07.09.2011 yildagi 574-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOShKENT ShAHRIDA OBODONLAShTIRISh IShLARINI TARTIBGA SOLIShGA QARATILGAN QOʻShIMCha ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISiDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida hududlarni obodonlashtirish ishlarini yanadi yaxshilash, obodonlashtirish obyektlaridan samarali foydalanish va ularni saqlash ishlarini takomillashtirish, bu ishlarga bino-inshootlarning mulkdorlari yoki foydalanuvchilari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarni, shu jumladan, ijarachilarni jalb etishni tashkil etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlarini obodonlashtirish yaxshilash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1045-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi “Zamonaviy arxitektura-shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish Qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 59-sonli qarori hamda Toshkent shahar hokimining 2009-yil 7-apreldagi 196-sonli qarori ijrosini toʻlaqonli taʼminlash maqsadida, shuningdek Toshkent shahar hokimligining Kapital qurilish, kommunal xoʻjaligi, obodonlashtirish, sanoat va tadbirkorlik masalalari boʻyicha majmuasining xizmat xatini inobatga olib, qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qoʻyilsinki, Toshkent shahridagi binolar va inshootlarning mulkdorlari yoki foydalanuvchilari, shu jumladan, ijarachilari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar oʻzlariga biriktirilgan yer uchastkasi hududida obodonlashtirish ishlarining amalga oshirilishi uchun masʼul hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Binolar yoki inshootlarning mulkdorlari yoki foydalanuvchilari quyidagi vazifalarni amalga oshiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolar va inshootlarning tashqi qiyofasining qoniqarli saqlanishini taʼminlaydilar hamda zaruriyatga koʻra binolar va inshootlarning tashqi koʻrinishini (fasadlarini taʼmirlash) arxitektura belgilangan tartibni buzgan subyektlarning tutash hududlarida joylashgan yer obyektlariga boʻlgan huquqlarini bekor qilishgacha boʻlgan choralar koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toshkent shahar hokimligining Kapital qurilish, kommunal xoʻjaligi, obodonlashtirish, sanoat va tadbirkorlik masalalari boʻyicha majmuasi (B.Rahmonov), Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi (A.Tadjiyev), Yer resurslari va koʻchmas mulk kadastri (Gʻ.Rasulov), tuman hokimlari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda tumanlar kesimida Toshkent shahri hududidagi mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, korxona, muassasa, tashkilotlar va jismoniy shaxslarning bino va inshootlari egallab turgan maydonga tutashgan hududlarni tizimli ravishda obodonlashtirish maqsadlarida biriktirish chora-tadbirlari Rejasi ishlab chiqilib, tasdiqlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chora-tadbirlar Rejasida tutashgan hududlarni biriktirish ishlarining yil yakuniga qadar barcha yuridik va jismoniy shaxslar kesimida qamrab olinishi koʻzda tutilsin va ishlarning oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan masʼullar belgilansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarga obodonlashtirish maqsadlarida biriktirib berilgan hududlarda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat oʻrnatilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur hududlarda shaharsozlik normalari va qoidalarining rioya etilishini taʼminlashga tuman arxitektorlari shaxsan javobgar ekanligi belgilab qoʻyilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishdan bosh tortgan yoki obodonlashtirish qoidalarini buzgan mansabdor va jismoniy shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash va nazorat qilish shahar hokimining birinchi oʻrinbosari B Rahmonov, Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshligʻi A.Tadjiyev va tuman hokimlari zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim vazifasini bajaruvchi R. USMONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 7-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
574-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimining 2011-yil 7-sentabrdagi 574-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY ShAKL FARMOYISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fazo” korxonasiga oʻzlari egallab turgan yer maydoniga tutash hududni obodonlashtirish maqsadida biriktirib berish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hududining obodonlashtirilishini tubdan yaxshilash, shuningdek obodonlashtirish ishlariga bino va inshootlar mulkdorlari, foydalanuvchilari va ijarachilarini keng jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, egallab turgan yer maydoniga tutashgan hududlarni biriktirib berish haqidagi Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi va Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi tomonidai berilgan xulosalarni hamda “Fazo” korxonasining murojaatini inobatga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Fazo” korxonasiga Sergeli tumani, Yangi ariq koʻchasi, 22 uy manzilida oʻzlari egallab turgan yer maydoniga tutashgan 245 kv.m. boʻlgan yer maydoni faqat obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun biriktirib berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, obodonlashtirish maqsadida biriktirilayotgan hududga nisbatan egalik, ijara, doimiy foydalanish