Toshkent shahar hokimining
Qarori
KOMMUNAL XIZMAT KOʻRSATUVChI KORXONA VA TAShKILOTLARNING ABONENTLARI BOʻYIChA MAʼLUMOTLAR BAZASINI TAShKIL QILISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2021-yil 4-iyundagi 390/41-6-sonli “Toshkent shahar mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini koʻllab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini taʼminlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4058-sonli Farmoni talablarini bajarish va Toshkent shahrida kommunal xizmat koʻrsatuvchi korxona va tashkilotlar ishlab chiqarayotgan mahsulotlar, koʻrsatayotgan xizmatlar tannarxini kamaytirish boʻyicha tasdiqlangan reja-topshiriqlarning bajarilishini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. “Toshissiqquvvati” ishlab chiqarish birlashmasi (R. A. Abdulin), “Suvsoz tresti” davlat unitar korxonasi (T. Sh. Mirxidoyatov), “Toshkent suv taʼminoti” shoʻba korxonasi (I. K. Tolipov), “Toshkent elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati (G. I. Smal), “Toshkentshahargaz” filiali (A. N. Saidvaliyev), “Maxsustrans” davlat unitar korxonasi (S. N. Nigmatov), Yunusobod tuman sanitar tozalash va nazorat qilish boʻyicha yagona buyurtmachi direksiyasi (B. V. Zairov), “Ulugʻbek” shaharchasidagi qurilish-taʼmirlash xizmat koʻrsatish boshqarmasi (A. F. Saidaxmedov), aholidan va xoʻjalik yurituvchi subyektlardan kommunal xizmatlar uchun pul yigʻimi bilan shugʻullanuvchi barcha mustaqil operator rahbarlari:
1.1. 2009-yilning 25-noyabrigacha Toshkent shahar Hududiy kommunal foydalanish birlashmasiga 2009-yilning 1-oktabr holatiga xizmat koʻrsatuvchi abonentlar (aholi va yuridik isteʼmolchilar) boʻyicha maʼlumotlarni 1 va 2-ilovalarga asosan elektron koʻrinishda taqdim etilishi;
1.2. Har chorakning yakuni boʻyicha keyingi oyning 25-sanasigacha qoʻshimcha oʻzgarishlarni hisobga olgan holda abonentlar toʻgʻrisidagi yangilangan toʻliq maʼlumotlarni yuqorida qayd etilgan ilovadagi jadvallar asosida topshirib borilishi taʼminlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, maʼlumotlarning oʻz vaqtida va sifatli topshirilishiga, ularning toʻliq hamda haqqoniyligiga korxona va tashkilotlarning rahbarlari va bosh hisobchilari masʼuldirlar.
3. Ichki ishlar bosh boshqarmasi (Q. U. Nakibov), “Mahalla” jamgʻarmasi (J. X. Shoxakimov), Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasi (A. X. Nabiyev), Statistika boshqarmasi (B. P. Magay) va tuman hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari rahbarlariga:
Xorijga chiqish-kelish va fuqarolik boshqarmasi hamda uning tuman boʻlimlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, oʻzini oʻzi boshqarish va statistika organlari tomonidan berilgan maʼlumotlar asosida har chorakdan keyingi oyning 25-sanasigacha Hududiy kommunal foydalanish birlashmasiga begʻaraz ravishda mavjud boʻlgan va oʻzgarayotgan aholi soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni 3, 4, 5, 6 va 7-ilovalardagi shakl koʻrinishida (elektron) topshirilishi taʼminlansin.
4. Hududiy kommunal foydalanish birlashmasi (I. N. Xolmatov), Moliya bosh boshqarmasi (M. M. Mirmaxmudov) va Iqtisodiyot bosh boshqarmasi (S. S. Nasretdinov):
10 kun muddatda mazkur qarorning 1-bandi talablarini bajarish maqsadida kommunal xizmatlaridan foydalanuvchi abonentlarni hisobga oluvchi yagona elektron bazani yaratish boʻyicha taklif kiritilsin.
5. Hududiy kommunal foydalanish birlashmasi (I. N. Xolmatov):
5.1. Taqdim etilgan maʼlumotlar asosida axborot bazasini shakllantirish va bazani doimiy yangilab borish taʼminlansin.
5.2. Mazkur qarorning 1 va 2-bandlari boʻyicha taqdim etilgan maʼlumot va axborotlarni:
a) doimiy ravishda tahlil qilib borilishi;
b) hisobot choragidan keyingi oyning oxirigacha kommunal xizmat koʻrsatuvchi korxonalar va tashkilotlardan isteʼmolchilar sonidagi oʻzgarishlar haqidagi taqdim qilingan maʼlumotlarni jamlab, tahlil qilib, ular haqidagi aniqlangan maʼlumotlarni begʻaraz ravishda kommunal xizmat koʻrsatuvchi korxonalarga hamda Moliya bosh boshqarmasi va Iqtisodiyot bosh boshqarmasiga taqdim qilinishi taʼminlansin.
