16.10.2009 yildagi 528-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YuRIDIK VA JISMONIY ShAXSLARDAN QATTIQ VA SUYuQ HOLDAGI MAIShIY ChIQINDILARNI TOʻPLASh VA OLIB KETISh XIZMATLARI UChUN YaNGI TARIFLAR JORIY QILISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qattiq holdagi maishiy-xoʻjalik chiqindilarni toʻplash va joylashtirish xizmatlarini takomillashtirish, shahar hududining sanitar holatini yaxshilash maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 31-martdagi “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatini cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 165-sonli qarori talablaridan kelib chiqib hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2009-yil 6-oktabrdagi YoE/15-04-10-11/89-2859-sonli xatini inobatga olib qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2009-yil 1-noyabrdan boshlab Toshkent shahrida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. Istiqomat qilayotgan aholidan qattiq holdagi maishiy chiqindilarni toʻplash va olib ketish xizmatlari uchun yashayotgan kishi boshiga (pasport stollarida roʻyxatga olingan va (yoki) olinmaganligidan qati nazar) bir oyga 800 soʻm miqdorida toʻlov haqi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu belgilangan toʻlov miqdori Toshkent shahri boʻyicha faqat “Maxsustrans” ishlab chiqarish boshqarmasi” davlat korxonasi va Yunusobod tumani sanitar tozalash boʻyicha yagona buyurtmachi direksiyasi tomonidan qoʻllanilishi mumkinligi inobatga olinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Mirzo Ulugʻbek tumanida “Ulugʻbek” shaharchasida istiqomat qiluvchi aholiga qattiq holdagi maishiy chiqindilarni toʻplash va olib ketish xizmatlari uchun kishi boshiga (pasport stollarida roʻyxatga olingan va (yoki) olinmaganligidan qati nazar) bir oyga 550 soʻm miqdorida toʻlov haqi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu belgilangan toʻlov miqdori faqat “Ulugʻbek” shaharchasidagi Qurilish-taʼmirlash xizmat koʻrsatish boshqarmasi tomonidan koʻllanilishi mumkinligi inobatga olinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. Budjet va xoʻjalik hisobidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, “Maxsustrans” Ishlab chiqarish boshqarmasi davlat korxonasi, Yunusobod tumani sanitar tozalash boʻyicha yagona buyurtmachi direksiyasi va “Ulugʻbek” shaharchasidagi qurilish-taʼmirlash xizmat koʻrsatish boshqarmasi tomonidan qattiq va suyuq holdagi chiqindilarni toʻplash va olib ketish xizmatlari uchun toʻlov miqdorlari ilovaga asosan belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qattiq holdagi maishiy chiqindilarni toʻplash va joylashtirish xizmatlari uchun Toshkent shahri hududida joylashgan korxona va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish va hisobga olish quyidagi tartibda amalga oshirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Shahardagi va tutash hududdagi barcha korxona va tashkilotlar, ularning mulkchilik shakli va moliyalashtirish manbasidan kati nazar, qattiq holdagi maishiy xoʻjalik chiqindilarni toʻplash va joylashtirish xizmatlari uchun shartnomalarni “Maxsustrans” ishlab chiqarish boshqarmasi” davlat korxonasi, Yunusobod tumani sanitar tozalash boʻyicha yagona buyurtmachi direksiyasi va “Ulugʻbek” shaharchasidagi qurilish-taʼmirlash xizmat koʻrsatish boshqarmasi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Oʻz tasarrufida yuk tashuvchi transport vositasi boʻlgan hamda oʻz transport vositalarida chiqindilarni tashish huquqiga ega korxona va tashkilotlar qattiq holdaga maishiy chiqindilarni shahar chiqindixonasiga joylashtirish boʻyicha “Maxsustrans” ishlab chiqarish boshqarmasi” davlat korxonasiga qarashli “Chiqindilarni qayta ishlash” korxonasi bilan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qattiq holdagi chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketish, jismoniy va yuridik shaxslar bilan, ularning mulkchilik shaklidan va qaysi tashkilotga mansubligidan kati nazar, chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati uchun shartnomalarni tuzish va koʻrsatilgan xizmat uchun toʻlovlarni undirish masʼuliyatn — tuman hokimlari, “Maxsustrans” ishlab chiqarish boshqarmasi” davlat korxonasi, Yunusobod tumani sanitar tozalash boʻyicha yagona buyurtmachi direksiyasi, “Ulugʻbek” shaharchasidagi qurilish-taʼmirlash xizmat koʻrsatish boshqarmasi, ekologiya va tozalikni nazorat etuvchi alohida militsiya bataloni, tezkor sanitar guruhi, profilaktika nozirlari zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga va uning tuman boʻlinmalariga 2010-yilning 1-yanvaridan boshlab, “Maxsustrans” ishlab chiqarish boshqarmasi” davlat korxanasi, Yunusobod tumani sanitar tozalash boʻyicha yagona buyurtmachi direksiyasi va “Ulugbek” shaharchasidagi qurilish-tamirlash xizmat koʻrsatish boshqarmasi bilan qattiq va suyuq holdagi chiqindilarni toʻplash va olib ketish bilan bogʻliq shartnomalarni tuzish taqiqlanishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Statistika boshqarmasi (B. G. Magay), Toshkent shahar “Maxalla” jamgʻarmasi (J. X. Shoxakimov), Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasi (Y. S. Nabiyev) va tumanlar hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻixatdan oʻtkazish inspeksiyalari rahbarlari qattiq maishiy chiqindilarni Toshkent shahri aholisi, tashkilot va korxonalardan olib chiqib ketish boʻyicha shartnomalarning toʻla qamrab olinishining taʼminlash maqsadida, ularning yuridik yoki yashash manzillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Maxsustrans” ishlab chiqarish boshqarmasi” davlat korxonasiga, Yunusobod tumani sanitar tozalash boʻyicha yagona buyurtmachi direksiyasiga va “Ulugʻbek” shaharchasidagi kurilish-taʼmirlash xizmat koʻrsatish boshqarmasiga begʻaraz ravishda taqdim ztilishida amaliy yordam koʻrsatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman hokimliklari, Iqtisodiyot bosh boshqarmasi (S. S. Nasretdinov), Ichki ishlar bosh boshqarmasi (K. Nakibov), Toshkent shahar “Mahalla” jamgʻarmasi (J. X. Shoxakimov), Statistika boshqarmasi (B. G. Magay), Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasi (A. X. Nabiyev), ““Maxsustrans” ishlab chiqarish boshqarmasi” davlat korxonasi (S. N. Nigmatov), Yunusobod tumani sanitar tozalash boʻyicha yagona buyurtmachi direksiyasi (B. V. Zoirov), “Ulugbek” shaharchasidagi qurilish-taʼmirlash xizmat koʻrsatish boshqarmasi (A. A. Saydaliyev) tegishli tashkilotlarni jalb kilgan holda Toshkent shahar aholisi soniga aniqlik kiritilsin va tuman hokimliklari tomonidan tasdiqlanishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Maxsustrans” Ishlab chiqarish boshqarmasi” davlat korxonasi (S. N. Nigmatov), Yunusobod tumani sanitar tozalash boʻyicha yagona buyurtmachi direksiyasi (B. V. Zoirov), “Ulugbek” shaharchasidagi kurilish-taʼmirlash xizmat koʻrsatish boshqarmasi (A. A. Xaydaliyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hududida maishiy xoʻjalik chiqindilar toʻplanishi meʼyorlari qayta ishlab chiqilguncha, korxona va tashkilotlar bilan qattik holdagi maishiy chiqindilarni toʻplash va joylashtirish xizmatlari uchun shartnomalar boʻyicha amalda koʻllanayotgan meʼyorlar asosida hisob-kitob yuritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilangan toʻlov mikdorlarining oshib ketishiga yoʻl qoʻyilmasligini nazorat qilish — Toshkent shahar Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Toshkent shahar hokimining 2002-yil 29-dekabrdagi 766-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari R. J. Usmonov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar hokimi A. TOʻXTAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 16-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
528-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar hokimining 2009-yil 4-sentabrdagi 456-sonli qaroriga
Ilova
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qattiq va suyuq holdagi chiqindilarni budjet va xoʻjalik hisobidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlardan toʻplash va olib ketish boʻyicha narx miqdorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎‏
‎
Xizmatlar nomi‎‏
‎
Oʻlchov birligi‎‏
‎

