03.12.1997 yildagi PF-1885-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI QABUL QILINGANLIGINING BESh YILLIGI MUNOSABATI BILAN AMNISTIYA TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining besh yilligi munosabati bilan hamda, insonparvarlik tamoyiliga amal qilib, Konstitutsiyaning 93-moddasi 20-bandiga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ozodlikdan mahrum qilish, shuningdek ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolardan quyidagi mahkumlar ozod qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, shuningdek Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini bartaraf qilishda qatnashgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ayollar, shuningdek 60 yoshdan oshgan erkaklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) voyaga yetmagan yoshida jinoyat sodir etgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) birinchi va ikkinchi guruh nogironlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Birinchi marta qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun uch yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etilgan yoki ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarga hukm qilingan, shuningdek, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyatlar uchun besh yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar jazodan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Birinchi marta hukm qilingan quyidagi shaxslar jazoning qolgan qismini oʻtashdan ozod qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilingan va tayinlangan jazo muddatining kamida toʻrtdan bir qismini oʻtaganlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilingan va tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan ikki qismini oʻtaganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilingan va tayinlangan jazo muddatining kamida toʻrtdan uch qismini oʻtaganlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Farmonning birinchi moddasida qayd etilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar, shuningdek ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatlar yuzasidan olib borilayotgan tergov ishlari va sudda koʻrilmagan ishlar harakatdan tugatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ehtiyotsizlik oqibatida sodir etgan jinoyatlari uchun besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga — oʻtalmagan jazo qismi yarmiga qisqartirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Birinchi marta oʻn yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va jazo muddatining kamida yarmini oʻtagan mahkumlar manzil-koloniyalarga oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 247, 248-moddalarida, 270-moddasining 2, 3-qismlarida, 271, 272, 273-moddalarida koʻrsatilgan jinoyatlarni sodir etganlarga, oʻta ogʻir jinoyatlar uchun hukm qilinganlarga, oʻta xavfli retsidivistlarga, shuningdek uyushgan guruh yohud jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etganlarga nisbatan ushbu Farmonning 1—4, 6-moddalari qoʻllanilmasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jazoni oʻtash tartibini buzgan mahkumlarga, shuningdek ilgari amnistiya yoki afv etish tartibida jazodan ozod etilgan shaxslarga nisbatan Farmon tatbiq etilmasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Farmon matbuotda eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi va toʻrt oy mobaynida ijro etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 3-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1885-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 10-son, 287-modda)