OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRINING
buyrugʻi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IIV TERGOV HIBSXONALARI VA JAZONI IJRO ETISh MUASSASALARIDA SAQLANAYOTGAN ShAXSLAR TIBBIY TAʼMINOTI BOʻYIChA QOIDALARGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 20-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1182-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 23-martdagi 67-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3159, 20.05.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 409-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2002-yil 3-sentabrdagi 231-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1182, 2002-yil 24-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 20-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi IIV tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar tibbiy taʼminoti boʻyicha qoidalarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2011-yil 29-dekabr,
193-son
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2011-yil 29-dekabrdagi 193-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi IIV tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar tibbiy taʼminoti boʻyicha qoidalarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-banddagi “muassasa boshligʻi bu haqida IIV Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasi (bundan keyin JIEBB deb yuritiladi), Tibbiyot boshqarmasi va nazorat etuvchi prokurorga xabar beradi” degan soʻzlar “qamoqda saqlash joyining maʼmuriyati bu haqida IIV Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasiga (bundan keyin JIEBB deb yuritiladi), Tibbiyot boshqarmasiga, uning yaqin qarindoshlariga, qonuniy vakiliga, jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsga yoki organga va prokurorga darhol xabar qiladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 249-bandning “g” kichik bandidan “Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligiga qarashli” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
5. 370-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“370. Qamoqda saqlanayotgan shaxs qamoqda saqlash joylarida tan jarohatlari olganda qamoqda saqlash joylarining tibbiy xodimlari tomonidan yordam koʻrsatiladi va kechiktirmasdan tibbiy guvohlantirish oʻtkaziladi. Tibbiy guvohlantirish natijalari belgilangan tartibda qayd etiladi va jabrlanuvchiga maʼlum qilinadi. Tibbiy guvohlantirish qamoqda saqlash joyi boshligʻining yoxud jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organning shaxsiy tashabbusiga yoxud uning himoyachisining iltimosiga koʻra chiqarilgan qarori asosida davlat sogʻliqni saqlash tizimining tibbiy muassasalari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi”.
6. 446-banddagi “Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligini tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK)” degan soʻzlar “TMEK” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
7. 4-ilovaning 2-bandi oltinchi xatboshisidan “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
9. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Kelishilgan:
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2011-yil 26-dekabr,
Oʻzbekiston Respublikasi IIV tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar tibbiy taʼminoti boʻyicha qoidalarga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi IIV tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar tibbiy taʼminoti boʻyicha qoidalarga
7-ILOVA
7-ILOVA
Surunkali alkogolizm, giyohvandlik, sil, tanosil kasalliklari bilan ogʻrigan bemorlarga maxsus davo muolajalarini oʻtkazish va saqlash uchun moʻljallangan jazoni ijro etish tizimidagi muassasalarning
ROʻYXATI
|
№ |
Kasalliklar turlari |
Tartib turi |
Muassasalar |
Joylashish hududi |
|
|
|
Hamma turi | UYa-64/1 | Bogʻzor qoʻrgʻoni |
| Hamma turi | UYa-64/21 | Bekobod sh. | ||
| Umumiy | UYa-64/47 | Qizil-tepa sh. | ||
| Umumiy | UYa-64/49 | Qarshi sh. | ||
| Umumiy | UYa-64/61 | Qarshi sh. | ||
| Qattiq | UYa-64/6 | Chirchiq sh. | ||
| Qattiq | UYa-64/45 | Olmaliq sh. | ||
| Qattiq | UYa-64/46 | Navoiy sh. | ||
| Qattiq | UYa-64/51 | Koson sh. | ||
| Maxsus | UYa-64/25 | Qorovulbozor sh. | ||
| | UYa-64/ZTM | Bogʻzor qoʻrgʻoni | ||
|
|
|
Hamma turi | UYa-64/1 | Bogʻzor qoʻrgʻoni |
| Hamma turi | UYa-64/21 | Bekobod sh. | ||
| Hamma turi | UYa-64/36 | Navoiy sh. | ||
| Hamma turi | UYa-64/62 | Kogon sh. | ||
| Umumiy | UYa-64/71 | Yoshlik qoʻrgʻoni | ||
| Maxsus | UYa-64/25 | Qorovulbozor sh. | ||
|
|
|
Hamma turi | UYa-64/1� | Bogʻzor qoʻrgʻoni |
| Hamma turi | UYa-64/21 | Bekobod sh. | ||
| Umumiy | UYa-64/3 | Tovoqsoy qoʻrgʻoni | ||
| Umumiy | UYa-64/29 | Navoiy sh. | ||
| Umumiy | UYa-64/49 | Qarshi sh. | ||
| Qattiq | UYa-64/33 | Qarshi sh. | ||
| Qattiq | UYa-64/48 | Zarafshon sh. | ||
| Maxsus | UYa-64/25 | Qorovulbozor sh. | ||
| | UYa-64/ZTM | Bogʻzor qoʻrgʻoni |
Izoh: odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV) bilan kasallangan mahkumlar tartib turiga qarab, umumiy asosda muassasalarda saqlanadi.” .
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 88-modda)