Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari huzuridagi maxsus komissiyalar tomonidan doimiy propiska qilish va (yoki) uy-joy sotib olish yuzasidan ilgari berilgan va amalga oshirilmagan ruxsatnomalar 2012-yil 15-martgacha amal qilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari rahbarlari ishga taklif etilayotgan yuqori malakali mutaxassislarga va tor ixtisosdagi mutaxassislarga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish uchun asoslanmagan iltimosnomalar berganligi, shuningdek ushbu shaxslarning lavozimdan ozod qilinganligi, boshqa ishga oʻtganligi yoki pensiyaga chiqqanligi toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabar bermaganligi uchun shaxsan javobgar ekanliklari toʻgʻrisida ogohlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori malakali mutaxassislarni va tor ixtisosdagi mutaxassislarni ishga taklif etishda xizmat turar joyi berish amaliyotini keng qoʻllash tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (B. Matlyubov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish, shuningdek chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish masalalari qonun hujjatlariga qatʼiy muvofiq ravishda koʻrib chiqilishi yuzasidan nazoratni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil mobaynida mazkur qaror normalari amal qilishining doimiy monitoringini va tahlilini taʼminlasin, shuningdek har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy (vaqtincha) propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (B. Matlyubov), Adliya vazirligi (N. Yoʻldoshev) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 16-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-fevraldagi 41-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini (keyingi oʻrinlarda fuqarolar deb ataladi) Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fuqarolarni doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash hamda huquqbuzarlikning oldini olish, shuningdek aholi migratsiyasini hisobga olish maqsadida fuqaroning Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududining muayyan joyida yashashi yoki vaqtinchalik boʻlishi faktini aniqlashni nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fuqarolarni doimiy propiska qilish “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga (keyingi oʻrinlarda Roʻyxat deb ataladi) muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatda nazarda tutilmagan shaxslar toifasi Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlish uchun fuqaro Roʻyxatda nazarda tutilgan toifaga koʻra Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi)ning xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti (keyingi oʻrinlarda pasport deb ataladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar, korabllar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joy uchun hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berishi toʻgʻrisida notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nikoh tuzilganligi yoki bolalar tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarning, shuningdek vasiylik yoki homiylikni tasdiqlaydigan hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birgalikdagi nikohdan bolalari boʻlmagan er-xotinning amalda yashagan joyida ularning kamida bir yil birgalikda yashaganligi toʻgʻrisida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisi (oqsoqoli) va profilaktika inspektori tomonidan imzolangan maʼlumotnoma;
(4-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 41-son, 474-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanganlik, tasdiqlanganlik, saylanganlikni tasdiqlaydigan hujjatlarning kadrlar boʻlimi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylanganlikni tasdiqlaydigan hujjatlarning kadrlar boʻlimi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati tegishli organi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkiloti (keyingi oʻrinlarda organ va tashkilot deb ataladi) rahbarining ishga taklif etilayotgan shaxsning (yuqori malakali mutaxassislar va tor ixtisosdagi mutaxassislarning) ishonchliligi kafolati bilan birgalikda iltimosnomasi, shuningdek lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma. Bunda ushbu Nizom maqsadlari uchun respublika ahamiyatiga molik davlat tashkilotlari deganda ularni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish masalalari qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan tartibga solinadigan davlat tashkilotlari tushuniladi. Fuqaro Milliy xavfsizlik xizmati, prokuratura, Ichki ishlar vazirligi yoki adliya organlariga ishga qabul qilingan yoki oʻtkazilgan taqdirda ishga qabul qilinayotgan shaxsni (xodimni) doimiy propiska qilish toʻgʻrisidagi iltimosnoma (ishonchliligi kafolatlangan holda) koʻrsatib oʻtilgan organlar rahbarlarining oʻrinbosarlari tomonidan ham imzolanishi mumkin;
(4-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 41-son, 474-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-sentabrdagi PQ-694-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini turar joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq harbiy xizmatchi xizmat qilayotgan joydan berilgan turar joy olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
