22.11.2010 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI BILAN IORDANIYA HOShIMIYLAR QIROLLIGI HUKUMATI OʻRTASIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki yoqlama soliqqa tortishga yoʻl qoʻymaslik hamda daromad soliqlarini toʻlashdan boʻyin tovlashning oldini olish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi Hukumati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki yoqlama soliqqa tortishga yoʻl qoʻymaslik hamda daromad soliqlarini toʻlashdan boʻyin tovlashning oldini olish toʻgʻrisida bitim tuzish istagini bildirib, shuningdek ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikka koʻmak berish maqsadida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Bitimni koʻllash sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Bitim tatbiq etiladigan shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Davlatlarning biri yoki har ikkisining rezidenti boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Bitim tatbiq etiladigan soliqlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Davlat yoki uning maʼmuriy-hududiy yoxud siyosiy boʻlinmalari yoki mahalliy hokimiyat organlari nomidan undiriladigan daromad soliqlariga nisbatan, ularni undirish usulidan qatʼi nazar, tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Daromad soliqlariga jami daromaddan yoxud daromadning bir qismidan olinadigan barcha soliqlar, shu jumladan, koʻchar va koʻchmas mulkni boshqa shaxsga berishdan olingan daromaddan, korxonalar tomonidan toʻlanadigan ish haqi va maoshlarning umumiy summalaridan olinadigan soliqlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Bitim tatbiq etiladigan mavjud soliqlar, xususan quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekistonda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) yuridik shaxslarning daromad (foyda) soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) jismoniy shaxslarning daromad soligʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(bundan keyin “Oʻzbekiston soligʻi” deb nomlanadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Iordaniyada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) daromad soligʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(bundan keyin “Iordaniya soligʻi” deb ataladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Bitim u imzolangan sanadan soʻng mavjud soliqlarga qoʻshimcha tarzda yoki mavjudlari oʻrniga undiriladigan har qanday aynan bir xil yoki mohiyati jihatidan oʻxshash soliqlarga nisbatan ham qoʻllanadi. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oʻzlarining tegishli soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga kiritilgan har qanday muhim oʻzgartishlar toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Taʼriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Umumiy taʼriflar -modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitimning maqsadi uchun, agar matndan oʻzga maʼno kelib chiqmasa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “bir Ahdlashuvchi Davlat” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlat” atamalari matn mazmuniga qarab, Oʻzbekistonni yoki Iordaniyani anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Oʻzbekiston” atamasi Oʻzbekiston Respublikasini anglatadi va jugʻrofiy maʼnoda qoʻllanilganda Oʻzbekiston Respublikasi oʻz qonunchiligi boʻyicha va xalqaro huquqqa muvofiq suveren huquqlari va yurisdiksiyasini, shu jumladan yer osti va tabiiy resurslardan foydalanish huquqini amalga oshirishi mumkin boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining hududini, shu jumladan hududiy suvlar va havo kengliklarini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) “Iordaniya” atamasi Iordaniya Hoshimiylar Qirolligini anglatadi va jugʻrofiy maʼnoda qoʻllanilganda Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi hududini, Iordaniyaning hududiy suvlarini hamda hududiy suvlarning dengiz tubi va yer ostini anglatadi hamda Iordaniya qonunlari boʻyicha va xalqaro huquqqa muvofiq Iordaniya doirasida hayvon va oʻsimliklardan yaralgan tabiiy resurslarni qidirish va ishlatish maqsadlari uchun suveren huquqlarga ega boʻlgan hudud sifatida boʻlgan yoki kelgusida belgilanishi mumkin boʻlgan Iordaniya hududiy suvlari chegaralari boʻylab choʻzilgan har qanday hududni, va bunday hududning dengiz tubi va yer ostini oʻz ichiga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “shaxs” atamasi jismoniy shaxsni, kompaniyani yoki shaxslarning har qanday boshqacha birlashmasini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) “kompaniya” atamasi har qanday korporativ tuzilmani yoki soliq solish maqsadida korporativ tuzilma sifatida qaraladigan har qanday tashkilotni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) “bir Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi” atamalari, tegishlicha bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boshqaruvi ostida ish yuritayotgan korxonani va boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boshqaruvi ostida ish yuritayotgan korxonani anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “xalqaro tashish” atamasi Ahdlashuvchi Davlatda haqiqatda boshqariladigan korxona tomonidan foydalaniladigan dengiz, havo kemasida, temir yoʻl yoki avtomobil transportida har qanday tashishni anglatadi, dengiz, havo kemasi, temir yoʻl yoki avtomobil transporti vositasidan faqat boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan punktlar oʻrtasida foydalaniladigan hollar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) “vakolatli organ” atamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Oʻzbekistonda — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi yoki uning vakolatli vakilini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ii) Iordaniyada — Moliya vaziri yoki uning vakolatli vakilini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) “milliy shaxs” atamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) Ahdlashuvchi Davlat fuqaroligiga ega boʻlgan har qanday jismoniy shaxsni,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ii) Ahdlashuvchi Davlatning amaldagi qonunchiligiga muvofiq oʻz maqomini olgan har qanday yuridik shaxs, shirkat va uyushmani anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Davlat tomonidan qoʻllanilgan har qanday vaqtda unda belgilanmagan har qanday atama, agar matn mazmunidan oʻzga maʼno kelib chiqmasa, ushbu Bitim tatbiq etiladigan soliqlarga nisbatan shu Davlatning qonunlariga muvofiq kelib chiqadigan maʼnoni anglatadi; har qanday maʼno ushbu Davlatning soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq ushbu Davlatning boshqa qonun hujjatlaridagi mazkur atama uchun belgilangan maʼnodan ustun turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Rezident
