Toshkent viloyati hokimining
Qarori
VILOYAT IChKI ISTEʼMOL BOZORIDA QIShLOQ XOʻJALIK MAHSULOTLARI NARXINING ASOSSIZ RAVIShDA OShIB KETIShINING OLDINI OLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Viloyatda ichki isteʼmol bozorlarini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan qishloq xoʻjalik mahsulotlari bilan toʻldirish, narxlarni asossiz ravishda oshib ketishini oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan, goʻsht va sut mahsulotlari narxini barqaror ushlab turish maqsadida chetdan 4 mingga yaqin naslli qoramollar olib kelindi hamda sunʼiy qochirish ishlarini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilandi. Chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish maqsadida hududlarda 21 ta ixtisoslashgan maxsus birlashmalar tashkil etilib, aholi punktlarida ularning 202 ta shoxobchalari ochildi.
Meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadida chet el texnologiyasida yuqori hosilli yangi bogʻlar barpo etildi.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan toʻgʻridan toʻgʻri xaridorlarga yetkazish va xaridorlarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahrida joriy yilda 70 ta qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan savdo qiluvchi zamonaviy tipdagi savdo doʻkonlari qurilmoqda.
Biroq, bugungi kunda chorvachilik, parrandachilik mahsulotlarini yetishtirish va bozorlarga yetkazib berish hamda xaridorlarga sotish tizimidagi haqiqiy ahvol oʻrganilganda, joylarda bu borada tizimli ish tashkil etilmaganligi, bu masalalarga shahar va tuman hokimliklari tomonidan yetarlicha eʼtibor berilmayotganligi, aksariyat hokimlar faqat paxta va gʻalla agrotexnik tadbirlarini bajarish bilan shugʻullanish bahonasida tumandagi chorvachilik, parrandachilik fermer va dehqon xoʻjaliklari hamda asalarichilik, baliqchilik xoʻjaliklari faoliyati bilan yetarlicha shugʻullanmayaptilar.
Natijada bugungi kunda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari shu jumladan, goʻsht, sut, tuxum, meva-sabzavot, poliz, kartoshka mahsulotlarining bozorda narxini arzonlashtirish boʻyicha ishlar talabga javob bermaydi.
Joylarda dehqon bozorlari, soliq va veterinariya xizmati xodimlari tomonidan yetarlicha nazorat hamda tashkiliy tadbirlar belgilanmaganligi, narxlarning oʻsib ketishiga va aholiga sifatli oziq-ovqat mahsulotlari yetkazilishiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Viloyat ichki isteʼmol bozorlarida sotilayotgan qishloq xoʻjalik mahsulotlari narxlarini barqarorlashtirish hamda narxlarning asossiz ravishda oshib ketishini oldini olish va Respublika Hukumati tomonidan belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2010-yil 1-iyun kuni oʻtkazilgan Respublika sim orqali yigʻilishi topshiriqlari ijro uchun qabul qilinsin.
2. Shahar va tumanlar hokimlarining joylarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari narxining asossiz ravishda oshib ketishini oldini olish, buning uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga zarur sharoitlar yaratish boʻyicha olib borayotgan ishlari talab darajasida emasligi koʻrsatib oʻtilsin va 1 hafta muddatda mavjud muammolarni bartaraf etish, Toshkent shahar va viloyat aholisini uzluksiz ravishda arzon qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlash yuzasidan maxsus kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, tasdiqlangan holda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish uchun viloyat hokimligiga topshirsinlar.
3. Viloyat ichki isteʼmol bozorlarida qishloq xoʻjalik mahsulotlari narxlarining asossiz ravishda oshib ketishini oldini olish boʻyicha viloyat ishchi guruhi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Shahar va tumanlarda ilovadagi tarkibda hokimlar boshchiligida hududiy ishchi guruhlar tuzilib, faoliyati tashkil etilsin.
