27.02.2012 yildagi 52-son
Hujjat 04.09.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 922-modda)
a) 4-bandning birinchi xatboshidagi “birja” so‘zi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 6-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga 9-ilovadagi Ish beruvchining faoliyati turlari xavfliligi darajalari tasnifi va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta tariflari koeffitsiyentlarining 10-bandidagi “ko‘chmas mulk birjalari, brokerlik idoralari va agentliklar” so‘zlari “rieltorlik tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 17-bandning ikkinchi xatboshidagi “birjalar tomonidan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 29-bandning birinchi xatboshidagi “maxsus ajratilgan savdo maydonchalarida birjalar” so‘zlari “ixtisoslashtirilgan savdo tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 37-banddagi “savdo tashkilotlari va birjalar” so‘zlari “ixtisoslashtirilgan savdo va rieltorlik tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 42-bandning uchinchi xatboshidagi “birjalarga” so‘zi “ixtisoslashtirilgan savdo tashkilotlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga yo‘naltirilayotgan davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlardan, ma’muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlari 12-bandining “Shakllantirish manbai” ustunining to‘qqizinchi pozitsiyasidagi “baholash tashkilotlariga, savdo tashkilotlariga” so‘zlari “baholash, ixtisoslashtirilgan savdo va rieltorlik tashkilotlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.