Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2021 26.03.2008 yildagi 166-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida hududiy sanoat yarmarkasini oʻtkazishni tashkil etish masalalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2021-yil 4-iyundagi 390/41-6-sonli “Toshkent shahar mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish kooperatsiyasini yanada rivojlantirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga buyurtmalar portfelini shakllantirishga koʻmaklashish, mavjud imkoniyat va rezervlardan kengroq foydalanish orqali mahalliy tarzda ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari va xajmlarini koʻpaytirish hamda Respublika sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasini oʻtkazish boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatuvchi tashkiliy koʻmitaning 2008-yil 17-martdagi 02/1-995-sonli yigʻilish bayoni topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent shahrida hududiy sanoat yarmarkasini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha tashkiliy guruh tarkibi 1-ilovaga* hamda chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Iqtisodiyot bosh boshqarmasi (Z.N. Toʻychiyev), Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar boshqarmasi (Sh.S. Mirzayev), Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi (O.S. Alimov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddat ichida hududiy sanoat yarmarkasini oʻtkazish joyi aniqlansin va oʻrnatilgan tartibda taklif kiritilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy sanoat yarmarkasida ishtirok etuvchi yirik biznes korxonalari, kichik va xususiy biznes subyektlarining roʻyxati ishlab chiqilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy sanoat yarmarkasi yakuni boʻyicha 3-ilovadagi* shakl asosida tuzilgan shartnomalar va oʻtkazilgan taqdimot toʻgʻrisida maʼlumot Respublika sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasini oʻtkazish boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatuvchi tashkiliy qoʻmitasiga taqdim etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1— 3 ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toshkent shahar hokimining maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha yordamchisi (A.M. Ikromov), Axborot xizmati (X.I. Muxamedov), oʻtkaziladigan hududiy sanoat yarmarkasining maqsad va vazifalari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishi tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari B.I. Tohirov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim A. TOʻXTAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 26-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
166-son