Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2021 19.08.2010 yildagi 517-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOShKENT ShAHRI AHOLISIGA SIFATLI VA ARZON QIShLOQ XOʻJALIK MAHSULOTLARI YETKAZIB BERISh, SAVDODAGI QIShLOQ XOʻJALIK MAHSULOTLARI NARXINI SUNʼIY RAVIShDA OShIShINI OLDINI OLISh HAMDA 2010-2011 YIL QISh-BAHOR MAVSUMI UChUN ASOSIY TURDAGI QIShLOQ XOʻJALIK MAHSULOTLARINI ZAXIRAGA GʻAMLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2021-yil 4-iyundagi 390/41-6-sonli “Toshkent shahar mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri aholisiga qish-bahor mavsumida sifatli va arzon narxlardagi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetkazib berish, 2010-2011-yil qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini zaxiraga gʻamlash (zakladka) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 14-iyuldagi 03-5-43-sonli majlis bayoni topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent shahri aholisiga qish-bahor mavsumida sifatli va arzon narxlardagi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetkazib berish, 2010-2011-yil qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini gʻamlash (zakladka) masalalarini nazorat qilish boʻyicha shahar ishchi guruhi tarkibi 1-ilovaga, Toshkent shahri aholisi uchun 2010-2011-yil kuz-qish mavsumida asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qoʻyish topshirigʻi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish departamenti (R. Abdumajitov), “Toshkent matlubot savdo” MChJ (O. Toychiboyev), tuman hokimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Joriy yilning 25-noyabriga qadar Toshkent shahar aholisini qish mavsumida sifatli va arzon qishloq xoʻjalik mahsulotlari bilan tizimli taʼminlash uchun yetarli miqdorda gʻamlash (kartoshka, piyoz, sabzi, karam va guruch mahsulotlari) ishlari tugallansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Shahar aholisini kuz-qish mavsumida arzon narxlardagi kartoshka, piyoz, sabzi mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida viloyatlardan asosiy turdagi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini keltirib, zaxirasini tayyorlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilsin va tasdiqlash uchun taqdim etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. Markaziy meva-sabzavot omborxonasi (POK-5) qish mavsumida mahsulotlar saqlash uchun talab darajasiga va tayyor holga keltirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Moliya bosh boshqarmasi (M. Mirmahmudov), Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi (B. Mamajonov), Xalq taʼlimi bosh boshqarmasi (N. Raxmonqulova), “Mehrli savdo” shoʻba korxonasi (N. Giyasov): 2-ilovaga muvofiq Toshkent shahridagi ijtimoiy soha obyektlari, kasalxona, bogʻcha, mehribonlik uylari, maktab-internatlarga 2010-2011-yil qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tayyorlash maqsadida respublika viloyatlaridan toʻgʻridan toʻgʻri shartnoma asosida arzon va sifatli qishloq xoʻjalik mahsulotlarini keltirish choralari koʻrilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markaziy bank Toshkent shahar bosh boshqarmasi (Sh. Xadjizadayev), tijorat banklari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilda hududlardan fermer va dehqon hoʻjaliklari hamda shaxsiy tomorqalarda yetishtirilgan mahsulotlarni qoʻyish maqsadida sotib olish uchun zarur hajmda naqd pul mablagʻlarning belgilangan tartibda tezkorlik bilan berilishi tavsiya etilsin hamda “Toshkent matlubot savdo” MChJ va tuman hokimliklari qoshida tashkil etilgan agrofirmalarga oʻz vaqtida imtiyozli kreditlar ajratish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Toshbozortayyorlovsavdo” uyushmasi (E. Inogʻomov), barcha dehqon bozorlari rahbarlari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.1. Shahar aholisini qishloq xoʻjalik mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini toʻlaroq taʼminlash, ularning bozorlardagi narxlarini muvofiqlashtirish maqsadida, savdo-xarid korxonalari orqali viloyatlardagi dehqon va fermyerlar bilan toʻgʻridan toʻgʻri shartnoma asosida arzon va sifatli qishloq xoʻjalik mahsulotlarini kunma-kun olib kelib sotilishi tashkil etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2. Toshkent viloyatining dehqon-fermer hoʻjaliklari va agrofirmalariga qulayliklar yaratish va shaharga arzon qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetib kelishini tashkil etish uchun har bir dehqon bozori hududidan 20 tadan 40 tagacha toʻliq jihozlangan joylar ajratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman hokimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.1. Har bir yirik sanoat korxonalari oʻz ishchi xodimlari uchun zarur mahsulotlar yaratish, saqlash va sotish chora-tadbirlarini ishlab chiqsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.2. Gʻamlanadigan mahsulotlarni sifatli saqlash boʻyicha mavjud muzlatgich, ombor, baza va boshqa binolar toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazilsin. Bunda “Oʻzulgurjisavdoinvest” uyushmasi tizimi va yirik sanoat korxonalarida mavjud ombor va muzlatgichlardan toʻliq foydalanish choralarini koʻrish taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti (R. Abdumajitov), “Toshkent matlubot savdo” MChJ (O. Toychiboyev), tuman hokimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan “Turkiston” davlat unitar xoʻjaligi negizida tashkil etilgan fermyerlar bilan yetishtirilgan mahsulotlarni shahar dehqon bozorlariga chiqarilishi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Toshkent matlubot savdo” MChJ (O. Toychiboyev), tuman hokimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning 25-noyabriga qadar 2010-2011-yil qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini (kartoshka, piyoz, guruch) Markaziy meva-sabzavot (POK-5) omboriga toʻliq joylashtirilishi taʼminlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimliklari tomonidan gʻamlash uchun keltirilgan asosiy turdagi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini “Toshkent matlubot savdo” MChJ kirim hujjatlari asosida qabul qilib olinishi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan jadval asosida tuman hokimlariga chiqim hujjatlari asosida chiqarilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari F.T. Ziyayev va Axborot-tahlil guruhi rahbari B.R. Gaibnazarov zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim A. TOʻXTAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 19-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
517-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar hokimining 2010-yil 19-avgustdagi 517-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri aholisiga qish-bahor mavsumida sifatli va arzon narxlardagi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetkazib berish, 2010-2011-yil qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini gʻamlash (zakladka) masalalarini nazorat qilish boʻyicha shahar ishchi guruhi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. A.X. Toʻxtayev‎

