OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
XOʻJALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING BANK HISOBVARAQLARIDAN PUL MABLAGʻLARINI HISOBDAN CHIQARISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 15-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2342]
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 2-songa ilova), Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son), Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-avgustdagi PF-1504-son “Budjet bilan hisob-kitoblar uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarning masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 8-son, 103-modda), 1998-yil 4-fevraldagi PF-1923-son “Hisob-kitob mexanizmini takomillashtirish hamda respublika budjeti va mahalliy budjetlarga toʻlovlar tushishini ragʻbatlantirish choralari toʻgʻrisida”gi va 2002-yil 30-martdagi PF-3047-son “Pul massasi oʻsishini cheklash va moliyaviy intizomiga rioya etish masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 3-son, 51-modda) farmonlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 22-yanvarda 104-v, 21-son va Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 30-yanvarda 615-son bilan tasdiqlangan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma” (roʻyxat raqami 615, 1999-yil 30-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-yil, 1-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 3-martda 104-v-1, 21-son va 615-1-son bilan tasdiqlangan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 1-son qoʻshimcha” (roʻyxat raqami 615-1, 1999-yil 3-mart);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1999-yil 21-aprelda 104-v-2-son, Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 20-aprelda 12-02-29/794-son va Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 4-mayda 615-2-son bilan tasdiqlangan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 2-son qoʻshimcha” (roʻyxat raqami 615-2, 1999-yil 4-may);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1999-yil 27-sentabrda 104-v-3-son, Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 22-sentabrda 21-3-son va Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 5-yanvarda 615-3-son bilan tasdiqlangan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 3-son oʻzgartirish va qoʻshimcha” (roʻyxat raqami 615-3, 2000-yil 5-yanvar);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi tomonidan 2000-yil 6-yanvarda 104-v-4, 4-son va Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 1-martda 615-4-son bilan tasdiqlangan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 4-son oʻzgartirishlar” (roʻyxat raqami 615-4, 2000-yil 1-mart).
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2011-yil 12-dekabr,
35/4-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 12-dekabr,
82-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 12-dekabr,
2011-41-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 12-dekabrdagi 35/4, 82, 2011-41-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi
YOʻRIQNOMA
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova), Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 52(I)-son), Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 5-6-son, 54-modda) va “Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 51-son, 512-modda) qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-avgustdagi PF-1504-son “Budjet bilan hisob-kitoblar uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarning masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 8-son, 103-modda), 1998-yil 4-fevraldagi PF-1923-son “Hisob-kitob mexanizmini takomillashtirish hamda Respublika budjeti va mahalliy budjetlarga toʻlovlar tushishini ragʻbatlantirish choralari toʻgʻrisida” va 2002-yil 30-martdagi PF-3047-son “Pul massasi oʻsishini cheklash va moliyaviy intizomiga rioya etilishi yuzasidan javobgarlikni oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-yil, 5-6-son) farmonlariga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan (keyingi oʻrinlarda hisobvaraq deb yuritiladi) pul mablagʻlari ularga qoʻyilgan talablarni qondirish uchun yetarli boʻlmaganda, mablagʻlarni hisobdan chiqarish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Yoʻriqnoma talablari:
tugatilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning tugatish hisobvaraqlariga;
Keyingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xatlangan hamda sud, sud ijrochilari yoki boshqa vakolatli organlar tomonidan hisobvaraqlardan foydalanishga oid cheklovlar oʻrnatilgan hisobvaraqlarga;
Keyingi tahrirga qarang.