Belgilangan narx mikdorlari (QQSsiz soʻm)‎‎

“Maxsustrans” IChB DUK‎

Yunusobod tumani sanitar tozalash yagona buyurtmachi direksiyasi‎

“Ulugʻbek” shaharchasidagi Qurilish-taʼmirlash xizmat koʻrsatish boshqarmasi‎

1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎
1.‎ Qattiq holdagi chiqindilarni toʻplash va olib ketish xizmati:‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ budjet korxona va tashkilotlardan‎ 1mZ‎ 11198-00‎ 11198-00‎ 6703-00‎
‎ xoʻjalik hisobidagi korxona va tashkilotlardan‎ 1mZ‎‎ 15961-00‎ 15961-00‎ 6703-00‎
2.‎ Suyuq holdagi chiqindilarni toʻplash va olib ketish xizmati:‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ budjet korxona va tashkilotlardan‎ 1 tonna‎ 4318-50‎ ‎ ‎
‎ xoʻjalik hisobidagi korxona va tashkilotlardan‎ 1 tonna‎ 4925-00‎ ‎ ‎
3.‎ Qattiq va suyuq holdagi chiqindilarni toʻplash va olib ketish xizmati‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ budjet korxona va tashkilotlardan‎ 1 mashina-soat‎ 8808-00‎ 10103-70‎ ‎
‎ xoʻjalik hisobidagi korxona va tashkilotlardan‎ 1 mashina-soat‎ 10044-00‎ 10103-70‎ ‎