11.05.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2360
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bosh direktorining buyrugʻi, 11.05.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2360
Кучга кириш санаси
21.05.2012
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi BOSH DIREKTORINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ARXIV HUJJATLARI DAVLAT ARXIVLARIGA TOPSHIRILISHI LOZIM BOʻLGAN KORXONALAR, MUASSASALAR VA TASHKILOTLARNING ROʻYXATINI TUZISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 11-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2360]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 24-25-son, 192-modda) va Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-fevraldagi 49-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 5-son, 53-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Arxiv hujjatlari davlat arxivlariga topshirilishi lozim boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning roʻyxatini tuzish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh direktor A. ABDULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 9-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzarxiv” agentligi Bosh direktorining 2012-yil 9-apreldagi 29-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxiv hujjatlari davlat arxivlariga topshirilishi lozim boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning roʻyxatini tuzish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 24-25-son, 192-modda) muvofiq arxiv hujjatlari davlat arxivlariga topshirilishi lozim boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning roʻyxatini tuzish va yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Arxiv hujjatlari davlat arxiviga topshirilishi lozim boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar roʻyxatiga kiritilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari tarkibiga faqat yuridik shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat arxivining jamlash zonasi — davlat arxivi faoliyati tatbiq etiladigan hudud;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatli fond tashkil etuvchi — faoliyatida hujjatli fond hosil boʻladigan yuridik shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert-tekshiruv komissiyasi (bundan buyon matnda ETK deb yuritiladi) /Ekspert-tekshiruv uslubiy komissiyasi (bundan buyon matnda ETUK deb yuritiladi) — arxiv ishi hududiy boshqarmalari, Oʻzbekiston milliy arxivlarida boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlar qimmatliligi ekspertizasini tashkil etish va hujjatlarni arxivlarga saqlash uchun topshirishga tayyorlash boʻyicha uslubiy va amaliy ishlarni oʻtkazish hamda davlat arxivlarining jamlash manbai boʻlgan davlat organlari va tashkilotlarining arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi Markaziy ekspert komissiyalari (bundan buyon matnda MEK deb yuritiladi) va EK faoliyatiga rahbarlik qilish va uni muvofiqlashtirish uchun tuziladigan doimiy faoliyat yurituvchi komissiya;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-avgustdagi 22-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2360-1, 27.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2024-y., 10/24/2360-1/0669-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy ekspert-tekshirish komissiyasi (bundan buyon matnda METK deb yuritiladi) — uslubiy va amaliy ishlarni olib borish uchun, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlovchi vazirliklar, idoralar, tarmoq davlat fondlari va tashkilotlarining MEKlariga rahbarlik qilish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi (bundan buyon matnda “Oʻzarxiv” agentligi deb yuritiladi) huzurida ish olib boradigan doimiy faoliyat koʻrsatuvchi komissiya.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-avgustdagi 22-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2360-1, 27.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2024-y., 10/24/2360-1/0669-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-avgustdagi 22-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2360-1, 27.08.2024-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2024-y., 10/24/2360-1/0669-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari tarkibini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalarini aniqlash mezonlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning tizimdagi ahamiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori turuvchi tashkilot fondidagi reja-hisobot va axborot-tahliliy hujjatlarining takroriylik darajasi va axborotning toʻliq aks ettirilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari boʻlgan tashkilotlar “Oʻzarxiv” agentligi, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi arxiv ishi boʻyicha hududiy boshqarmalari, shuningdek ularga boʻysunuvchi davlat arxivlari tomonidan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari hisoblangan tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining (bundan buyon matnda MAF deb yuritiladi) davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini idoraviy arxivlarda vaqtincha saqlash muddatlari oʻtgach belgilangan tartibda davlat arxivlariga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari tarkibiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatida MAF davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan