Toshkent viloyati hokimining
Qarori
Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2009 — 2014-yillarda Oʻzbekiston milliy avtomagistralini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 22-apreldagi PQ-1103-son qaroriga muvofiq hamda Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab harakatlanish qatnashchilari uchun xalqaro standartlarga javob beradigan shart-sharoitlar yaratish, yangi ish oʻrinlari shakllantirish, shuningdek avtomagistral yonidagi yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-oktabrdagi “Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 277-sonli qarori maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston milliy avtomagistralining Toshkent viloyati hududida mavjud yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlari ularning shaharsozlik norma va qoidalariga muvofiqligi yuzasidan yalpi xatlovdan oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Quyidagilar:
2010 — 2015-yillarda Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab, Toshkent viloyati hududidagi yoʻl infratuzilmasi va servisini rivojlantirish dasturi 1-ilovaga* muvofiq;
1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarining joylashtirilishini koʻrib chiqish va kelishish boʻyicha viloyat komissiya tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlariga qurish uchun yer uchastkalarini ajratish boʻyicha Nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-oktabrdagi “Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 277-sonli qarori bilan tasdiqlanganligi inobatga olinsin.
5. Viloyat Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi (S. Qoʻchqorov), Davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyasi (T. Botirov), “Toshkentavtoyoʻl” (B. Butayev), “Avtomagistral” (Sh. Djoʻrayev), Ichki ishlar boshqarmasi (A. Mullajonov), shahar va tuman hokimliklari bilan birgalikda:
har yili 1-noyabrgacha boʻlgan muddatda Komissiyaga, Dasturning tasdiqlangan parametrlarini hisobga olgan holda, kelgusi yilda yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishning aniq manzilli roʻyxatlash uchun kiritilishini taʼminlasinlar;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan dasturning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli monitoring oʻrnatsin va chorakda viloyat hokimligida belgilangan tartibda hisobotlari eshitib borilsin.
6. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, “Yoʻl loyiha byurosi” masʼuliyati cheklangan jamiyat, “OʻzshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi va “Qishloqqurilishloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyat loyihalash tashkilotlari buyurtmachilarning buyurtmanomalariga binoan yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlari loyihalarini tayyorlash boʻyicha asosiy bajaruvchilar hisoblanishi, shuningdek ushbu obyektlar qurilishida arxitektura-rejalashtirish talablariga va belgilangan qurilish normalariga rioya etilishi yuzasidan zarur nazoratni taʼminlashlari;
loyihalash tashkilotlari tomonidan belgilangan yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarining tasdiqlangan loyihalaridan har qanday chetga chiqish viloyat Komissiyasi tomonidan ushbu obyektlarning xarajatlarini toʻlamasdan buzib tashlanishi yuzasidan qaror qabul qilinishi uchun asos hisoblanadi;
mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, Respublika yoʻl jamgʻarmasi, xususiy tadbirkor-quruvchilar yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini qurish boʻyicha loyihalarning buyurtmachilari boʻlishlari mumkinligi;
Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini qurish uchun yer uchastkalarini ajratish qatʼiyan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-oktabrdagi 277-sonli qarori bilan tashkil etilgan Komissiyaning qarorlari asosida amalga oshirilishi.
Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarining yangidan qurish va rekonstruksiya qilish faqat belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihalar asosida amalga oshirilishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-oktabrdagi 277-sonli qarori bilan belgilanib qoʻyilganligi maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
7. Viloyat, shahar va tuman hokimliklari belgilangan tartibda:
shahar va tuman Ichki ishlar boʻlimlari, Sogʻliqni saqlash boʻlinmalari, “Toshkentavtoyoʻl” tuman yoʻl xoʻjaligi korxonalari hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2010-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda qoʻriqlanadigan zonada hamda Oʻzbekiston milliy avtomagistralining yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarini joylashtirishga moʻljallangan qoʻriqlanadigan zonasiga tutash hududda joylashgan, shaharsozlik norma va qoidalariga javob bermaydigan bino va inshootlarning buzib tashlanishini;
yoʻl infratuzilmasi va servis obyektlariga, shuningdek koʻchiriladigan obyektlar qayta joylashtiriladigan joylarga zarur muhandislik kommunikatsiyalarini obyektlar qurilishidan oldin oʻtkazish chora-tadbirlar koʻrilishini.
viloyat Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi (S. Qoʻchqorov), Davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyasi (T. Botirov) va Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (A. Kadshov) bilan birgalikda Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servis obyektlari qurish uchun yer uchastkalari ajratish boʻyicha Nizom talablariga qatʼiy va soʻzsiz rioya etilishini taʼminlasinlar.
8. Viloyat Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi (S. Qoʻchqorov), Davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyasi (T. Botirov) yoʻl infratuzilmasi va servis obyektlarining loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan oʻtkazilishini, qurilish montaj izlari sifati yuzasidan belgilangan tartibda tizimli nazorat amalga oshirilishini taʼminlasin.
9. Viloyat boshqarmalari, shahar va tuman hokimliklari 20 kun muddatda oʻz normativ huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari S. Ilxamov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim R. XOLMATOV
Toshkent sh.,
2009-yil 31-oktabr,
224-son
Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servis obyektlarini joylashtirishni koʻrib chiqish va kelishish boʻyicha Toshkent viloyati komissiyasining
tarkibi
|
T/r |
Ismi, sharifi |
Egallab turgan lavozimi |
| 1. | S. Ilxamov | Viloyat hokimining Sanoat, tadbirkorlik, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, Komissiya raisi |
| 2. | S. Qoʻchqorov | Viloyat hokimligining Sanoat, tadbirkorlik, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha kotibiyati mudiri, Komissiya raisining oʻrinbosari |
| 3. | S. Qoʻchqorov | Viloyat Arxitektura qurilish va bosh boshqarma boshligʻi v. b, Komissiya kotibi |
| 4. | T. Botirov | Viloyat Davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyasi boshligʻi |
| 5. | B. Butayev | “Toshkentavtoyoʻl” viloyat yoʻl tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash raisi |
| 6. | Sh. Djurayev | “Avtomagistral” viloyat birlashmasi raisi |
| 7. | A. Karimov | Viloyat Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshligʻi |
| 8. | S. Nabixonov | Viloyat Davlat mulkini boshqarish boshqarmasi boshligʻi v.b. |
| 9. | K. Almatov | Viloyat Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi boshligʻi v.b. |
| 10. | L. Mullajonov | Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi |
| 11. | N. Erbekov | Viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshligʻi |
| 12. | L. Muxamedov | “Oʻzneftigazinspeksiya” Davlat inspeksiyasining viloyat boʻlimi boshligʻi |
| 13. | X. Suvanov | Viloyat Tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining raisi |
| 14. | L. Abduqodirov | Viloyat Iqtisodiyot bosh boshqarmasining boshligʻi |
| 15. | B. Umarxonov | Viloyat Moliya boshqarmasining boshligʻi |
| 16. | R. Sheraliyev | “Mahalla” xayriya jamgʻarmasining viloyat boʻlimining raisi |