propiska uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiya.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 41-son, 474-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Nizom 4-bandining toʻqqizinchi, oʻninchi va oʻn birinchi xatboshida koʻrsatilgan hujjatlar organlar yoki tashkilotlarning kadrlar xizmatlari tomonidan rasmiy aloqa yoʻllari orqali fuqaro vaqtincha yashaydigan (yoki yashashni moʻljallayotgan) joydagi xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Organlar va tashkilotlar rahbarlari ushbu organ yoki tashkilotning iltimosnomasi asosida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida propiskaga ega boʻlgan shaxs ishdan ozod qilingan, boshqa ishga oʻtgan yoki pensiyaga chiqqan taqdirda ikki kun muddatda shaxs oxirgi doimiy propiskadan oʻtgan joydagi tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari)ning xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlarini xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Organ va tashkilot rahbarining bildirishnomasi asosida tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari)ning xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari, agar ushbu fuqaroda doimiy propiska uchun boshqa asoslar mavjud boʻlmasa, fuqaroni belgilangan tartibda Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan ilgarigi yashash joyiga yoki fuqaroning arizasiga koʻra boshqa mintaqaga propiskadan chiqaradi. Fuqaro Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan propiskadan chiqishdan bosh tortgan taqdirda doimiy propiska belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Roʻyxatning 1-bandiga “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirgunga qadar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qonun hujjatlariga muvofiq sotib olingan turar joyga ega boʻlgan fuqarolar, shuningdek meros boʻyicha, sudning qaroriga koʻra hamda ushbu Nizomga muvofiq turar joy olgan fuqarolar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarbiyalash, davolash va boshqa muassasalardagi yetim bolalar, ota-onalarining qarovisiz qolgan bolalar, shuningdek qariyalar uylaridagi shaxslar koʻrsatib oʻtilgan muassasalar tomonidan berilgan turar joyga Roʻyxatning 3-bandi boʻyicha doimiy propiska qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatning 9 — 12-bandlari boʻyicha doimiy propiska qilingan fuqarolarning ular bilan bir vaqtda doimiy propiskani rasmiylashtirmagan oila aʼzolarini (eri, xotini, shuningdek oʻz oilasi boʻlmagan farzandlarini) Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiska qilish, turar joy maydoni mulkdorining (mulkdorlarining) roziligi bilan tegishli ravishda Roʻyxatning 9 — 12-bandlari boʻyicha amalga oshiriladi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 41-son, 474-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirgunga qadar doimiy propiska qilingan shaxslarning toʻgʻri shajara boʻyicha birinchi va ikkinchi darajali qarindoshlari ularning turar joy maydoniga Roʻyxatning 2-bandi boʻyicha doimiy propiska qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Roʻyxatning 1 va 8-bandlari asosida Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan fuqarolarning qarindoshlari Roʻyxatning 2-bandi asosida doimiy propiska qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Roʻyxatning 5-bandi asosida doimiy propiska qilinadigan fuqarolarning oldingi nikohidan yoki nikohsiz tugʻilgan farzandlari (oʻz oilasiga ega boʻlmagan) Roʻyxatning 2-bandi boʻyicha doimiy propiska qilinadilar.
(71, 72 va 73-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 41-son, 474-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Toshkent shahrida oldi-sotdi bitimlarini, almashtirish, renta, umrbod taʼminlash sharti bilan oʻzgaga berish va hadya qilishni, shuningdek Toshkent shahridagi turar joy yoxud turar joy boʻlmagan bino shaklidagi koʻchmas mulkni garovga (ipotekaga) qoʻyish, koʻchmas mulkdan (koʻchmas mulkning bir qismidan) voz kechish va koʻchmas mulkni oʻzgaga berishning boshqa usullarini notarial tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar sotib oluvchi tomon:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 41-son, 474-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega boʻlgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri hududida kamida uch yil doimiy yashab turgan (lavozimda boʻlgan), Roʻyxatning 2, 5, 9 — 11-bandlariga muvofiq Toshkent shahrida doimiy propiska qilingan jismoniy shaxs hisoblansa va ichki ishlar organining doimiy propiskasi borligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasini taqdim etsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Toshkent viloyatida oldi-sotdi bitimlarini, almashtirish, renta, umrbod taʼminlash sharti bilan oʻzgaga berish va hadya qilishni, shuningdek Toshkent viloyatidagi turar joy yoxud turar joy boʻlmagan bino shaklidagi koʻchmas mulkni garovga (ipotekaga) qoʻyish, koʻchmas mulkdan (koʻchmas mulkning bir qismidan) voz kechish va koʻchmas mulkni oʻzgaga berishning boshqa usullarini notarial tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar sotib oluvchi tomon:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 41-son, 474-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida kamida uch yil doimiy yashab turgan (lavozimda boʻlgan), Roʻyxatning 2, 5, 9 — 11-bandlariga muvofiq Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan jismoniy shaxs hisoblansa va ichki ishlar organining doimiy propiskasi borligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasini taqdim etsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Sud qarorlarini ijro etish tartibida turar joy yoxud turar joy boʻlmagan bino shaklidagi koʻchmas mol-mulkni kimoshdi savdolari orqali sotishga yoxud uni davlat ijrochisining naturadagi sotilmagan mol-mulkni oʻzida qoldirish toʻgʻrisidagi taklifi boʻyicha qarzni undiruvchiga — garovni saqlovchiga berish sotib oluvchi tomon tegishli ravishda Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan jismoniy shaxs boʻlsa yoʻl qoʻyiladi.
