1-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Bajarish muddatlari |
Bajaruvchilar |
Summasi |
Moliyalashtirish manbalari |
|
I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish | |||||
|
1. |
Umumiy tarmoqli koʻchma brigadalar, reanimatsiya tadbirlarini oʻtkazish brigadalari, shuningdek shoshilinch tibbiy yordam va favqulodda vaziyatlarda yordam koʻrsatish brigadalari uchun tez tibbiy yordam koʻrsatishning zamonaviy, tegishli xalqaro talablarga mos boʻlgan standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2012-yil II chorak |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
— |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
| 2. | Mulkchilik shakllaridan va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, tez tibbiy yordam xizmati boʻyicha yagona hisobga olish-hisobot hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2012-yil II chorak |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi |
— |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
| 3. | Shoshilinch tibbiy yordam va tez tibbiy yordam xizmatlarining shtat normativlarini, xalqaro talablarga muvofiq hamda kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatishning yangi texnologiyalari va metodlarini joriy etishni hisobga olgan holda, belgilangan xodimlar soni doirasida muvofiqlashtirish. |
2012-yil II chorak |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi |
— |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
| 4. | Tez tibbiy yordam koʻchma brigadalarini, shoshilinch tibbiy yordam xizmatida xizmat koʻrsatiladigan chaqirishlar va koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar hisobidan kelib chiqqan holda, birinchi navbatda zarur boʻladigan dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash normativlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2012-yil II chorak |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi |
— |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
| 5. | Shoshilinch, kechiktirib boʻlmaydigan va tez tibbiy yordam boʻyicha, yagona dispetcherlik-muvofiqlashtirish xizmati ish tartibini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish. |
2012-yil II chorak |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
— |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
|
II. Aholiga tez, kechiktirib boʻlmaydigan va shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish sifatini yanada yaxshilash | |||||
| 6. | Tez tibbiy yordam xizmatini Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi hamda uning hududiy boʻlinmalari bilan yanada integratsiyalash taʼminlanishini hisobga olgan holda tez, kechiktirib boʻlmaydigan va shoshilinch tibbiy yordam xizmati tizimida yagona dispetcherlik-muvofiqlashtirish markazini tashkil etish. |
2013-yil II chorak |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
— |
Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida |
| 7. | Xizmat koʻrsatiladigan chaqirishlar toifalariga muvofiq tez tibbiy yordam xizmati tarkibini, shu jumladan: a) umumiy tarmoqli brigadalarni — xizmat koʻrsatish quvvatining 85 foizidan; b) ixtisoslashtirilgan brigadalarni — xizmat koʻrsatish quvvatining 15 foizidan iborat etib oʻzgartirish. |
2012-yil II chorak |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
— |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
| 8. | 2012—2015-yillarda tez, kechiktirib boʻlmaydigan va shoshilinch tibbiy yordam xizmatining ixtisoslashtirilgan avtotransport bilan taʼminlanganligini 100 foizgacha yetkazish, shuningdek avtoparkni yangilash, shu jumladan: umumiy tarmoqli brigadalar uchun — yiliga 100 ta avtomashina (jami 400 ta); ixtisoslashtirilgan brigadalar uchun — yiliga 15 ta avtomashina-reanimobil (jami 30 ta) bilan taʼminlash. |
2012 — 2015-yillar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi |
9 630,0 mln soʻm |
Davlat budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mablagʻlari |
| 9. | Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazini narkoz-nafas oldirish apparatlari (10 ta), karavot yoniga qoʻyiladigan hayot taʼminoti monitorlari (50 ta), oʻpkani sunʼiy ventilyatsiyalash apparatlari (10 ta), raqamli rentgen-apparat komplekti (1 ta), UTT apparati (2 ta), magnit-rezonans tomografi (1 ta) hamda boshqa tibbiy va laboratoriya-tashxis anjomlari bilan qoʻshimcha taʼminlash. |
2012 — 2015-yillar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
5 200,0 ming AQSH dollari |
Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi mablagʻlari, Xalqaro moliya institutlari grantlari va imtiyozli kreditlari |
