05.03.1991 yildagi PF-149-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON SSR FANLAR AKADEMIYASINING MAQOMI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan-texnika siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasining oʻrni va ahamiyatini kuchaytirish, fundamental tadqiqotlarning saviyasi uchun masʼuliyatni oshirish, ilmu-ziyo salohiyatini saqlab qolish va boyitish hamda erkin va samarali ilmiy ijodkorlik uchun zamonaviy tashkiliy tuzilishni vujudga keltirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasining Oʻzbekiston SSR qonunlari va oʻz ustavi asosida ish koʻradigan oʻzini oʻzi boshqaruvi mustaqil tashkilot sifatidagi maqomi belgilab berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fan va texnikaning ilgʻor yoʻnalishlariga, respublika ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirishga, shuningdek davlat buyurtmalari va shartnomalariga asoslanib, u respublikaning fundamental va eng muhim amaliy tadqiqotlar dasturini ishlab chiqadi. U davlat va boshqa tashkilotlarning aralashuvisiz oʻz qaramogʻidagi ilmgohlar, boʻlimlar, laboratoriyalar va boshqa boʻlinmalarning samarali ishlashini taʼminlaydi, respublika xalq xoʻjaligi tarmoqlarida olingan natijalardan tezroq foydalanilishiga koʻmaklashadi, ilmiy kadrlarni tayyorlaydi, shuningdek SSSR Fanlar akademiyasi bilan, ittifoqdosh respublikalarning Fanlar akademiyalari bilan shartnoma asosida oʻzaro aloqa va ijodiy hamkorlik qiladi, xalqaro ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasining ixtiyoridagi asosiy fondlar va boshqa davlat mol-mulki qaytib olmaslik sharti bilan uning mulki qilib topshirilsin. Oʻzbekiston SSRda “Mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonun asosida ularning maqomi va ulardan foydalanish tartibi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasining takliflariga asoslanib, har yili umuman akademiya boʻyicha ilmiy tadqiqot va boshqa ishlarga boʻladigan xarajatlarning hajmi, mablagʻning eng koʻp miqdori va ish haqi fondi belgilansin, bunda fundamental ilmiy tadqiqotlarni shu maqsad yoʻlida budjetdan pul bilan taʼminlashni saqlab qolish, fan-texnika taraqqiyotining respublika uchun ustuvor yoʻnalishlarini ragʻbatlantirish nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasining rayosati bir oy muddatda ushbu Farmonni amalga oshirishga oid qaror loyihasini ishlab chiqib, belgilangan tartibda Oʻzbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabinetining muhokamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 5-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-149-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 5-son, 102-modda)