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim maqsadlari uchun “Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti” atamasi ushbu Davlatning qonunchiligiga muvofiq oʻzining turar joyi, doimiy boʻlish joyi, boshqaruv joyi, roʻyxatdan oʻtgan joyi yoki shunga oʻxshash har qanday boshqa mezon asosida unda soliqqa tortiladigan har qanday shaxsni anglatadi, shuningdek, ushbu Davlat va har qanday maʼmuriy-hududiy yoki siyosiy boʻlinma yoki mahalliy hokimiyat organlarini oʻz ichiga oladi. Biroq ushbu atama faqat shu Davlatdagi manbalardan daromad olayotgan, shu Davlatda soliqqa tortiladigan har qanday shaxsni oʻz ichiga olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar 1-band qoidalariga muvofiq jismoniy shaxs har ikki Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlsa, unda uning maqomi quyidagi tarzda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) shaxs faqat u toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy turar joyga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanadi; agar u har ikki Davlatda toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy turar joyga ega boʻlsa, u faqat eng yaqin shaxsiy va iqtisodiy aloqalarga ega boʻlgan (hayotiy manfaatlar markazi) Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar uning hayotiy manfaatlari markazi boʻlgan Davlatni aniqlab boʻlmasa yoki u Davlatlardan hech birida toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy turar joyga ega boʻlmasa, u faqat odatda yashaydigan Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) agar shaxs odatda har ikki Davlatda yashasa yoki odatda ulardan hech birida yashamasa, u qaysi Davlatning milliy shaxsi boʻlsa, faqat shu Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) agar shaxs har ikki Davlatning milliy shaxsi boʻlsa yoki ulardan hech birining milliy shaxsi boʻlmasa, Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari bu masalani oʻzaro kelishuv boʻyicha hal qilishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar 1-band qoidalariga muvofiq, shaxs jismoniy shaxs boʻlishdan tashqari har ikki Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, u faqat amaldagi boshqaruv organi joylashgan Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Doimiy muassasa
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim maqsadlari uchun “doimiy muassasa” atamasi korxona toʻliq yoki qisman tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan doimiy faoliyat joyini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Doimiy muassasa” atamasi, xususan, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boshqaruv joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boʻlinma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) ofis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) fabrika;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ustaxona va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) sotishni amalga oshirish uchun foydalaniladigan ombor yoki xona;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mahsulotlarni sanoat miqdorlarida sotish uchun ham foydalaniladigan boʻlsa, sanoat koʻrgazmasi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) shaxta, neft yoki gaz qudugʻi, karyer yoki tabiiy resurslar qazib olinadigan har qanday boshqa joy, burgʻulash uskunasi yoki tabiiy resurslarni tadqiq etish yoxud ulardan foydalanish uchun faoliyat koʻrsatayotgan kema.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Doimiy muassasa” atamasi, shuningdek quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qurilish maydonchasi, qurilish, montaj qilish yoki yigʻish obyekti yoxud ular bilan bogʻliq nazorat qiluvchi faoliyat, biroq bunday maydoncha, obyekt yoki faoliyat istalgan 12 oylik davr doirasida olti oydan ortiq mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) korxona tomonidan uning shunday maqsadlari uchun yollangan xizmatchilar va boshqa xodimlar orqali xizmatlar, shu jumladan. maslahat xizmatlarining koʻrsatilishi, biroq agar bu turdagi faoliyat (xuddi shunday loyiha yoki u bilan bogʻlangan loyiha uchun) mamlakat doirasida istalgan oʻn ikki oylik davr mobaynida jami olti oydan ortiq davr yoki davrlarni tashkil etsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu moddaning oldingi qoidalariga qaramay, “doimiy muassasa” atamasi quyidagi faoliyat turlarini oʻz ichiga olmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) inshootlardan shu korxonaga tegishli tovar yoki mahsulotlarni faqat saqlash yoxud namoyish qilish maqsadlarida foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shu korxonaga tegishli tovar yoki mahsulotlar zaxirasini faqat saqlash yoxud namoyish qilish maqsadlarida asrab turish, saqlash yoki namoyish qilishga buyurtmalar boʻyicha soʻrovlar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) shu korxonaga tegishli tovar yoki mahsulotlar zaxirasini boshqa korxona tomonidan faqat qayta ishlash maqsadlarida saqlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) doimiy faoliyat joyini faqat tovar yoki mahsulotlar sotib olish yoki reklama yoki yetkazib berish uchun yoxud korxona uchun axborot yigʻish maqsadida saqlab turish, axborot yigʻish maqsadida idoraga badal qoʻshish bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) doimiy faoliyat joyini faqat ushbu korxona manfaatlari uchun, faqat boshqa har qanday tayyorgarlik yoki yordamchi tusdagi faoliyatni amalga oshirish maqsadlarida saqlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) doimiy faoliyat joyining faqat a) — e) kichik bandlarida qayd etilgan faoliyat joyining bunday majmuasidan kelib chiqadigan jami faoliyati tayyorlov yoki yordamchi tusga ega boʻlgan holatdagina shunday deb qabul qilinadi. Yuqorida koʻrsatilgan faoliyat faqatgina korxona uchun amalga oshirilmagan taqdirda, bunday faoliyat korxonani doimiy muassasa sifatida qarashga olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 1 va 2-bandlar qoidalariga qaramay, agar 6-band tatbiq etiladigan mustaqil maqomli agentdan oʻzga shaxs Ahdlashuvchi Davlatda boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi nomidan faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa, bu korxona ushbu shaxs tomonidan shu korxona uchun amalga oshiriladigan har qanday faoliyatga nisbatan birinchi eslatib oʻtilgan Davlatda doimiy muassasaga ega deb hisoblanadi, agar bunday shaxs:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu Davlatda bunday korxona nomidan muzokaralar olib borish yoki (va) shartnomalar tuzish vakolatiga ega va odatda, bu vakolatlardan 4-bandda koʻrsatilganidek, agar doimiy muassasa sifatida amalga oshirilayotgan faoliyat bilan cheklanmagan boʻlgunga qadar foydalanayotgan boʻlsa, mazkur band qoidalariga muvofiq doimiy faoliyat joyini doimiy muassasaga aylantirmaydi; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) odatda, birinchi eslatilgan Davlatda tovar yoki mahsulotlar zaxirasini tutib turgan va bu Davlatga tovar yoki mahsulotlarni shunday korxona nomidan muntazam yetkazib berayotgan boʻlsa; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) bu Davlatda shu korxonaga tegishli boʻlgan shunday korxona uchun tovar yoki mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan yoki qayta ishlayotgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bir Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi boshqa Davlatda broker, komissioner yoki har mustaqil maqomdagi qanday boshqa agent orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgani tufayligina, bunday shaxslar oʻzining odatdagi faoliyati doirasida ish yuritgan taqdirda, unga boshqa Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasasiga ega boʻlgan deb qaralmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan kompaniyani nazorat qilayotgani yoki nazorat qilinayotgani yoki ana shu boshqa Davlatda tijorat faoliyatini amalga oshirayotganining (doimiy muassasa orqali yoki boshqa tarzda), oʻzi bu kompaniyalardan birini boshqasining doimiy muassasasiga aylantirib qoʻymaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu moddaning oldingi qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatning sugʻurta korxonasi, qayta sugʻurta qilish hollaridan tashqari, agar u boshqa Davlat hududida sugʻurta mukofotlarini yigʻsa yoki 6-bandga taalluqli mustaqil maqomdagi agentdan oʻzga shaxs orqali u yerda boʻlishi mumkin boʻlgan xavfni sugʻurta qilsa, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga ega deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Daromadga soliq solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Koʻchmas mulkdan olinadigan daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkdan olingan daromad (shu jumladan qishloq yoki oʻrmon xoʻjaligidan olinadigan daromad ham) shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Koʻchmas mulk” atamasi u koʻrib chiqilayotgan mulk joylashgan Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligi boʻyicha ega boʻlgan maʼnoga ega boʻladi. Atama har qanday holda yer ustidagi mulkka tegishli umumiy qonunlar belgilagan koʻchmas mulkka bogʻliq boʻlgan mol-mulk, chorva va qishloq xoʻjaligi va oʻrmonchilik maqsadlariga moʻljallangan inventar huquqlarini, koʻchmas mulk uzufrukti va qazib olish usuli uchun kompensatsiyalar sifatida toʻlanadigan oʻzgaruvchan va qayd qilingan toʻlovlar huquqi yoki minerallar qatlamlarini (konini), buloqlarni va boshqa tabiat boyliklarini qazib olish huquqlarini oʻz ichiga oladi; dengiz, daryo, havo kemalari, temir yoʻl va avtomobil transporti vositalari koʻchmas mulk sifatida koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1-band qoidalari koʻchmas mulkdan toʻgʻridan toʻgʻri foydalanish, ijaraga berish yoki boshqa har qanday shaklda foydalanishdan olingan daromadga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 1 va 3-bandlar qoidalari korxonaning koʻchmas mulkidan olingan daromadga va mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan koʻchmas mulkdan olingan daromadga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan foyda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining foydasi, agar korxona oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan boʻlsa, faqat ushbu Davlatda soliqqa tortiladi. Agar korxona oʻz faoliyatini yuqorida aytilganidek amalga oshirayotgan boʻlsa, korxona foydasining faqat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu doimiy muassasaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) doimiy muassasa orqali sotilayotgan tovar yoki mahsulotlar bilan bir xil yoki ularga oʻxshash tovarlar va mahsulotlarning ushbu boshqa Davlatda sotilishiga tegishli qismigina soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 3-band qoidalarini hisobga olib, agar bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasi tadbirkorlik faoliyatini boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan boʻlsa, har bir Ahdlashuvchi Davlatda bu doimiy muassasaga, agar u shunday yoki shunga oʻxshash faoliyatni shunday yoki shunga oʻxshash sharoitlarda amalga oshirayotgan boʻlsa va oʻzi doimiy muassasasi hisoblangan korxonadan mutlaqo mustaqil ravishda ish yuritayotgan alohida va erkin korxona boʻlsa, olishi mumkin boʻlgan foyda ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Doimiy muassasa foydasi aniqlanayotganda shu doimiy muassasa faoliyati maqsadlarida sarflangan xarajatlarni, jumladan doimiy muassasa joylashgan Ahdlashuvchi Davlatda yoki undan tashqarida qilingan boshqaruv va umumiy maʼmuriy xarajatlarni chegirib tashlashga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq doimiy muassasa tomonidan korxonaning bosh ofisiga yoki uning boshqa ofislaridan istalgan biriga patentlardan yoki boshqa huquqlardan foydalanganlik uchun yigʻimlar, royalti toʻlovlari yoki boshqa shunga oʻxshash toʻlovlar orqali yoki aniq xizmatlar koʻrsatganlik uchun komission toʻlov yoʻli bilan yoki menejment uchun yoxud bank muassasasidan tashqari ana shu korxona uchun qarzga berilgan qarz foizlari toʻlovlari yoʻli bilan toʻlanadigan (haqiqiy xarajatlarni qoplashdan boshqa boʻlgan) summalarga nisbatan chegirmaga yoʻl qoʻyilmaydi. Shuningdek, doimiy muassasa tomonidan korxonaning bosh muassasasiga yoki uning muassasalaridan boshqa har qaysisiga gonorarlar, royalti toʻlovlari yoki patentlardan yoxud boshqa huquqlardan foydalanganlik uchun shunga oʻxshash boshqa toʻlovlar toʻlash yoʻli bilan yoki koʻrsatilgan aniq xizmatlar yoki menejment uchun komission toʻlovlar yoʻli bilan yoki bank muassasasidan tashqari ana shu korxona uchun qarzga berilgan qarz foizlari toʻlovlari yoʻli bilan (haqiqiy xarajatlarni qoplashdan tashqari) sarflangan summalar doimiy muassasa foydasini aniqlashda eʼtiborga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Davlatda korxona foydasining umumiy summasini uning turli boʻlinmalariga mutanosib tarzda taqsimlash asosida doimiy muassasaga tegishli foydani belgilash oddiy amaliyot ekanligiga qaramay, 2-banddagi hech narsa oʻsha Davlatga soliqqa tortiladigan foydani shunday taqsimot vositasida aniqlashni taqiqlamaydi, biroq, tanlangan taqsimot usuli ushbu moddadagi prinsiplarga mos natija berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu korxona uchun tovar yoki mahsulotlar sotib olinishi uchungina doimiy muassasa tashkil etildi deb hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Avvalgi bandlar maqsadlarida doimiy muassasaga tegishli foyda, agar boshqasi uchun ishonchli va yetarli sabab boʻlmasa, yil sayin xuddi oʻsha usulda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar foyda ushbu Bitimning boshqa moddalarida alohida aytib oʻtilgan daromad turlarini qamrab oladigan boʻlsa, bu moddalar qoidalariga ushbu modda qoidalari daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Xalqaro transport
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalqaro tashishlarda dengiz, havo kemalari, temir yoʻl yoki avtomobil transporti vositalarini ekspluatatsiya qilishdan olingan foyda faqat korxonaning haqiqatdagi boshqaruv organi joylashgan Ahdlashuvchi Davlatdagina soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ichki suv transportida foydalaniladigan daryo kemalari ekspluatatsiyasidan olingan foydaga soliq faqat korxonaning haqiqiy boshqaruv organi joylashgan Ahdlashuvchi Davlatdagina solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar tashish korxonasining yoki ichki suv transporti korxonasining amaldagi boshqaruv organi kema bortida yoki daryo kemasida joylashgan boʻlsa, u xolda boshqaruv organi dengiz yoki daryo kemasi qayd etilgan port bor Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan hisoblanadi, agar bunday qayd qilish porti boʻlmasa, — rezident bunday dengiz yoki daryo kemasining kapitani boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 1-band qoidalari transport vositalarini ekspluatatsiya qilish boʻyicha pulda, qoʻshma korxonada yoki xalqaro tashkilotda ishtirok etishdan olingan foydalarga ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Birlashgan korxonalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki uning kapitalida bevosita yoki bilvosita ishtirok etsa, yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) aynan oʻsha shaxslar bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasini va boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonalarini boshqarishda, nazorat qilishda yoki mol-mulkida bevosita yoki bilvosita ishtirok etsa,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