(91-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Koʻchmas mol-mulkni oldi-sotdi bitimlarini notarial tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlmagan jismoniy shaxslar tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qiymati eng kam oylik ish haqining 2500 baravaridan kam boʻlmagan yangi qurilgan koʻchmas mol-mulkni hisob-kitobni bank hisobvaraqlari orqali amalga oshirgan holda sotib olganda ham amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom maqsadlari uchun yangi qurilgan koʻchmas mol-mulk deganda mulk huquqi tuman (shahar) hokimining qurilishi tugallangan binoni va inshootni foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori asosida vujudga kelgan va uni qabul qilingan paytdan eʼtiboran uch yil oʻtmagan mol-mulk tushuniladi;
(92-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 527-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 708-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Roʻyxatning 8-bandiga kiradigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari doimiy propiskaga ega boʻlmagan holda ichki ishlar organlarining rasmiy aloqa yoʻllari orqali tegishli davlat notarial idorasiga yuboriladigan doimiy propiska qilish huquqi toʻgʻrisida ichki ishlar organining maʼlumotnomasi asosida turar joy sotib olish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buning uchun shaxslarning ushbu toifasiga kiradigan fuqaro tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari)ning xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlariga murojaat qiladi va ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan tegishli hujjatlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari)ning xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari uch ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligini va haqiqiyligini tekshiradi hamda fuqaro Roʻyxatda nazarda tutilgan shaxslar toifasiga muvofiq boʻlgan taqdirda fuqaroga belgilangan tartibda doimiy propiskani rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatning 8-bandiga kiradigan fuqarolarning Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turar joy sotib olish toʻgʻrisidagi murojaati asosida tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari)ning xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari rasmiy aloqa yoʻllari orqali tegishli davlat notarial idorasiga maʼlumotnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz va haqiqatga muvofiq boʻlmagan maʼlumotlar aniqlangan taqdirda, shuningdek Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlish uchun asos boʻlgan hujjatlar qalbakilashtirilgan taqdirda doimiy propiska ichki ishlar organlari tomonidan bekor qilinishi, keyinchalik materiallar tergov organlariga yuborilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Fuqarolarni Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Fuqaroni Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish (keyingi oʻrinlarda hisobga olish deb ataladi) fuqaroni doimiy yashash joyidan propiskadan chiqarmasdan besh kundan olti oygacha muddatga (oʻqish uchun taʼlim muassasasiga kelgan shaxslar uchun-oʻqish davriga) amalga oshiriladi hamda bu Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turar joy sotib olish, shuningdek doimiy ishga va ijtimoiy kafolatlarga ega boʻlish uchun asos hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga besh kundan ortiq boʻlmagan muddatga kelgan fuqarolar hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobga qoʻyilgan fuqaro hisobga olish muddatidan ortiq boʻlmagan davrda vaqtincha ishga ega boʻlish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatidagi mehmonxonalarga, davolash muassasalariga, sanatoriylar, dam olish uylariga va shunga oʻxshash boshqa muassasalarga kelgan fuqarolarni hisobga olish ushbu muassasalarning maʼmuriyati tomonidan, ular kelganlaridan keyin ularning bu yerda boʻlish muddatidan va kelishining davriyligidan qatʼi nazar, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida hisobda turish uchun fuqaro kelgan kunidan boshlab besh kun muddatda oʻzi vaqtincha turgan joydagi xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-fevraldagi 54-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 9-son, 88-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan shakl boʻyicha ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasport;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar, korabllar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16 yoshga toʻlmagan shaxslar uchun — tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va 35 x 45 mm oʻlchamli ikkita fotosurat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berishi toʻgʻrisidagi arizasi (roziligi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joy uchun hujjatlarning nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobga olinganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joyni yoxud uning bir qismini ijaraga olish yoki turar joydan yoxud uning bir qismidan tekin foydalanish toʻgʻrisida notarial tasdiqlangan shartnomaning nusxasi.
(14-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 41-son, 474-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar vaqtincha turgan joyi boʻyicha hisobda turish uchun murojaat qilgan fuqaro turar joy mulkdorining (mulkdorlarning) yaqin qarindoshi boʻlsa, turar joy yoxud uning bir qismidan tekin foydalanish shartnomasining notarial tasdiqlangan nusxasini taqdim etish talab etilmaydi. Ushbu holatda vaqtincha turgan joyi boʻyicha hisobda turish uchun murojaat qilgan fuqaroning va turar joy yoxud uning bir qismi mulkdorining (mulkdorlarning) qarindoshligi darajasini tasdiqlaydigan hujjatlar taqdim etilishi kerak.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-fevraldagi 54-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 9-son, 88-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. 16 yoshga toʻlmagan shaxsni hisobga olishni rasmiylashtirishda ushbu shaxsning shaxsini tasdiqlaganlik uchun javobgarlik turar joy maydoni bergan uy-joy mulkdori (mulkdorlari) zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi inspektori ariza roʻyxatdan oʻtkazilgandan, shuningdek taqdim etilgan hujjatlar oʻrganib chiqilgandan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan keyin oʻsha kunning oʻzida ariza beruvchiga ushbu Nizomga 1, 1a, 2 va 2a-ilovalarga muvofiq Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turgan joyida hisobga olish toʻgʻrisida fuqaroning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatga qayd varagʻi (keyingi oʻrinlarda hisobga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻi deb ataladi) beradi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-fevraldagi 54-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 9-son, 88-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻi fuqaroning turgan joyida hisobga olinganligini tasdiqlaydigan, qatʼiy hisobot beriladigan hujjat hisoblanadi va pasport, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma (16 yoshga toʻlmagan shaxslar uchun) koʻrsatilgan taqdirda unda koʻrsatilgan muddat mobaynida haqiqiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida yagona namuna boʻyicha tayyorlanadi;