huquqlari qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Fazo” korxonasi rahbari (N.Eshmatov)ga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaga tegishli binolar va inshootlarga tutashgan yer uchastkalarida obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, koʻkalamzorlashtirish hududlarida daraxtlar va gullar oʻtqazishni, sugʻorishni va ularni parvarish qilishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daraxtlar kasallanishining oldini olish, daraxtlarni butash, ularga shakl berish, oqlash ishlarini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududning odamlar oʻtadigan qismlari atrofida qurilish materiallari boʻlaklari, asbob-uskunalar, qurilish chiqindilari va maishiy chiqindilar toʻplanishining, yoʻl chekkalarining, oʻtish joylarining va yoʻlaklarning ifloslanishining oldini olish va qurilish boʻyicha hududiy organlar bilan kelishgan holda oʻzgartirishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolar va inshootlarga tutashgan (ajratilgan) yer uchastkalarida obodonlashtirish ishlarini amalga oshiradilar, koʻkalamzorlashtirish hududlarida daraxtlar va gullar oʻtqazishni va sugʻorishni, ularni parvarish qilishni taʼminlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurib qolgan, qari hamda daraxtlar zararkunandalari bilan kuchli zararlangan daraxtlarni Toshkent shahar Tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi bilan kelishilgan holda kesib tashlash va oʻrniga yosh nihollarni ekish, ularni butash, shakl berish, oqlash ishlarini tashkil qiladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududning odamlar oʻtadigan qismlari atrofida qurilish materiallari boʻlaklari, asbob-uskunalar, qurilish chiqindilari va maishiy chiqindilar toʻplanishining, yoʻl chekkalarining, oʻtish joylarining va yoʻlaklarning ifloslanishining oldini oladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish ishlarini bajarish jarayonida estetik koʻrinishni taʼminlash va texnika xavfsizligiga rioya etish maqsadida qurilish maydonchalari atrofining sifatli oʻralishini taʼminlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti va yer usti muhandislik tarmoqlarining texnik holatini texnik shartlarda belgilangan taptibda qoniqarli saqlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlarga tutashgan hududlar Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi hamda Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi tomonidan berilgan xulosalarga asosan tuman hokimining farmoyishiga (Farmoyishning namunaviy shakli ilova qilinadi) binoan mazkur bino va inshoot egalari yoki foydalanuvchilariga faqat obodonlashtirish maqsadlarida biriktirib beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman hokimi tomonidan qabul qilingan farmoyish asosida biriktirilgan tutash hudud yuzasidan ularni hisobga olish maqsadida Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi tomonidan soliq solinmaydigan obyekt sifatida obodonlashtirish hududining alohida kadastr hujjatlari yuritiladi va bu haqida kadastr xizmati tomonidan tegishli davlat soliq xizmati organlariga maʼlumotlar taqdim etib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshoot egasi yoki ulardan foydalanuvchi oʻzgargan taqdirda, biriktirilgan obodonlashtirish hududi va ushbu yer maydoni boʻyicha obodonlashtirish ishlari majburiyatlari ham yangi mulkdorga yoki foydalanuvchiga oʻtadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarga obodonlashtirish maqsadlarida biriktirib berilgan tutash hududlarda kapital va yengil turdagi bino va inshootlarni qurish, reklama vositalarini oʻrnatish, har xil eʼlon va afishalarni osib qoʻyish, palakatlar, savdo rastalari, doʻkonlar, supalar, tovuqxona, qoʻyxona, tandirxona va boshqa turli xil yordamchi qurilmalarni oʻrnatish ishlari qatʼiyan taqiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli organlarning taqdimnomasi (xulosasi) asosida obodonlashtirish uchun biriktirib berilgan yer uchastkalari boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Fazo” korxonasi rahbari (N.Eshmatov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obodonlashtirish maqsadida biriktirib berilayotgan mazkur hududda kapital va yengil turdagi bino va inshootlarni qurish, reklama vositalarini oʻrnatish, har xil eʼlon va afishalarni osib qoʻyish, palatkalar, savdo rastalari, doʻkonlar, supalar, tovuqxona, qoʻyxona, tandirxona va boshqa turli xil yordamchi qurilmalarni oʻrnatish qatʼiyan taqiqlanishi va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishdan bosh tortganlik yoki obodonlashtirish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkinligi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan shartlar va talablar buzilganida yoki bajarilmaganida mazkur farmoyish bekor qilinishi toʻgʻrisida ogohlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.Tuman arxitektori (R.Nurmatov), Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi tuman boʻlimi (X. Yorov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.1. Obodonlashtirish maqsadida biriktirib berilgan hududda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat oʻrnatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.2. Hisobga olish maqsadida farmoyish asosida biriktirilgan obodonlashtirish hududining kadastr (pasporti) hujjati yuritib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari O.Sagdullayev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sergeli tumani xokimi B.Pirmatov