va har qanday holatda ikkita korxona oʻrtasida ularning tijorat va moliyaviy munosabatlarida mutlaqo mustaqil boʻlgan korxonalar oʻrtasida boʻladigandan farqli sharoitlar yaratilsa yoki oʻrnatilsa, ularning birortasiga hisoblanishi mumkin boʻlgan, lekin mavjud sharoitlar tufayli hisoblanmagan foyda ushbu korxona foydasiga qoʻshilishi va tegishli ravishda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Davlat shu Davlatning korxonasi foydasiga boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilgan foydasini, shuningdek soliqlarni qoʻshib hisoblasa, va shu tarzda qoʻshilgan foyda birinchi eslatib oʻtilgan Davlat korxonasiga hisoblanishi mumkin boʻlgan foyda boʻlsa, agar ikki korxona oʻrtasidagi munosabatlar mustaqil korxonalar oʻrtasidagi munosabatlardek boʻlsa, unda ushbu boshqa Davlat shu foydadan olinadigan soliq miqdoriga tegishli tuzatish kiritishi lozim. Bunday tuzatish kiritishni belgilashda ushbu Bitimning boshqa qoidalariga eʼtibor berilishi lozim va Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari zarur boʻlgan taqdirda bir-birlari bilan oʻzaro maslahatlashuvlarni boshlashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Davlat uning soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan muddat tugagandan keyin 2-bandda koʻrsatilgan holatlar boʻyicha korxonaning foyda summasini oʻzgartirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2-band qoidalari soliq qallobliklariga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Dividendlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniya tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlanadigan dividendlar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Biroq bunday dividendlar ularni toʻlayotgan kompaniya qaysi Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, ushbu Davlatning qonunlariga binoan ham soliqqa tortilishi mumkin, ammo dividendlarning haqiqiy egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlsa, unda shu tarzda undiriladigan soliqning miqdori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) dividendlar umumiy miqdorining 7 foizidan oshmasligi kerak, agar haqiqiy ega kompaniya kapitalining hech boʻlmaganda 25 foiziga ega boʻlgan dividend toʻlaydigan kompaniya (shirkatdan oʻzgacha) boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boshqa barcha holatlarda 10 foizdan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu band kompaniyaning dividendlar toʻlanadigan foydasining soliqqa tortilishiga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Dividendlar” atamasi shu moddada qoʻllanilganda, aksiyalardan olinadigan yoki aksiyalardan foydalanishdan yoki huquqlardan foydalanish, togʻ-kon sanoati aksiyalaridan, muassislarning aksiyalaridan yoki qarz talablari boʻlmagan, foydada ishtirok etish huquqini beruvchi boshqa huquqlardan olinadigan daromadni, shuningdek foydani taqsimlovchi kompaniya rezidenti boʻlgan Davlatning qonunlariga muvofiq aksiyalardan olinadigan daromadni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar dividendlarning haqiqiy egasi bir Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgani holda dividendlarni toʻlayotgan kompaniya rezidenti boʻlgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda oʻz faoliyatini u yerda joylashgan doimiy muassasasi orqali amalga oshirsa yoki ushbu boshqa Davlatda u yerda joylashgan doimiy bazadan mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatsa va xoldingga nisbatan toʻlanadigan dividendlar aslida shu doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bogʻliq boʻlsa, ushbu moddaning 1- va 2-bandlari qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda, sharoitga qarab 7- yoki 14-moddalar qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar bir Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatdan foyda yoki daromad olayotgan boʻlsa, ushbu boshqa Ahdlashuvchi Davlat kompaniya toʻlayotgan dividendlardan soliq olmasligi mumkin, bunday dividendlarning ana shu boshqa Davlat rezidentiga toʻlanishi yoki xoldingga nisbatan toʻlanadigan dividend shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan haqiqatda bogʻliq boʻlgan hollar bundan mustasno, shuningdek toʻlanayotgan dividendlar yoki taqsimlanmagan foyda ana shu boshqa Davlatda toʻla yoki qisman hosil boʻlgan foyda yoki daromaddan tashkil topgan boʻlsa ham kompaniyaning taqsimlanmagan foydasidan soliqlar olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Foizlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan foizlar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ammo bunday foizlar hosil boʻlgan ushbu Ahdlashuvchi Davlatda shu Davlatning qonunlariga binoan ham soliqqa tortilishi mumkin, ammo foizlarning haqiqiy egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, bu holda soliqning miqdori foizlar umumiy miqdorining 10 foizidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Foizlar” atamasi ushbu moddada qoʻllanilganda ipoteka taʼminotidan hamda qarzdorning foydasida ishtirok etish huquqidan qatʼi nazar, har qanday turdagi qarzlarni talab qilishdan olinadigan daromadni va, xususan, hukumat qimmatli qogʻozlaridan daromadni hamda obligatsiyalar yoki qarz majburiyatlaridan daromadni, shu jumladan, ushbu qimmatli qogʻozlar, obligatsiyalar yoki qarz majburiyatlaridan olinadigan mukofotlar va yutuqlarni bildiradi. Oʻz vaqtida toʻlanmagan toʻlovlar uchun jarimalar (neustoykalar) ushbu modda maqsadlarida foizlar sifatida qaralmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar foizlarning haqiqiy egasi bir Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻla turib, doimiy muassasa orqali foizlar hosil boʻlayotgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ushbu boshqa Davlatda joylashgan doimiy baza orqali tijorat faoliyatini olib borayotgan boʻlsa yoki mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatayotgan boʻlsa va foizlar toʻlanayotgan qarz talabnomasi shunday doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga haqiqatan bogʻliq boʻlsa, 1- va 2-band qoidalari qoʻllanmaydi. Bu holda sharoitga qarab 7-modda yoki 14-modda qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Foizlarni toʻlovchi Ahdlashuvchi Davlatning oʻzi, maʼmuriy-hududiy yoki siyosiy boʻlinmasi yoki mahalliy hokimiyati yoxud rezidenti boʻlsa, foizlar ushbu Davlatda hosil boʻlgan deb hisoblanadi. Biroq foizlarni toʻlovchi shaxs, Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga ega boʻlib, shu tufayli qarzlar boʻyicha foizlarni toʻlash majburiyati vujudga kelgan va bunday foizlarni toʻlash boʻyicha xarajatlar ana shu doimiy muassasa yoki doimiy baza tomonidan toʻlanadigan boʻlsa, bu holda foizlar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan Ahdlashuvchi Davlatda vujudga kelgan, deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agar toʻlovchi bilan foizlar huquqiga amalda ega boʻlgan shaxs oʻrtasida yoki ularning ikkalasi bilan qandaydir boshqa shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida qarz talabnomasiga nisbatan toʻlanayotgan foizlar miqdori toʻlovchi va foizlar huquqiga amalda ega shaxs oʻrtasida kelishilgan miqdordan oshiq boʻlsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda ushbu modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qoʻllaniladi. Bu holda toʻlovning ortiqcha qismi ushbu Bitimning boshqa qoidalarini inobatga olgan holda, har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga muvofiq avvalgidek soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar bunday yaratish yoki oʻtkazish orqali ushbu modda imtiyozlaridan foydalanish unga nisbatan foizlar toʻlanadigan qarz majburiyatlarini yuzaga keltirish yoki oʻtkazishda ishtirok etuvchi shaxslardan har biri uchun asosiy maqsad yoki asosiy maqsadlardan biri boʻlsa, ushbu moddaning qoidalari qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Royaltilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻladigan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan royaltilar ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Biroq royaltilar ular hosil boʻladigan Ahdlashuvchi Davlatda ham ana shu Davlat qonunlariga muvofiq soliqqa tortilishi mumkin, ammo royaltining haqiqiy egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, shu tarzda olinadigan soliq royaltilar yalpi miqdorining 20 foizidan oshib ketmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Royalti” atamasi ushbu moddada qoʻllanilganda har qanday adabiyot, sanʼat yoki fan asarlaridan, shu jumladan, kinofilmlar, radioeshittirishlar va televideniye koʻrsatuvlari uchun yozuvlar va har qanday patent, tovar belgisi, chizmalar yoki