6. Hududiy kommunal foydalanish birlashmasiga kommunal xizmat koʻrsatuvchi korxonalar va tashkilotlar, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, kommunal xizmatlar uchun pul yigʻimi bilan shugʻullanuvchi operatorlar tomonidan berilgan maʼlumotlar asosida isteʼmolchilarni toʻliq qamrab olish boʻyicha monitoring oʻtkazish, zarur hollarda taqdim qilingan maʼlumotlarning asl nusxalarini talab qilib olish, ularni tekshirish va tahlil qilish huquqi berilsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari R. J. Usmonov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim A. TOʻXTAYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 24-noyabr,
612-son
Shahar hokimining 2009-yil 24-noyabrdagi 612-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Koʻp xonadonli xususiy uy-joy sektorida aholi soni, mavjud boʻlgan oʻlchagichlar va umumiy (turar joy) yashash maydoni toʻgʻrisidagi maʼlumot 20___yil “___”________holatiga
|
Koʻp xonadonli uy-joy sektori | ||||||||||
| T/r | Abonentning manzili va telefoni | Abonentning F.I.Sh. | Hisob raqami (litsevoy) | Abonent bilan tuzilgan shartnomaning № va sana | Uy-joylarning jami qavatlar soni | Xonadonlarda jami xonalar soni | Xonadonda istiqomat qiluvchi odam soni, kishi | Xonadonda oʻrnatilgan oʻlchagichlar soni, dona | Xonadonning umumiy maydoni kv.m | Xonadonlarning turar joy maydoni kv.m |
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 |
| | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | |
Izoh: maʼlumot Toshkent shahar boʻylab har bitta tuman alohida berishi shart.
|
Xususiy uy-joy sektori | ||||||
| T/r | Abonentning manzili va telefoni | Abonentning F.I.Sh. | Hisob raqami (litsevoy) | Abonent bilan tuzilgan shartnomaning № va sana | Xonadonda istiqomat qiluvchi odam soni, kishi | Uyda oʻrnatilgan oʻlchagichlar soni, dona |
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
Izoh: maʼlumot Toshkent shahar boʻylab xar bitta tuman alohida berishi shart.
| Kommunal korxonasining rahbari | F.I.Sh. |
| Kommunal korxonasining sotish xizmati rahbari | F.I.Sh. |
Shahar hokimining 2009-yil 24-noyabrdagi 612-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Mavjud hamda qayta tashkil boʻlgan xoʻjalik subyektlari toʻgʻrisida maʼlumot 20___ yil “___”________holatiga
| T/r | Abonentning yuridik manzili va telefoni | Abonentning toʻliq nomi | Faoliyat turi | Hisob raqami (litsevoy) | Shartnoma tuzilgan sana va № | Oʻrnatilgan oʻlchagichlar soni |
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
Izoh: maʼlumot Toshkent shahar boʻylab har bitta tuman alohida berishi shart.
| Kommunal korxonasining rahbari |
F.I.Sh. |
| Kommunal korxonasining sotish xizmati rahbari |
F.I.Sh. |
Shahar hokimining 2009-yil 24-noyabrdagi 612-sonli qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Toshkent shahri boʻyicha oʻzgaruvchi aholi soni toʻgʻrisida maʼlumot 20___ yil “___”________holatiga
| T/r | Manzil boʻyicha roʻyxatdan chiqarilgan (shu jumladan vaqtinchalik roʻyxati boʻyicha) | Manzil boʻyicha roʻyxatdan chiqarilgan yashovchining F.I.Sh. | Fuqaroning vafoti toʻgʻrisidagi maʼlumot (№ va sana), F.I.Sh. | Vafot etgan fuqaroning yashagan joyi toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot | Manzil boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan (shu jumladan vaqtinchalik roʻyxat boʻyicha) | Manzil boʻyicha roʻyxatdagi yashovchining F.I.Sh. (shu jumladan vaqtinchalik roʻyxati) | Tugʻilganlik haqidagi guvohnoma (№ va sana), F.I.Sh. | Goʻdakning toʻliq manzili |
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 |
| | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
Izoh: maʼlumot Toshkent shahar boʻylab har bitta tuman alohida berishi shart.
