Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasining “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, shuningdek alkogol va tamaki mahsulotlarining zararli taʼsiridan avvalambor yigirma yoshga yetmagan fuqarolarning sogʻligʻini saqlashni taʼminlash, jumladan alkogol mahsulotlarining chakana savdosini yanada tartibga solish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 15-may,
PQ-1756-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 15-maydagi PQ-1756-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 16-martdagi PQ-605-son qarorining:
Keyingi tahrirga qarang.
a) 1-ilovasi:
uchinchi xatboshidagi “nazorat-kassa mashinalarini” soʻzlaridan keyin “va bank plastik kartochkalari orqali toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallarini” soʻzlari qoʻshib qoʻyilsin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“turgʻun savdo shoxobchasi taʼlim, sport va diniy muassasalardan radiusi kamida besh yuz metr masofada joylashganligi”;
oltinchi xatboshidagi “fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasi” soʻzlaridan keyin “va bank plastik kartochkalari orqali toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallari” soʻzlari qoʻshib qoʻyilsin;
6-bandning beshinchi xatboshidagi “nazorat-kassa mashinalarini” soʻzlaridan keyin “va bank plastik kartochkalari orqali toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallarini” soʻzlari qoʻshib qoʻyilsin;
10-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Komissiya raisi va aʼzolari mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan talablarga mos kelmaydigan yuridik shaxslarga ruxsat guvohnomasi berilganligi uchun shaxsan javobgar boʻladilar”;
b) 2-ilovaning:
birinchi xatboshidagi “nazorat-kassa mashinalarini” soʻzlaridan keyin “va bank plastik kartochkalari orqali toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallarini” soʻzlari qoʻshib qoʻyilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“taʼlim, sport va diniy muassasalardan radiusi kamida besh yuz metr masofada boʻlishi”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Alkogolli mahsulotlar sotiladigan joylarda uni yigirma yoshga toʻlmagan shaxslarga sotilishiga yoʻl qoʻyilmasligi, shuningdek alkogolli mahsulotlarning inson sogʻligʻiga zararli taʼsiri toʻgʻrisida ogohlantiruvchi yozuvlar joylashtirilgan boʻlishi shart”;
6-bandda “nazorat-kassa mashinalaridan” soʻzlaridan keyin “va bank plastik kartochkalari orqali toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallaridan” soʻzlari qoʻshib qoʻyilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yigirma yoshga toʻlmagan shaxslarga”;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“aksiz markalari bilan markalanmagan (pivodan tashqari) yoki qalbaki aksiz markalari bilan markalangan holda”;
oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“taʼlim, sport va diniy muassasalardan radiusi kamida besh yuz metr masofada joylashgan savdo korxonalarida”;
oʻn uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“alkogolli mahsulotlarga (pivodan tashqari) qonun hujjatlarida belgilangan eng kam chakana narxdan past narxlar boʻyicha”.
2. Mahalliy soliqlar va yigʻimlarning cheklangan stavkalari 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son qarorining 21-ilovasi) quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
№ |
Soliqlar va yigʻimlarning turlari |
Cheklangan stavkalar |
| |
3. |
Huquq uchun yigʻim**: | |
| | alkogolli mahsulotlarning chakana savdosi | 1 oy uchun eng kam ish haqining 5 baravari | |
| | umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish | ||
| | qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan ishlangan buyumlarning chakana savdosi | 1 oy savdo qilish uchun eng kam ish haqining 3,5 baravari | ”. |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 20-son, 216-modda; 14.07.2021-y., 06/21/6261/0667-son)