11.11.1997 yildagi PF-1880-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 09.11.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XORAZM MAʼMUN AKADEMIYASINI QAYTADAN TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, uning jahon ilmiy hamjamiyatidagi oʻrnini mustahkamlash, mintaqalarda fanni yanada rivojlantirish hamda isteʼdodli va fidoyi olimlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, yuqori intellektual muhit yaratishdagi milliy anʼanalarni rivojlantirish, qadimda fan, maʼrifat va madaniyat olamining markazi hisoblangan, odamzot tarixidagi ilk akademiyalardan boʻlmish Xorazm Maʼmun akademiyasini qaytadan tashkil etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xorazm Maʼmun akademiyasi — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mintaqaviy boʻlimi Xiva shahrida tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm Maʼmun akademiyasining asosiy ilmiy va tashkiliy vazifalari quyidagilar deb belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ilm-fan sohasidagi qadimgi ulugʻ milliy meros asoslarida yuqori intellektual muhitni yaratishdagi boy anʼanalarni tiklash va rivojlantirish, yosh isteʼdodli olimlarni izlab topish, ularni Akademiya faoliyatiga jalb etish va ilmiy ijodlarining samaradorligini yuksaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— qadimgi milliy ilm-fan sohasidagi boy merosni har tomonlama oʻrganish va tahlil qilish, tarix, arxeologiya, falsafa, til va adabiyot, biologiya va bio-texnologiya sohalarida fundamental izlanishlarni olib borish, zamonaviy ilmiy maktablar yaratish va fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— mintaqada ilm-fan bilan bogʻliq barcha ishlarni zamon talablari darajasida muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Uzluksiz taʼlim tizimi va fan oʻrtasidagi uzviy, oʻzaro manfaatli aloqalarni oʻrnatish, akademik litseylarda ilmiy-pedagogik faoliyatni yuqori saviyada olib borish;
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (T. Joʻrayev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Xorazm Maʼmun akademiyasi tarkibida tarix, arxeologiya, falsafa, til va adabiyot, biologiya yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy boʻlinmalarni tashkil etsin, ikki hafta muddatda Xorazm Maʼmun akademiyasining tuzilmasi va Ustavini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— bir oy muddatda Xorazm Maʼmun akademiyasining asosiy ilmiy yoʻnalishlar hamda ilmiy-tadqiqot ishlarining dasturini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— bir oy muddatda Moliya vazirligi bilan birgalikda Xorazm Maʼmun akademiyasi shtat jadvalini, ilmiy-tadqiqot ishlari hamda uning faoliyati bilan bogʻliq sarf-xarajatlarning hisobini tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— 1998-yilning birinchi choragida oʻz Ustaviga muvofiq ustuvor ilmiy yoʻnalishlar sohasida samarali ishlayotgan olimlardan Xorazm Maʼmun akademiyasi tarkibiga saylov oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xorazm Maʼmun akademiyasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolari (akademiklari) ikki nafarga koʻpaytirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (J. Sayfiddinov) Xorazm Maʼmun akademiyasining ilmiy izlanishlari va ilmiy-tashkiliy faoliyat olib borishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan tayyorlangan sarf-xarajatlar hisobiga muvofiq budjetdan mablagʻ ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi (P. Habibullayev) 1998 va undan keyingi yillardagi Xorazm Maʼmun akademiyasining ilmiy izlanishlar mavzularini Davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari tarkibida rejalashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xorazm viloyat xokimligi bilan birgalikda Xorazm Maʼmun akademiyasi va uning boʻlinmalariga isteʼdodli yosh olimlar va yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xorazm viloyati hokimligiga (I. Yusupov) bir oy muddatda Xorazm Maʼmun akademiyasi uchun maʼmuriy bino ajratish, uni taʼmirlash, transport, aloqa va boshqa zarur jihozlar hamda viloyatga taklif etilgan ilmiy xodimlarni uy-joy bilan taʼminlash yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 11-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1880-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 10-son, 286-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)