Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
KASSIR-OPERATSIYAChINING NAZORAT-KASSA DAFTARI ShAKLINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDAGI QARORGA OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 16-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2309-1]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 47-son, 488-modda) bilan tasdiqlangan Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 17-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 14-dekabrdagi 2011-40 sonli “Kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftari shaklini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2309, 2012-yil 9-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 2-son, 19-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 24-yanvar,
2012-3-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
2012-yil 24-yanvardagi
2012-3-son qaroriga
ILOVA
2012-yil 24-yanvardagi
2012-3-son qaroriga
ILOVA
“Kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftari shaklini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Qarorda:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftari shakli va uni toʻldirish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida”;
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Quyidagilar:
Kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftarining shakli 1-ilovaga muvofiq;
Kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftarini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
2. Ilovada:
grifdagi “ilova” degan soʻz “1-ilova” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
izoh chiqarib tashlansin.
3. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimchaning ilovasiga muvofiq tahrirda 2-ilova bilan toʻldirilsin.
Kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftari
shaklini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga
ILOVA
shaklini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
2011-yil 14-dekabrdagi
2011-40-son qaroriga
2-ILOVA
2011-yil 14-dekabrdagi
2011-40-son qaroriga
2-ILOVA
Kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftarini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi
Nizom
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi “Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarining qoʻllanishini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 306-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 47-son, 488-modda) muvofiq, kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftarini toʻldirish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftari (bundan keyingi oʻrinlarda daftar deb yuritiladi) — ish kuni (smena) davomida fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasi xotirasiga kiritilgan va bank kassalariga topshirilgan hamda ish kuni oxiriga naqd pul tushumining qoldigʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yozib qoʻyiladigan maxsus daftardir.
2. Daftar fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanib, aholi bilan naqd pulli hisob-kitob qiluvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar (bundan keyingi oʻrinlarda xoʻjalik yurituvchi subyektlar deb yuritiladi) tomonidan majburiy tartibda toʻldiriladi.
3. Daftar xoʻjalik yurituvchi subyektlarda soliq tekshiruvlarini oʻtkazish jarayonida tekshiruvni oʻtkazayotgan mansabdor shaxslarga taqdim etilishi lozim.
II. Daftarga naqd pul tushumlari haqidagi yozuvlarni kiritish
4. 1-ustunda ish kuni (smena) sanasi (kun, oy, yil) koʻrsatiladi.
5. 2-ustunda kassir-operatsiyachining familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatiladi.
6. 3-ustunda fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining ish kuni (smena) yakunida olinadigan “Z” hisobotining tartib raqami koʻrsatiladi.
7. 4-ustunda joriy ish kuni (smena) boshiga (oldingi ish kuni (smena) oxiriga yaʼni 5-ustundagi) naqd pul tushumi koʻrsatkichi oʻsib boruvchi tartibida koʻrsatiladi.
8. 5-ustunda joriy ish kuni (smena) oxiriga naqd pul tushumi koʻrsatkichi oʻsib boruvchi tartibida (4 va 6-ustunlarning yigʻindisi) koʻrsatiladi.
9. 6-ustunda joriy ish kuni (smena) yakuni boʻyicha fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasi (xotirasiga kiritilgan naqd pul) koʻrsatkichi koʻrsatiladi.
10. 7-ustunda joriy ish kuni (smena) davomida bankka topshirilgan naqd pul tushumining jami summasi (8 va 9-ustunlar yigʻindisi) koʻrsatiladi.
11. 8-ustunda joriy ish kuni (smena) davomida bankka topshirilgan — inkassatsiyagacha boʻlgan naqd pul tushumi summasi koʻrsatiladi.
12. 9-ustunda oldingi ish kunidan qoldiq boʻlib oʻtgan naqd pul tushumi summasi koʻrsatiladi.
13. 10-ustunda joriy ish kuni (smena) oxiriga naqd pul tushumining qoldiq summasi (6-ustundan 8-ustun ayirmasi) koʻrsatiladi.
14. Kassir-operatsiyachi daftarning 1—10-ustunlarini toʻldirib, 11-ustunga imzo qoʻyadi.
15. Xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari yoki rahbar tomonidan biriktirilgan masʼul shaxs daftarning 1—11-ustunlariga kiritilgan maʼlumotlarni tekshirib koʻrib, ularning toʻgʻriligini tasdiqlash uchun 12-ustunga imzo qoʻyadi.
16. Daftar toʻlgan (yoʻqolgan) holatlarda xoʻjalik yurituvchi subyekt nazorat-kassa mashinasi roʻyxatdan oʻtgan davlat soliq xizmati organiga yozma murojaat qiladi va daftarni toʻldirish ushbu Nizomning 6-bandiga muvofiq davom ettiriladi.
III. Yakuniy qoida
17. Daftarning hisobi davlat soliq xizmati organlari tomonidan yuritiladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 7-son, 73-modda)