modellar, sxema, maxfiy formula yoki jarayonlar yoxud har qanday sanoat, tijorat yoki ilmiy asbob-uskunalardan foydalanish yoki foydalanish huquqini berish uchun yoki sanoat, tijorat yoki ilmiy tajribaga oid axborot uchun mukofot sifatida olingan har qanday turdagi toʻlovlarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar royaltilarning haqiqiy egasi bir Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlib, royalti hosil boʻlayotgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali tijorat faoliyatini yuritayotgan boʻlsa yoki ushbu boshqa Davlatda u yerda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirsa va royalti toʻlanayotgan huquq yoki mulk amalda shunday doimiy muassasa yoki doimiy bazaga bogʻliq boʻlsa, 1 va 2-bandlarning qoidalari qoʻllanilmaydi. Bu xolda vaziyatga qarab 7- yoki 14-moddalar qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar toʻlovchi Ahdlashuvchi Davlatning oʻzi, maʼmuriy-hududiy yoki siyosiy boʻlinmasi, mahalliy hokimiyati yoxud shu Davlat rezidenti boʻlsa, royalti shu Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan deb hisoblanadi. Biroq, royaltini toʻlovchi shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlish yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlatda royaltini toʻlash majburiyati zimmasiga tushgan doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga ega boʻlsa hamda toʻlovlar boʻyicha xarajatlarni toʻlash shu doimiy muassasa yoki doimiy baza zimmasida boʻlsa, bunday royaltilar doimiy muassasa yoki baza joylashgan shu Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agar toʻlovchi bilan royaltining haqiqiy egasi oʻrtasidagi yoki ularning ikkovi bilan boshqa shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida royaltining foydalanish, foydalanish huquqi yoki axborot uchun toʻlangan miqdori bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda toʻlovchi va royaltining haqiqiy egasi oʻrtasida kelishilgan miqdordan oshiq boʻlsa, ushbu modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qoʻllaniladi. Bu xolda, toʻlovning ortiqcha qismi avvalgidek ushbu Bitimning boshqa qoidalari inobatga olingan holda, har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga muvofiq soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Kapital qiymatining oʻsishidan olinadigan daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda 6-moddada koʻrsatilgan koʻchmas mulkni tasarruf etishdan olinadigan daromadlar ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasasi xizmat mulkining bir qismini tashkil etuvchi koʻchar mulkni tasarruf etishdan olgan yoki bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirishda bemalol foydalanishi mumkin boʻlgan, jumladan doimiy bazaga taalluqli koʻchar mulkni tasarruf etishdan olgan daromadlari, shu doimiy muassasa (alohida yoki korxona bilan birga) yoki shunday doimiy bazani tasarruf etishdan olgan daromadi ham qoʻshilib ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalqaro tashishlardagi dengiz, havo kemalari, temir yoʻl yoki avtomobil transporti vositalari, ichki suv transportida foydalaniladigan daryo kemalari yoki ushbu dengiz, havo va daryo kemalari, temir yoʻl yoki avtomobil transporti vositalarini ekspluatatsiya qilishga daxldor boʻlgan koʻchar mulkni tasarruf etishdan olingan daromadlar faqat korxonani boshqarishning amaldagi organi joylashgan ana shu Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Davlat hududida joylashgan, mol-mulki asosan bevosita yoki bilvosita koʻchmas mulk bilan bogʻliq boʻlgan kompaniyaning aksiyalari yoki aksiyadorlik kapitalini tasarruf etishdan olingan daromadlar ushbu Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bir Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblangan, kompaniyaning hech boʻlmaganda 25 foiz aksiyasi bilan ishtirok etgan, 4-bandda eslatib oʻtilgandan boshqa aksiyalarni tasarruf etishdan tushgan daromadlar shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu moddaning 1, 2, 3, 4 va 5-bandlarida qayd etilmagan har qanday boshqa mol-mulkni tasarruf etishdan olinadigan daromadlar mol-mulkni tasarruf etayotgan shaxs rezidenti hisoblangan Ahdlashuvchi Davlatdagina soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Mustaqil shaxsiy xizmatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti kasbiy xizmatlar koʻrsatishdan yoki boshqa mustaqil turdagi faoliyatdan olgan daromad faqat ana shu Davlatda soliqqa tortilishi mumkin, unda bu daromad boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ham, quyidagi holatlardan tashqari soliqqa tortilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar u ushbu xizmatlarni taqdim etish maqsadida boshqa Ahdlashuvchi Davlatda oʻzi uchun muntazam qulay boʻlgan doimiy bazaga ega boʻlsa; bunday holda daromadning faqat shunday doimiy bazaga taalluqli boʻlgan qismigina ushbu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar uning boshqa Ahdlashuvchi Davlatda boʻlishi moliya yilida boshlanayotgan yoki tugayotgan har qanday oʻn ikki oylik davr doirasida jami 183 kundan oshuvchi davr yoki davrlar mobaynida davom etsa; bunday hollarda daromadning faqat boshqa Davlatdagi faoliyatdan olingan qismigina ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Kasbiy xizmatlar” atamasi, xususan, mustaqil ilmiy, adabiy, badiiy, taʼlimiy va oʻqituvchilik faoliyatlarini, shuningdek shifokorlar, yuristlar, muhandislar, meʼmorlar, stomatologlar va buxgaltyerlarning mustaqil faoliyatini qamrab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Yollash bilan bogʻliq shaxsiy xizmatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 16, 18 va 19-moddalar qoidalarini hisobga olib, bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining yollash boʻyicha ishlashdan oladigan maoshi, ish haqi va yollash munosabati bilan olingan shu kabi haqlar qiymati faqat ana shu Davlatda soliqqa tortilishi mumkin, agar yollash boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilmagan boʻlsa. Agar yollanma ish shu tariqa bajariladigan boʻlsa, unda shu munosabat bilan olingan haq ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-bandning qoidalariga qaramay, bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshiradigan yollanma xizmatlari uchun oladigan haqlari faqat birinchi eslatilgan Davlatda soliqqa tortiladi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) haq oluvchi boshqa Davlatda nazarda tutilayotgan moliyaviy yilda boshlanayotgan yoki tugayotgan istalgan oʻn ikki oylik davr doirasida jami 183 kundan oshmaydigan davr yoki davrlar mobaynida boʻlsa, va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) haq yollovchi tomonidan yoki boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlmagan yollovchi nomidan toʻlansa, va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) yollovchi boshqa Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasa yoki doimiy baza haq toʻlash boʻyicha xarajatlarni qoplamasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning avvalgi qoidalariga qaramay, xalqaro tashishlarda foydalaniladigan dengiz, havo kemalari, temir yoʻl yoki avtomobil transporti vositalarida amalga oshiriladigan yoki ichki suv transportida foydalaniladigan daryo kemasidagi yollanma ish uchun oladigan haqlar faqat korxonaning amaldagi boshqaruv organi joylashgan Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Direktorlarning gonorarlari va yuqori boshqaruv darajasidagi xodimlarning haqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan kompaniyaning Direktorlar Kengashi aʼzosi sifatida yoki yuqori boshqaruv xodimi lavozimi sifatida oladigan direktorlar gonorarlari va boshqa shunga oʻxshagan toʻlovlari ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda.
