Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM HUJJATLARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasining “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida” 2010-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-269-son Qonuniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 21-fevral,
PF-4424-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PF-4424-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasini tashkil qilish toʻgʻrisida” 1994-yil 7-fevraldagi PF-758-son Farmoni 2-bandining oltinchi xatboshidagi “koʻchmas mulk birjalarini” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 31-avgustdagi PQ-458-son qarorida:
a) 6-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Belgilansinki, sud qarorlari va boshqa organlar hujjatlariga muvofiq avtomototransport vositalari va koʻchmas mulkni sotish faqat ochiq auksion savdolari orqali amalga oshiriladi”;
b) 7-ilovaning:
1- bandida “2004-yil 25-martdagi 140-son” soʻzlari “2009-yil 15-iyuldagi 200-son” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2- band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Ijro hujjatlari boʻyicha avtomototransport vositalarini sotish faqat ixtisoslashtirilgan savdo tashkilotlari tomonidan, maxsus ajratilgan savdo maydonlarida oʻtkaziladigan ochiq auksion savdolari orqali, koʻchmas mulkni sotish esa — rieltorlik tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — savdo tashkilotchilari) tomonidan oʻtkaziladigan ochiq auksion savdolari orqaligina amalga oshiriladi.
Savdo tashkilotchilari tomonidan avtomototransport vositalari va koʻchmas mulkni sotish boʻyicha oʻtkaziladigan auksion savdolarida har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs bevosita yoxud vakil orqali ishtirok etishga haqli”;
birinchi xatboshidagi “sotuvchi birjalar” soʻzlari “sotishni amalga oshiradigan savdo tashkilotchilari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “birjalar” soʻzi “savdo tashkilotchilari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning oʻn ikkinchi — oʻn oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-noyabrdagi PF-5227-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2017-y., 06/17/5227/0206-son)
10- band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Avtomototransport vositalari va koʻchmas mulkni sotish sud ijrochisi tomonidan savdo tashkilotchisiga beriladigan buyurtma asosida amalga oshiriladi”;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning oʻn toʻqqizinchi — qirq birinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-noyabrdagi PF-5227-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2017-y., 06/17/5227/0206-son)
39-banddagi “birjalar” soʻzi “savdo tashkilotchilari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning qirq uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-noyabrdagi PF-5227-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2017-y., 06/17/5227/0206-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamentining sud qarorlarini ijro etish, moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 1-noyabrdagi PQ-722-son qarori:
1-ilovasining 8-bandi ikkinchi xatboshidagi “birjalar, baholovchi tashkilotlar, savdo tashkilotlari” soʻzlari “baholovchi, ixtisoslashtirilgan savdo va rieltorlik tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-ilovadagi “birjalar” soʻzi “ixtisoslashtirilgan savdo va rieltorlik tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PF-5022-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 286-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 77-modda; 2017-y., 17-son, 286-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2017-y., 06/17/5227/0206-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)