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-fevraldagi 54-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 9-son, 88-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchining pasportida va turar joyning uy daftariga (propiska kartochkasiga) hisobga olish toʻgʻrisida belgi qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga hisobga qoʻyilgan fuqaro hisobga olish joyida yashashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Taʼlim muassasasiga oʻqishga kelgan fuqarolar xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi inspektori tomonidan oʻqish davri uchun hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻqish Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tashqarida joylashgan boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirilgan, fuqaro akademik taʼtil olgan yoki taʼlim muassasasidan oʻqishdan chetlatilgan taqdirda ushbu muassasalar rahbariyati tegishli qaror qabul qilingan kunda bu haqda fuqaroni vaqtincha turgan joyida hisobga olishni rasmiylashtirgan xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim muassasasi rahbariyatining bildirishnomasi asosida xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi hisobga olishni bekor qiladi va hisobga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻi olib qoʻyilishini taʼminlaydi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-fevraldagi 54-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 9-son, 88-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oxirgi hisobga olish rasmiylashtirilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida hisobga olishni qayta rasmiylashtirish masalalarini koʻrib chiqish fuqaro vaqtincha turgan joyi boʻyicha xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimida amalga oshiriladi. Buning uchun fuqaro hisobga olish muddati tamom boʻlishidan oʻn besh kun oldin xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza roʻyxatdan oʻtkazilgandan, shuningdek taqdim etilgan hujjatlar oʻrganib chiqilgan va rasmiylashtirilgandan keyin xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi oʻn besh kun mobaynida hisobga olishni qayta rasmiylashtirishga ruxsat berish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Ijobiy qaror qabul qilinganda xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi fuqaroga hisobga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻini takroran beradi, salbiy qaror qabul qilinganda esa — ushbu qarorni ariza beruvchiga yetkazadi hamda uni ichki ishlar boʻlimi tomonidan belgilangan muddatda Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan chiqib ketish majburiyati toʻgʻrisida ogohlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida hisobga olish joyi boʻyicha turgan vaqtida muntazam ravishda huquqni buzishlar sodir etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsning Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida bundan buyon boʻlishi jamoat tartibi buzilishi uchun shart-sharoitlar yaratishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan hujjatlarda notoʻgʻri maʼlumotlarning mavjudligi oxirgi hisobga olish rasmiylashtirilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida hisobga olishni qayta rasmiylashtirish rad etilishi uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida qayta hisobda turishi rad etilgan taqdirda xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi inspektori tomonidan xulosa tuziladi, ushbu xulosa xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi, unda rad etishning aniq asoslari koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobda turishni qayta rasmiylashtirish rad etilishi ustidan sud tartibida shikoyat qilish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi hisobga olish toʻgʻrisida berilgan qayd varaqlari soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har oyda tegishli tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari)ning huquqbuzarlikning oldini olish boʻlimiga taqdim etishi shart.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-fevraldagi 54-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 9-son, 88-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Hisobga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻi yoʻqolgan yoki buzilgan taqdirda fuqaro tegishli xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga oʻz shaxsini tasdiqlaydigan hujjatni taqdim etgan holda qayd varagʻi yoʻqolishi yoki buzilishi holatlarini koʻrsatib, hisobga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻining dublikatini rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi inspektori koʻrsatilgan turgan joyda ushbu fuqaroning hisobga olinishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjudligini tekshiradi. Ular tasdiqlangan taqdirda ariza beruvchiga oʻsha kunning oʻzida hisobga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻining dublikatini rasmiylashtiradi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-fevraldagi 54-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 9-son, 88-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi inspektori ariza beruvchiga hisobga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻi berilgandan keyin hisobga qoʻyilgan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xorijga chiqish- kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimining kompyuter maʼlumotlar bazasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi inspektori fuqaroning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobga olinganligi toʻgʻrisidagi kelish varaqasini toʻldiradi va bir sutka mobaynida ularni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining manzil-maʼlumotnoma byurosiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi mehmonxonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylari va shunga oʻxshash boshqa tashkilotlarning masʼul shaxslari bir sutka mobaynida ushbu tashkilotlarga kelgan fuqarolarning kelish varaqalarini Ichki ishlar bosh boshqarmasining manzil- maʼlumotnoma byurosiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi fuqarolarni hisobga olish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kompyuter maʼlumotlar bazasiga kiritilgandan keyin ularni real vaqt rejimida maʼlumotlarni uzatishning idoraviy tarmogʻi boʻyicha Ichki ishlar vazirligining Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining markaziy maʼlumotlar bazasiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligining Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi har oyda maʼlumotlarni uzatish idoraviy tarmogʻi boʻyicha Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobga qoʻyilgan fuqarolarning roʻyxatlarini (elektron shaklda) keyinchalik huquqbuzarlikning oldini olish hududiy boʻlinmalariga berish uchun doimiy yashash joyidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining tegishli xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga yuboradi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-fevraldagi 54-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 9-son, 88-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Militsiya tayanch punktining profilaktika inspektorlari oʻzlari xizmat koʻrsatadigan hududda pasport rejimi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishini nazorat qilish ichki ishlar organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Organlar va tashkilotlar rahbarlari doimiy propiskani rasmiylashtirish masalasi boʻyicha ichki ishlar organiga yuboriladigan hujjatlarning haqiqiyligi va ishonchliligi uchun javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Turar joy boʻlmagan binolarga fuqarolarni doimiy propiska qilish va hisobga olishni rasmiylashtirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlmagan yoki hisobga olinmagan fuqarolarning yashashi uchun turar joy maydoni taqdim etadigan uy-joy mulkdori (mulkdorlari) turar joy maydoni berilgan kundan boshlab besh kun mobaynida ushbu shaxslar toʻgʻrisida ichki ishlar organlarini xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroning shaxsini tasdiqlaydigan, Toshkent shahrida turgan joyi boʻyicha hisobga olish toʻgʻrisidagi hujjatga _____-son
9. Kelishdan maqsad ___________________________________________________________________
10. ________ yil “___”_______________gacha turgan joyi boʻyicha hisobga olish muddati
11. Qayd varagʻini bergan organ ________________________________________________________
12. Qayd varagʻini bergan mansabdor shaxsning imzosi
_________________________________________
_________________________________________
(imzo)
(F.I.O.)