Sanʼat xodimlari va sport arboblari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 14 va 15- moddalar qoidalariga qaramay, bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti teatr, kino, radio yoki televideniye artisti yoki musiqachi kabi sanʼat xodimi sifatida yoki sport arbobi sifatida boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirayotgan shaxsiy faoliyatdan olinadigan daromadi shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sanʼat xodimi yoki sport arbobi amalga oshiradigan shaxsiy faoliyatga nisbatan daromad sanʼat xodimi yoki sport arbobining oʻziga emas, boshqa shaxsga yozilgan taqdirda, 7, 14 va 15-moddalarning qoidalariga qaramay, ushbu daromad sanʼat xodimi yoki sport arbobi faoliyat koʻrsatgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar shu Davlatga boʻlgan tashrif toʻlaligicha boshqa Ahdlashuvchi Davlatning ijtimoiy jamgʻarmalari, maʼmuriy- hududiy yoki siyosiy boʻlinmalari yoxud mahalliy hokimiyati organlari tomonidan mablagʻ bilan taʼminlansa, 1 va 2-bandlarning qoidalari Ahdlashuvchi Davlatda sanʼat xodimi yoki sportchi tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyatdan olinadigan daromadga daxl qilmaydi. Bunday holda, daromad faqat ushbu sanʼat xodimi yoki sport arbobi rezident boʻlgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda.
Pensiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda 2-bandining qoidalarini hisobga olgan holda, Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga ilgari yollanib ishlagani uchun kompensatsiya sifatida toʻlanadigan pensiyalar va boshqa shunga oʻxshash pul mukofotlari faqat ushbu Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda.
Hukumat xizmati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. a) Ahdlashuvchi Davlat yoki uning maʼmuriy-hududiy yoki siyosiy boʻlinmalari yoxud mahalliy hokimiyat organlari tomonidan jismoniy shaxsga ana shu Davlatga yoki uning maʼmuriy-hududiy yoki siyosiy boʻlinmalari yoxud mahalliy hokimiyat organlariga koʻrsatgan xizmatlari uchun toʻlanadigan ish haqi, maoshlar va boshqa shu kabi pul mukofotlari faqat ana shu Davlatda soliqqa tortilishi mumkin, pensiya esa bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) biroq, bunday ish haqi, maoshlar va boshqa shu kabi haqlar, agar xizmat bu boshqa Davlatda amalga oshirilsa va jismoniy shaxs shu Davlatning rezidenti boʻlsa, yaʼni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) shu Davlatning milliy shaxsi boʻlsa, yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ii) shu xizmatni amalga oshirish maqsadidagina ana shu Davlat rezidenti boʻlmagan boʻlsa, faqat boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. a) Ahdlashuvchi Davlat yoki maʼmuriy-hududiy yoki siyosiy boʻlinmalar yoxud mahalliy hokimiyat organlari tomonidan yoki ular tuzgan jamgʻarmalardan shu Davlatga yoki boʻlinmaga yoxud mahalliy hokimiyat organlariga koʻrsatgan xizmatlari uchun jismoniy shaxsga toʻlanadigan har qanday pensiya faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) biroq, bunday pensiya faqat boshqa Ahdlashuvchi Davlatda, agar jismoniy shaxs ana shu Davlatning rezidenti va milliy shaxsi boʻlsa, soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 15, 16 va 18-moddalarning qoidalari Ahdlashuvchi Davlat yoki uning maʼmuriy-hududiy yoki siyosiy boʻlinmalari yoxud mahalliy hokimiyat organlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyatlari munosabati bilan koʻrsatiladigan xizmatlarga nisbatan toʻlanadigan maoshlar, ish haqi va shu kabi boshqa pul mukofotlari va pensiyalarga nisbatan qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Oʻqituvchilar va tadqiqotchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatga ushbu Davlatning universiteti, kolleji, maktabi yoki boshqa taʼlim muassasasiga dars berish yoki ilmiy faoliyatni amalga oshirish maqsadida keladigan va tashrif arafasida boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanadigan yoki bungacha hisoblangan shaxs, basharti haqni ushbu Davlatdan tashqarida olgan boʻlsa, ushbu maqsadlar uchun birinchi tashrifi sanasidan boshlab ikki yildan oshmaydigan muddat mobaynida bunday dars berish yoki ilmiy faoliyat uchun pul mukofotiga soliq solinishidan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandi qoidalari jamiyat manfaatlari uchun emas, balki alohida shaxs yoki shaxslarning xususiy foyda olishi maqsadida amalga oshiriladigan ilmiy faoliyatdan olinadigan daromadlarga nisbatan qoʻllanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
Talabalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlatga bevosita kelgunga qadar boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentlari boʻlib turgan yoki boʻlgan va aytib oʻtilgan birinchi Davlatda faqat oʻqish yoki taʼlim olish maqsadida turgan talaba, amaliyotchi yoki tajriba orttiruvchi tomonidan olinadigan va yashash, oʻqish yoki taʼlim olish uchun moʻljallangan toʻlovlar ushbu Davlatda, agar bunday toʻlovlar shu Davlatdan tashqaridagi manbalardan vujudga kelsa, soliqqa tortilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-bandda koʻrsatilmagan dotatsiyalar, stipendiyalar va yollanib ishlashdan olinadigan pul mukofotlariga nisbatan 1-bandda aytib oʻtilgan talaba yoki tajriba orttiruvchi qoʻshimcha ravishda bunday taʼlim olish yoki oʻqish vaqtida, agar rasmiy oʻquv dasturlari boʻyicha muntazam oʻqish davri mobaynida ish bilan band boʻlganlik uchun toʻlanadigan haqlarga nisbatan hech qanday soliqlardan ozod etishlar boʻlmasa, ular tashrif buyuradigan Ahdlashuvchi Davlat rezidentlaridan olinadigan soliqlardan ozod boʻlish va soliq chegirmalari huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda
Boshqa daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlat rezidentining ushbu Bitimning oldingi moddalarida aytib oʻtilmagan daromadi turlari, ularning qayerda vujudga kelishidan qatʼi nazar, faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-band qoidalari 6-moddaning 2-bandida belgilangan koʻchmas mulkdan olingan daromadlardan tashqari daromadlarga nisbatan, agarda bunday daromadlar oluvchi bir Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻla turib boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa yoki shu boshqa Davlatda, unda joylashgan doimiy bazadan mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirayotgan boʻlsa hamda daromad toʻlanayotgan huquq yoki mulk haqiqatan ham bunday doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bogʻlangan boʻlsa qoʻllanmaydi. Bu holda 7-modda va 14-moddaning qoidalari vaziyatga qarab qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1- va 2-bandlar qoidalariga qaramay, bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining ushbu Bitimning oldingi moddalarida soʻz yuritilmagan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatda vujudga keladigan daromadi turlari shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. Ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda
Ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti ushbu Bitim qoidalariga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad olayotganda, aytib oʻtilgan birinchi Davlat mazkur rezidentning daromadidan olinadigan soliqdan ushbu boshqa Davlatda toʻlangan daromad soligʻiga teng summani chegirib tashlashga ruxsat berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday chegirmalar har qanday holatda ham ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromadga tegishli chegirib olishga qadar hisoblab chiqilgan daromad soligʻining qismidan ortiq boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitimning biron-bir qoidasiga muvofiq Ahdlashuvchi Davlat rezidenti olgan daromad yoki ega boʻlgan mol-mulk shu Davlatda soliqqa tortishdan chiqarib tashlangan boʻlsa, bu Davlat, shunga qaramay, bu rezidentning daromadi yoki mol-mulkining qolgan qismiga solinadigan soliq miqdorini hisoblab chiqishda daromadga soliq solishdan chiqarib tashlangan summani hisobga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga muvofiq ushbu Bitim bilan qamrab olinadigan soliqlar investitsiyalarni jalb etish boʻyicha muayyan maxsus chora-tadbirlarga asosan toʻlashdan ozod etilsa yoki kamaytirilsa, ushbu Bitimga binoan toʻlanishi lozim boʻlgan, lekin toʻlashdan ozod etilgan yoki kamaytirilgan bunday soliqlar 1-band maqsadlari uchun toʻlangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V bob. Maxsus qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda
Kamsitmaslik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlatning milliy shaxslari boshqa Ahdlashuvchi Davlatda shu boshqa Davlat milliy shaxslariga ayni bir xil sharoitlarda, xususan rezidentlikka nisbatan solinayotgan yoki solinishi mumkin boʻlgan soliqlar va ular bilan bogʻliq majburiyatlarga qaraganda ogʻirroq boʻlgan har qanday soliq yoki u bilan bogʻliq majburiyatga tortilmaydilar. Ushbu qoida, shuningdek 1-modda qoidalaridan qatʼi nazar, bir yoki har ikki Ahdlashuvchi Davlat rezidentlari boʻlmagan jismoniy shaxslarga nisbatan ham qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasasini soliqqa tortish boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ushbu boshqa Davlatning xuddi shunday faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalarini soliqqa tortishdan koʻra ogʻirroq boʻlmaydi. Ushbu qoida bir Ahdlashuvchi Davlatni u oʻz rezidentlariga ularning fuqarolik holati yoki oilaviy majburiyatlari asosida soliqqa tortish boʻycha biror imtiyozlar, ozod etishlar va chegirmalarni boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentlariga taqdim etishga majbur qiluvchi tarzda talqin qilinmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 9-moddaning 1-bandi, 11-moddaning 6-bandi yoki 12-moddaning 6-bandi qoidalari qoʻllangan xollardan tashqari, bir Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga, bunday korxonaning soliqqa tortiladigan daromadini aniqlash maqsadida toʻlanadigan foizlar, royalti va boshqa badallar, ular eslatib oʻtilgan birinchi Davlat rezidentiga qanday toʻlansa, xuddi shunday shartlarga muvofiq chegirib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bir Ahdlashuvchi Davlatning kapitali boshqa Ahdlashuvchi Davlatning bir yoki undan koʻp rezidentlariga toʻliq yoki qisman tegishli boʻlgan yoxud ular tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinadigan korxonalariga eslatib oʻtilgan birinchi Davlatda shu Ahdlashuvchi Davlatning shunga oʻxshash korxonalari tortilgan yoki tortilishi mumkin boʻlgan soliqlar va ular bilan bogʻliq majburiyatlardan ogʻirroq har qanday soliqlar va ular bilan bogʻliq majburiyatlarga tortilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu moddada “soliq solish” atamasi ushbu Bitim predmeti boʻlgan soliqlarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda
Oʻzaro kelishuv taomili
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar shaxs Ahdlashuvchi Davlatlardan birining yoki har ikkisining harakatlari unga ushbu Bitim qoidalariga muvofiq boʻlmagan soliqqa tortishga olib kelyapti yoki olib keladi deb hisoblasa, u ushbu Davlatlarning ichki qonunchiligida nazarda tutilgan himoya vositalaridan qatʼi nazar, oʻz arizasini u rezidenti boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organiga yoki, agar uning holati 24-moddaning 1-bandiga muvofiq kelsa, u milliy shaxsi boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organiga taqdim etishi mumkin. Bu ariza ushbu Bitim qoidalariga nomuvofiq soliqqa tortishga olib keluvchi harakatlar toʻgʻrisida birinchi bor bildirilgan kundan boshlab 3 yil mobaynida taqdim etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vakolatli organ, agar u eʼtirozini asosli deb topsa va uning oʻzi qoniqtiruvchi qarorga kela olmasa, ushbu Bitimga mos kelmaydigan soliqqa tortishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida boshqa Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi bilan oʻzaro kelishuv boʻyicha masalani hal etishga intiladi. Har qanday erishilgan kelishuv Ahdlashuvchi Davlatlarning ichki qonun hujjatlaridagi biror vaqtinchalik cheklashlarga qaramay bajarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari ushbu Bitimni talqin qilish yoki qoʻllashda yuzaga keladigan har qanday qiyinchilik yoki ikkilanishlarni oʻzaro kelishuv boʻyicha hal etishga intiladilar. Ular shuningdek ushbu Bitimda nazarda tutilmagan hollarda ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf qilish maqsadida bir-biri bilan maslahatlashuvlar olib borishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari Bitimning oldingi moddalari jihatidan kelishuvga erishish maqsadida bir-biri bilan bevosita aloqa bogʻlashi mumkin. Vakolatli organlar maslahatlashuvlar yordamida ushbu moddada nazarda tutilgan oʻzaro muvofiqlashtirish taomillarini bajarish uchun tegishli ikki tomonlama taomillar, shartlar, yoʻllar va texnik usullarni rivojlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda
Imtiyozlarning cheklanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi bilan maslahatlashuvdan soʻng ushbu Bitimdan kelib chiquvchi yoki, uning fikricha bunday imtiyozlarni taqdim etish ushbu Bitimni suiisteʼmol qilishga olib kelishi mumkin boʻlgan har qanday ishga doir imtiyozlardan voz kechishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda
Axborot almashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari ushbu Bitim qoidalarini bajarish yoki boshqarish yoki Ahdlashuvchi Davlatlar, ularning maʼmuriy-hududiy boʻlinmalari yoki mahalliy hokimiyat organlari nomidan ushbu Bitimga zid boʻlmagan soliq solish darajasida undiriladigan har qanday turdagi va tavsifdagi soliqlariga taalluqli ichki qonunchilikni qoʻllash uchun oldindan muhim boʻlgan maʼlumotlar bilan almashadilar. Maʼlumot almashish 1- va 2-moddalar bilan cheklanib qolmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Davlatlarning biri tomonidan 1-bandga binoan olingan har qanday maʼlumot ushbu Davlat ichki qonunchiligiga muvofiq olingan maʼlumot qay darajada maxfiy boʻlsa shuncha maxfiy hisoblanadi va faqat baholash yoki toʻplash, majburiy undirish yoki sud orqali taʼqib etish yoxud 1-bandda eslatib oʻtilgan soliqlarga doir apellatsiyalarni koʻrib chiqish, yuqorida koʻrsatib oʻtilganlarning barchasini nazorat qilish bilan mashgʻul boʻlgan shaxslar va organlarga (shu jumladan, sudlar va maʼmuriy organlarga) maʼlum qilinadi. Bunday shaxslar yoki organlar ushbu maʼlumotdan faqat belgilangan maqsadlarda foydalanishlari lozim. Ular ushbu maʼlumotni ochiq sud majlisida yoki sud qarorlarida oshkor qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hech qanday holatda ushbu moddaning 1- va 2-bandlari qoidalari Ahdlashuvchi Davlatlar zimmasiga quyidagi majburiyatlarni yuklovchi qoidalar sifatida talqin qilinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligi va maʼmuriy amaliyotiga zid boʻlgan maʼmuriy tadbirlarni oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga koʻra yoki odatdagi maʼmuriy amaliyot chogʻida olinishi mumkin boʻlmagan maʼlumotni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) savdo, tadbirkorlik, sanoat, tijorat yoki kasb siri yoki savdo jarayonini oshkor qiluvchi maʼlumotni yoki ochilishi davlat siyosatiga (ordre public) zid kelishi mumkin boʻlgan maʼlumotni taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda
Diplomatik vakolatxonalar xodimlari va konsulxonalar xizmatchilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimning hech bir qoidasi diplomatik missiyalar xodimlari yoki konsullik muassasalari xizmatchilarining xalqaro huquqning umumiy normalariga yoki maxsus bitimlar qoidalariga muvofiq berilgan soliq imtiyozlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda
Soliq toʻlashdan boʻyin tovlashning oldini olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalari Ahdlashuvchi Davlatlarning hech biriga, soliq toʻlashdan boʻyin tovlashning oldini olishga koʻmaklashuvchi ichki qonunchilik qoidalarini, xususan kapitallashtirish, transfert narxlar va boshqalar boʻyicha qoʻllashga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda
Kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning har biri ichki qonunchilikka muvofiq talab etiladigan ushbu Bitimning kuchga kirish taomili yakunlangani toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali bir-birini xabardor qiladi. Ushbu Bitim oxirgi shunday xabarnoma olingan kuni kuchga kiradi va shundan keyin quyidagilarga nisbatan amal qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu Bitim kuchga kirgan yildan keyin keluvchi kalendar yilning birinchi yanvarida yoki undan keyin olinadigan daromadlar manbaidan undiriladigan soliqlarga nisbatan; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ushbu Bitim kuchga kirgan yildan keyin keluvchi kalendar yilning birinchi yanvarida yoki undan keyin boshlanadigan soliq yillari davomida daromad soliqlariga nisbatan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda
Amal qilishning toʻxtatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Davlatlardan biri uning amal qilishini toʻxtatmaguncha kuchida qoladi. Har bir Ahdlashuvchi Davlat Bitim kuchga kiradigan sanadan boshlab besh yil oʻtgandan keyin keluvchi istalgan kalendar yilning tugashidan kamida olti oy oldin diplomatik kanallar orqali amal qilishning toʻxtatilishi toʻgʻrisida xabarnoma yuborish yoʻli Bitimning amal qilishini toʻxtatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu holatda Bitimning amal qilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) amal qilishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi xabarnoma topshirilgan yildan keyin keluvchi kalendar yilning birinchi yanvarida yoki undan keyin olinadigan daromadlar manbaidan undiriladigan soliqlarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) amal qilishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi xabarnoma topshirilgan kalendar yilning birinchi yanvarida yoki birinchi yanvardan keyin boshlanadigan soliq yillari davomida daromadlardan olinadigan boshqa soliqlarga nisbatan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli tartibda vakolat berilgan quyidagi imzo chekuvchilar, shunga guvohlik berib, ushbu Bitimni imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amman shahrida 2010-yil 22-noyabrda, har biri oʻzbek, arab va ingliz tillarida boʻlgan ikki nusxada tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelsa, ingliz tilidagi matn asos qilib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2011-y., 3-4-son)