O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Taraqqiyot uchun oziq-ovqat” dasturi doirasida respublika qishloq aholi punktlarining ichimlik suv ta’minotini yaxshilash hamda Shreder nomidagi bog‘dorchilik va uzumchilik ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpog‘iston filiali laboratoriyasini jihozlash loyihalarini moliyalashtirish to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Qishloq aholi punktlarining ichimlik suv ta’minotini yaxshilash, qishloq xo‘jaligi ilmiy muassasalarini zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlash hamda Amerika Qo‘shma Shtatlari Hukumati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida tuzilgan “Taraqqiyot uchun oziq-ovqat” dasturi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari berish to‘g‘risidagi Bitim doirasida O‘zbekiston Respublikasiga berilgan grantdan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Hukumatlararo bitimga muvofiq tuzilgan O‘zbekiston-Amerika qo‘shma ishchi guruhining “Taraqqiyot uchun oziq-ovqat” dasturi doirasidagi grant mablag‘lari hisobiga 2012-yilda ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari:
yil va choraklarga bo‘lib chiqqan holda loyihalarni moliyalashtirish jadvallarini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishsinlar;
mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini ta’minlasinlar va loyihalarning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi axborotni har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga taqdim etsinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ilovaga kiritilgan loyihalarning “Taraqqiyot uchun oziq-ovqat” dasturi doirasida tushgan mablag‘larni jamlash uchun ochilgan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus hisob raqamidan o‘z vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlasin.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi mazkur qarorga ilovaga kiritilgan qishloq aholi punktlaridagi ichimlik suv ta’minoti obyektlari bo‘yicha buyurtmachi etib belgilansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 16-aprel,
110-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-apreldagi 110-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Taraqqiyot uchun oziq-ovqat” dasturi doirasidagi grant mablag‘lar hisobiga 2012-yilda moliyalashtiriladigan loyihalar
ro‘yxati
|
T/r |
Loyihaning nomi |
Loyihaning maqsadi |
Moliyalash-tirish summasi (mln.so‘m) |
Mablag‘larni o‘zlashtirish muddatlari |
Mas’ul bajaruvchilar |
| 1. | Qoraqalpog‘iston Respublikasining Shumanay tumanidagi Qonliko‘l-Dehqonobod xo‘jaliklararo suv oqizish tarmog‘ini qurish (Qonliko‘l bosh nasos stansiyasini rekonstruksiya qilgan holda I-bosqich) | Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Shumanay tumani aholi punktlarining suv ta’minotini yaxshilash | 2061,2 | 2012-yil | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
| 2. | Jizzax viloyatidagi Paxtakor, Do‘stlik, Zafarobod, Arnasoy, Mirzacho‘l va Jizzax tumanlari aholisining suv ta’minotini yaxshilash | Jizzax viloyatidagi Paxtakor, Do‘stlik, Zafarobod, Arnasoy, Mirzacho‘l va Jizzax tumanlari aholi punktlarining suv ta’minotini yaxshilash | 2530,0 | 2012-yil | Jizzax viloyati hokimligi |
| 3. | Qashqadaryo viloyatidagi Kasbi, Mirishkor va Muborak tumanlari aholisi suv ta’minotini yaxshilash | Qashqadaryo viloyatidagi Kasbi, Mirishkor va Muborak tumanlari aholisi suv ta’minotini yaxshilash | 650,0 | 2012-yil | Qashqadaryo viloyati hokimligi |
| 4. | Surxondaryo viloyatidagi Boysun, Qumqo‘rg‘on, Oltinsoy, Uzun va Sherobod tumanlari qishloq aholi punktlarining suv ta’minotini yaxshilash | Surxondaryo viloyatidagi Boysun tumanining Gaza, Oltinsoy tumanining Gulchechak va Botosh, Qumqo‘rg‘on tumanining Jarqishloq va O‘rtaqishloq, Uzun tumanining Otchopar hamda Sherobod tumanining Qishloqbozor qishloq aholi punktlari suv ta’minotini yaxshilash | 630,2 | 2012-yil | Surxondaryo viloyati hokimligi |
| 5. | Navoiy viloyatidagi Nurota tumani qishloq aholisining suv ta’minotini yaxshilash | Navoiy viloyatidagi Nurota tumanining Temirtovoq, Cho‘ponobod, Yangiobod, Dexbaland, Saidjon eshon, Madovod, Suvlik va Ko‘ktepa qishloq aholi punktlarining suv ta’minotini yaxshilash | 1000,0 | 2012-yil | Navoiy viloyati hokimligi |
| 6. | Shreder nomidagi Bog‘dorchilik va uzumchilik ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpog‘iston filiali laboratoriyasini jihozlash | Shreder nomidagi ilmiy-tadqiqot institutining yangidan tashkil etilayotgan laboratoriyasi ehtiyojlari uchun laboratoriya uskunalari, mebellar, tashkiliy texnika va boshqa anjomlar sotib olish | 98,7 | 2012-yil | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Shreder nomidagi Bog‘dorchilik va uzumchilik ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpog‘iston filiali |
| 7. |
Hammasi: |
| 6970,1 | | |
Izoh: loyihalarni moliyalashtirish muddatlari qurilish ishlarining tugallanishiga va davlat qabul komissiyasi dalolatnomalarining rasmiylashtirilishiga ko‘ra aniqlanadi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-sonli qaroriga asosan izoh bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 646-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 16-son, 181-modda; 2015-y., 52-son, 646-modda)