20__ yil “___” _____________________
M.Oʻ.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fotosurat (35x45 mm)
M.Oʻ.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroning shaxsini tasdiqlaydigan, Toshkent shahrida turgan joyi boʻyicha hisobga olish toʻgʻrisidagi hujjatga _____-son
9. Kelishdan maqsad ___________________________________________________________________
10. ________ yil “___”_______________gacha turgan joyi boʻyicha hisobga olish muddati
11. Qayd varagʻini bergan organ ________________________________________________________
12. Qayd varagʻini bergan mansabdor shaxsning imzosi
_________________________________________
_________________________________________
(imzo)
(F.I.O.)
20__ yil “___” _____________________
M.Oʻ.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroning shaxsini tasdiqlaydigan, Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish toʻgʻrisidagi hujjatga _____-son
9. Kelishdan maqsad ___________________________________________________________________
10. ________ yil “___”_______________gacha turgan joyi boʻyicha hisobga olish muddati
11. Qayd varagʻini bergan organ ________________________________________________________
12. Qayd varagʻini bergan mansabdor shaxsning imzosi
_________________________________________
_________________________________________
(imzo)
(F.I.O.)
20__ yil “___” _____________________
M.Oʻ.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fotosurat (35x45 mm)
M.Oʻ.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroning shaxsini tasdiqlaydigan, Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish toʻgʻrisidagi hujjatga _____-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-fevraldagi 41-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish, shuningdek boshqa davlatlardan kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan doimiy yashash uchun ruxsatnomalar olish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomning normalari qonun hujjatlariga muvofiq vaqtincha propiska qilinishdan ozod etilgan shaxslarga, shuningdek chet el fuqarolariga — xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari xodimlariga va ularning oila aʼzolariga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni, shuningdek boshqa davlatlardan kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarlikning oldini olish, shuningdek aholi migratsiyasini hisobga olish maqsadida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida shaxsning doimiy yashashi yoki muayyan joyda vaqtincha boʻlishi faktini aniqlashni nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, ushbu Nizomga ilovadagi “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinish huquqiga ega boʻlgan shaxslar — chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toifalari Roʻyxati”ga asosan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimos qilish huquqiga egadirlar.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 41-son, 474-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Boshqa davlatlardan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruxsatnoma olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Boshqa davlatlardan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari)ning xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga murojaat qiladilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nikoh tuzilganlik, tugʻilganlik, ota-onalar vafot etganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarning, shuningdek vasiylik yoki homiylikni tasdiqlaydigan hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 41-son, 474-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat hokimiyati organi, davlat yoki xoʻjalik boshqaruvi organi, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkiloti rahbarining iltimosnomasi (ushbu Nizomga ilovaning 6-bandi boʻyicha doimiy propiska qilishda);
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 41-son, 474-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarning koʻrib chiqilganligi va rasmiylashtirilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda yigʻim toʻlangani toʻgʻrisidagi kvitansiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (1992-yil 28-iyul) kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan va sobiq SSSR namunasidagi pasportlarga ega boʻlgan yoki ularni yoʻqotgan, shuningdek hujjatlarga ega boʻlmagan (tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma bundan mustasno) va ushbu Nizomga ilovada koʻrsatilgan Roʻyxatga kiruvchi uzoq vaqt Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida yashayotgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun TShIIBB XChKvaFRBga ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etadilar, chet el fuqarosining pasporti yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning harakatlanish hujjati (fuqaroligi boʻlmagan shaxsning guvohnomasi) bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomga ilovada koʻrsatilgan Roʻyxatga kirmaydigan, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan shaxslar, tegishli hujjatlar (fuqaroligi yoʻq shaxs uchun yashash guvohnomasi yoki fuqaroligi yoʻq shaxs uchun harakatlanish hujjati) bilan hujjatlashtirilib, poytaxt mintaqasi yoki respublika hududidan tashqariga chiqarib yuboriladi, ushbu toʻgʻrisida ulardan belgilangan namunadagi majburiyatnoma olinadi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 41-son, 474-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. TShIIB XChKvaFRB hujjatlar qabul qilingandan soʻng ikki hafta muddatda ularni rasmiylashtiradi, arizachining shaxsini tekshiradi va hujjatlarni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda matnda — IIBB XChKvaFRB) yoki Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga (keyingi oʻrinlarda — IIB XChKvaFRB) yuboradi, ular uch ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarni tekshiradi va materiallarni tegishli vakolatli organga yuboradi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 41-son, 