31.12.2010 yildagi 751-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
«Toshshahartransxizmat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalarga qarashli transport vositalarida reklamani joylashtirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 26 iyundagi «Reklama toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida»gi 243-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasining 2001 yil 26 martdagi «Reklamani joylashtirish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 4-sonli qaroriga muvofiq hamda «Toshshahartransxizmat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalarga qarashli transport vositalarining salon ichki, tashqi va ustki qismlarida, metropoliten stansiyalari hududida, oʻtish joylarida, trolleybus va tramvay tarmogʻiga tegishli moslamalarda reklama va reklamani joylashtirish jarayonida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarni tartibga solish masalalarini takomillashtirish maqsadida, «Toshshahartransxizmat» uyushmasining 2010 yil 18 noyabrdagi 5-10/370-sonli murojaat xatini inobatga olib qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. «Toshshahartransxizmat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalarga qarashli transport vositalarida reklamani joylashtirish Tartibi» 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. «Toshshahartransxizmat» uyushmasi huzuridagi Toshkent shahar transportida reklama va axborot faoliyati boʻyicha doimiy Komissiyaning tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. «Toshshahartransxizmat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalarga qarashli transport vositalarida reklamani joylashtirish tariflari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
«Toshshahartransxizmat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalarga qarashli transport vositalarida reklamani joylashtirish haqi joriy tariflarga» 2011 yil 1 yanvardan boshlab qoʻllaniladigan tariflar esa Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi muhokamasiga kiritilib, uning qaroriga asosan qoʻllanilishi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. «Toshshahartransxizmat» uyushmasi (Sh. Muhamedjanov), uyushma tarkibida Toshkent shahar transportida reklama va axborot faoliyati boʻyicha Komissiyaning ishchi organi etib «Toshtrans Reklama-Servis» korxonasi taʼsis etilsin va oʻrnatilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reklama transport vositalarida, shu jumladan metropolitenda faqat ularning egalari yoki mulkdorlari bilan kelishilgan holda hamda xavfsizlik talablari va yoʻl harakati qoidalariga muvofiq joylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reklama joylashtirish va reklama uzatuvchi moslamalarni oʻrnatishdan tushgan mablagʻlar Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari» «Toshshahartransxizmat» uyushmasi raisi nazoratida «Toshtrans Reklama-Servis» korxonasi xarajatlarini qoplashga, maʼlum qismi transport vositalarining egalari yoki mulkdorlari bilan kelishilgan holda ularning hisobiga oʻtkaziladi va Toshkent shahar yoʻlovchi transporti infrastrukturasini rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar transportida reklama va axborot faoliyati boʻyicha Komissiyaning majlislarini tayyorlash va oʻtkazish, mazkur komissiya qarorlari asosida «Toshshahartransxizmat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalarga qarashli transport vositalarida reklamani joylashtirish uchun ruxsatnoma hujjatlarini tayyorlash va arizachilarga berish, ularni joylashtirishdan tushadigan mablagʻlarni jamlash va ularning hisobini olib borish, shuningdek reklama beruvchilar bilan aloqalarni amalga oshirish «Toshtrans Reklama-Servis» korxonasi tomonidan amaldagi meʼyoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari R. Usmonov va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari Sh. Muhamedjonov zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim A. TOʻXTAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010 yil 31 dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
751-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar hokimining 2010 yil 31 dekabrdagi 751-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