4. Viloyat shahar va tumanlarida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narx-navosini barqaror saqlab turish hamda yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini aholiga uzluksiz ravishda yetkazib berilishini taʼminlash maqsadida:
viloyatdagi yirik parrandachilik korxonalarining shaharlarga biriktirilishi 2-ilovaga;
tumanlarda chorvachilik yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan fermer va qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan Toshkent shahar va viloyat shaharlari bozorlariga goʻsht (mol, qoʻy, choʻchqa goʻshti) mahsulotlarini olib kelib sotish topshirigʻi 3-ilovaga;
parranda goʻshti va tuxum yetkazib berish boʻyicha tumanlarning Toshkent shahri bozorlariga biriktirilishi 4-ilovaga;
meva-sabzavot, uzum, poliz, kartoshka mahsulotlarini yetkazib berish boʻyicha tumanlarning Toshkent shahri tumanlariga va viloyat shaharlariga biriktirilishi 5-ilovaga;
meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlarda tomchilatib sugʻorish asosida bogʻlar va tokzorlarni 2011-yilda barpo etish topshirigʻi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Viloyat va hududiy Ishchi guruhlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar:
ikki kun muddatda barcha tuman va shahar bozorlaridagi goʻsht rastalari va qassobxona-doʻkonlarni toʻliq xatlov (inventarizatsiya)dan oʻtkazib, ularni goʻsht (mol, qoʻy, choʻchqa) va sut mahsulotlari, parranda goʻshti, baliq va tuxum bilan savdo qiluvchi maxsus “soliq”, “bank” va “hokim” rastalarini tashkil etish;
bozordagi maxsus goʻsht rastalarini — yaʼni maxsus “soliq” rastasini tuman (shahar) soliq inspeksiyasi boshligʻi, maxsus “bank” rastasini tumandagi tijorat banklari boʻlimlari rahbarlari va maxsus “hokim” rastasini shaxsan tuman (shahar) hokimining oʻzi har kuni yetarli miqdorda va arzon narxlarda goʻsht bilan taʼminlab borilishini nazorat qilish;
bozorlardan tashqari aholi punktlarida joylashgan goʻsht doʻkonlarini ichki ishlar va prokuratura departamentlari xatlov (inventarizatsiya)dan oʻtkazib, ularga yetkazib berilayotgan goʻsht mahsulotlarini qassoblar va doʻkonlar sotuvchilari tomonidan asossiz oshirib yuborilishini oldini olish boʻyicha profilaktik choralarni koʻrish hamda goʻsht doʻkonlarida maxsus goʻsht rastalaridagi narxlardan asossiz ravishda yuqori narxlarda sotilayotgan boʻlsa, ichki ishlar va prokuratura departamentlari tomonidan sotuvchi-qassoblarga nisbatan tegishli choralar koʻrish;
iyun oyidan boshlab, hududlar boʻyicha asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari (goʻsht, parranda goʻshti, tuxum) narx-navolarini tumanlar (shaharlar) va bozorlar kesimida kunlik monitoringini yuritish va har 15 kun yakuni boʻyicha tahliliy maʼlumotlarni tayyorlab, narx-navo asossiz oshib ketishini oldini olish tadbirlari belgilansin.
6. Viloyat Qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi (U. Atemov) hududiy ishchi guruhlari bilan birgalikda:
bir oy muddatda chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklarining mavjud chorva mollari bosh sonidan kelib chiqqan holda talab etiladigan ozuqa yer maydonlarining ajratilishi masalasini qayta oʻrganib chiqib, belgilangan tartibda qoʻshimcha yer maydonlari ajratish boʻyicha takliflar tayyorlash;
chorvachilik fermer xoʻjaliklariga ajratilgan yer maydonlari va aholi tomorqasidan samarali foydalanish hamda yuqori hosil olishni taʼminlash maqsadida ozuqabop ekinlarning serhosil navlari urugʻliklarini yetishtirish boʻyicha alohida dastur ishlab chiqib, viloyat hokimligiga kiritish;
viloyat Veterinariya boshqarmasi (M.Sattarova), “Nasl-xizmat” MChJ (Oʻ.Saidov), “Chorva-nasl urugʻchiligi” MChJ (Q.Pirvaliyev) bilan birgalikda joylarda chorva mollarini sunʼiy urugʻlantirish ishlarini belgilangan topshiriq asosida keng koʻlamda joriy etish vazifalari yuklatilsin.