| 10. | Tez tibbiy yordam xizmatini tibbiyot anjomlari va uskunalari, shu jumladan portativ elektr-kardiogramma apparatlari, defibrillyatorlar, oʻpkani sunʼiy ventilyatsiyalash apparatlari, Ambu qopchalari, immobilizatsiya vositalari, tibbiyot qutichalari va shu kabilar bilan qoʻshimcha taʼminlash. |
2012 — 2015-yillar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi | 780,0 ming AQSH dollari | Xalqaro moliya institutlari grantlari va imtiyozli kreditlari |
| 11. | Tez, kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam xizmati uchun tasdiqlangan normativlarga muvofiq dori-darmonlar, tibbiyot buyumlari va sarflash materiallari bilan taʼminlashni bosqichma-bosqich yaxshilash. |
2012 — 2015-yillar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi | — | Budjet mablagʻlari doirasida |
| 12. | Shoshilinch tibbiy yordam tizimidagi dispetcherlik- muvofiqlashtirish xizmatini zamonaviy radioaloqa tizimlari va dasturiy taʼminlangan kompyuter anjomlari bilan jihozlash. |
2012 — 2015-yillar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 1 860,0 mln soʻm | Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi mablagʻlari, Xalqaro moliya institutlari grantlari va imtiyozli kreditlari |
| 13. | Birinchi navbatda chaqiriq joylarida aholiga tezkor va malakali yordam koʻrsatishga qodir boʻlgan ixtisoslashtirilgan vrachlar brigadalari tayyorlashga yoʻnaltirilgan tez tibbiy yordam tibbiyot xodimlari malakasini oshirish. |
2012-yil II chorakdan boshlab |
Sogʻliqni saqlash vazirligi | — | Bajaruvchilar mablagʻlari |
| 14. | Tez, shoshilinch tibbiyot yordami xizmati mutaxassislarini ularning malakasiga, qarorlar qabul qilishda kasb mahoratiga va koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatiga baho berish yuzasidan davriy asosda attestatsiyadan oʻtkazish. |
2012-yil II chorakdan boshlab |
Sogʻliqni saqlash vazirligi | — | Bajaruvchilar mablagʻlari |
2-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Bajarish muddatlari |
Bajaruvchilar |
Xarajatlar |
Moliyalashtirish manbalari |
| I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish | |||||
| 1. | Barcha onkologiya muassasalarini (dispanserlarini) metodik jihatdan Respublika onkologiya ilmiy markaziga boʻysundirish, unga profilaktika ishlarini tashkil etishning vertikal integratsiyalashgan tizimini hamda xavfli oʻsmalarni aniqlash yuzasidan skrining tadqiqotlarini joriy etish hisobiga saraton kasalliklarini barvaqt aniqlashni taʼminlash vazifalarini yuklash. | 2012-yil II chorak | Sogʻliqni saqlash vazirligi | — | Bajaruvchilar mablagʻlari |
| 2. | Onkologik bemorlarga tashxis qoʻyish va ularni davolashning zamonaviy standartlarini hamda davolash-tashxis qoʻyish, onkologiya xizmatining profilaktik faoliyatini reglamentlovchi normativ hujjatni ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2012-yil II chorak | Sogʻliqni saqlash vazirligi | — | Bajaruvchilar mablagʻlari |
| 3. | Tibbiy yordam koʻrsatishning yangi texnologiyalari va metodlarini joriy etishni hisobga olgan holda onkologiya xizmati shtat normativlarini belgilangan xodimlar soni doirasida xalqaro talablarga muvofiqlashtirish. | 2012-yil II chorak | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi | — | Bajaruvchilar mablagʻlari |
| 4. | Viloyatlar va shaharlar onkologiya dispanserlari darajasidagi skrining tadqiqotlariga mansub boʻlgan onkologiya xizmatidagi patologiyalar roʻyxatini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2013-yil II chorak | Sogʻliqni saqlash vazirligi | — | Bajaruvchilar mablagʻlari |
| II. Moddiy-texnika bazasini mustahkamlash | |||||
| 5. |
Onkologiya xizmati uchun liniyali tezlatgichlar, kompyuter tomograflari, dozimetrik anjomlar komplektlari, masofadan turib nurlantirish uchun gamma-terapiya apparatlari, ichki qorin gamma–terapiyasi uchun apparatlar, C-Arm rentgen apparatlari, ultratovushli raqamli skanerlar, laparoskopik anjomlar, duadenafibroskoplar, kolonofibroskoplar, bronxofibroskoplar va koogulyatorlar sotib olish. Tizimning profilaktika faoliyatini rivojlantirish va xavfli oʻsmalarni barvaqt aniqlash maqsadida anjomlar, shu jumladan PSR-analizatorlar, immunogistokimyoviy tadqiqotlar oʻtkazish va onkomarkerlarni aniqlash uchun uskunalar va reaktivlar komplektlarini, shuningdek ayollar sut bezi saratoni kasalini barvaqt aniqlash maqsadida skrining-markazlarga mammograflar sotib olish uchun xorijiy kreditlar va grantlarni ishlab chiqish va jalb etish. |
2012 — 2015-yillar | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 32 190,0 ming AQSH dollari 5 810,0 ming AQSH dollari |
