Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM HUJJATLARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasining “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida” 2010-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-269-son Qonuniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 21-fevral,
PF-4424-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PF-4424-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasini tashkil qilish toʻgʻrisida” 1994-yil 7-fevraldagi PF-758-son Farmoni 2-bandining oltinchi xatboshidagi “koʻchmas mulk birjalarini” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 31-avgustdagi PQ-458-son qarorida:
a) 6-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Belgilansinki, sud qarorlari va boshqa organlar hujjatlariga muvofiq avtomototransport vositalari va koʻchmas mulkni sotish faqat ochiq auksion savdolari orqali amalga oshiriladi”;
b) 7-ilovaning:
1- bandida “2004-yil 25-martdagi 140-son” soʻzlari “2009-yil 15-iyuldagi 200-son” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2- band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Ijro hujjatlari boʻyicha avtomototransport vositalarini sotish faqat ixtisoslashtirilgan savdo tashkilotlari tomonidan, maxsus ajratilgan savdo maydonlarida oʻtkaziladigan ochiq auksion savdolari orqali, koʻchmas mulkni sotish esa — rieltorlik tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — savdo tashkilotchilari) tomonidan oʻtkaziladigan ochiq auksion savdolari orqaligina amalga oshiriladi.
Savdo tashkilotchilari tomonidan avtomototransport vositalari va koʻchmas mulkni sotish boʻyicha oʻtkaziladigan auksion savdolarida har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs bevosita yoxud vakil orqali ishtirok etishga haqli”;
birinchi xatboshidagi “sotuvchi birjalar” soʻzlari “sotishni amalga oshiradigan savdo tashkilotchilari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “birjalar” soʻzi “savdo tashkilotchilari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4- band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Savdo tashkilotchisini tanlab olishda uning mazkur sohadagi tajribasi va ishchanlik obroʻsi, savdo maydonlari, saqlash joylari, malakali mutaxassislarning mavjudligi, tashkilot moliyaviy ahvolining qoniqarliligi, qarzdorligi, shu jumladan budjet oldida qarzdorligi yoʻqligi, koʻrsatiladigan xizmatlarning qiymati va boshqa mezonlar hisobga olinadi.
Savdo tashkilotchisi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti (keyingi oʻrinlarda — Sud departamenti)ning hududiy boshqarmasi oʻrtasida muddatini uzaytirish huquqi bilan bir yilga shartnoma tuziladi.
Shartnoma muddatini uzaytirishda savdo tashkilotchisi tomonidan mazkur shartnoma shartlariga rioya etilgani hamda auksionni tashkil etish va oʻtkazish tartibini buzish holatlariga yoʻl qoʻyilmaganligi inobatga olinadi.
Tanlovni oʻtkazish tartibi, shu jumladan savdo tashkilotchilarini tanlab olish mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
10- band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Avtomototransport vositalari va koʻchmas mulkni sotish sud ijrochisi tomonidan savdo tashkilotchisiga beriladigan buyurtma asosida amalga oshiriladi”;
11- bandning birinchi xatboshidagi “birjaga ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi buyurtmani” soʻzlari “savdo tashkilotchisiga ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi buyurtmani” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14-banddagi “Birjaning” va “birjaga” soʻzlari “Savdo tashkilotchisining” va “savdo tashkilotchisiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15- bandning birinchi xatboshidagi “birja” soʻzi “savdo tashkilotchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
16- bandning sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilarida “birja” soʻzlari “savdo tashkilotchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18-bandning birinchi xatboshidagi “birja” soʻzi “savdo tashkilotchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
23- bandning birinchi xatboshidagi “birjaning” soʻzi chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshida “birjaga” soʻzi “savdo tashkilotchisiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshida “birjaning” soʻzi “savdo tashkilotchisining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “birja” soʻzi “savdo tashkilotchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “birjada” soʻzi “savdo tashkilotchisida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
27 va 28-bandlardagi “birja” soʻzi “savdo tashkilotchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “birjaga” soʻzi “savdo tashkilotchisiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Savdo tashkilotchisi auksion oʻtkazish haqida ilgari xabarnoma eʼlon qilingan ommaviy axborot vositalarida auksion toʻxtatib qoʻyilganligi toʻgʻrisida xabar berishi shart. Savdo tashkilotchisi, shuningdek, sud ijrochisining tegishli yozma xabari kelib tushgan kundan boshlab 5 bank kunidan kechiktirmasdan, auksionda qatnashish istagini bildirgan shaxslar tomonidan oʻtkazilgan zakalat puli qaytarilishini taʼminlaydi”;
33-bandning ikkinchi xatboshidagi “birjaning” va “birja” soʻzlari “savdo tashkilotchisining” va “savdo tashkilotchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Birja” soʻzi “Savdo tashkilotchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “birjadan” soʻzi “savdo tashkilotchisidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
36- banddagi “birja” soʻzi “savdo tashkilotchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
37-bandning ikkinchi xatboshidagi “birjaning” va “birja” soʻzlari “savdo tashkilotchisining” va “savdo tashkilotchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
39-banddagi “birjalar” soʻzi “savdo tashkilotchilari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yuzasidan avtomototransport vositalari va koʻchmas mulkni sotish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning ilovasidagi “(birja vakolatli shaxsi F.I.O.)” soʻzlari “(savdo tashkilotchisi vakolatli shaxsining F.I.O.)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamentining sud qarorlarini ijro etish, moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 1-noyabrdagi PQ-722-son qarori:
1-ilovasining 8-bandi ikkinchi xatboshidagi “birjalar, baholovchi tashkilotlar, savdo tashkilotlari” soʻzlari “baholovchi, ixtisoslashtirilgan savdo va rieltorlik tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-ilovadagi “birjalar” soʻzi “ixtisoslashtirilgan savdo va rieltorlik tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PF-5022-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 286-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 77-modda; 2017-y., 17-son, 286-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2017-y., 06/17/5227/0206-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)