Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 16.04.2012 yildagi 110-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Hujjat 16.04.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraqqiyot uchun oziq-ovqat” dasturi doirasida respublika qishloq aholi punktlarining ichimlik suv taʼminotini yaxshilash hamda Shreder nomidagi bogʻdorchilik va uzumchilik ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpogʻiston filiali laboratoriyasini jihozlash loyihalarini moliyalashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq aholi punktlarining ichimlik suv taʼminotini yaxshilash, qishloq xoʻjaligi ilmiy muassasalarini zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlash hamda Amerika Qoʻshma Shtatlari Hukumati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida tuzilgan “Taraqqiyot uchun oziq-ovqat” dasturi boʻyicha qishloq xoʻjaligi mahsulotlari berish toʻgʻrisidagi Bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga berilgan grantdan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hukumatlararo bitimga muvofiq tuzilgan Oʻzbekiston-Amerika qoʻshma ishchi guruhining “Taraqqiyot uchun oziq-ovqat” dasturi doirasidagi grant mablagʻlari hisobiga 2012-yilda ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yil va choraklarga boʻlib chiqqan holda loyihalarni moliyalashtirish jadvallarini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini taʼminlasinlar va loyihalarning amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi axborotni har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ilovaga kiritilgan loyihalarning “Taraqqiyot uchun oziq-ovqat” dasturi doirasida tushgan mablagʻlarni jamlash uchun ochilgan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus hisob raqamidan oʻz vaqtida moliyalashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi mazkur qarorga ilovaga kiritilgan qishloq aholi punktlaridagi ichimlik suv taʼminoti obyektlari boʻyicha buyurtmachi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 16-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-apreldagi 110-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Taraqqiyot uchun oziq-ovqat” dasturi doirasidagi grant mablagʻlar hisobiga 2012-yilda moliyalashtiriladigan loyihalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎

Loyihaning nomi‎

Loyihaning maqsadi‎

Moliyalash-tirish summasi (mln.soʻm) ‎

Mablagʻlarni oʻzlashtirish muddatlari‎

Masʼul bajaruvchilar ‎

1.‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasining Shumanay tumanidagi Qonlikoʻl-Dehqonobod xoʻjaliklararo suv oqizish tarmogʻini qurish (Qonlikoʻl bosh nasos stansiyasini rekonstruksiya qilgan holda I-bosqich)‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi Shumanay tumani aholi punktlarining suv taʼminotini yaxshilash‎ 2061,2‎ 2012-yil‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi‎
2.‎ Jizzax viloyatidagi Paxtakor, Doʻstlik, Zafarobod, Arnasoy, Mirzachoʻl va Jizzax tumanlari aholisining suv taʼminotini yaxshilash ‎ Jizzax viloyatidagi Paxtakor, Doʻstlik, Zafarobod, Arnasoy, Mirzachoʻl va Jizzax tumanlari aholi punktlarining suv taʼminotini yaxshilash ‎ 2530,0‎ 2012-yil‎ Jizzax viloyati hokimligi‎
3.‎ Qashqadaryo viloyatidagi Kasbi, Mirishkor va Muborak tumanlari aholisi suv taʼminotini yaxshilash‎ Qashqadaryo viloyatidagi Kasbi, Mirishkor va Muborak tumanlari aholisi suv taʼminotini yaxshilash 650,0‎ 2012-yil‎ Qashqadaryo viloyati hokimligi‎
4.‎ Surxondaryo viloyatidagi Boysun, Qumqoʻrgʻon, Oltinsoy, Uzun va Sherobod tumanlari qishloq aholi punktlarining suv taʼminotini yaxshilash‎ Surxondaryo viloyatidagi Boysun tumanining Gaza, Oltinsoy tumanining Gulchechak va Botosh, Qumqoʻrgʻon tumanining Jarqishloq va Oʻrtaqishloq, Uzun tumanining Otchopar hamda Sherobod tumanining Qishloqbozor qishloq aholi punktlari suv taʼminotini yaxshilash‎ 630,2‎ 2012-yil‎ Surxondaryo viloyati hokimligi‎
5.‎ Navoiy viloyatidagi Nurota tumani qishloq aholisining suv taʼminotini yaxshilash‎ Navoiy viloyatidagi Nurota tumanining Temirtovoq, Choʻponobod, Yangiobod, Dexbaland, Saidjon eshon, Madovod, Suvlik va Koʻktepa qishloq aholi punktlarining suv taʼminotini yaxshilash ‎ 1000,0‎ 2012-yil‎ Navoiy viloyati hokimligi‎
6.‎ Shreder nomidagi Bogʻdorchilik va uzumchilik ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpogʻiston filiali laboratoriyasini jihozlash‎ Shreder nomidagi ilmiy-tadqiqot institutining yangidan tashkil etilayotgan laboratoriyasi ehtiyojlari uchun laboratoriya uskunalari, mebellar, tashkiliy texnika va boshqa anjomlar sotib olish‎ 98,7‎ 2012-yil‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Shreder nomidagi Bogʻdorchilik va uzumchilik ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpogʻiston filiali‎
7.‎

Hammasi:‎

6970,1‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 16-son, 181-modda; 2015-y., 52-son, 646-modda)