Toshkent shahar hokimining
Qarori
YuRIDIK VA JISMONIY ShAXSLARDAN QATTIQ VA SUYuQ HOLDAGI MAIShIY ChIQINDILARNI TOʻPLASh VA OLIB KETISh UChUN TARIFLAR MIQDORLARINI OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2021-yil 4-iyundagi 390/41-6-sonli “Toshkent shahar mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Qattiq holdagi maishiy-xoʻjalik chiqindilarni toʻplash va joylashtirish xizmatlarini tashkillashtirish, shahar sanitar holatini yaxshilash maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 10-oktabrdagi “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 239-sonli qarori talablaridan kelib chiqib hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2009-yil 6-oktabrdagi YOT/15-04-10-11/89-2859-sonli va 2011-yil 20-yanvardagi YOT/15-04-34-26/7-155-sonli xatlarini inobatga olib qaror qilaman:
l. 2011-yil 10-fevraldan boshlab Toshkent shahrida:
1.1. Istiqomat qilayotgan aholidan qattiq holdagi maishiy chiqindilarni toʻplash va olib ketish xizmatlari uchun yashayotgan kishi boshiga (pasport stollarida roʻyxatga olingan va (yoki) olinmaganligidan qatʼi nazar) bir oyga 1000 soʻm miqdorida toʻlov haqi belgilansin.
Ushbu belgilangan toʻlov miqdori Toshkent shahri boʻyicha faqat “Maxsustrans” ishlab chiqarish boshqarmasi” davlat korxonasi va Yunusobod tumani sanitar tozalash boʻyicha yagona buyurtmachi direksiyasi tomonidan xizmat koʻrsatilishida qoʻllanilishi inobatga olinsin.
1.2. Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Ulugʻbek” shaharchasida istiqomat qiluvchi aholiga qattiq holdagi maishiy chiqindilarni toʻplash va olib ketish xizmatlari uchun kishi boshiga (pasport stollarida roʻyxatga olingan va (yoki) olinmaganligidan qatʼi nazar) bir oyga toʻlov haqi oʻzgarmaganligi va 550 soʻm miqdorida qolganligi inobatga olinsin.
Ushbu belgilangan toʻlov miqdori faqat “Ulugʻbek” shaharchasidagi Qurilish-taʼmirlash xizmat koʻrsatish boshqarmasi tomonidan xizmat koʻrsatilishida qoʻllaniladi.
1.3. Budjet va xoʻjalik hisobidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, “Maxsustrans” Ishlab chiqarish boshqarmasi” davlat korxonasi, Yunusobod tumani sanitar tozalash boʻyicha yagona buyurtmachi direksiyasi va “Ulugʻbek” shaharchasidagi Qurilish-taʼmirlash xizmat koʻrsatish boshqarmasi tomonidan qattiq va suyuq holdagi chiqindilarni toʻplash va olib ketish xizmatlari uchun toʻlov miqdorlari ilovaga asosan belgilansin.
2. Qattiq holdagi maishiy chiqindilarni toʻplash va joylashtirish xizmatlari uchun Toshkent shahri hududida joylashgan korxona va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish va hisobga olish quyidagi tartibda amalga oshirilsin:
2.1. Shahardagi va tutash hududdagi barcha korxona va tashkilotlar, ularning mulkchilik shakli va moliyalashtirish manbasidan qatʼi nazar, qattiq holdagi maishiy xoʻjalik chiqindilarni toʻplash va joylashtirish xizmatlari uchun shartnomalarni “Maxsustrans” ishlab chiqarish boshqarmasi” davlat korxonasi, Yunusobod tumani sanitar tozalash boʻyicha yagona buyurtmachi direksiyasi va “Ulugʻbek” shaharchasidagi qurilish-taʼmirlash xizmat koʻrsatish boshqarmasi bilan.
2.2. Oʻz tasarrufida yuk tashuvchi transport vositasi boʻlgan hamda oʻz transport vositalarida chiqindilarni tashish huquqiga ega korxona va tashkilotlar qattiq holdagi maishiy chiqindilarni shahar chiqindixonasiga joylashtirish boʻyicha “Maxsustrans” ishlab chiqarish boshqarmasi” davlat korxonasi bilan.
3. Qattiq holdagi chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketish, jismoniy va yuridik shaxslar bilan, ularning mulkchilik shaklidan va qaysi tashkilotga mansubligidan qatʼi nazar, chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati uchun shartnomalarni tuzish va koʻrsatilgan xizmat uchun toʻlovlarni undirish masʼuliyati — tuman hokimlari, “Maxsustrans” ishlab chiqarish boshqarmasi” davlat korxonasi, Yunusobod tumani sanitar tozalash boʻyicha yagona buyurtmasi direksiyasi, “Ulugʻbek” shaharchasidagi Qurilish-taʼmirlash xizmatlar koʻrsatish boshqarmasi, ekologiya va tozalikni nazorat etuvchi alohida militsiya bataloni, tezkor sanitar guruhi, profilaktika nozirlari zimmalariga yuklatilsin.