budjet mablagʻlarini oluvchilarning kreditorlik qarzlarini toʻlash uchun ularning hisobvaraqlariga mablagʻ ajratish rejalari chegarasida moliya va soliq organlari tomonidan ishlab chiqilgan hamda Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Respublika komissiyasining tegishli qarori asosida Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan sxemalarda belgilangan hisobvaraqlarga;
Keyingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlariga muvofiq mablagʻlar taqsimotining alohida tartiblari belgilangan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasida keltirilgan hisobvaraqlariga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻida (keyingi oʻrinlarda asosiy hisobvaraq deb yuritiladi) yetarli miqdorda pul mablagʻlari boʻlganda, mablagʻlarni hisobdan chiqarish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mijozning farmoyishiga va boshqa pul-hisob-kitob hujjatlarining kelib tushishi tartibida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvaragʻida mablagʻ unga qoʻyilgan talablarni qondirish uchun yetarli boʻlmagan holda, pul-hisob-kitob hujjatlari 2-son kartotekaga kirim qilinadi. 2-son kartoteka xoʻjalik yurituvchi subyektning faqat asosiy hisobvaragʻi ochilgan bankda shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvaragʻidagi mablagʻlar unga qoʻyilgan talablarni qondirish uchun yetarli boʻlmaganda, asosiy hisobvaraqqa xizmat koʻrsatuvchi bank 2-son kartoteka paydo boʻlganligi toʻgʻrisida 3-soʻrovnomaning “taqiq” faylini “2” belgisi bilan shakllantirib, Bank depozitorlari milliy axborotlar bazasiga dasturiy ravishda yuboradi. Ushbu maʼlumotlar Bank depozitorlari milliy axborotlar bazasi orqali barcha boshqa hisobvaraqlar ochgan banklarga uzatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur maʼlumotlar banklar tomonidan davlat soliq xizmati organlariga axborot tariqasida taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hisobvaraq ochgan banklar ushbu maʼlumotnomani amaliyot kuni davomida olganda, shu amaliyot kunidan kechikmagan holda, maʼlumotnomani amaliyot kunidan keyin olganda esa keyingi amaliyot kunida mazkur mijozning asosiy hisobvaragʻiga qoʻyilgan talablarni qondirish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektning boshqa hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlarini uning asosiy hisobvaragʻiga memorial order asosida oʻtkazib berishlari shart.
Xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvaragʻida 2-son kartoteka paydo boʻlgandan soʻng, uning boshqa barcha ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochilgan banklar tomonidan pul-hisob-kitob hujjatlarini qabul qilish va asosiy hisobvaragʻiga boʻlgan toʻlovlardan tashqari boshqa toʻlovlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Xoʻjalik yurituvchi subyektning boshqa hisobvaragʻidan toʻlovlar asosiy hisobvaragʻi ochilgan bankdan uning 2-son kartotekasi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi fayl maʼlumot dasturiy ravishda olingandan soʻng amalga oshiriladi.
5. Xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvaragʻi ochilgan bankda 2-son kartoteka mavjud boʻlgan hollarda toʻlovlar quyidagi navbatda amalga oshiriladi:
a) navbatdan tashqari, hisobvaraq egasining arizasiga koʻra bevosita ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlari uchun toʻlovlar oʻtgan oy davomida uning faqat asosiy hisobvaragʻiga kelib tushgan jami tushumlarning 5 foizi miqdorigacha, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan roʻyxatga asosan oʻta muhim obyektlarni qoʻriqlovchi boʻlinmalar xizmatidan foydalanuvchi hisobvaraq egalari uchun esa 6 foiz miqdorigacha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-son kartoteka paydo boʻlganda, hisobvaraq egasi tomonidan ariza kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlar miqdoriga bogʻliq hisob-kitob bilan birga shu oyning keyingi dekadasi birinchi sanasiga, joriy oyning uchinchi dekadasi va keyinchalik esa keyingi oyning uchinchi sanasigacha bankka taqdim qilinadi. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining oʻziga xosligidan kelib chiqqan holda, bevosita ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) bilan bogʻliq boʻlgan, oʻta muhim obyektlarni qoʻriqlovchi boʻlinmalar xizmati boʻyicha xarajatlarni ham hisobga olgan holda zaruriy xarajatlar roʻyxatini aniqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hisobvaraq egasi kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlar uchun mablagʻlar hisob-kitobini va arizani bankka taqdim etgan kunning ertasidan boshlab joriy oy davomida ushbu toʻlovlarni toʻliq yoki boʻlib-boʻlib amalga oshirishi mumkin. Kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlar uchun mablagʻlar limitining ishlatilmagan qismi joriy oyning oxirgi kunigacha ishlatilishi mumkin va keyingi oyga ishlatish uchun oʻtkazilmaydi.
Kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlar uchun toʻlovlar hisobvaraq egasining toʻlov topshiriqnomalari boʻyicha amalga oshiriladi. Bunda toʻlov topshiriqnomalarining “toʻlov maqsadi” grafasida “kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlar summasi hisobiga”, deb yozilgan boʻlishi shart.
