Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.03.2024 03.05.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2357
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.03.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SOLIQ MASLAHATI MILLIY STANDARTI (1-SONLI SMMS) “SOLIQ MASLAHATI BOʻYIChA XIZMATLAR KOʻRSATISh TOʻGʻRISIDA ShARTNOMA TUZISh TARTIBI”NI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 3-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2357]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 12-fevraldagi 106-sonli “Soliq maslahati milliy standarti (1-sonli smms) “Soliq maslahati boʻyicha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma tuzish tartibi”ni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3502, 15.03.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, 9-son, 497-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-son “2011 — 2015-yillarda Respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 48-son, 442-modda) muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soliq maslahati milliy standarti (1-sonli SMMS) “Soliq maslahati boʻyicha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma tuzish tartibi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R.S. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 29-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-son

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2012-yil 29-martdagi 31-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq maslahati milliy standarti (1-sonli SMMS)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq maslahati boʻyicha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma tuzish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Soliq maslahati milliy standarti (1-sonli SMMS) (keyingi oʻrinlarda standart deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, 9-son, 497-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida soliq maslahati boʻyicha faoliyatni normativ tartibga solishning elementi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu standartning maqsadi soliq maslahati boʻyicha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma (keyingi oʻrinlarda shartnoma deb yuritiladi) tuzish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur standartning talablari barcha soliq maslahatchilari tashkilotlari tomonidan qoʻllanilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu standart soliq maslahatchilari tashkiloti tomonidan koʻrsatiladigan quyidagi xizmatlarga tatbiq etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya hisobini yoʻlga qoʻyish, tiklash va yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy hisobot tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya hisobi, menejment va moliya-xoʻjalik faoliyatining boshqa masalalari boʻyicha konsalting xizmatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Shartnoma tuzish boʻyicha talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Soliq maslahati boʻyicha xizmatlar soliq maslahatchilari tashkiloti xamda yuridik va jismoniy shaxslar (keyingi oʻrinlarda mijoz (ishonch bildiruvchi) deb yuritiladi) oʻrtasida yozma shaklda tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shartnoma ikki nusxada tuziladi (har bir tomon uchun bir nusxadan) hamda soliq maslahatchilari tashkiloti va mijoz (ishonch bildiruvchi) tomonidan imzolangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Soliq maslahatchilari tashkiloti mijoz (ishonch bildiruvchi) bilan uning yashash joyi va joylashgan yeridan (pochta manzilidan) qatʼi nazar, shartnoma tuzishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shartnomada majburiy tarzda quyidagi shartlar nazarda tutilgan boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma predmeti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatlar koʻrsatish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlanadigan haqning miqdori, shartlari va muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq maslahatchilari tashkilotining hamda mijozning (ishonch bildiruvchining) huquq va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq maslahatchilari tashkilotining fuqarolik javobgarligi sugʻurta polisining mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun, shuningdek uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzganlik uchun taraflarning javobgarligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin.
(7-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Shartnomaga mijoz (ishonch bildiruvchi) uchun quyidagi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq maslahatchilari tashkilotining fuqarolik javobgarligi sugʻurta polisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq maslahatchilari tashkiloti rahbari nomiga berilgan soliq maslahatchisi malaka sertifikati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomadagi soliq maslahatchilari tashkilotining (ijrochining) rekvizitlarida soliq maslahatchisi malaka sertifikati va fuqarolik javobgarligi sugʻurta polisining raqami, berilgan sanasi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Shartnomaning predmeti quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozga (ishonch bildiruvchiga) soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish hamda toʻlash masalalari boʻyicha xizmatlar koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq hisobotini tuzishda mijozga (ishonch bildiruvchiga) yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq boʻlgan obyektlarni aniqlash hamda ularning hisobini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudda, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarda soliq solish masalalari boʻyicha mijoz (ishonch bildiruvchi) nomidan va uning topshirigʻiga binoan vakillik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlar ishtirokchilarining vakili sifatida davlat soliq xizmati organlarida, shuningdek soliqqa oid nizoni sudgacha hal qilish davomida va sudda vakillik qilish;
(9-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozga (ishonch bildiruvchiga) soliq tekshiruvlari oʻtkazish vaqtida xizmat koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shartnomaga soliq maslahati boʻyicha bir yoki bir nechta xizmat turlari kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Shartnomalar quyidagicha boʻlishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma tuzishda aniq koʻrsatilgan savol yoki muammo boʻyicha soliq maslahatini nazarda tutuvchi bir martalik (bir yoʻla) xizmat koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma amal qilish muddati davomida soliq solish bilan bogʻliq yozma va ogʻzaki shaklda berilgan har qanday savollar boʻyicha maslahat berishni koʻzda tutuvchi muayyan muddat davomida xizmat koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma tuzishda davlat soliq xizmati organlarida, huquqni muhofaza qilish va boshqa nazorat qiluvchi organlarda, shuningdek sudda mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini ifoda etish orqali soliq maslahati boʻyicha xizmatlar koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Soliq maslahati boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning muddatlari shartnomaning predmetidan kelib chiqib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Soliq maslahati boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar uchun amalga oshiriladigan toʻlovning miqdori, shartlari va muddatlari shartnomaning predmeti va xizmatlar koʻrsatishning muddatidan kelib chiqib belgilanadi. Bunda qonunchilik hujjatlarida belgilanganidan kam boʻlmagan miqdorda oldindan toʻlovning shartligi nazarda tutilgan boʻlishi lozim. Toʻlovning miqdori soliq maslahatining moliyaviy natijalari (mijoz (ishonch bildiruvchi) tomonidan olinadigan naf) miqdoriga bogʻliq ravishda belgilanishi mumkin emas.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Soliq maslahatchilari tashkiloti shartnomani bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida mijozga (ishonch bildiruvchiga) zarar yetkazganligi uchun javobgar boʻladi. Mijozga (ishonch bildiruvchiga) yetkazilgan zararlarning, shu jumladan boy berilgan foydaning oʻrni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi kerak.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Soliq maslahatchilari tashkiloti koʻrsatilgan xizmati oqibatlari uchun javobgar boʻlmaydi, agarda bunday oqibatlar mijoz (ishonch bildiruvchi) tomonidan notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim qilinishi natijasida yuzaga kelgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Soliq maslahatchilari tashkiloti tuzilgan shartnoma boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun mijozning (ishonch bildiruvchining) roziligi bilan soliq maslahatida ishtirok etishga zarur boʻlgan boshqa mutaxassislarni jalb qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 18-son, 206-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)