial zonasini barpo etish toʻgʻrisida” 2012-yil 13-apreldagi PF-4436-son Farmonini bajarishga yoʻnaltirilgan boshqa vazifalar amalga oshirilishini moliyalashtirish uchun foydalaniladi.
“Angren” MIZni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom Maʼmuriy kengash tomonidan tasdiqlanadi.
13. Direksiyaning shtat jadvali va xarajatlari smetasi Maʼmuriy kengash tomonidan tasdiqlanadi.
IV. “Angren” MIZ hududida xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish
14. Quyidagilar “Angren” MIZ qatnashchisi maqomini berish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tanlab olish mezonlari hisoblanadi:
zamonaviy ishlab chiqarishlar tashkil etish yoki ishlab turgan korxonalarni chuqur modernizatsiya qilish, ularni yuqori texnologik asbob-uskunalar va texnologiyalar bilan jihozlash;
tabiiy xom ashyo resurslarini qazib olish va dastlabki qayta ishlash korxonalaridan tashqari, faoliyat ixtisoslashuvining “Angren” MIZning asosiy vazifalariga muvofiqligi;
muassislarning oʻz mablagʻlari va ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining kafolatlari berilmagan jalb etilgan kreditlar hisobiga investitsiyalarni amalga oshirish;
“Angren” MIZda xaridorgir boʻlgan, importning oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha texnologik bogʻliqlikni bosqichma-bosqich shakllantirish;
imtiyozlar amal qilishi mobaynida ularning qoʻllanilishidan olingan daromadning kamida 50 foizini korxonaga qayta investitsiyalash boʻyicha investorlar tomonidan majburiyatlar qabul qilinishi.
15. “Angren” MIZ qatnashchisiga beriladigan guvohnoma uning “Angren” MIZ hududidagi faoliyatiga nisbatan uning alohida soliq rejimi va bojxona imtiyozlarini qoʻllash huquqlarining tasdigʻi hisoblanadi.
16. “Angren” MIZ qatnashchisiga, u belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin “Angren” MIZ hududidagi faoliyatga tegishli qismi yuzasidan investitsiyalash toʻgʻrisidagi tegishli bitimda mustahkamlangan majburiyatlar yuklanadi.
“Angren” MIZ qatnashchisi investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga berishga haqli emas.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Angren” maxsus industrial zonasini barpo etish toʻgʻrisida” 2012-yil 13-apreldagi PF-4436-son Farmonida belgilangan imtiyozlar va ustunliklar faqat Direksiya bilan tuziladigan investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan “Angren” MIZ qatnashchisi faoliyati turlariga joriy etiladi.
18. “Angren” MIZ qatnashchilariga yer uchastkalari Toshkent viloyati hokimligi tomonidan qurilishning dastlabki rejasiga yoki “Angren” MIZning Bosh rejasiga muvofiq yer uchastkalaridan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnomalar asosida beriladi.
19. “Angren” MIZ qatnashchilari boʻlmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlar “Angren” MIZ hududida faoliyatni qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirish huquqiga ega.
20. “Angren” MIZ qatnashchilarining Oʻzbekiston Respublikasida “Angren” MIZ hududidan tashqarida oʻz filiallarini tashkil etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
21. “Angren” MIZ qatnashchisi maqomidan mahrum etishga ixtiyoriy yoki sud tartibida yoʻl qoʻyiladi.
22. “Angren” MIZga doir nizolar qonun hujjatlariga va investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimlarga muvofiq hal etiladi.
V. “Angren” MIZning maxsus huquqiy rejimi va bojxona imtiyozlari
23. Maxsus soliq rejimi va bojxona imtiyozlarining amal qilishi faqat qatnashchilarning “Angren” MIZ hududida amalga oshiriladigan faoliyatiga tatbiq etiladi.
24. Qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va ustunliklarning amal qilish muddati xoʻjalik yurituvchi subyekt “Angren” MIZ qatnashchilari reyestriga kiritilgan sanadan boshlab hisoblanadi.
25. “Angren” MIZ qatnashchilarining boshqa sohalardagi faoliyatini tartibga solish umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
VI. “Angren” MIZ faoliyatini toʻxtatish
26. “Angren” MIZ faoliyati uni tashkil etishning belgilangan muddati tamom boʻlgandan keyin toʻxtatilishi mumkin.
27. “Angren” MIZ faoliyatining muddatidan oldin toʻxtatilishiga Oʻzbekiston Respublikasining milliy xavfsizligi manfaatlarini himoya qilishni taʼminlash zarur boʻlganda, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda yoʻl qoʻyiladi.
28. “Angren” MIZ faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-dekabrdagi 418-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 12-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-maydagi 146-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
“Angren” maxsus industrial zonasi direksiyasining
Keyingi tahrirga qarang.
TUZILMASI
Keyingi tahrirga qarang.