7. Viloyat Veterinariya boshqarmasi (M.Sattarova), Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi (B.Almatov) 3 kun muddatda viloyatning barcha hududlarida tashkil etilgan qushxonalarni toʻliq xatlab (inventarizatsiya)dan oʻtkazib, ularning faoliyatini tartibga solish boʻyicha keskin choralar koʻrsin.
8. “Toshkent yogʻ-moy” kombinati qoʻshma korxonasi (B. Nuritdinov), “Yangiyoʻl yogʻ-moy” (X. Toʻlaganov) OAJ korxonalari rahbarlari:
mahsulot sotish uchun biriktirilgan hududlaridagi chorvachilik xoʻjaliklariga bir oyda ikki marta shaxsan borib, fermerlar bilan uchrashib, mahsulotning sifati boʻyicha ularning fikrini bilib, tegishli choralar koʻrsin va yetkazib berilishi lozim boʻlgan shrot, sheluxa mahsulotlarini sifatli qilib birja savdolari orqali viloyat Chorva-ozuqa bosh birlashmasi va hududiy boʻlimlari orqali belgilangan tartibda uzluksiz ravishda isteʼmolchilarga yetkazib berilishini;
belgilangan hajmlar miqdorida shrot va sheluxa mahsulotlarini birja savdolariga qoʻyilishini;
har bir kilogramm chigitdan chiqadigan shrot va sheluxani hisobotini yuritib, uning sifati va miqdori boʻyicha masʼullar biriktirilishini taʼminlasinlar.
9. Shahar va tuman hokimliklariga:
bir hafta muddatda hududiy soliq, prokuratura departamenti va ichki ishlar boʻlimlari bilan birgalikda bugungi kunda noqonuniy ravishda shrot va sheluxa mahsulotlarini sotish bilan shugʻullanayotgan doʻkonlarni aniqlab chiqib, ularning faoliyatiga chek qoʻyish va ushbu fuqarolarga nisbatan qonuniy choralar koʻrish topshirilsin.
10. “Viloyatbozorsavdo” hissadorlik uyushmasi (A. Mirsalimov), viloyat Davlat soliq (N. Erbekov), Markaziy bankning (N. Xusanov), Arxitektura va qurilish (R. Shomurodov) va boshqa mutasaddi boshqarmalar hamda shahar va tuman hokimliklari bilan birgalikda:
bozorlar va savdo majmualari hududiga va ularga tutash hududlarda joylashgan mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha avtotransport vositalarini vaqtincha toʻxtash joylarini xatlov (inventarizatsiya)dan oʻtkazib, belgilangan tartibda bozorlar hamda savdo majmualariga topshirilishini va ularni nazorat kassa mashinalari, toʻlov terminallari bilan taʼminlash;
300 va undan ortiq turgʻun savdo nuqtalari va savdo oʻrinlariga ega boʻlgan bozorlar va savdo majmualarida avtomashinalarning kirish va chiqish vaqtini qayd etib turadigan elektron hisoblagichlarni oʻrnatish choralarini koʻrsinlar.
11. Viloyat Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmasi (T. Muratov) joriy yilning iyun oyidan boshlab:
shrot, sheluxa va omixta yem mahsulotlarining sotuvchi shoxobchalarda sotilayotgan narx-navolari hamda shoxobchalarni qonuniy tashkil etilganligini nazorat qilib, har haftada bir marotaba viloyat ishchi guruhiga axborot kiritib borsin;
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish viloyat birlashmasi (G. Abbosova,) bilan birgalikda faoliyat koʻrsatayotgan goʻsht rastalarida mahsulot sotilishi, unga oʻrnatilgan narx-navo ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsinlar.