«Toshshahartransxizmat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalarga qarashli transport vositalarida reklama joylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent shahrida yoʻlovchi transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi 2006 yil 11 yanvardagi PF-3713-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash va Oʻzbekiston Respublikasining «Reklama toʻgʻrisida»gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oʻzbekiston Respublikasining «Reklama toʻgʻrisida»gi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida»gi 2000 yil 26 noyabrdagi 243-sonli qarori, 2010 yil 17 sentyabrdagi «Reklama toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasining «Reklama joylashtirish toʻgʻrisidagi Tartibni tasdiqlash haqida»gi qarori asoslangan boʻlib, Toshkent shahar transport vositalarida reklamani joylashtirish jarayonida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. Transport vositalarida reklama-axborot faoliyatini tartibga solish va muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasining «Reklama toʻgʻrisida»gi qonuniga qatʼiy amal qilgan holda va ushbu Tartib asosida Toshkent shaxar transportida reklama va axborot faoliyati boʻyicha doimiy Komissiyasi (keyingi oʻrinlarda «Komissiya» deb yuritiladi) xamda uning ishchi organi «Toshtrans Reklama-Servis» korxonasi (keyingi oʻrinlarda «Toshtrans Reklama-Servis» deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Komissiya majlislarini tayyorlash, uning qarorlari asosida transport vositalarida reklamalarni joylashtirish hujjatlarini rasmiylashtirish, ushbu Tartibning tatbiq etilishini taʼminlash, reklama va reklama vositalarini joylashtirishni monitoring qilish, reklamalarni joylashtirishdan olinadigan daromadlarning tushumini taʼminlash va reklama beruvchilar bilan shartnomaviy aloqalarni tiklash va Komissiya qarorlari asosida boshqa reklama bozorlariga oid masalalar bilan ishlash Komissiyaning ishchi organi — «Toshtrans Reklama-Servis» tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. «Toshshahartransxizmat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalarga tegishli barcha transport vositalarida reklamani joylashtirish bilan bogʻliq boʻlgan harakatlar va hujjatlarni rasmiylashtirish ushbu Tartib asosida faqatgina «Komissiya» hamda «Toshtrans Reklama-Servis» orqali amalga oshirilishi shart va boshqa har qanday uchinchi tashkilotlar tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlar, Komissiyaning qarorisiz oʻrnatilgan reklama va reklama uzatuvchi moslamalar noqonuniy hisoblanadi, noqonuniy reklamani oʻrnatgan tashkilotlar yoki shaxslar harakatdagi qonunchilik doirasida javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.4. «Toshtrans Reklama-Servis» rahbari transport vositalarida reklama oʻrnatish haqida Komissiya raisiga yilning har choragida bir marta umumiy yozma hisobot berib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Komissiyaning maqsad va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Transport vositalarida reklama faoliyatini rivojlantirish, yanada takomillashtirish va uni yangi sifat bosqichiga koʻtarish Komissiyaning asosiy maqsadidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning vazifalariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama ishlab chiqaruvchilar, reklama tarqatuvchilar, yuridik va jismoniy reklama agentliklari (keyinga oʻrinda— reklama tarqatuvchi) bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama tarqatuvchilardan tushgan buyurtmalarni oʻrganish, pasportlar va ruxsatnomalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarida reklama-axborot faoliyatini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tariflar asosida amalga oshiriladigan toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash va transport vositalarida reklama joylashtirishdan tushadigan mablagʻlarni toʻplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot ishlab chiqaruvchi tadbirkor (yuridik va jismoniy shaxs)larga oʻz mahsulotlarini isteʼmolchiga tezroq etkazish uchun omil boʻluvchi yangi zamonaviy reklama vositalarini joylashtirish uchun qulayliklar va shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama bozoridagi reklama ishlab chiqaruvchilar, reklama tashuvchilar, yuridik va jismoniy reklama agentliklari uchun barobar qulaylik va teng imkoniyatlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchilarga qoʻshimcha reklama-axborot taʼminoti xizmatlarini yoʻlga qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Komissiyaning ish faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Komissiyaning ish faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining «Reklama toʻgʻrisida»gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oʻzbekiston Respublikasining «Reklama toʻgʻrisida»gi 2000 yil 26 iyun 243-sonli Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida»ga qarori doirasida tashkillashtiriladi. Transport vositalari tizimida reklama faoliyatini nazoratga olish, tahlil qilish va bu faoliyat turining toʻgʻri rivojlanishi uchun kerak boʻlgan imkoniyatlarni safarbar qilish va shart-sharoitlar yaratish Komissiyaning ish faoliyatida asosiy oʻrin tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Komissiyaning ish faoliyati reklama beruvchilarning buyurtmalariga asoslangan holda tashkillashtiriladi va qabul qilingan qarorlarda oʻz ifodasini topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3. «Toshshahartransxizmat» uyushmasi huzuridagi Toshkent shahar transportida reklama va axborot faoliyati boʻyicha Komissiya Toshkent shahar hokimligi huzuridagi reklama va axborot faoliyati boʻyicha Komissiyasi vakili hisoblanadi. Shuningdek, «Toshshahartransxizmat» uyushmasi huzuridagi Toshkent shahar transportida reklama va axborot faoliyati boʻyicha Komissiya raisining oʻrinbosari Toshkent shahar hokimligi huzuridagi reklama va axborot faoliyati boʻyicha Komissiyasining aʼzosi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Asosiy tushunchalar va atamalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Ushbu Tartibda «Reklama toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida koʻrsatilgan quyidagi tushunchalar va atamalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1.1. «Reklamani joylashtirish joyi» — Transport vositalarida (saloni ichida, tashqi va ustki qismida, va h.k), metropoliten stansiyalari hududida, oʻtish joylarida, trolleybus va tramvay tarmogʻiga tegishli moslamalar va «Toshshahartransxizmat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalarga tegishli barcha transport vositalarining soʻnggi bekatlar ichida (reklama maydoni shaharga qaramagan holda) maxsus ajratilgan va belgilangan joy.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1.2. «Reklama joyining pasporti» (keyingi oʻrinlarda — «Pasport») Komissiya qarori asosida reklama tarqatuvchiga maʼlum muddatga, maʼlum belgilangan joyga reklama moslamasini oʻrnatish uchun belgilangan shakldagi hujjat boʻlib, reklama moslamasini oʻrnatish shartlari ifodalangan texnik hujjat hisoblanadi. Pasport reklama koʻrinishini oʻrnatish uchun asos boʻmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1.3 «Montaj ishlarini olib borish uchun texnik tasdiqnoma» (keyingi oʻrinlarda — «Tasdiqnoma») — Reklama tarqatuvchiga maʼlum muddat ichida, maʼlum belgilangan reklama moslamasini uning pasportida koʻrsatilgan joyga oʻrnatish ishlarini olib borish huquqini beruvchi hujjat. Tasdiqnoma Komissiya tomonidan reklama moslamasining tayyor texnik pasporti asosida tasdiqlanib, reklama tarqatuvchiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1.4. «Reklama moslamasida reklamani joylashtirish huquqining berilganligi toʻgʻrisidagi ruxsatnoma» (keyingi oʻrinlarda — «Ruxsatnoma») — Reklama tarqatuvchiga maʼlum muddatga, maʼlum belgilangan reklama moslamasiga reklama koʻrinishini oʻrnatish mumkinligi haqidagi hujjat. Ruxsatnoma Komissiya ishchi organi tomonidan reklama moslamasining tayyor texnik pasporti asosida tasdiqlanib, reklama tarqatuvchiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1.5. «Reklamani joylashtirish shartnomasi» (keyingi oʻrinlarda — «Shartnoma») — Komissiya nomidan «Toshtrans Reklama-Servis» va reklama tarqatuvchi oʻrtasida transport vositalarida reklamani joylashtirish uchun tuziladigan ikki tomonlama huquqiy kelishuv.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1.6. «Hujjatlarni tayyorlash bitimi» (keyingi oʻrinlarda — «Bitim») — Reklamaning texnikaviy vositalarini oʻrnatish uchun reklama joyining pasporti, ruxsatnomasi va boshqa hujjatlarni tayyorlab berish boʻyicha pullik xizmatlarga «Toshtrans Reklama-Servis» va reklama tarqatuvchi oʻrtasida tuziladigan kelishuv.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1.7. «Bosh kelishuv» — Mazkur Tartib shartlariga rioya etish toʻgʻrisida reklama tarqatuvchi va Komissiya nomidan «Toshtrans Reklama-Servis» oʻrtasida tuziladigan kelishuv.