Banklar kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlar uchun sarflanadigan mablagʻlar limitining toʻgʻri hisoblanganligi (aniqlashini) va unga rioya qilinishini nazorat qiladi.
Kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlar uchun sarflanadigan mablagʻlar limiti notoʻgʻri hisoblanganligi aniqlangan taqdirda, ular boʻyicha taqdim etilgan ariza va toʻlov hujjatlari bank tomonidan ijro uchun qabul qilinmaydi;
b) birinchi navbatda, mutanosib ravishda budjetga, budjetdan tashqari fondlarga toʻlovlarni hamda ish haqi toʻlash uchun pul mablagʻlari berilishini nazarda tutuvchi toʻlov (ijrochi) hujjatlari boʻyicha, alimentlarni undirishga doir talablarni qondirish uchun hisobvaragʻidan pul mablagʻlarini oʻtkazish yoki pulni berishni nazarda tutuvchi ijrochi hujjatlar boʻyicha, mualliflik shartnomalariga binoan mukofotlarni toʻlash boʻyicha, shuningdek hayoti va salomatligiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha, budjetga toʻlovlar boʻyicha hamda mehnatga oid va unga tenglashtirilgan huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan toʻlovlar boʻyicha xoʻjalik subyektlarining majburiyatlari teng darajada bajarilishini taʼminlovchi ijrochi hujjatlar boʻyicha pul oʻchiriladi;
v) ikkinchi navbatda, navbatdan tashqari va birinchi navbatdagi toʻlovlar amalga oshirilgandan keyin asosiy hisobvaraqdan quyidagi majburiyatlarning kalendar navbati tartibida bajarilishi taʼminlanadi:
mazkur bandning “b” kichik bandida nazarda tutilmagan boshqa ijro hujjatlari boʻyicha inkasso topshiriqnomalari yuzasidan toʻlovlar;
banklar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga Hukumat kafolati ostida berilgan muddatli va muddatida qaytarilmagan kreditlarni (ularning foizlarini ham) qaytarish uchun qoʻyilgan mijozning talabnomalari boʻyicha toʻlovlar;
Keyingi tahrirga qarang.
g) uchinchi navbatda, ushbu xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvaragʻiga qoʻyilgan boshqa pul talablari yuzasidan toʻlovlarni amalga oshirish boʻyicha toʻlov hujjatlarining kelib tushish sanasiga qarab kalendar navbatida hisobdan chiqariladi.
6. Xoʻjalik yurituvchi subyektning milliy valyutadagi hisobvaraqlaridagi mablagʻlar qoʻyilgan talablarni qondirish uchun yetarli boʻlmasa, xizmat koʻrsatuvchi bank davlat soliq xizmati organlarining taqdimnomasi asosida mazkur xoʻjalik yurituvchi subyektning chet el valyutasidagi hisobvaragʻida mavjud boʻlgan mablagʻning ushbu talablarni qondirish uchun yetarli boʻlgan miqdoridagi qismini keyingi ish kunidan kechikmagan holda Respublika valyuta birjasiga sotish uchun buyurtmanoma kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vakolatli bank tomonidan chet el valyutasini sotishdan olingan mablagʻlar xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvaragʻiga kirim qilinadi va ushbu Yoʻriqnomada belgilangan tartibda mazkur hisobvaraqqa taqdim etilgan talablarni qondirish uchun yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning muddatli va jamgʻarma depozit hisobvaraqlaridagi mablagʻlar ushbu Yoʻriqnomaning 5-bandida koʻrsatib oʻtilgan talablarni qondirish uchun depozitning shartnomada koʻrsatilgan muddati tugagandan keyin banklar tomonidan asosiy hisobvaraqqa kirim qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Asosiy hisobvaraqda unga qoʻyilgan talablarni qondirish uchun mablagʻlar yetarli boʻlmagan holda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning muddatli va jamgʻarma depozitlari boʻyicha depozit shartnomalarini uzaytirish hamda yangi shartnomalar tuzish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Pul mablagʻlari yetarli boʻlmagan holda pul-hisob- kitob hujjatlari boʻyicha mutanosib ravishda hisobdan chiqarish
Keyingi tahrirga qarang.
10. Kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlar uchun mablagʻlar limiti aniqlangandan va zaxira qilinganidan keyin xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvaragʻidan pul mablagʻlarini mutanosib ravishda hisobdan chiqarish mazkur Yoʻriqnomaning 5-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan navbat asosida amalga oshiriladi.
11. Mutanosib ravishda hisobdan chiqarishni amalga oshirish uchun asos boʻlib quyidagi hujjatlar xizmat qiladi:
toʻlovchining budjet va davlat maqsadli jamgʻarmalariga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlari boʻyicha toʻlov topshiriqnomalari;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat soliq xizmati organlarining budjet va davlat maqsadli jamgʻarmalariga muddatida toʻlanmagan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish borasidagi inkasso topshiriqnomalari;
Keyingi tahrirga qarang.
bojxona xizmati organlari tomonidan muddatida toʻlanmagan bojxona toʻlovlarini undirish borasida inkasso topshiriqnomalari;
davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalarining daromadlariga (jarima va moliyaviy sanksiyalar hamda boshqa shunga oʻxshash toʻlovlar koʻrinishidagi) hisobvaraq egasining toʻlov topshiriqnomalari;
sud departamenti organlari tomonidan qoʻyilgan inkasso topshiriqnomalari;
Keyingi tahrirga qarang.
xodimlarga ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni amalga oshirish uchun hisobvaraqda mablagʻlarni band (bron) qilishga doir ariza, shuningdek ish haqidan budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy badallarni, Kasaba uyushmalariga ixtiyoriy badallarni, jismoniy shaxslarni daromad soligʻi hamda jamgʻarib boriladigan shaxsiy pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallarini oʻtkazish boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs tomonidan imzolangan va dumaloq muhr bilan tasdiqlangan reyestr ilova qilingan toʻlov topshiriqnomalari hamda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni undirish borasidagi sud qarori asosida ijro organlari tomonidan qoʻyilgan inkasso topshiriqnomalari;
Keyingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlov hujjatlari.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Band (bron) qilishga doir ariza bank bilan kelishilgan grafikdagi kundan bir kun oldin taqdim etilishi lozim. Band (bron) miqdori ish haqidan ajratmalarsiz shakllantirilgan boʻlsa hamda arizada koʻrsatilgan ish haqiga tenglashtirilgan toʻlovlar summasiga toʻlov topshiriqnomalari bankka taqdim qilinmasa, bank tomonidan bunday arizalar qabul qilinmaydi.
13. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning asosiy hisobvaragʻiga qoʻyilayotgan birinchi navbatdagi talablarni mutanosib ravishda qondirish ulushi qarzlarning umumiy hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Mutanosiblikni aniqlashda soliqlar va yigʻimlarning barcha turlari boʻyicha qarz budjetga toʻlovlar sifatida bir miqdorga jamlanadi hamda ularga nisbatan bitta ulush aniqlanadi. Barcha davlat maqsadli jamgʻarmalarining barcha talablari ham shunday usulda jamlanadi, keyinchalik ular davlat maqsadli jamgʻarmalari oʻrtasida mutanosib tartibda taqsimlanadi.
14. Ish haqini berish, shuningdek ish haqi toʻlash uchun olingan kreditlarni qaytarish, belgilangan miqdorlardagi ushlab qolingan daromad soligʻi, jamgʻarib boriladigan shaxsiy pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallar, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga badallar va Kasaba uyushmasiga ixtiyoriy badallar summalarini oʻtkazish mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Mutanosib taqsimlash hisobvaraqdagi mablagʻlarning kun boshidagi qoldigʻidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Oyning oxirgi bank ish kunida asosiy hisobvaraqlarga kelib tushgan mablagʻlar kun davomida mutanosib taqsimlanadi.
Xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvaragʻidagi mablagʻlar unga qoʻyilgan talablarni qondirish uchun yetarli boʻlmagan holda, hisobvaraqdan pul mablagʻlarini mutanosib ravishda hisobdan chiqarish mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasida keltirilgan misol asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Yakuniy qoida
16. Mazkur Yoʻriqnomaning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
1-ILOVA
1-ILOVA
Qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilmaydigan bank hisobvaraqlar
ROʻYXATI
Keyingi tahrirga qarang.
1. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning asosiy hisobvaragʻi ochilgan balans hisobvaragʻida “888” tartib raqam bilan ochilgan hisobvaraq.
