Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2021 07.06.2008 yildagi 388-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOShKENT ShAHAR HUDUDIDA SANITARIYA HOLATINI YaXShILASh, OBODONLAShTIRISh VA KOʻKALAMZORLAShTIRIShDA YoShLAR FAOLLIGINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2021-yil 4-iyundagi 390/41-6-sonli “Toshkent shahar mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil — “Yoshlar yili” munosabati bilan Toshkent shahrida “Yoshlar yili” davlat va hududiy dasturlarining bajarilishini taʼminlash hamda yoshlarni obodonlashtirish ishlariga jalb qilish, ularni ijtimoiy foydali mehnat bilan band qilish va poytaxt hududini koʻkalamzorlashtirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent shahar faollarining mehnatsevar va vatanparvar yosh avlodni tarbiyalash maqsadida poytaxt hududining tozaligini saqlash, sanitariya holatini yaxshilash, yangi bogʻlar barpo etish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlariga yoshlarni keng jalb qilgan holda, har bir umumtaʼlim maktab oʻquvchilaridan iborat “Bunyodkor yoshlar” va oʻrta maxsus kasb-hunar bilim yurtlari talabalaridan iborat “Tashabbuskor yoshlar” guruhlarini tuzish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Bunyodkor yoshlar” va “Tashabbuskor yoshlar” guruhlarining faoliyatini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toshkent shahar hokimligining Jamoat va diniy tashkilotlari bilan aloqalar boʻyicha majmuasi (P.M. Baxtiyorov) Toshkent shahar Xalq taʼlimi bosh boshqarmasi (N.X. Raxmonqulova), Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi (Sh.S. Javlonov), “Kamolot” YIHning Toshkent shahar boʻlimi (A.X. Mirzajonov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunyodkor yoshlar” va “Tashabbuskor yoshlar” guruhlarining faoliyatini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 10 kun muddatda ishlab chiqilsin va oʻrnatilgan tartibda tasdiqqa kiritilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunyodkor yoshlar” va “Tashabbuskor yoshlar” guruhlar faoliyatini baholash uchun tanlovlarning 1-bosqichi joriy yilning 7-avgust kuni va 2-bosqichi joriy yilning 2-dekabr kuni oʻtkazilib, ularning natijalari boʻyicha faol guruhlar ragʻbatlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimliklari, Toshkent shahar Xotin-qizlar qoʻmitasi (F.Y. Abduraximova), Ichki ishlar bosh boshqarmasi (Q.U. Nakibov), “Mahalla” jamgʻarmasining Toshkent shahar boʻlimi (J.X. Shoxakimov) bilan birgalikda: “Bunyodkor yoshlar” va “Tashabbuskor yoshlar” guruhlari tomonidan olib boriladigan ishlarni jonlantirish boʻyicha mahalla faollari va yoshlarini jalb etish, joylarda targʻibot ishlarini olib borish hamda yaratilgan bogʻlarni muntazam ravishda parvarishlash va saqlash ishlari amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toshkent shahar hokimligining Kapital qurilish, kommunal xoʻjaligi, obodonlashtirish, sanoat va tadbirkorlik masalalari majmuasi (R.J. Usmonov) Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi (A.M. Rizashov), Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi (S.S. Azizov), “ToshkentboshplanLITI” loyiha instituti (V.A. Akopdjanyan) tashkiliy qoʻmita bilan birgalikda 10 kun muddatda bogʻlar yaratiladigan hududlarni belgilasin va bunyodkorlik ishlarida amaliy yordam koʻrsatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman hokimlari: Toshkent shahar hokimligidan tumanlarga biriktirilgan masʼul rahbarlar bilan birgalikda joylarda yoshlarning faolligini oshirish, bogʻlar yaratilishida har tomonlama koʻmak berish hamda olib boriladigan bunyodkorlik, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshkent shahar hokimining maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha yordamchisi (A.M. Akromov), Toshkent shahar hokimligining Axborot xizmati (X.I. Muxamedov) “Kamolot” YIHning Toshkent shahar boʻlimi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa yoshlar orasida keng targʻib etish hamda olib borilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish ishlari amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari N.M. Baxtiyorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim A. TOʻXTAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 7-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
388-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar hokimining 2008-yil 7-iyundagi 388-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunyodkor yoshlar” va “Tashabbuskor yoshlar” guruhlarining faoliyatini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
N.M. Baxtiyorov‎

—‎

Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisi ‎

F.Y. Abduraximova‎

—‎

Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari ‎

A.M. Akromov

—‎

Toshkent shahar hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha yordamchisi‎

X.S. Atamatova‎

—‎

Toshkent shahar hokimining maslahatchisi‎

A.X. Mirzajonov‎

—‎

“Kamolot” YIHning Toshkent shahar boʻlimi raisi

S.N. Nigʻmatov‎

—‎

Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari‎

N.X. Raxmonqulova

—‎

Xalq taʼlimi bosh boshqarmasi boshligʻi v. b.‎

Sh.S. Javlonov‎

—‎

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi boshligʻi‎

A.M. Rizashev‎

—‎

Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi‎

J.X. Shoxakimov‎

—‎

“Mahalla” jamgʻarmasining Toshkent shahar boʻlimi raisi‎

lavozimiga koʻra‎

—‎

Tuman hokimlarining oʻrinbosarlari‎