hujjatlar yaratiladigan tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari davlat mulki egaligida boʻlgan, mulkchilik shaklini oʻzgartirgunga qadar ular faoliyatida shakllanib, MAFning davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini vaqtincha saqlovini amalga oshirayotgan tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlari MAFning davlatga tegishli boʻlmagan qismi tarkibiga kiritilgan, oʻz hujjatlarini shartnoma asosida davlat arxiviga doimiy saqlashga topshirgan siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy tashkilotlar hamda boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shaklini oʻzgartirgan MAFning davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini vaqtincha saqlovini amalga oshirayotgan tashkilotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat arxivlarining jamlash manbalari tarkibi quyidagi ketma-ketlikda aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat arxivining jamlash zonasida joylashgan tashkilotlarni saralash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot tomonidan bajariladigan vazifa va funksiyalarni tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot faoliyatida shakllanadigan hujjatlarning tarkibini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotni davlat arxivining asosiy jamlash manbalari tarkibiga kiritish toʻgʻrisidagi masalani hal etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat arxivlarining rasmiy soʻrovi asosida statistika organlari har yili 20-dekabrgacha davlat arxivining jamlash zonasi miqyosidagi faoliyat koʻrsatayotgan va tugatilgan tashkilotlar toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni taqdim etib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari tarkibi statistik maʼlumotlar asosida shakllantirilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari tarkibini sifatli shakllantirishda tashkilot tomonidan bajariladigan vazifa va funksiyalarni tahlil qilish tashkilotga yuboriladigan davlat arxivlarining rasmiy soʻrovi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tashkilotning vazifa va funksiyalarini sifatli tahlil qilish uchun axborot hajmi yetarli boʻlmagan taqdirda, tashkilot rahbariyati bilan kelishilgan holda tashkilot faoliyatida shakllanadigan hujjatlarning tarkibi, yigʻmajildlar nomenklaturasi va ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomalardan kelib chiqib qoʻshimcha ravishda tahlil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat yoki xoʻjalik boshqaruvi organi tizimiga tegishli boʻlgan bir turdagi tashkilotlar aniqlanganda quyidagilar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxivning jamlash zonasida joylashgan boshqaruv organi tizimidagi barcha tashkilotlar tarmogʻini va ularning boʻysunuvini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari roʻyxatida mavjud boʻlgan hamda MAFning davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlari saqlovini amalga oshirayotgan tashkilotlardagi oʻzgarishlarni (mulkchilikning boshqa shakliga oʻtish, qayta tashkil etilish, tugatilish va boshqalar) aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Muayyan bir tashkilotning tizim tashkilotlari hujjatlari tarkibi va mazmunini tahlil qilish davlat arxivining jamlash zonasida joylashgan mazkur tashkilot tizimining yuqori turuvchi tashkilotidan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir turdagi bir nechta tashkilotdan bazaviy tashkilotlar sifatida davlat arxivining jamlash zonasidagi bir yoki bir nechtasi tanlab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Tashkilotlarni davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari tarkibiga kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Muayyan bir tashkilotni yoki alohida tashkilotlar guruhini davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari tarkibiga kiritishni oʻrganish natijalari quyidagilar aks ettirilgan maʼlumotnomada rasmiylashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu tashkilot faoliyatida aks ettiriladigan mintaqaning (respublika, viloyat, tuman, shahar) iqtisodiy, ilmiy, ijtimoiy, madaniy, ijtimoiy-siyosiy hayotiga xos boʻlgan tomonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning tarmoq tizimi yoki ijtimoiy hayotda tutgan oʻrni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot faoliyatining koʻlami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning asosiy funksiyalari aks ettirilgan hujjatlarning turlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarini qabul qilish belgilangan bir tashkilot yoki alohida tashkilotlar guruhining davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari tarkibiga kiritilishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat arxivlarida hujjatlarni jamlash uchun tashkilotlarning hujjatlari quyidagi turlar boʻyicha qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq qabul qilish — tashkilotlardan doimiy saqlanadigan hujjatlarning butun jamlanmasi qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turi boʻyicha tanlanma qabul qilish — har bir tashkilotdan muayyan turdagi hujjatlarning alohida toifasi qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guruh boʻyicha tanlanma qabul qilish — muayyan turdagi alohida, maxsus tanlangan tashkilotlardan doimiy saqlanadigan hujjatlarning toʻliq jamlanmasi qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Toʻliq