2. 22604 — Mijozlarning boshqa depozitlari — Jamgʻarma — Maqsadli. (Hukumat qarorlari asosida ajratilgan mablagʻlar)
3. 22626 — Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari. (Hukumat qarorlari asosida ajratilgan mablagʻlar)
4. 23202 — Kliring tranzaksiyalar.
5. 23204 — Bir martalik oʻzaro hisob-kitoblar uchun budjet mablagʻlari.
6. 23208 — Moliya vazirligi fondlari bilan boʻladigan kliring transaksiyalari.
Keyingi tahrirga qarang.
7. 23210 — Moliya vazirligi fondlaridan qishloq xoʻjalik mahsulotlari uchun ajratilgan maqsadli mablagʻlar.
Keyingi tahrirga qarang.
8. 23218 — Moliya vazirligi fondidan ajratilgan maqsadli mablagʻlari.
Keyingi tahrirga qarang.
9. 23220 — Moliya vazirligi fondidan olingan maqsadli mablagʻlar.
Keyingi tahrirga qarang.
10. 23222 — Moliya vazirligi fondining maqsadli mablagʻlari.
Keyingi tahrirga qarang.
11. 23224 — Xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasidagi oʻzaro bir martalik hisob-kitoblar uchun budjet mablagʻlari.
12. 23226 — Respublika budjetining eksportchi-korxonalar bilan boʻladigan maqsadli hisob-kitoblar uchun mablagʻlari.
13. 23228 — Respublika budjetining pudratchi tashkilotlar bilan boʻladigan maqsadli hisob-kitoblar uchun mablagʻlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
2-ILOVA
2-ILOVA
Xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvaragʻidan mablagʻlarni talablarni qondirish uchun mutanosib ravishda hisobdan chiqarishga oid
MISOL
Xoʻjalik yurituvchi subyektning bank hisobvaragʻiga kelib tushgan kunlik mablagʻlar uning budjet, davlat maqsadli jamgʻarmalarga toʻlovlar boʻyicha qarzi hamda hisobvaragʻida ish haqi uchun band (bron) mavjud boʻlganda, quyidagi tartibda mutanosib ravishda taqsimlanadi:
Masalan mijozning asosiy hisobvaragʻida kun boshida 5000 ming soʻm miqdorida mablagʻlar qoldigʻi mavjud.
Xoʻjalik yurituvchi subyektning toʻlov topshiriqnomalari va tegishli organlarning inkasso topshiriqnomalariga asosan quyidagi toʻlovlar boʻyicha qarz mavjud:
budjetga — 4000 ming soʻm (foyda soligʻidan — 3000 ming soʻm, QQSdan — 500 ming soʻm, budjetga toʻlanadigan boshqa soliqlar va toʻlovlardan — 500 ming soʻm);
davlat maqsadli jamgʻarmalar oldida — 2350 ming soʻm, bundan Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlovlar boʻyicha 825 ming soʻm, sotilgan tovar (ishlar, xizmatlar) haqiqiy hajmidan QQS va aksiz soligʻini ayirib olgan holda 0,7% ajratmalar — 534 ming soʻm, Respublika yoʻl jamgʻarmasiga — 477 ming soʻm va boshqa davlat maqsadli jamgʻarmalarga, shu jumladan maktab taʼlimini rivojlantirish jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar — 514 ming soʻm;
Bundan tashqari, ish haqi boʻyicha umumiy summa — 3000 ming soʻm, undan ish haqi toʻlashga berilgan kredit summasi — 1000 ming soʻm, ish haqini bronlash summasi — 2000 ming soʻm, unga quyidagilar kiradi: daromad soligʻi — 380 ming soʻm va jamgʻarib boriladigan shaxsiy pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallar — 20 ming soʻm, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy badallar summasi (4,5%) — 90 ming soʻm va Kasaba uyushmasiga badallar (1%) — 20 ming soʻm.
Hisobvaraqdagi ushbu barcha talablar jamlanadi (4000 + 2350 + 3000 = 9350 ming soʻm) va 100 foiz deb qabul qilinadi. Yuqorida sanab oʻtilgan talablarning har birini qondirish boʻyicha mutanosiblik quyidagicha aniqlanadi: 9350 ming soʻm 100 foiz deb qabul qilinadi va hisobvaraqda mavjud 5000 ming soʻm mablagʻlarning unga nisbati aniqlanadi, yaʼni quyidagi hisob-kitob amalga oshiriladi: 5000 x 100/9350 = 53,476%.