12. “Kuchluk” (Q. Artiqov), “Paxta” (K. Sobirov) neft bazasi unitar korxonalari tumanlar hokimlari bilan birgalikda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi fermer xoʻjaliklari va parrandachilik korxonalariga talab etiladigan yoqilgʻi moylash materiallarini birinchi navbatda yetkazib berilishini taʼminlasinlar.
13. Joriy yilning iyun oyidan boshlab viloyat hokimi Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari oldida;
shahar va tumanlar hokimlari, soliq inspeksiyasi boshligʻi bir oyda bir marta oʻz hududida xalq bilan uchrashuvlar tashkil qilib, bozorlardagi oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi boʻyicha hisobot berib borishlari belgilab qoʻyilsin.
14. “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi viloyat boʻlimi (S. Qurbonkulov) va Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi viloyat Kengashi (M. Toʻlaganova) bir hafta muddatda, chorvachilik fermerlari va chorva yetishtiruvchi aholi oʻrtasida goʻsht, tuxum mahsulotlari narxlarini asossiz oshirib yuborishning salbiy oqibatlari va aholi oʻrtasida norozigarchilikka olib kelishi toʻgʻrisida keng targʻibot-tashviqot ishlarini olib borsinlar.
15. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlariga joylarda ichki isteʼmol bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narx-navosini asossiz ravishda oshib ketmasligini oldini olish boʻyicha mahalliy hokimliklar hamda mutasaddi tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan ishlarni doimiy ravishda oʻrganib borish, saylangan hududlari boʻyicha bu boradagi mavjud muammolar yuzasidan viloyat ishchi guruhiga murojaat etish, mazkur qaror mazmun-mohiyatini targʻibot-tashviqot ishlarini olib borishda faol ishtirok etishlari tavsiya etilsin.
16. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari B. Ibragimov va viloyat hokimining oʻrinbosari S. Abdullayev zimmalariga yuklatilsin.
Hokim R. XOLMATOV
Toshkent sh.,
2010-yil 3-iyun,
157-son
Toshkent viloyati hokimining 2010-yil 3-iyundagi 157-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Viloyat ichki isteʼmol bozorlarida qishloq xoʻjalik mahsulotlari narxlarining asossiz ravishda oshib ketishini oldini olish boʻyicha viloyat ishchi guruhi
TARKIBI
| 1. | R. Xolmatov | — | viloyat xokimi, ishchi guruhi rahbari |
| 2. | B. Ibragimov | — | viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari, ishchi guruhi rahbari oʻrinbosari |
| 3. | S. Abdullayev | — | viloyat hokimining oʻrinbosari, ishchi guruhi rahbari oʻrinbosari |
| 4. | R. Qosimov | — | viloyat hokimligi Qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha Kotibiyat mudiri |
| 5. | A. Asrarov | — | viloyat hokimligi Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha Kotibiyat mudiri |
| 6. | F. Xamdamov | — | Prokuratura qoshidagi SVOJJDLQK departamenti viloyat boshqarmasi boshligʻi |
| 7. | N. Erbekov | — | viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshligʻi |
| 8. | N. Ibragimov | — | viloyat IIB Korrupsiya, tovlamachilik va reketga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi v. b. |
