Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MULKINI BOShQARISh VA TADBIRKORLIKNI QOʻLLAB-QUVVATLASh DAVLAT QOʻMITASINI TAShKIL QILISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublikada iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini tobora avj oldirish, shuningdek tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasining davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qoʻmitasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi davlat mulki jamgʻarmasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tashkil qilinsin.
Davlat mulki jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan Oʻzbekiston Respublikasining davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tarkibiga oʻtkazilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari quyidagilardan iborat qilib belgilansin:
— koʻp tarmoqli iqtisodiyotni shakllantirishda yagona siyosatni oʻtkazish, davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish dasturlarini ishlab chiqish hamda ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
— davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish jarayoniga tashkiliy hamda uslubiy jihatdan rahbarlik qilish, tegishli tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
(2-bandning birinchi — uchinchi xatboshlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 19-iyuldagi PF-3626-sonli Farmoni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 28-29-son, 204-modda)
— davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida respublika aholisining mulkiy huquqlarini himoya qilish, davlat mulki obyektlarini boshqa mulkchilik shakllariga aylantirishdan tushgan mablagʻlarni iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartishlarga oid vazifalarni hal qilish uchun safarbar etish;
— davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chogʻida xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, shuningdek ulardan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari va shakllarini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
— sarmoya jamgʻarmalarini, konsalting va auditorlik xizmatlarini, xoldinglarni, jamgʻarma birjalari va oʻzgacha birjalarni hamda boshqa bozor tuzilmalarini tashkil qilish.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PF-4424-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 77-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar (birlashmalar), muassasalar va tashkilotlar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan ijro etish uchun majburiydir.
Keyingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 19-iyuldagi PF-3626-sonli Farmoni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 28-29-son, 204-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida bir hafta muddat ichida qaror qabul qilib, qoʻmitaning tuzilmasini va u haqdagi Nizomni tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Davlat mulki jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 7-sentabrdagi hamda “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qoʻmitasini tashkil qilish toʻgʻrisida” 1992-yil 10-fevraldagi farmonlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 7-fevral,
PF-758-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 3-son, 70-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 28-29-son, 204-modda; 2012-y., 8-9-son, 77-modda, 46-47-son, 521-modda)