Toshkent shahar hokimining
Qarori
TOShKENT ShAHAR IQTISODIYOTI TARMOQLARINI 2008-2009 YILLAR KUZ-QISh MAVSUMIGA TAYYORLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2021-yil 4-iyundagi 390/41-6-sonli “Toshkent shahar mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Toshkent shahar xoʻjaligini 2008-2009-yillar kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini taʼminlash hamda kechiktirib boʻlmaydigan vazifalarni amalga oshirish maqsadida qaror qilaman:
1. Quyidagilar:
* 2— 4-ilovalar berilmaydi.
Toshkent shahar iqtisodiyoti tarmoqlarini 2008-2009-yillar kuz-qish mavsumiga barqaror ishlashini tayyorlash boʻyicha shahar doimiy ish yurituvchi komissiyasining tarkibi 5-ilovaga* muvofiq:
Toshkent shahar iqtisodiyot tarmoqlari sohalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish ishlari boʻyicha masʼul shaxslarning roʻyxati 6-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 5-6-ilovalar berilmaydi.
2. Moliya bosh boshqarmasi (M.M. Mirmahmudov): Toshkent shahar iqtisodiyot tarmoqlarini kuz-qish mavsumiga oʻz vaqtida tayyorlash maqsadida 2008-yil uchun nazarda tutilgan moliyaviy mablagʻlarni oʻz vaqtida oyma-oy ajratilishi taʼminlansin va bu ishlar joriy yil isitish mavsumi boshlanishidan oldin uchinchi chorakda yakunlansin.
3. Tuman hokimliklari:
3.1. 2-ilovada belgilangan rejadagi uy-joylarni muhandislik kommunikatsiyalarini kapital taʼmirlash qiymatining 30 foizi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining depozit hisob raqamlarida yigʻiladigan mablagʻlar (aholi hisobidan) va budjetdan tashqari (homiylar, mablagʻlar hisobidan (1-Titul) hamda 70 foizi mahalliy budjet mablagʻlari (2-Titul) hisobidan amalga oshirilishi taʼminlansin va ushbu ishlar 2008-yil 1-sentabrgacha toʻliq bajarilsin.
3.2. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tegishli korxona va tashkilotlar bilan birgalikda 4-ilovada belgilangan uy-joy fondi boʻyicha bajariladigan tadbirlarni 2008-yil 1-sentabrgacha tugallasinlar.
3.3. Har bir tumanda yil oxirigacha qoʻshimcha 10 tadan 8-16 ta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga xizmat koʻrsatuvchi kompaniyalar tuzilib, ularning umumiy soni 250 taga yetkazilsin.
4. Tuman hokimlari, Toshkent shahar xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasi (R.L. Li):
2008-yil fevral-aprel oylarida barcha xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari rahbarlari attestatsiyadan oʻtkazilib, attestatsiya natijasida ularga baho berilsin va yangi saylangan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari rahbarlari uchun oʻqish tashkil qilinsin.
5. Sanoat korxonalari va tashkilotlar:
5.1. 2008-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda oʻz tasarrufidagi maʼmuriy binolar, turar joylar, inshootlar, garaj va ishlab chiqarish uskunalarida qishga tayyorgarlik ishlari olib borilsin;
5.2. 2008-yil 1-sentabrgacha avtotransport vositalari va mexanizmlar qish mavsumi sharoitida barqaror ishlashga tayyorlansin;
5.3. Bajarilgan ishlar yuzasidan toʻliq axborotlarni belgilangan muddatlarda shahar iqtisodiyoti tarmoqlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash boʻyicha doimiy ish yurituvchi komissiyasiga taqdim etilishi taʼminlansin;
5.4. Tegishli korxonalarda qishga tayyorgarlik ishlarining borishi yuzasidan aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf qilib, shahar komissiyasiga axborot berib borishlari hamda umumshahar qishga tayyorgarlik tadbirlarida faol qatnashishlari koʻzda tutilsin.
6. Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarlari tomonidan oʻz majmuasi boʻyicha dasturda koʻrsatilgan tadbirlarni belgilangan muddatlarda bajarilishi mablagʻlarni maqsadli sarflanishi boʻyicha tegishli nazorat oʻrnatilsin.
7. Toshkent shahar hokimining 2007-yil 8-maydagi “Toshkent shahar xoʻjaligini 2007-2008-yillarda kuz-qish mavsumiga tayyorlash toʻgʻrisida”gi 372-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari R.J. Usmonov, shahar hokimligining tegishli majmua rahbarlari, hamda Hududiy kommunal foydalanish birlashmasi bosh direktori B.S. Raxmonov zimmalariga yuklatilsin.
Hokim A. TOʻXTAYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 26-mart,
165-son
Shahar hokimining 2008-yil 26-martdagi 165-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Toshkent shahar iqtisodiyoti tarmoqlarini 2008-2009-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar
DASRURI
|
“TOShKENT ISSIQLIK MARKAZI” Ochiq aksiyadorlik jamiyati | ||||||||
| № |
Bajarilgan ishlar |
Oʻlchov birligi |
Yillik reja |
Shu jumladan | ||||
| aprel | may | iyun | iyul | avgust | ||||
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 |
| 1. | 3,5, va 8 Issiqlik markazlaridagi (IM) kapital taʼmirlash, jami shu jumladan | Dona | 6 | | | 1 | 2 | 3 |
| 1.1. | 3-IMda ITVM-100markali 3-qozon | -//- | 1 | | | | 1 | |
| 1.2. | 5-IMda ITVM-100markali 3-qozon | -//- | 1 | | | | | 1 |
|
1.3. |
6-IMda ITVM-100markali 2-qozon |
-//- |
1 |
| |
1 |
| |
| 1.4. | 7-IMda ITVM-100markali 3-qozon | -//- | 1 | | | | | 1 |
| 1.5. | 8-IMda ITVM-50markali 2-qozon | -//- | 1 | | | | 1 | |
| 1.6. | 8-IMda ITVM-100markali 4-qozon | -//- | 1 | | | | | 1 |
| 2. | 1,3-10-Issiqlik markazlaridagi qozonlarni joriy taʼmirlash | Dona | 56 | 11 | 10 | 10 | 13 | 12 |
| 3. | 1,3-10-Issiqlik markazlaridagi qozonlarni joriy taʼmirlash | Dona | 251 | 55 | 56 | 51 | 46 | 43 |
| 4. | Issiqlik markazlarida yordamchi uskunalarni va quvurlarni issiqlik gʻilofini (izolatsiya) kapital taʼmirlash | Kv. m | 5000 | | 1000 | 1000 | 1000 | 2000 |
| 5. | 1-IMdagi 4-chi 3IMdagi 4-chi qozonlarni akkumulyator baklarini taʼmirlash va mustahkamlash | Dona | 2 | | | | 1 | 1 |