| 9. | U. Atemov | — | viloyat Qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi |
| 10. | A. Mirsalimov | — | “Viloyatbozorsavdo” ochiq turdagi hissadorlik bozor jamiyatlari uyushmasi raisi |
| 11. | B. Almatov | — | viloyat DSENM bosh vrachi |
| 12. | T. Muratov | — | Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmasi boshligʻi |
| 13. | N. Xusanov | — | Markaziy bank viloyat Bosh boshqarmasi boshligʻi |
| 14 | R. Tursinboyev | — | DSK “B va SKFNK” Bosh boshqarmasi viloyat boʻlimi boshligʻi |
| 15. | Sh. Inogʻomov | — | viloyat Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshligʻi |
| 16. | S. Qurbonqulov | — | “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi viloyat boʻlimi raisi |
| 17. | M. Sattorova | — | viloyat Davlat veterinariya nazorati boshqarmasi boshligʻi |
| 18. | X. Suvanov | — | Meva-sabzavotchilik, baliqchilik, parrandachilik, asalarichilikni rivojlantirish boʻyicha viloyat ishchi guruh rahbarlari |
| 19. | X. Xoliqov | ||
| 20. | U. Eshov | ||
| 21. | S. Nabixonov | ||
| 22. | S. Sadullayev | — | viloyat Chorva-ozuqa bosh birlashmasi boshligʻi |
| 23. | A. Karimov | — | viloyat Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshligʻi |
| 24. | M. Abduqodirov | — | viloyat Goʻsht-sut sanoat birlashmasi boshligʻi |
| 25. | X. Sultonov | — | viloyat “Mevasabzavottayyorlovsavdo” ixtisoslashtirilgan kompaniyasi rahbari |
| 26. | T.Toʻrayev | — | Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi viloyat vakilligi rahbari |
| 27. | lavozimiga koʻra | — | Shahar va tuman hokimlari |
Toshkent viloyati hokimining 2010-yil 3-iyundagi 157-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Viloyatdagi yirik parrandachilik korxonalarining shaharlarga biriktirilishi
| T/r |
Shaharlar nomi |
Biriktirilgan parrandachilik korxonalari |
Joylashgan manzili |
| 1. | Chirchiq sh. | “Yutum” MChJ | Qibray tumani |
| 2. | Olmaliq sh. | “Sharq” MChJ | Qibray tumani |
| 3. | Angren sh. | “Oʻzbekiston” OAJ | Zangiota tumani |
| 4. | Bekobod sh. | “Oʻrtachirchiq parranda” | Oʻrtachirchiq tumani |
| 5. | Ohangaron sh. | “Toshkent parranda” MChJ | Qibray tumani |
| 6. | Yangiyoʻl sh. | “Virtex Agro” q.x.OAJ “Ishonch Nadejda” f/x |
Zangiota tumani |
Toshkent viloyati hokimining 2010-yil 3-iyundagi 157-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Tumanlarda chorvachilik yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan fermer va qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan Toshkent shahar va viloyat shaharlari bozorlariga goʻsht (mol, qoʻy, choʻchqa goʻshti) mahsulotlarini olib kelib sotish topshirigʻi
| T/R |
Tumanlar nomi | Biriktirilgan dehqon bozorlari | |||
| Toshkent shahar tumanlari |
Savdo tashkil etiladigan kunlar va mahsulotlar miqdori |
Viloyat shaharlari |
Savdo tashkil etiladigan kunlar va mahsulotlar miqdori | ||
| 1. |
Oqqoʻrgʻon t. |
Bektemir t. | Har haftaning seshanba, chorshanba, payshanba, shanba va yakshanba kunlari qoramol goʻshti — kamida 200 kg; qoʻy goʻshti — 50 — 100 kg; choʻchqa goʻshti — 50 kg (sotish narxi: 1 kg uchun 7000 soʻm) |