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Transport vositalarida reklama moslamalarini joylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.1. Transport vositalarida reklama moslamalarini joylashtirish faqat ularning egalari bilan kelishilgan holda, reklama moslamasi pasporti mavjudligi hamda xavfsizlikka qoʻyilayotgan talablar va yoʻl harakati qoidalariga rioya qilgan taqdirda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2. «Toshshahartransxizmat» uyushmasining korxonalari va ularning tarkibiy boʻlinmalariga qarashli boʻlgan transport vositalariga reklama moslamalarini joylashtirish huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish Komissiya qarorlari asosida belgilangan tartibda «Toshtrans Reklama-Servis» tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Transport vositalarida joylashtiriladigan reklama moslamalariga «pasport» olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.1 Transport vositalarida reklama moslamalarini joylashtirish istagini bildirgan tashkilotlar yoki shaxslar «Toshtrans Reklama - Servis»ga reklama moslamasini joylashtirish boʻyicha buyurtma bilan murojaat etadilar. Buyutrmaga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama moslamasi joylashtirilayotgan transport vositasining davlat raqami yoki reklama moslamasi joylashtirilayotgan aniq manzil (dislokatsiya);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama moslamasi transportga oʻrnatilgan holatida transport vositasi qanday koʻrinish olishini tasvirlovchi fotosurat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylashtiriladigan reklama moslamasining texnik koʻrsatkichlari va oʻlchamlari (hajmi, boʻyi, eni, qalinligi va hokazolar) aks etgan chizma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.2. Yangi reklama moslamasini oʻrnatish uchun «Toshtrans Reklama-Servis» 5 ish kuni ichida buyurtmada soʻralayotgan joyga boshqa reklama tarqatuvchi buyurtmasining bor yoki yoʻqligini oʻrganib chiqadi, shuningdek soʻralayotgan joy boʻyicha aniq axborot toʻplash uchun arizada koʻrsatilgan joyga chiqadi. Agar soʻralgan joy boʻsh boʻlib, reklama moslamasini oʻrnatish uchun texnikaviy imkoniyat mavjud boʻlsa, reklama joyining texnik hujjati — pasportini tayyorlash va masʼul organlar bilan kelishish xizmati uchun toʻlov bitimi yozib beriladi. Buyurtmachi 5 ish kuni ichida bitimda koʻrsatilgan toʻlovni toʻliq amalga oshiradi va shundan soʻng «Toshtrans Reklama-Servis» l oy muddat ichida ushbu reklama joyining pasportini tayyorlab beradi», uni masʼul organlar bilan kelishuvdan oʻtkazadi va Komissiyaning navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.3. Agar reklama moslamasi joylashtiriladigan joyga bir vaqtning oʻzida bir necha buyurtmalar berilsa, «Toshtrans Reklama-Servis» ushbu buyurtmalarning barchasini aniq qabul qilingan vaqti va sanasini koʻrsatgan holda roʻyxatga oladi. Shundan soʻng qolgan buyurtmachilarga birinchi boʻlib buyurtma topshirgan reklama tarqatuvchiga pasport berish jarayoni boshlanganligini yozma ravishda maʼlum qiladi. Mabodo pasport berish jarayonida birinchi boʻlib buyurtma topshirgan reklama tarqatuvchi maʼlum bir qonuniy hujjatlarda koʻrsatilgan qoidalarni yoki «Toshtrans Reklama-Servis» bilan tuzilgan bitim shartlarini buzsa, «Toshtrans Reklama-Servis» birinchi boʻlib buyurtma topshirgan reklama tarqatuvchiga pasport berish jarayoni toʻxtatilganligi va buning sabablarini aniq koʻrsatgan holda yozma tarzda maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.4. Buyurtma «Toshtrans Reklama-Servis» tomonidan roʻyxatga olinib atroflicha oʻrganilgandan soʻng reklama moslamasini transport vositalarida joylashtirishga ruxsat berilishi yoki rad etilishi (vaqtinchalik toʻxtatilishi) haqidagi qaror Komissiyaning navbatdagi majlisida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.5. Reklama moslamasiga pasport berish jarayoni yakuniga etganidan soʻng «Toshtrans Reklama-Servis» ushbu pasportni maʼlum tartib raqami ostida roʻyxatga oladi va montaj ishlarini olib borish uchun texnik tasdiqnomani tayyorlaydi va Komissiyaning navbatdagi majlisida tasdiqdan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.6. Reklama moslamasini joylashtirish uchun pasport va tasdiqnoma olingandan soʻng, reklama moslamasi egasi ushbu reklama moslamasini oʻrnatish uchun l oy muhlatga ega boʻladi. Agar reklama tarqatuvchi ushbu 1 oy muhlat ichida reklama