Islom taraqqiyot bankining qarz mablagʻlari Xalqaro moliya institutlari grantlari va imtiyozli kreditlari |
| 6. | Navoiy, Jizzax va Fargʻona viloyatlaridagi viloyat onkologiya dispanserlarida radiologiya boʻlimlari tashkil etish, 13 ta viloyat onkologiya dispanserlarida taʼmirlash-rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish. | 2012 — 2015-yillar | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 55 540,0 mln soʻm | Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi mablagʻlari |
| 7. | Onkologiya xizmatini tegishli sarflash materiallari, dori-darmonlar komplektlari va birinchi navbatda zarur boʻladigan tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashni yaxshilash. | 2012 — 2015-yillar | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | — | Budjet mablagʻlari doirasida |
| III. Saraton kasali boʻyicha profilaktika, barvaqt tashxis qoʻyish va davolash samaradorligini oshirishni takomillashtirish | |||||
| 8. | Aholi oʻrtasida saraton kasali profilaktikasining eng samarali metodi sifatida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, chekishga, kuchli alkogolli ichimliklarni isteʼmol qilishga qarshi, oqilona ovqatlanishni keng yoyish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish. | 2012 — 2015-yillar | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Ekosan” jamgʻarmasi, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi | 131,7 mln soʻm | Bajaruvchilar mablagʻlari |
| 9. | Aholi oʻrtasida xavfli oʻsmalarni profilaktika qilish va barvaqt aniqlash toʻgʻrisida tibbiy va gigiyena bilimlarini ommalashtirish maqsadida axborot-maʼrifiy ishlarni amalga oshirish. | 2012 — 2015-yillar | Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Milliy teleradiokompaniya | 61,6 mln soʻm | Bajaruvchilar mablagʻlari |
| 10. | Onkologiya kasalliklarini barvaqt aniqlash maqsadida aholini skrining tekshiruvlaridan oʻtkazishni tashkil etish va taʼminlash. | 2013-yildan boshlab | Sogʻliqni saqlash vazirligi | — | Budjet mablagʻlari doirasida |
| 11. | Xavfli oʻsmalarni erta bosqichlarida aniqlash uchun tadqiqotlarning molekulyar-biologik va immunofermentli zamonaviy metodlarini joriy etish. | 2012 — 2015-yillar | Sogʻliqni saqlash vazirligi | — | Bajaruvchilar mablagʻlari |
| IV. Onkologiya xizmatida tibbiy xizmatlar koʻrsatish sifati yuzasidan nazoratni kuchaytirish | |||||
| 12. | Tuman darajasidan respublika darajasigacha boʻlgan koʻlamda onkologik bemorlar boʻyicha maʼlumotlarning yagona axborot bazasini yaratish va joriy etish. | 2012-yil II chorakda — yaratish, 2012-2013-yillarda — joriy etish |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi | — | Budjet mablagʻlari doirasida |
| 13. | Onkologiya sohasidagi tibbiyot xodimlarining professional darajasini va ular tomonidan koʻrsatiladigan ixtisoslashtirilgan yordam sifatini yanada yaxshilash maqsadida onkologiya xizmati tibbiyot xodimlari malakasini oshirish. | 2012-yil II chorakdan boshlab | Sogʻliqni saqlash vazirligi | — | Bajaruvchilar mablagʻlari |
| 14. | Respublika onkologiya ilmiy markazi hamda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti bazasida onkologiya kasalliklarini profilaktika qilish va barvaqt aniqlash masalalari boʻyicha professional darajani oshirish maqsadida umumiy amaliyot vrachlari va boshqa ixtisosliklar vrachlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etish. | 2012-yil II chorakdan boshlab | Sogʻliqni saqlash vazirligi | — |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
| V. Onkologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish | |||||
| 15. | Shishgan hujayralarning molekulyar biologiyasi boʻyicha fundamental tadqiqotlarni kengaytirish, genetik nobarqarorlik va kanserogenli agentlar va hujayralarning oʻzaro taʼsir koʻrsatish jarayonlarini oʻrganish, oʻsmalarga qarshi preparatlar, genetik mutatsiya ishtirokidagi xavfli oʻsmalarning dori-darmonlarga nisbatan barqarorligining molekulyar mexanizmlarini oʻrganish. Onkologiya kasalliklarining asosiy shakllarini kompleks davolash metodlarini ishlab chiqqan holda saraton kasali boʻyicha tashxis qoʻyish va davolashning yangi samarali metodlarini yaratishga doir ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish. | 2012 — 2015-yillar | Sogʻliqni saqlash vazirligi | — | Budjet mablagʻlari doirasida |
| 16. | Onkologiya kasalliklari boʻyicha tashxis qoʻyish va davolashning zamonaviy metodlarini kooperatsiyalash va joriy etish maqsadida xalqaro tashkilotlar hamda yetakchi xorijiy ilmiy markazlar bilan aloqalarni mustahkamlash. | Doimo | Sogʻliqni saqlash vazirligi | — | Bajaruvchilar mablagʻlari |