| Pasport stoli rahbari |
F.I.Sh. |
| Pasport stolidagi maʼlumotlarni yigʻishda javobgar shaxs |
F.I.Sh. |
| Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati uyushmasi rahbari |
F.I.Sh. |
Shahar hokimining 2009-yil 24-noyabrdagi 612-sonli qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Mavjud hamda qayta tashkil boʻlgan xoʻjalik subyektlari toʻgʻrisida maʼlumot 20___ yil “___”________holatiga
| T/r |
Mavjud hamda qayta tiklangan xoʻjalik subyektlarining manzili hamda telefon raqamlari (shu jumladan koʻp xonadonli va xususiy uy-joylar sektori) |
Xoʻjalik subyektining nomi | Faoliyat turi | Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati uyushmasi bilan tuzilgan shartnomalar № va sanasi |
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 |
| | | | | |
| | | | | |
| | | | | |
| | | | | |
| | | | | |
| | | | | |
| | | | | |
Izoh: maʼlumot Toshkent shahar boʻylab har bitta tuman alohida berishi shart.
| Korxonalarni roʻyxatga olish inspeksiyasi rahbari |
F.I.Sh. |
| Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati uyushmasi rahbari |
F.I.Sh. |
| “Mahalla” jamgʻarmasi rahbari |
F.I.Sh. |
Shahar hokimining 2009-yil 24-noyabrdagi 612-sonli qaroriga
5-ILOVA
5-ILOVA
Koʻp xonadonli va xususiy uy-joy sektorida aholi soni, mavjud boʻlgan oʻlchagichlar va umumiy (turar joy) yashash maydoni 20___ yil “___”________holatiga
|
Koʻp xonadonli uy-joy sektori | ||||||||
| T/r | Yashovchining manzil va telefoni | Yashovchining F.I.Sh. | Uylardagi qavatlar soni | Xonadonlardagi xonalar soni | Xonadonda istiqomat qiluvchi jami odamlar soni | Xonadonda oʻrnatilgan oʻlchagichlar soni | Xonadonning umumiy maydoni kv.m | Xonadonlarning turar joy maydoni kv.m |
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 |
| | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
Izoh: maʼlumot Toshkent shahar boʻylab har bitta tuman alohida berishi shart.
| Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati uyushmasi rahbari |
F.I.Sh. |
| “Mahalla” jamgʻarmasi rahbari |
F.I.Sh. |
Shahar hokimining 2009-yil 24-noyabrdagi 612-sonli qaroriga
6-ILOVA
6-ILOVA
Toshkent shahrida vaqtinchalik va doimiy yashash huquqiga ega aholi 20___ yil “___”________holatiga
| T/r |
|
Vaqtinchalik yashash huquqiga ega aholi soni, kishi |
Doimiy yashash huquqiga ega aholi soni, kishi |
shu jumladan | ||||
|
koʻp qavatli uy-joylarda yashovchi aholi soni |
xususiy xonadonlarda yashovchi aholi soni |
boshqalar | ||||||
| vaqtincha | doimiy | vaqtincha | doimiy | |||||
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 |
| | Toshkent shahri boʻyicha | | | | | | | |
| | shu jumladan: | | | | | | | |
| 1. | Chilonzor tumani | | | | | | | |
| 2. | Uch tepa tumani | | | | | | | |
| 3. | Shayxontoxur tumani | | | | | | | |
| 4. | Sobir Raximov tumani | | | | | | | |
| 5. | Yunusobod tumani | | | | | | | |
| 6. | Mirzo Ulugʻbek tumani | | | | | | | |
| 7. | Mirobod tumani | | | | | | | |
| 8. | Hamza tumani | | | | | | | |
| 9. | Bektemir tumani | | | | | | | |
| 10. | Sergeli tumani | | | | | | | |
| 11. | Yakkasaroy tumani | | | | | | | |
| Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshligʻi |
F.I.Sh. |
Shahar hokimining 2009-yil 24-noyabrdagi 612-sonli qaroriga
7-ILOVA
7-ILOVA
Toshkent shahrida vaqtinchalik va doimiy yashash huquqiga ega aholi
| T/r | Xoʻjalik subyektlarining nomi | Xoʻjalik subyektlarining manzili va telefon raqami | Xoʻjalik subyektlarining faoliyat turi |
| 1 | 2 | 3 | 4 |
| | | | |
| | | | |
| | | | |
| | | | |
| | | | |
| | | | |
| | | | |
| | | | |
| | | | |
Izoh: maʼlumot Toshkent shahar boʻylab har bitta tuman alohida berishi shart.
| Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshligʻi |
F.I.Sh |