moslamasini oʻrnatishga ulgurmasa, u «Toshtrans Reklama-Servis» bilan tuziladigan qoʻshimcha bitim orqali ushbu moslamani joylashtirish muddatini koʻpi bilan yana 1 oyga uzaytirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.7. Reklama moslamasini oʻrnatish, uni risoladagidek texnik holatda saqlash ishlari va uni elektr tarmoqlariga ulash uchun (zarur hollarda) reklama tarqatuvchi mustaqil ravishda transport vositasining egasi bilan ushbu xizmatlar uchun alohida bitim tuzish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.8. Buyurtmadagi reklama moslamasini joylashtirish rad etilgan taqdirda yoki vaqtinchalik toʻxtatilganda Komissiyaning qarorida rad etilganligi yoki vaqginchalik toʻxtatilganligi sabablari asoslangan ravishda, aniq boʻlishi kerak va ushbu qarorning nusxasi «Toshtrans Reklama-Servis» tomonidan buyurtmachiga 5 ish kuni ichida taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.9. Buyurtmadagi reklama moslamasini joylashtirishga ruxsat berilishi haqida Komissiya qaror qabul qilsa, «Toshtrans Reklama-Servis» buyurtmachi (reklama qurilmasi egasi) bilan qoʻshimcha koʻrsatiladigan xizmatlar uchun oʻrnatilgan tartibda bitim tuzadi va shartnomaviy haq-huquq va majburiyatlar doirasida faoliyat yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.10. Reklama moslamasi oʻrnatilgandan soʻng «Toshtrans Reklama-Servis» va reklama moslamasining egasi oʻrtasida shartnoma tuziladi va reklama joylashtirilganligi yoki joylashtirilmaganligidan qatʼiy nazar, reklama joyining egasi tasdiqlangan tariflar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshira boshlaydi. Reklama joyining egasi bir yil davomida har bir reklama joyida, reklama moslamasi bilan bogʻliq texnik nosozliklarni saqlash va ijtimoiy reklama joylashtirish uchun 40 kunlik muhlatga ega. Ushbu 40 kunlik muhlat davomida reklama joyining egasi toʻlovlardan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Transport vositalaridagi reklama moslamalariga reklama joylashtirish uchun «Ruxsatnoma» olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.1. Transport vositalaridagi reklama moslamalariga reklama joylashtirish istagini bildirgan reklamachi «Toshtrans Reklama-Servis»ga buyurtma bilan murojaat qilishi lozim. Buyurtmada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama eskizi va reklama matni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama joylashtiriladigan moslamasining pasport raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasining davlat raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama muhlati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar mahsulot sertifikatlanishi majburiy boʻlsa, «Oʻzdavlatstandart» yoki sertifikatlash huquqiga ega idora tomonidan berilgan muvofiqlik sertafikatiniig nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar reklama qilinayotgan faoliyat turini litsenziyalash zarur boʻlsa, tegishli litsenziyalar nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.2 Buyurtma «Toshtrans Reklama-Servis» tomonidan roʻyxatga olinadi, oʻrnatilgan tartibda toʻliq oʻrganiladi va reklamani transport vositalarida joylashtirishga ruxsat berilishi yoki rad etilishi (vaqtinchalik toʻxtatilishi) haqida qaror qabul qilinadi. Ayrim hollarda reklamaga taalluqli qoʻshimcha axborotlar talab etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.3 Buyurtmadagi reklamani joylashtirish rad etilgan taqdirda yoki vaqtinchalik toʻxtatilganda «Toshtrans Reklama-Servis»ning qarorida rad etilganligi yoki vaqtinchalik toʻxtatilganligi sabablari asoslangan ravishda, aniq va ravshan boʻlishi kerak va ushbu qarorning nusxasi «Toshtrans Reklama-Servis» tomonidan buyurtmachiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.4 Buyurtmadagi reklamani joylashtirishga ruxsat berilishi haqida «Toshtrans Reklama-Servis» ijobiy qaror qabul qilsa, reklamani joylashtirish uchun ruxsatnoma tayyorlash xizmati uchun «Toshtrans Reklama-Servis» va buyurtmachi oʻrtasida bitim tuziladi. Buyurtmachi 3 ish kuni ichida koʻrsatilgan toʻlovni toʻliq amalga oshiradi va shundan soʻng «Toshtrans Reklama-Servis» 5 ish kuni ichida ushbu reklama ruxsatnomasini tayyorlab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.5. Ushbu ruxsatnoma reklama tarqatuvchiga malum vaqt davomida maʼlum reklama moslamasida reklamani joylashtirish huquqini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.6. Maʼlum