4. Statistika boshqarmasi (B.P. Magay), Toshkent shahar “Mahalla jamgʻarmasi” (B.M. Ismanov), Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasi (A.X. Nabiyev) va tumanlar hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari rahbarlari qattiq maishiy chiqindilarni Toshkent shahri aholi, tadqiqot va korxonalaridan olib chiqib ketish boʻyicha shartnomalarning toʻla qamrab olinishini taʼminlash maqsadida, ularning yuridik yoki yashash manzillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Maxsustrans” ishlab chiqarish boshqarmasi” davlat korxonasiga, Yunusobod tumani sanitar tozalash boʻyicha yagona buyurtmachi direksiyasiga va “Ulugʻbek” shaharchasidagi Qurilish-taʼmirlash xizmat koʻrsatish boshqarmasiga begʻaraz ravishda taqdim etilishida amaliy yordam koʻrsatilsin.
5. Tuman hokimliklari, Iqtisodiyot bosh boshqarmasi (S.S. Nasretdinov), Ichki ishlar bosh boshqarmasi (K. Nakibov), Toshkent shahar “Mahalla jamgʻarmasi (B.M. Ismanov), Statistika boshqarmasi (B.G. Magay), Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasi (A.X. Nabiyev), “Maxsustrans” ishlab chiqarish boshqarmasi” davlat korxonasi” (S.S. Nigmatov), Yunusobod tumani sanitar tozalash boʻyicha yagona buyurtmachi direksiyasi (B.V. Zoirov), “Ulugʻbek” shaharchasidagi Qurilish-taʼmirlash xizmat koʻrsatish boshqarmasi tegishli tashkilotlarni jalb qilgan holda Toshkent shahar aholisi soniga aniqlik kiritilsin va tuman hokimliklari tomonidan tasdiqlanishi taʼminlansin.
6. Mazkur qarorning 1-bandida belgilangan toʻlov miqdori oshib ketishiga yoʻl qoʻyilmasligini nazorat qilish — Toshkent shahar Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish boshqarmasi (N.K. Xolmurodov) zimmasiga yuklatilsin.
7. “Maxsustrans” Ishlab chiqarish boshqarmasi” davlat korxonasi (S.N. Nigmatov), Yunusobod tumani sanitar tozalash boʻyicha yagona buyurtmachi direksiyasi (K.V. Zoirov), “Ulugʻbek” shaharchasidagi Qurilish-taʼmirlash xizmat koʻrsatish boshqarmasi:
Toshkent shahar hududida maishiy xoʻjalik chiqindilar toʻplanishi meʼyorlari qayta ishlab chiqilguncha, korxona va tashkilotlar bilan qattiq holdagi maishiy chiqindilarni toʻplash va joylashtirish xizmatlari uchun shartnomalar boʻyicha amalda qoʻllanilayotgan meʼyorlar asosida hisob-kitob yuritilsin.
8. Toshkent shahar hokimining 2009-yil 10-oktabrdagi “Yuridik va jismoniy shaxslardan qattiq va suyuq holdagi maishiy chiqindilarni toʻplash va olib ketish xizmatlari uchun tariflar joriy qilish toʻgʻrisida”gi 528-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari R.J. Usmonov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim A. TOʻXTAYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 26-yanvar,
52-son
Toshkent shahar hokimining 2011-yil 26-yanvardagi 52-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Qattiq va suyuq holdagi chiqindilarni budjet va xoʻjalik yurituvchi subyektlardan toʻplash va olib ketish boʻyicha narx
miqdorlari
| № | Xizmatlar nomi | Oʻlchov birligi | Belgilangan narx miqdorlari (QQSsiz soʻm) | ||
| “Maxsustrans” IChB DUK | Yunusobod tumani sanitar tozalash yagona buyurtmachi direksiyasi | “Ulugʻbek” shaharchasidagi Qurilish-taʼmirlash xizmat koʻrsatish boshqarmasi | |||
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 |
| 1 | Qattiq holdagi chiqindilarni toʻplash va olib kelish xizmati: | | | | |
| | budjet korxona va tashkilotlardan | 1m3 | 13 437 - 60 | 13 437 - 60 | 6 703 - 00 |
| | xoʻjalik hisobidagi korxona va tashkilotlardan | 1m3 | 19 153 - 20 | 19 153 - 20 | 6 703 - 00 |
| 2 | Suyuq holdagi chiqindilarni toʻplash va olib kelish xizmati: | | | | |
| | budjet korxona va tashkilotlardan | 1 tonna | 5 182 - 20 | | |
| | xoʻjalik hisobidagi korxona va tashkilotlardan | 1 tonna | 5 910 - 00 | | |
| 3 | Qattiq va suyuq holdagi chiqindilarni toʻplash va olib kelish xizmati: | | | | |
| | budjet korxona va tashkilotlardan | 1 mashina — soat | 10 569 – 60 | 12 124 - 44 | |
| | xoʻjalik hisobidagi korxona va tashkilotlardan | 1 mashina — soat | 12 052 - 80 | 12 124 - 44 | |