—‎

Toshkent shahar hokimi, ishchi guruh rahbari‎
2. F.T. Ziyayev‎

—‎

Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari‎
3. B.R. Gaibnazarov‎

—‎

Axborot-tahlil guruhi rahbari, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari‎

‎‎Ishchi guruh aʼzolari:

4. R.A. Abdumajitov‎ —‎ Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish departamenti boshligʻi‎
5. M.A. Mirzayev‎ —‎ Toshkent shahar prokurori vazifasini bajaruvchi (kelishilgan holda)‎
6. Q.U. Nakibov‎ —‎ Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi‎
7. Sh.N. Raximov‎ —‎ Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi boshligʻi‎
8. M.M. Mirmahmudov‎ —‎ Moliya bosh boshqarmasi boshligʻi‎
9. S.S. Nasretdinov‎ —‎ Iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshligʻi‎
10. E.I. Inogʻomov‎ —‎ “Toshbozortayyorlovsavdo” uyushmasi boshqaruv raisi v.b.‎
11. D.Sh. Alimuxamedov‎ —‎ Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bosh vrachi‎
12. Sh.R. Xadjizadayev‎ —‎ Markaziy bank Toshkent shahar bosh boshqarmasi boshligʻi‎
13. N.Q. Xolmurodov‎ —‎ Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmasi boshligʻi‎
14. N.X. Raxmonqulova‎ —‎ Xalq taʼlimi bosh boshqarmasi boshligʻi v.b.‎
15. B.O. Mamajonov‎ —‎ Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi‎
16. B.Q. Dadaboyev‎ —‎ Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi boshligʻi v.b.‎
17. N.S. Giyasov‎ —‎ “Mehrli savdo” shoʻba korxonasi direktori‎
18. O.R. Toychiboyev‎ —‎ “Toshkent matlubot savdo” MChJ direktori‎
19. Lavozimiga koʻra‎ —‎ Tuman hokimlari‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ularning oʻrniga yangidan tayinlangan shaxslar guruh tarkibiga kiritiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar hokimining 2010-yil 19-avgustdagi 517-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent 2010-2011-yil kuz-qish mavsumiga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga qoʻyish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOPShIRIGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(tonna hisobida)‎‎