qabul qilishning jamlash manbalariga ilmiy-tarixiy va madaniy-siyosiy ahamiyatga ega boʻlgan va doimiy saqlanadigan arxiv hujjatlariga ega tashkilotlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Turi boʻyicha tanlanma qabul qilishning jamlash manbalariga davlat arxiviga alohida hujjatlari kelib tushadigan va asosiy rejali-hisobot va axborot-tahliliy hujjatlari yuqori turuvchi yoki boshqa tashkilotlar fondlari tarkibida boʻlib, aynan shu davlat arxiviga kelib tushadigan tashkilotlar kiradi. Agar ushbu tashkilotlar yagona davlat arxivining jamlash zonasiga kirmasa, turi boʻyicha tanlanma qabul qilish toʻliq qabul qilishga almashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Guruh boʻyicha tanlanma qabul qilishning jamlash manbalariga faoliyatida bir turdagi axborotni saqlovchi, tarkibi boʻyicha oʻxshash hujjatlar majmuasini paydo qilgan tashkilotlar kiradi. Bu holda bir turdagi tashkilotlar guruhidan tarixiy ahamiyati muhimroq boʻlgan, guruhdagi tashkilotlardan faoliyat miqyosi, joylashgan joyi yoki boshqa xususiyatlari bilan ajralib turuvchi tashkilotlar tanlab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, davlat tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari davlat arxivining asosiy jamlash manbalari tarkibiga soʻzsiz kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari tarkibiga tarmoqning muhim ishlab chiqarish — sanoat va ijtimoiy funksiyalarini bajaradigan tashkilotlar (mazkur hududning iqtisodiyotini belgilovchi zavodlar, fabrikalar, taʼlim muassasalari) kiradi, bundan MAFning hujjatlarini doimiy saqlovchi vazirliklar, idoralar, tarmoq davlat fondlari va tashkilotlari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tashkilot tarkibidagi tuzilmalarning (alohida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan tarkibiy boʻlinmalar, direktorlar kengashi, vakillar yigʻilishi va h. k.) hujjatlari davlat arxivlariga ular faoliyat koʻrsatayotgan tashkilot fondi tarkibida topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tashkilotlarni davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari tarkibiga kiritish toʻgʻrisidagi masala tegishli ETK (METK)larda koʻrib chiqiladi.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-avgustdagi 22-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2360-1, 27.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2024-y., 10/24/2360-1/0669-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ETK (METK)da tashkilotni jamlash manbaiga kiritish masalasini koʻrib chiqish uchun tegishli davlat arxivi tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-avgustdagi 22-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2360-1, 27.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2024-y., 10/24/2360-1/0669-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatli fond tashkil etuvchi tashkilot va arxiv fondining tarixi boʻyicha maʼlumotlar aks ettirilgan tarixiy maʼlumotnoma, tashkilot hujjatlarining tarkibi va mazmuni haqida qisqacha tavsifnoma va arxiv ilmiy-maʼlumotnoma apparati tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigʻmajildlar nomenklaturasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotni davlat arxivining asosiy jamlash manbalari tarkibiga kiritish toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tashkilotni davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari tarkibiga kiritish toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma 3 nusxada tuziladi: birinchi nusxa tashkilotning davlat arxivi tomonidan yuritiladigan kuzatuv yigʻmajildga joylashtiriladi, ikkinchi nusxa arxiv ishi boʻyicha tegishli hududiy boshqarmaning ETK (“Oʻzarxiv” agentligida — METK) ish yuritishida foydalanish uchun olib qoʻyiladi, uchinchi nusxa tashkilot rahbariga ETK (METK)ning tashkilotni davlat arxivining asosiy jamlash manbalari roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisidagi qaroridan koʻchirma bilan birgalikda yuboriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-avgustdagi 22-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2360-1, 27.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2024-y., 10/24/2360-1/0669-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. ETK (METK)ning maʼqullash toʻgʻrisidagi qarori mazkur tashkilotni davlat arxivining asosiy jamlash manbalari roʻyxatiga kiritilishiga asos boʻlib xizmat qiladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-avgustdagi 22-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2360-1, 27.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2024-y., 10/24/2360-1/0669-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari roʻyxatini tuzish, rasmiylashtirish va yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari roʻyxatini tuzish quyidagilarga muvofiq amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat arxivining jamlash zonasida tashkilotlar ixtisosligi va tarmoq tizimlarining faoliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir turdagi tashkilot, shuningdek u yoki bu turdagi muayyan tashkilotning faoliyati xususiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxiv muassasalari, mavjud davlat arxivlari tarmoqlarining yoʻlga qoʻyilgan ish amaliyoti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari roʻyxati har bir arxivda mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Davlat arxivlarining jamlash manbalari boʻlgan barcha tarmoq tashkilotlarini qamrab olish maqsadida maʼlum bir yoʻnalish boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan nodavlat tashkilotlari ham davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari roʻyxatiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Davlat arxivi tomonidan asosiy jamlash manbalari roʻyxati bilan bir qatorda davlat arxivini jamlash manbalarining qoʻshimcha va ehtimoliy roʻyxatlari ham tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Davlat arxivlarini jamlash manbalarining qoʻshimcha roʻyxatiga arxiv hujjatlari shartnoma boʻyicha vaqtincha yoki depozitar saqlash uchun davlat arxiviga topshirilgan tashkilotlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Hujjatlari MAF tarkibiga kiritilishi mumkin boʻlgan, biroq bu boʻyicha hali bitimga erishilmagan tashkilotlar davlat arxivlarining jamlash manbalari ehtimoliy roʻyxatiga kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Davlat arxivining asosiy jamlash manbalari roʻyxatlari loyihasi va tashkilotni davlat arxivining asosiy jamlash manbalari tarkibiga kiritish toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma uni asoslaydigan hujjat bilan birgalikda arxiv ishi boʻyicha tegishli hududiy boshqarmalarga ETKda koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Oʻzbekiston milliy arxivlarining asosiy jamlash manbalari roʻyxatlari ETUKda koʻrib chiqilib maʼqullangandan keyin, “Oʻzarxiv” agentligining METKsiga taqdim etiladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-avgustdagi 22-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2360-1, 27.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2024-y., 10/24/2360-1/0669-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tegishli davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari tarkibi va hujjatlarni qabul qilish turi masalalari boʻyicha kelishmovchiliklar tegishli ETK (METK) yigʻilishlarida ovozga qoʻyish orqali koʻpchilik ovozi bilan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Zarur hollarda munozarali masalalarni qoʻshimcha ravishda oʻrganib chiqish uchun ETK (METK) majlisida takroriy koʻrib chiqish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Munozarali masalalar tegishli ETK (METK) yigʻilishlarida hal etilmagan taqdirda, arxiv ishi boʻyicha tegishli hududiy boshqarma boshligʻi (“Oʻzarxiv” agentligi direktori) yakuniy qarorni qabul qiladi.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-avgustdagi 22-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2360-1, 27.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2024-y., 10/24/2360-1/0669-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari roʻyxati loyihasining kelishilishi toʻgʻrisidagi ETK (METK) qarori bayonnoma bilan rasmiylashtirilib, komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxat oxirida, pastki chap burchagida Arxiv ishi boshqaruv organi ETKning (METK) “kelishilgan” degan shtampi qoʻyiladi, bayonnomaning raqami va sanasi koʻrsatiladi hamda arxiv ishi hududiy boshqarma rahbari (Oʻzbekiston milliy arxivlari uchun — “Oʻzarxiv” agentligi direktori) tomonidan tasdiqlanadi.
(33-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-avgustdagi 22-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2360-1, 27.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2024-y., 10/24/2360-1/0669-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Arxiv ishi boshqaruv organi ETK (METK)ning davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari roʻyxatini kelishish toʻgʻrisidagi qarori roʻyxatni tasdiqlash uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-avgustdagi 22-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2360-1, 27.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2024-y., 10/24/2360-1/0669-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari roʻyxatlarini aniqlashtirish boʻyicha ishlar davlat arxivlari tomonidan muntazam, biroq yiliga kamida bir marta olib boriladi hamda davlat arxivlarining joriy ish rejalarida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Davlat arxivlarining tegishli xodimlari tashkilotlar bilan bogʻliq oʻzgarishlarni (tashkilotlarning tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi, davlat tashkilotlarining mulkchilikning nodavlat shakliga oʻtishi) muntazam kuzatib boradilar va arxivlarning asosiy jamlash manbalari roʻyxatlariga tegishli oʻzgartirish va aniqliklar kiritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ETK (METK) tomonidan davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari roʻyxatiga kiritiladigan oʻzgartirish va aniqliklar ushbu roʻyxatni tuzish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Davlat arxivining asosiy jamlash manbalari roʻyxati har yili yanvar oyida reja asosida hamda ushbu roʻyxatga tashkilotlar tarkibining jiddiy oʻzgarishiga olib keluvchi muhim oʻzgarishlar kiritilgan taqdirda qayta koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. TOʻRAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 5-aprel
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxiv hujjatlari davlat arxivlariga topshirilishi lozim boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning roʻyxatini tuzish tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