Ushbu talablarning miqdoridan kelib chiqqan holda, ularning har birining ulushi tegishli mutanosibliklarda aniqlanadi:
1) Budjetga toʻlovlar ulushi: 4000 x 0,53476 = 2139,0 ming soʻmni tashkil qiladi.
2) Davlat maqsadli jamgʻarmalarga toʻlovlar ulushi: 2350 x 0,53476 = 1256,7 ming soʻmni tashkil qiladi.
Davlat maqsadli jamgʻarmalarning ichida har bir jamgʻarma boʻyicha nisbat (proporsiya) belgilanadi. Bizning misolimizdan kelib chiqib, ushbu nisbat quyidagicha boʻladi:
yagona ijtimoiy toʻlovlar ulushi 825 x 0,53476 = 441,2 ming soʻmni tashkil etadi;
budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ulushi: 534 x 0,53476 = 285,6 ming soʻmni tashkil etadi;
Respublika yoʻl fondining ulushi 477 x 0,53476 = 255,1 ming soʻmni tashkil etadi;
boshqa davlat maqsadli jamgʻarmalarning ulushi, shu jumladan maktab taʼlimini rivojlantirish jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar 514 x 0,53476 = 274,9 ming soʻmni tashkil etadi;
3) Ish haqi boʻyicha umumiy summa (shu jumladan, ish haqini toʻlashga berilgan kredit va ish haqi fondi boʻyicha bronni oʻz ichiga olgan holda) 3000 x 0,53476 = 1604,3 ming soʻmni tashkil etadi. Ushbu qism ichida:
ish haqini toʻlashga berilgan kreditning ulushi 1000 x 0,53476 = 534,7 ming soʻmni tashkil etadi;
ish haqi fondi boʻyicha bronning ulushi (oʻz ichiga daromad soligʻi, jamgʻarib boriladigan shaxsiy pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallar, Pensiya jamgʻarmasiga va kasaba uyushmasiga badallarini oladi) 2000 x 0,53476 = 1069,5 ming soʻmni tashkil etadi. Ulardan:
ish haqiga beriladigan naqd pullar ulushi 1550 x 0,53476 = 828,9 ming soʻmni tashkil etadi;
jismoniy shaxslarning daromadidan soliq ulushi 380 x 0,53476 = 203,2 ming soʻmni (uning tarkibida jamgʻarib boriladigan shaxsiy pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallar ulushi 20 x 0,53476 = 10,7 ming soʻmni) tashkil etadi;
budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining ulushi (4,5%) 90 x 0,53476 = 48,1 ming soʻmni tashkil etadi;
Kasaba uyushmalari ixtiyoriy badallar ulushi (1%) 20 x 0,53476 = 10,7 ming soʻmni tashkil etadi.
Shu tariqa, xoʻjalik yurituvchi subyektning budjetga soliq va yigʻimlarning har bir turi boʻyicha qarzdorligi budjet oldidagi umumiy qarzdorligidan 53,476 foiz miqdorida qondiriladi. Shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyektning davlat maqsadli jamgʻarmalar oldidagi qarzdorligi ushbu davlat maqsadli jamgʻarmalar oldidagi umumiy qarzdorlikdan 53,476 foiz miqdorida qondiriladi. Xoʻjalik yurituvchi subyektning ish haqi boʻyicha qarzdorligi ham jismoniy shaxslar daromadidan soliq, jamgʻarib boriladigan shaxsiy pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallar, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻlovlar va Kasaba uyushmasiga ixtiyoriy badallarni hisobga olgan holda, ular boʻyicha umumiy qarzdorlikdan 53,476 foiz miqdorida qondiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 11-son, 127-modda, 38-son, 438-modda; 2013-y., 36-son, 480-modda; 2015-y., 26-son, 345-modda; 40-son, 523-modda; 2016-y., 9-son, 97-modda; 2017-y., 27-son, 629-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2018-y., 10/18/2342-8/1276-son; 23.05.2019-y., 10/19/2342-9/3173-son; 17.01.2020-y., 10/20/2342-10/0064-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 16.01.2025-y., 10/25/2342-12/0038-son)