№‎

Tumanlar‎

Jami mahsulot‎ Kartoshka‎ Piyoz‎ Sabzi‎ Karam‎ Guruch‎ Dukkakli don‎
1.‎ Bektemir‎ 520‎ 143‎ 157‎ 33‎ 39‎ 143‎ 5‎
2.‎ Mirobod‎ 728‎ 286‎ 200‎ 78‎ 29‎ 130‎ 5‎
3.‎ M.Ulugʻbek‎ 619‎ 280‎ 165‎ 65‎ 26‎ 78‎ 5‎
4.‎ S.Raximov‎ 920‎ 500‎ 171‎ 91‎ 52‎ 100‎ 6‎
5.‎ Sergeli‎ 750‎ 317‎ 200‎ 85‎ 39‎ 104‎ 5‎
6.‎ Uchtepa‎ 1022‎ 408‎ 310‎ 130‎ 52‎ 115‎ 7‎
7.‎ Hamza‎ 954‎ 390‎ 286‎ 91‎ 52‎ 130‎ 5‎
8.‎ Shayxontoxur‎ 927‎ 429‎ 230‎ 104‎ 52‎ 105‎ 7‎
9.‎ Chilonzor‎ 1000‎ 415‎ 307‎ 123‎ 50‎ 100‎ 5‎
10.‎ Yunusobod‎ 1262‎ 550‎ 350‎ 156‎ 65‎ 136‎ 5‎
11.‎ Yakkasaroy‎ 707‎ 260‎ 242‎ 70‎ 40‎ 90‎ 5‎

‎‎Jami tumanlar boʻyicha

9409‎

3978‎ 2618‎ 1026‎ 496‎ 1231‎ 60‎
1.‎ Toshkent Matlubot savdo MChJ‎ 1940‎ 1000‎ 700‎ 100‎ 0‎ 100‎ 40‎
2.‎ “Mehrli savdo” ShK‎ 1012‎ 706‎ 306‎ 0‎ 0‎ 0‎ 0‎
3.‎ Xalq taʼlimi‎ 340‎ 150‎ 80‎ 40‎ 30‎ 40‎ 0‎
4.‎ SSBB‎ 345‎ 160‎ 50‎ 60‎ 40‎ 35‎ 0‎
5.‎ Bozordagi dehqonlar‎ 58436‎ 22126‎ 13220‎ 11630‎ 7150‎ 2410‎ 1900‎
6.‎ Oliy oʻquv yurtlari‎ 348‎ 120‎ 85‎ 52‎ 26‎ 65‎ 0‎
7.‎ Korxona va tashkilot‎ 2898‎ 1500‎ 800‎ 195‎ 195‎ 208‎ 0‎
8.‎ Respublika kasalxonalari‎ 327‎ 117‎ 60‎ 52‎ 52‎ 46‎ 0‎
9.‎ Oʻrta maxsus kasb-hunar‎ 416,1‎ 201,1‎ 145‎ 30‎ 20‎ 20‎ 0‎

Jami‎‎

66062,1‎

26080,1‎ 15446‎ 12159‎ 7513‎ 2924‎ 1940‎

Jami shahar boʻyicha:‎‎

75471,1‎

30058,1‎ 18064‎ 13185‎ 8009‎ 4155‎ 2000‎