Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI QOShIDAGI YuRISTLAR MALAKASINI OShIRISh MARKAZI TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 531-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining yangi tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziriga, zaruriyat boʻlganda, Markazning tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining yangi ustavini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshida Yuristlar malakasini oshirish markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 21-iyuldagi 364-son qaroriga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri N.T. Yoʻldoshev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 28-mart,
87-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-martdagi 87- son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining
TUZILMASI
Izoh: texnik va yordam koʻrsatuvchi xodimlar normativ hujjatlarga asosan belgilanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 13-son, 145-modda)