TASDIQLAYMAN

_________________________

organ nomi, lavozimi

________________________

F.I.Sh, imzo

________________________

sana

Davlat arxivining asosiy jamlash manbalari roʻyxati

SHAKLI*

___________________________________________________

(davlat arxivining nomi)

T/r

Tashkilot indeksi **

Tashkilot nomi

Mulkchilik shakli

(davlat, nodavlat)

Hujjatlarni qabul qilish shakli:

toʻliq — 1,

tanlanma: turi boʻyicha — 2.1,

guruhi boʻyicha — 2.2

Qabul qilinayotgan hujjatning turi

Izohlar***

1.

2.

3.

4.

5.

6.

7.

1. Davlat organlari

1.1.

1.2.

2. Iqtisodiyot. Statistika

2.1.

2.2.

3. Sanoat

3.1.

3.2.

4. Qishloq, oʻrmon, suv xoʻjaligi

4.1.

4.2.

5. Qurilish. Arxitektura

5.1.

5.2.

6. Transport

6.1.

6.2.

7. Aloqa. Radiouzatish. Televideniye

7.1.

7.2.

8. Savdo. Umumiy ovqatlanish

8.1.

8.2.

9. Taʼminot. Tayyorlov. Sotish

9.1.

9.2.

10. Moliyalashtirish. Kreditlash. Davlat sugʻurtasi

10.1.

10.2.

11. Uy-joy kommunal xoʻjaligi, maishiy xizmat koʻrsatish

11.1.

11.2.

12. Taʼlim. Kadrlar tayyorlash

12.1.

12.2.

13. Fan

13.1.

13.2.

14. Madaniyat. Sanʼat. Matbuot. Madaniy-ommaviy ishlar

14.1.

14.2.

15. Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya.

Sport. Ijtimoiy taʼminot

15.1.

15.2.

16. Adliya. Sud. Prokuratura

16.1.

16.2.

17. Jamoat tashkilotlari

17.1.

17.2.

18. Boshqa sohalar

18.1

18.2.

Roʻyxatdagi jami tashkilotlar

Shu jumladan mulkchilik turi boʻyicha: davlat, nodavlat

Shu jumladan qabul qilish shakllari boʻyicha: 1, 2.1, 2.2

01.01.20__ y. holatiga jami

ETK kotibi imzosi

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-avgustdagi 22-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2360-1, 27.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2024-y., 10/24/2360-1/0669-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 19-son, 214-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son; 29.08.2024-y., 10/24/2360-1/0669-son)