| Har haftaning seshanba, chorshanba, payshanba, shanba va yakshanba kunlari qoramol goʻshti — kamida 200 kg; qoʻy goʻshti — 50 — 100 kg; choʻchqa goʻshti — 50 kg (sotish narxi: 1 kg uchun 7000 soʻm) |
| 2. |
Ohangaron t. |
| Ohangaron sh. Angren sh. | ||
| 3. |
Bekobod t. |
| Bekobod sh. | ||
| 4. |
Boʻstonliq t. |
Mirobod t. | | ||
| 5. |
Boʻka t. |
Chilonzor t. | | ||
| 6. |
Zangiota t. |
Yakkasaroy t. | | ||
| 7. |
Qibray t. |
M.Ulugʻbek t. | | ||
| 8. |
Quyichirchiq t. |
Sirgʻali t. | | ||
| 9. |
Parkent t. |
Yunusobod t. | | ||
| 10. |
Piskent t. |
Olmaliq sh. | |||
| 11. |
Toshkent t. |
S.Raximov t. | | ||
| 12. |
Oʻrtachirchiq t. |
Hamza t. | | ||
| 13. |
Chinoz t. |
Shayxontoxur t. | | ||
| 14. |
Yuqorichirchiq t. |
| Chirchiq sh. | ||
| 15. |
Yangiyoʻl t. |
| Yangiyoʻl sh. | ||
Toshkent viloyati hokimining 2010-yil 3-iyundagi 157-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Parranda goʻshti va tuxum yetkazib berish boʻyicha tumanlarning Toshkent shahri bozorlariga biriktirilishi
| T/r |
Tumanlar nomi |
Toshkent shahrida |
| 1. | Yuqorichirchiq t. | Bektemir tumani |
| 2. | Boʻstonliq t. | Mirobod tumani |
| 3. | Yangiyoʻl t. | Chilonzor tumani |
| 4. |
Zangiota t. |
Yakkasaroy tumani |
| S.Rahimov tumani | ||
| 5. |
Qibray t. |
M.Ulugʻbek tumani |
| Yunusobod tumani | ||
| 6. | Quyichirchiq t. | Sirgʻali tumani |
| 7. |
Oʻrtachirchiq t. |
Hamza tumani |
| Shayhontohur tumani |
Toshkent viloyati hokimining 2010-yil 3-iyundagi 157-son qaroriga
5-ILOVA
5-ILOVA
Meva-sabzavot, uzum, poliz, kartoshka mahsulotlarini yetkazib berish boʻyicha tumanlarning Toshkent shahri tumanlariga va viloyat shaharlariga biriktirilishi
| T/r |
Tumanlar |
Biriktirilgan dehqon bozorlari | ||
| Toshkent shahar dehqon bozorlari |
Toshkent shahar tumanlari |
Viloyat shaharlari | ||
| 1. |
Oqqoʻrgʻon t. |
Mirobod | Mirobod t. | |
| 2. |
Ohangaron t. |
Qoʻyliq | Bektemir t. | Ohangaron sh. |
| 3. |
Bekobod t. |
Aviasozlar | Hamza t. | |
| Askiya | Yakkasaroy t. | |||
| 4. |
Boʻstonliq t. |
Mirobod | Mirobod t. | Chirchiq sh. |
| 5. |
Boʻka t. |
Besh yogʻoch | Chilonzor t. | |
| 6. |
Zangiota t. |
Askiya | Yakkasaroy t. | Angren sh. |
| 7. |
Qibray t. |
Navroʻz | M.Ulugʻbek t. | Olmaliq sh. |
| 8. |
Quyichirchiq t. |
Sirgʻali | Sirgʻali t. | |
| 9. |
Parkent t. |
Oloy | Yunusobod t. | Bekobod sh. |
| 10. |
Piskent t. |
Eski joʻva | Shayxontohur t. | |
| 11. |
Toshkent t. |
Qoraqamish | S.Rahimov t. | |
| 12. |
Oʻrtachirchiq t. |
Aviasozlar | Hamza t. | |
| 13. |
Chinoz t. |
Mirobod | Mirobod t. | |
| 14. |
Yuqorichirchiq t. |
Qoʻyliq | Bektemir t. | |
| 15. |
Yangiyoʻl t. |
Farhod | Uchtepa t. | Yangiyoʻl sh. |
Toshkent viloyati hokimining 2010-yil 3-iyundagi 157-son qaroriga
6-ILOVA
6-ILOVA
Meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlarda tomchilatib sugʻorish asosida bogʻlar va tokzorlarni 2011-yilda barpo etish topshirigʻi
|
T/r |
Tumanlar nomi |
Ekish rejasi (ga) |
| 1. | Boʻstonliq t. | 200 |
| 2. | Ohangaron t. | 200 |
| 3. | Parkent t. | 200 |
| 4. | Qibray t. | 200 |
| 5. | Zangiota (Toshkent) t. | 200 |
| 6. | Yangiyoʻl t. (Xalqabod hududi) | 150 |
| |
JAMI: |
1150 |