Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2025 02.03.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2332
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit tashkilotlari tomonidan kredit axborotining davlat reyestriga va kredit byurolariga kredit axborotini taqdim etish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 2-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2332]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 17-iyundagi 12/9-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3645, 07.07.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 412-modda) qonunlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kredit tashkilotlari tomonidan Kredit axborotining davlat reyestriga va kredit byurolariga kredit axborotini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 14-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1/4-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 14-yanvardagi 1/4-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit tashkilotlari tomonidan Kredit axborotining davlat reyestriga va kredit byurolariga kredit axborotini taqdim etish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) va “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 412-modda) qonunlariga muvofiq, kredit tashkilotlari tomonidan Kredit axborotining davlat reyestriga va kredit byurolariga kredit axborotini taqdim etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kredit tashkilotlari oʻzlaridagi mavjud kredit axborotini Kredit axborotining davlat reyestriga (bundan buyon matnda KADR deb yuritiladi) va kredit byurolariga mazkur Nizomda belgilangan tartibda taqdim etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Kredit axborotining davlat reyestrini yuritish departamenti kredit tashkilotlarining yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan kredit olish toʻgʻrisida berilgan buyurtmalari (bundan buyon matnda kredit buyurtmalari deb yuritiladi) haqidagi maʼlumotlarini hamda kredit axborotini yigʻadi, ular boʻyicha kredit axboroti maʼlumotlar bazasini shakllantiradi, shuningdek KADRni yuritadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2332-2, 16.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2018-y., 10/18/2332-2/0909-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kredit tashkilotlari tomonidan taqdim etiladigan kredit axboroti kredit byurosining kredit axboroti maʼlumotlar bazasini shakllantirish manbalaridan biri boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Kredit tashkilotlari tomonidan kredit axborotini taqdim etilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kredit axborotining taqdim etilishida uning butligini, ishonchliligini va maxfiyligini taʼminlash maqsadida Kredit byurolarini roʻyxatga olish va ularning faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 3042, 2018-yil 25-iyul) muvofiq xavfsizlik choralari koʻrilishi lozim.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/8-sonli qarori (roʻyxat raqami 2332-3, 20.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 10/19/2332-3/3312-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kredit axborotini tayyorlash, uni KADR va kredit byurolariga taqdim etish kredit tashkiloti rahbarining buyrugʻi bilan tayinlanadigan masʼul xodim tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kredit tashkilotining masʼul xodimi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar u tayinlangan kundan soʻng uch ish kunidan kechiktirilmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Kredit axborotining davlat reyestrini yuritish departamentiga va kredit byurolariga yuborilishi shart.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2332-2, 16.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2018-y., 10/18/2332-2/0909-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kredit tashkilotining masʼul xodimi taqdim etiladigan kredit axborotining maxfiyligini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taʼminlashga majbur.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kredit tashkilotlari kredit buyurtmalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni va kredit axborotini belgilangan tartibda qayd etilganidan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan KADR va kredit byurolariga taqdim etishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kredit tashkiloti tomonidan KADR va kredit byurolariga yuborilgan har bir kredit buyurtmasiga dasturiy ravishda xos raqam beriladi. Kredit buyurtmasining xos raqami belgilangan tartibda kredit axboroti maʼlumotlar bazasidan oʻchirilgunga qadar oʻzgartirilmaydi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 19-maydagi 13/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2332-1, 03.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 277-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kredit tashkiloti kredit berilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda, kredit buyurtmasining xos raqami kredit tashkiloti va kredit buyurtma beruvchi oʻrtasida tuzilgan kredit bitimiga ham avtomatik tarzda xos raqam boʻlib sanaladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Taqdim etilayotgan kredit axboroti kredit tashkilotlarining kredit yigʻma jildidagi kredit axborotiga mos boʻlishi lozim. Kredit axboroti, KADRga va kredit byurolariga kreditlash jarayoniga mos ketma-ketlikda yuborilishi shart.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 19-maydagi 13/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2332-1, 03.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 277-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Taqdim etilayotgan kredit axborotining toʻgʻriligini taʼminlash maqsadida kredit tashkilotlari oʻzlarining kredit qoʻyilmalarini balansdagi va KADRdagi summalar bilan bir xil yuritishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121. KADR axborotlarning toʻgʻri yuborilishi boʻyicha kunlik nazoratni olib boradi. Mazkur Nizomning 8, 11 va 12-bandlari talablarining bajarilishini nazorat qilish avtomatik tarzda olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122. KADRning amaliyot kuni banklararo elektron toʻlov hujjatlarini oʻtkazish vaqtiga mos boʻlishi lozim.
(121 va 122-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 19-maydagi 13/3-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2332-1, 03.06.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 277-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kredit byurolari kredit tashkilotlaridan olinayotgan kredit axborotining maxfiyligini taʼminlash uchun undan foydalanish huquqiga ega boʻlgan xodimlari doirasini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Kredit axborotlarini qayta ishlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kredit byurolari mavjud kredit axboroti asosida kredit tashkilotining har bir qarzdori boʻyicha uning oxirgi 5 yil (yoki yuridik shaxs boʻlgan qarzdor 5 yildan kam faoliyat yuritayotgan boʻlsa — u roʻyxatdan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab) mobaynidagi statistik, tahliliy, moliyaviy-iqtisodiy, ijobiy va salbiy xarakterdagi kredit axborotini oʻz ichiga oluvchi kredit tarixlari boʻyicha kredit axboroti maʼlumotlar bazasini ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kredit tashkiloti tomonidan taqdim etilgan kredit axborotining xatoligi aniqlangan taqdirda KADRda va kredit byurosining kredit axboroti maʼlumotlar bazasida kredit tashkilotining xatiga asosan ushbu kredit axborotiga oʻzgartirish kiritiladi. KADR va kredit byurosi xatoligi aniqlangan kredit axborotiga oʻzgartirish kiritilganligi toʻgʻrisidagi elektron bayonnomani tuzadi va uni kamida bir yil saqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. KADRdagi va kredit byurolarining kredit axboroti maʼlumotlar bazasidagi kredit tashkilotlaridan olingan kredit axborotining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Kredit axborotining davlat reyestrini yuritish departamenti va kredit byurolari tomonidan oʻzgartirilishi taqiqlanadi, mazkur Nizomning 15-bandi bundan mustasno.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2332-2, 16.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2018-y., 10/18/2332-2/0909-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgardirlar.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 92-modda; 2014-y., 23-son, 277-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2018-y., 10/18/2332-2/0909-son, 20.06.2019-y., 10/19/2332-3/3312-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)