Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2021 13.08.2010 yildagi 498-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish uchun toʻlovlarning cheklangan miqdori toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2021-yil 4-iyundagi 390/41-6-sonli “Toshkent shahar mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-apreldagi “Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 63-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomning 12-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida hamda “Toshbozortayyorlovsavdo” uyushmasining 2010-yil 28-iyuldagi “Bozorlar balansidagi avtotoʻxtash joylarida “koʻrsatilayotgan xizmat uchun” undiriladigan toʻlovlarning yangi miqdorlarini joriy etish toʻgʻrisida”gi 654-sonli taklifini inobatga olib qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2010-yil 15-avgustdan boshlab, Toshkent shahri boʻyicha mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, yuridik shaxslar tomonidan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish uchun toʻlovlarning cheklangan miqdori ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi (Sh. Rahimov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish uchun toʻlovlarning cheklangan miqdori mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, ushbu faoliyat bilan shugʻullanuvchi barcha yuridik shaxslar eʼtiboriga yetkazilishi taʼminlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmat koʻrsatuvchi mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar barcha yuridik shaxslar tomonidan ushbu xizmat uchun belgilanadigan tariflar tasdiqlangan cheklangan miqdordan oshmasligi nazoratga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti (R. Abdumajitov), “Toshbozortayyorlovsavdo” uyushmasi (E. Inogʻomov): Bozorlar maʼmuriyati bilan birgalikda avtotoʻxtash joylarida koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning yangi miqdorlarini joriy etish boʻyicha belgilangan tartibda zarur tashkiliy tadbirlar oʻtkazilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi tasdigʻiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari F.T. Ziyayev va Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti boshligʻi R.A. Abdumajitov zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim A. TOʻXTAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 13-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
498-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimining 2010-yil 13-avgustdagi 498-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri boʻyicha mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, yuridik shaxslar tomonidan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish uchun toʻlovlarning cheklangan miqdori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatiladigan xizmatlar turi‎ Olinadigan toʻlov miqdori (soʻm hisobida)‎
Avtotransport vositalari vaqtincha saqlanadigan joyda turish uchun har bir avtotransportdan‎ ‎
yengil avtomobillar uchun:‎ ‎
1 soatgacha‎ 1500‎
2 soatgacha‎ 2000‎
3 soatgacha‎ 2200‎
4 soatgacha‎ 2500‎
4 soat va undan ortiq vaqt uchun‎ 3000‎
yuk avtomobillari uchun‎ ‎
1 soatgacha‎ 2000‎
2 soatgacha‎ 2500‎
3 soatgacha‎ 3000‎
4 soatgacha‎ 3500‎
4 soat va undan ortiq vaqt uchun‎ 4000‎
avtobuslar uchun‎ ‎
1 soatgacha‎ 3000‎
2 soatgacha‎ 4000‎
3 soatgacha‎ 5000‎
4 soatgacha‎ 8000‎
4 soat va undan ortiq vaqt uchun‎ 12000‎