474-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tegishli vakolatli organning ijobiy javobi olingan taqdirda Ichki ishlar bosh boshqarmasining Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda Ichki ishlar boshqarmasining Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi oʻn kun muddatda xulosa tayyorlaydilar va materiallarni yakuniy qaror chiqarish uchun Ichki ishlar vazirligining Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga yuboradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligining Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi ushbu masalani hal etishda tegishli vakolatli organning fikr-mulohazasini, zaruriyat boʻlganda esa — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining xulosasini soʻrab oladi va bir oy muddat mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ichki ishlar vazirligining ijobiy qarori boshqa davlatlardan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs uchun Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga (keyingi oʻrinlarda yashash guvohnomasi deb ataladi) belgilangan tartibda rasmiylashtirish va berish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa davlatlardan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruxsat berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Ichki ishlar boshqarmasi yoki Ichki ishlar vazirligi tomonidan qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa davlatlardan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruxsat berish rad etilgan taqdirda hujjatlar uch ish kuni mobaynida tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari)ning xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga qaytariladi, u bir sutka mobaynida ushbu qarorni ariza beruvchiga yetkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga propiska qilish va propiskadan chiqarish tartibi mavjud boʻlgan boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruxsat olishgandan keyin propiskadan chiqqanlik (ketish varaqasi) faktini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni yoki bunday tartib yoʻqligi toʻgʻrisidagi hujjatlarni taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Respublikaning boshqa mintaqalaridan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan hamda yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga doimiy propiskani rasmiylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Respublikaning boshqa mintaqalaridan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan hamda yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar doimiy propiskani rasmiylashtirish uchun tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari)ning xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga murojaat qiladilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nikoh tuzilganlik, tugʻilganlik, ota-onalar vafot etganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarning, shuningdek vasiylik yoki homiylikni tasdiqlaydigan hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari;
(8-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 41-son, 474-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat hokimiyati organi, davlat yoki xoʻjalik boshqaruvi organi, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkiloti rahbarining iltimosnomasi (ushbu Nizomga ilovaning 6-bandi boʻyicha doimiy propiska qilishda);
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 41-son, 474-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
propiska qilinganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiya.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. TShIIB XChKvaFRB hujjatlar qabul qilingandan soʻng bir sutka mobaynida arizachining shaxsini tekshiradi va hujjatlarni IIBB XChKvaFRBga yoki IIB XChKvaFRBga yuboradi, ular uch ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarni tekshiradi va tegishli vakolatli organga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tegishli vakolatli organning ijobiy javobi olingan taqdirda IIBB XChKvaFRB yoki IIB XChKvaFRB oʻn kun muddatda Toshkent shahar IIBB yoki Toshkent viloyati IIB boshligʻining tegishli oʻrinbosari tasdiqlaydigan qarorni chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Toshkent shahar IIBB yoki Toshkent viloyati IIBning ijobiy qarori Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan kelgan, yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiskani rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yashash guvohnomasiga ega boʻlgan hamda respublikaning boshqa mintaqalaridan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan, chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiska qilishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror TShIBB XChKvaFRB yoki IIBB XChKvaFRB, IIB XChKvaFRB tomonidan qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yashash guvohnomasiga ega boʻlgan hamda respublikaning boshqa mintaqalaridan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish rad etilgan taqdirda hujjatlar uch ish kuni mobaynida TShIBB XChKvaFRBga qaytariladi, u bir sutka mobaynida ushbu qarorni arizachiga yetkazadi. Arizachi rad javobi berilganligi haqidagi xabarni olgandan soʻng qolish uchun asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda uch sutka mobaynida Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududini tark etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar yuqorida koʻrsatilgan toifadagi shaxslar Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida keyinchalik vaqtincha boʻlishlari uchun asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq sotib olingan turar joy mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaqin qarindoshlar (er, (xotin), ota-ona, farzandlar) mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vasiylar (homiylar) mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat faoliyati bilan shugʻullanganda, taʼlim muassasalarida oʻqiganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davolash muassasalarida davolanayotganda.