reklamani joylashtirishga ruxsat berilishi yoki rad etilishi (vaqtinchalik toʻxtatilishi) haqidagi «Toshtrans Reklama-Servis» qarori bahsli vaziyatlarni keltirib chiqargan taqdirda, ushbu qaror Komissiyaning navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritilishi va qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Buyurtmalarni Komissiya tomonidan oʻrganish kuni va muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.1. Komissiyaning ish faoliyati zaruriyatdan kelib chiqqan holda, ammo bir oyda kamida bir marta (yaʼni l oyda 2 marta, oyning birinchi va ikkinchi yarmida) Komissiya raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan oʻtkaziladigan majlisda oʻz aksini topadi. Majlisda uning kun tartibida koʻriladigan reklama tarqatuvchilarning buyurtmalari, murojaatlari yoki boshqa bahsli masalalar ustidan maʼlum qarorlar qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.2 Navbatdagi majlis kunining oʻtkazilishi Komissiya raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan belgilanib, unda doimiy Komissiya tarkibiga kiruvchi aʼzolar yoki ularning vakillari ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.3. Reklama tarqatuvchilarning buyurtmalari va murojaatlarini «Toshtrans Reklama-Servis» qabul qilib, Komissiyaning navbatdagi majlisiga oʻrnatilgan tartibda taqdim egadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.4. Yangi reklama moslamalarini va axborot uzatuvchi manbalarni transport vositalariga joylashtirish haqidagi buyurtmalarni «Toshtrans Reklama-Servis» tomonidan roʻyxatga olish yoki uni navbatdagi Komissiya majlisiga tayyorlash va qabul qilingan qarorlar asosida reklama tarqatuvchiga javob berish jarayoni uchun muhlat 10 ish kuni miqdorida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.5. Reklama tarqatuvchilarning mavjud reklama joylariga reklamani joylashtirish haqidaga buyurtmalarini «Toshtrans Reklama - Servis» tomonidan roʻyxatga olish, oʻrganish va qabul qilingan qarorlar asosida, reklama tarqatuvchiga javob berish jarayoni uchun muhlat 5 ish kuni miqdorida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.6. Komissiya qarorlari uning aʼzolarining kamida 2/3 qismi qatnashganda qabul qilinishi mumkin. Komissiya qarorlari yigʻilishda qatnashganlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Komissiya qarorlari yigʻilish bayonnomalari shaklida rasmiylashtiriladi va barcha manfaatdor shaxs va tashkilotlarga etkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.7. Buyurtmalarni «Toshtrans Reklama-Servis» tomonidan roʻyxatga olish yoki Komissiyaning navbatdagi majlisiga tayyorlash va qabul qilingan qarorlar asosida reklama beruvchiga javob berish jarayoni uchun yuqoridagi 8.4., 8.5-bandlarda belgilangan muddatlar faqat Komissiyaning maxsus qarori asosida oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Transport vositalarida reklamani joylashtirish haqi miqdorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.1. Reklamani transport vositalarida joylashtirish haqi miqdorlari «Toshtrans Reklama-Servis» va reklama tarqatuvchi oʻrtasida imzolangan shartnomada qayd etilgan shartlar doirasida, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi tomonidan tasdiqlangan tariflar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.2 Reklamani transport vositalarida joylashtirish haqi miqdori tarqatilayotgan reklamaning mohiyati, hajmi, reklama joylashtirilayotgan transport vositalari turlaridan, harakat yoʻnalishining uzun-qisqaligidan» yoʻlovchilarning oqimidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi va xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.3. Reklama joyi egalaridan transport vositalarida reklama joylashtirish haqi quyidagi vaziyatlarda olinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar reklamachi reklama joylashtirilgan transport vositasining bevosita egasi boʻlib, oʻz mahsuloti yoki xizmatlarining reklamasini joylashtirsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar reklama ijtimoiy sohaga tegishli yot bayram tabrigi boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.4. «Toshtrans Reklama-Servis» oʻrnatilgan tartibda, reklama tarqatuvchilarga qoʻshimcha pullik xizmatlar koʻrsatishga haqlidir. Qoʻshimcha pullik xizmatlar tariflari «Toshshahartransxizmat» uyushmasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Reklama