(9 — 12-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 41-son, 474-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121. Toshkent shahrida uy-joyning oldi-sotdi bitimlarini, almashish, renta, umrbod taʼminlash sharti bilan oʻzgaga berish va hadya qilishni notarial tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish, shuningdek Toshkent shahridagi turar joy yoxud turar joy boʻlmagan bino shaklidagi koʻchmas mulkni (koʻchmas mulkning bir qismini) garovga (ipotekaga) qoʻyish, voz kechish va oʻzgaga berishning boshqa usullari quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar sotib oluvchi tomon chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri hududida kamida uch yil doimiy yashab turgan (lavozimda boʻlgan) va Roʻyxatning 2, 3 va 6-bandlariga muvofiq Toshkent shahrida doimiy propiska qilingan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs hisoblansa va doimiy propiskasi borligi toʻgʻrisida ichki ishlar organining maʼlumotnomasini taqdim etsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122. Toshkent viloyatida uy-joyning oldi-sotdi bitimlarini, almashish, renta, umrbod taʼminlash sharti bilan oʻzgaga berish va hadya qilishni notarial tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish, shuningdek Toshkent shahridagi turar joy yoxud turar joy boʻlmagan bino shaklidagi koʻchmas mulkni (koʻchmas mulkning bir qismini) garovga (ipotekaga) qoʻyish, voz kechish va oʻzgaga berishning boshqa usullari quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar sotib oluvchi tomon chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida kamida uch yil doimiy yashab turgan (lavozimda boʻlgan) va Roʻyxatning 2, 3 va 6-bandlariga muvofiq Toshkent shahrida doimiy propiska qilingan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs va ichki ishlar organining doimiy propiskasi borligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasini taqdim etsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123. Toshkent shahrida doimiy propiska qilingan va yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida boshqa manzilga doimiy propiskaga oʻtish masalasida murojaat qilgan taqdirda, hujjatlar TShIIB XChKvaFRBda vakolatli organlar bilan kelishilmasdan koʻrib chiqiladi
(121, 122 va 123-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 41-son, 474-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124. Koʻchmas mol-mulklarni oldi-sotdi bitimlarini notarial tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan kelgan va oʻsha mintaqalarda doimiy propiskaga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qiymati eng kam oylik ish haqining 2500 baravaridan kam boʻlmagan yangi qurilgan koʻchmas mol-mulkni hisob-kitobni bank hisobvaraqlari orqali amalga oshirgan holda sotib olganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga boshqa davlatlardan kelgan va yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida shartnoma tuzilgan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha qiymati 150 ming AQSh dollardan kam boʻlmagan yangi qurilgan koʻchmas mol-mulkni hisob-kitobni bank hisobvaraqlari orqali Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli banklaridan xorijiy valyutani sotish orqali olingan Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida sotib olganda ham amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom maqsadlari uchun yangi qurilgan koʻchmas mol-mulk deganda mulk huquqi tuman (shahar) hokimining qurilishi tugallangan binoni va inshootni foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori asosida vujudga kelgan va uni qabul qilingan paytdan eʼtiboran uch yil oʻtmagan mol-mulk tushuniladi.
(124-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 527-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 708-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Respublikaning boshqa mintaqalaridan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan hamda yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga vaqtincha propiskani rasmiylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Respublikaning boshqa mintaqalaridan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan hamda yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni vaqtincha propiska qilish, doimiy yashash joyidan propiskadan chiqarmasdan, kelingan joy boʻyicha uch kundan olti oygacha boʻlgan muddatga amalga oshiriladi hamda Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida uy-joy sotib olish, shuningdek doimiy ish va ijtimoiy kafolatlar olish uchun asos hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Respublikaning boshqa mintaqalaridan Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatidagi mehmonxonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylariga va shunga oʻxshash boshqa muassasalarga kelgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni hisobga olish ular kelgach, ushbu muassasalar maʼmuriyati tomonidan, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar vaqtincha propiska olish uchun Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan kunidan boshlab uch kun muddatda tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari)ning xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga murojaat qiladilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
propiska qilinganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiya.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari)ning xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi hujjatlar oʻrganilgandan va rasmiylashtirilgandan keyin bir sutka mobaynida, yashash guvohnomasiga tegishli belgi qoʻygan holda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha propiskani rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Taʼlim muassasalariga oʻqish uchun respublikaning boshqa mintaqalaridan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan, istiqomat uchun berilgan guvohnomaga ega boʻlgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni vaqtincha propiska qilish oʻqish davri uchun tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari)ning xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi. Ular Toshkent shahri va Toshkent viloyati tashqarisida joylashgan boshqa taʼlim muassasasiga oʻtkazilgan, akademik taʼtil olgan yoki taʼlim muassasasidan chiqarilgan hollarda mazkur muassasalar maʼmuriyati tegishli qaror qabul qilingan kunda bu toʻgʻrida vaqtincha kelingan joy boʻyicha vaqtincha propiskani rasmiylashtirgan tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari)ning xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari)ning xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi taʼlim muassasasi rahbariyatining xabarnomasi asosida vaqtincha propiskani bekor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vaqtincha propiskani takroriy rasmiylashtirish masalasini koʻrib chiqish TShIIB XChKvaFRB tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar vaqtincha propiska muddati tamom boʻlishidan oʻn besh kun oldin TShIIB XChKvaFRBga ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza roʻyxatdan oʻtkazilgandan, shuningdek hujjatlar belgilangan tartibda oʻrganib chiqilgandan va rasmiylashtirilgandan keyin TShIIB XChKvaFRB bir sutka mobaynida chet el fuqarosiga va fuqaroligi boʻlmagan shaxsga vaqtinchalik propiskani rasmiylashtiradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 41-son, 474-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari)ning xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi ariza beruvchining vaqtincha propiskasi rasmiylashtirilgandan keyin shu kunning oʻzida Ichki ishlar bosh boshqarmasining manzil-maʼlumotnoma byurosiga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha propiska qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning kelish varaqalarini yuboradi, shuningdek ularning roʻyxatlarini (elektron tarzda) tegishli tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari)ning huquqbuzarlikning oldini olish boʻlimiga beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi mehmonxonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylari va shunga oʻxshash boshqa muassasalarning masʼul shaxslari bir sutka mobaynida Ichki ishlar bosh boshqarmasining manzil-maʼlumotnoma byurosiga ushbu muassasalarga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning kelish varaqalarini yuboradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari)ning huquqbuzarlikning oldini olish boʻlimi olingan roʻyxatlarni militsiya tayanch punktining maʼlumotlar kompyuter bazasiga tegishli axborotni kiritish va oʻzi xizmat koʻrsatadigan hududda pasport rejimiga rioya etilishini nazorat qilish uchun ichki ishlar organining tegishli profilaktika inspektorlariga beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari)ning xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi vaqtincha propiska qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni maʼlumotlarning kompyuter bazasiga kiritishni amalga oshiradi, maʼlumotlar aniq vaqt rejimida maʼlumotlarni uzatish idoraviy tarmogʻi orqali Ichki ishlar vazirligining Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi maʼlumotlar markaziy bazasiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ichki ishlar vazirligining Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi har oyda, Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida vaqtincha propiska qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar roʻyxati maʼlumotlarini (elektron tarzda) idoraviy tarmoq orqali, keyinchalik huquqbuzarlikning oldini olish hududiy boʻlinmalariga berish uchun, ularning doimiy yashash joyi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining tegishli Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlariga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari oʻzlari xizmat koʻrsatadigan hududda pasport-viza rejimi qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishini nazorat qilish ichki ishlar organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yoki vaqtincha propiskaga ega boʻlmagan chet el fuqarolari va yashash guvohnomasiga ega boʻlmagan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yashashi uchun kamida uch kun muddatga turar joy maydoni bergan uy-joy mulkdori (mulkdorlari) turar joy maydoni berilgan kundan boshlab uch kun mobaynida ushbu shaxslar toʻgʻrisida ichki ishlar organlarini xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinish huquqiga ega boʻlgan shaxslar — chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qonun hujjatlariga muvofiq sotib olingan uy-joyga ega boʻlgan xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (keyingi oʻrinlarda chet el fuqarolari va FBShlar deb ataladi) — xususiy mulk qilib sotib olingan uy-joyga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qarindoshlar — oʻzlarining toʻgʻri shajara boʻyicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Er (xotin — xotini (eri) doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga, basharti kamida besh yil birgalikda yashayotgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vasiylik va homiylikdagi shaxslar — vasiy (homiy) doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ota-onalari boʻlmagan voyaga yetmagan tugʻishgan aka-ukalar va opa-singillar — oʻzlarining tugʻishgan aka-uka yoki opa-singillari doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat hokimiyati organlariga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, respublika ahamiyatiga molik davlat boshqa tashkilotlariga ishga taklif etiladigan yuqori malakali mutaxassislar, tor ixtisosdagi mutaxassislar tegishli organ yoki tashkilot rahbarining iltimosnomasiga koʻra, shuningdek ularning oila aʼzolari (eri, xotini, shuningdek ularning oʻz oilasi boʻlmagan farzandlari) — koʻrsatib oʻtilgan shaxslar lavozimda turadigan davrga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: ushbu qaror kuchga kirganidan soʻng mazkur Roʻyxatning 2 (er yoki xotin, oʻz oilasi boʻlmagan voyaga yetgan bolalari va er-xotinning birgalikdagi va/yoki oldingi nikohidan yoki nikohsiz tugʻilgan voyaga yetmagan bolalari, shuningdek farzandlikka olingan bolalari bundan mustasno), 3, 4, 6-bandlariga muvofiq Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning qarindoshlari Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinmaydi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 41-son, 474-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 16-son, 179-modda; 2016-y., 9-son, 88-modda, 41-son, 474-modda; 2017-y., 29-son, 708-modda, 33-son, 864-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154; 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son; 06.08.2019-y., 09/19/648/3627-son, 12.10.2019-y., 09/19/864/3902-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)