tarqatuvchining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.1. Reklama tarqatuvchi va reklama beruvchi Oʻzbekiston Respublikasining «Reklama toʻgʻrisida»gi Qonuniga muvofiq huquqlarga, shuningdek quyidagi huquqlarga xam egadir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama toʻgʻrisida shartnoma tuzish haqida ommaviy taklif (ommaviy oferta) berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama materiallarini taqdim etishning oʻlcham va shakllarini mustaqil belgilash»;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan tartibda reklama joylashtirishga rad etilishi ustidan shikoyat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.2. Reklama tarqatuvchining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarida reklamani joylashtirish bilan bogʻliq barcha harakatlarini qatʼiy ravishda Oʻzbekiston Respublikasining «Reklama toʻgʻrisida»gi qonuni va ushbu Tartibga muvofiq amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarida reklama moslamasini faqat Komissiya ruxsatnomasi asosida joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama moslamasining amal qilish muddatini uzaytirish zarur boʻlgan vaziyatlarda kechiktirmagan holda joylashtirish muddati tugashiga 5 kun qolganda uzaytirish boʻyicha ariza taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning reklamani joylashtirish muddatini uzaytirish boʻyicha rad qarori olingan taqdirda 5 kun muddatda reklama vositasini olib tashlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyinchalik reklamani joylashtirishdan voz kechilgan taqdirda ijro organini bu toʻgʻrida xabardor qilish va reklamani joylashtirishning toʻlangan muddati tugagunga qadar reklama vositasini olib tashlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama moslamasi yoki reklama tashqi koʻrinishi yomonlashgan taqdirda, xabar qilingandan soʻng 3 ish kunidan kechiktirmagan holda tiklash ishlarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama vositalaridagi reklama koʻrinishini oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talab qilinganida reklamachi axborotlarining haqqoniyligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama qilinayotgan mahsulot va xizmatlarga tegishli litsenziya (faoliyat majburiy tartibda litsenziyalanishi lozim boʻlsa) va sertifikatni (faoliyat majburiy tartibda sertifikatlanishi lozim boʻlsa) taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Komissiyaning ishchi organi — «Toshtrans Reklama-Servis»ning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11.1. «Toshtrans Reklama-Servis» mazkur Tartibda koʻrsatilgan huquqlar va quyidagi qoʻshimcha huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud organlariga murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan holatlarda reklama tarqatuvchidan tegishli litsenziya va sertifikatlarni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama tarqatuvchilarga belgilangan tartibda «Toshtrans Reklama-Servis»ning Nizomida koʻrsatilgan qoʻshimcha pullik xizmatlar koʻrsatish (montaj yoki demontaj ishlari, fotosuratlar taqdimoti va hokazolar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11.2. «Toshtrans Reklama-Servis»ning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama tarqatuvchilarga hech qanday toʻsiqsiz reklamani joylashtirish tartibi, shuningdek, reklamani joylashtirish bilan bogʻliq va Komissiya faoliyatiga tegishli boʻlgan boshqa masalalar boʻyicha maʼlumotlarni berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haqi toʻlangan reklamani joylashtirish muddatining tugaguniga qadar tomonlarga bogʻliq boʻlmagan holda reklama olib tashlansa, reklama tarqatuvchilarga foydalanilmagan davrdagi pul miqdorini qaytarib berish yoki qayta hisob-kitob qilib, boshqa reklama joylashtirish hisobiga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil ravishda reklama-tijorat faoliyatini yuritmaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Reklama materiallarini saqlash muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12.1. Reklama tarqatuvchilar reklamaga tegishli hujjatlarni muddati yakunlangan oxirgi kundan boshlab kamida 1 yil davomida saqlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Noqonuniy reklamalar bilan ishlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13.1 .Komissiyaning ruxsatnomasisiz har xil turdagi reklama joylashtirilishi noqonuniy reklama hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13.2. Noqonuniy reklama joylashtirgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan «Reklama toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga asosan choralar koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Nizoli holatlarning hal etilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14.1. Reklamani joylashtirish jarayonida yuzaga keladigan nizolar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Reklama joylashtirish tartibini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15.1 «Toshshahartransxizmat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalarga qarashli transport vositalarida reklama vositalarini joylashtirish Tartibini buzgan yuridik va jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar hokimining 2010 yil 31 dekabrdagi 751-sonli qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
«Toshshahartransxizmat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalarga qarashli transport vositalarida va Toshkent metropolitenida reklamani joylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tariflari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
№‎ Reklama moslamasi oʻrnatiladigan joylar ‎ Reklama moslamasining turi ‎ Hajmi (sm) ‎ Ramzi‎ Soni‎ 1 ta reklama moslamasidan 1 oyga reklamani joylashtirish tarifi (AQSh dollarida) ‎

1. Yer transporti vositalarida reklama qurilmalarida reklamani joylashtirish

1.‎ «Mercedes-Benz» avtobus salonidagi oynalar tepasida‎ Reklama lavhasi ‎ 27x47‎ MA-1‎ I dona‎ 2,25‎
2.‎ «Mercedes-Benz» avtobusi bortida‎ Stikerlar‎ Bort maydoniga binoan‎ MA-2‎ 1 avtobus‎ 125,0‎
3.‎ «Mercedes-Benz» avtobusi orqa oynasida (koʻcha tomonga qarab) ‎ Reklama lavhasi (echiladigan)‎ 210x40 ‎ MA-3‎ 1 dona‎ 9,25‎
4.‎ «Mercedes-Benz» avtobusi salonidagi oynalar tepasida ‎ Reklama lavhasi ‎ 70x40‎ MA-4‎ 1 dona‎ 6,25‎
5.‎ «Mercedes-Benz» avtobusi salonida ‎ Monitor‎ xxx‎ MA-5‎ 1 dona‎ 31,0‎
6.‎ «Isuzo» avtobusi salonidagi tepasiga ‎ Reklama lavhasi‎ 40x20‎ IA-1‎ 1 dona‎ 2,0‎
7.‎ «Isuzo» avtobusi salonida ‎ Tutqichlar‎ 64x11,5‎ IA-2‎ 1 tomoni‎ 0,75‎
8.‎ «Isuzo» avtobusi haydovchisining orqasidagi oynada‎ Plakatlar (echiladigan)‎ 38x52‎ IA-3‎ 1 dona ‎ 3,75‎
9.‎ «Isuzo» avtobusi yon tarafidagi borti‎ Stikerlar‎ Bort maydoniga binoan‎ IA-4‎ 1 midibus‎ 90,0‎
10.‎ «Isuzo» avtobusi yon tarafidagi borti‎ Stikerlar‎ Bort maydoniga binoan‎ IA-5‎ 1 midibus‎ 90,0‎
11.‎ «Tatra» tramvayining kirish-chiqish eshiklari tepasida (koʻcha tomonga qarab)‎ Reklama lavhasi ‎ 120x30‎ T-l‎ 1 dona ‎ 4,50‎
12.‎ «KTM» tramvayi salonida ‎ Tutqichlar ‎ 6.5x11.5‎ T-2‎ 1 dona ‎ 0,75‎
13.‎ «Tatra» tramvayining bortlarida‎ Stikerlar‎ Bort maydoniga binoan‎ T-3‎ 1 tramvay‎ 275,0‎
14.‎ Tramvay haydovchisining orqasidagi oynada‎ Plakatlar (echiladigan)‎ 42x58‎ T-4‎ 1 dona ‎ 3,75‎
15.‎ Mikroavtobus bortlarida‎ Stikerlar‎ Bort maydoniga binoan‎ MI-3‎ 1 mikro-avtobus‎ 90,0‎
II.Toshkent metropoliteni stansiyalari va metro vagonlari ichida Reklama qurilmalarida reklamalarni joylashtirish
1.‎ Vestibyulda‎ Moslama‎ 42x61 M-1‎ 1 dona‎ 3,0‎
2.‎ Vestibyulda‎ Moslama‎ 30x42‎ M-2‎ 1 dona‎ 1,50‎
3.‎ Vestibyulda‎ Moslama‎ 300x500‎ M-3‎ 1 dona‎ 185,0‎
4.‎ Oʻtish joyi‎ Moslama‎ 80x60‎ M-4‎ 1 dona‎ 6,0‎
5.‎ Platformada‎ Yoritiladigan moslama‎ 100x400‎ M-5‎ 1 dona‎ 50,0‎
6.‎ Platformada‎ Yoritiladigan moslama‎ 120x50‎ M-6‎ 1 dona‎ 7,50‎
7.‎ Platformada‎ Yoritiladigan moslama‎ 60x100‎ M-7‎ 1 dona‎ 7,50‎
8.‎ Yoʻnalishdagi devorlarda‎ Moslama‎‎ 120x240‎ M-8‎ 1 dona‎ 32,0‎
9.‎ Ekskalatorda‎ Yoritiladigan moslama‎‎ 60x40 M-9‎ 1 dona‎ 3,0‎
10.‎ Oʻtish yoʻlida‎ Koʻrsatgichda‎ 90x150‎ M-10‎ 1 dona‎ 16,50‎
11.‎ Oʻtish yoʻlida‎ Koʻrsatgichda‎ 200x400‎ M-11‎ 1 dona‎ 100,0‎
12.‎ Oʻtish yoʻlida‎ Koʻrsatgichda‎ 160x500‎ M-12‎ 1 dona‎ 100,0‎
13.‎ Oʻtish yoʻlida‎ Koʻrsatgichda‎ 350x65‎ M-13‎ 1 dona‎ 28,0‎
14.‎ Vestibyulda‎ Koʻrsatgichda‎ 60x40‎ M-14‎ 1 dona‎ 3,0‎
15.‎ Vestibyulda‎ Yoritiladigan moslama‎‎ 120x180‎ M-15‎ 1 dona‎ 26,50‎
16.‎ Vestibyulda‎ Yoritiladigan moslama‎‎ 90x120‎ M-16‎ 1 dona‎ 13,50‎
17.‎ Vestibyulda‎ Yoritiladigan moslama‎‎ 150x300‎ M-17‎ 1 dona‎ 55,0‎
18.‎ Vestibyulda‎ Yoritiladigan moslama‎‎ 100x1500‎ M-18‎ 1 dona‎ 18,50‎
19.‎ Vestibyulda‎‎ Yoritiladigan moslama‎‎ 120x170‎ M-19‎ 1 dona‎ 25,0‎
20.‎ Vagonlar ichida‎ Tutqichlar ‎ 64x11,5‎ M-20‎ 1 tomoni‎ 0,75‎
21.‎ Vagonlar ichida‎ Reklama lavhasi‎ 12x48‎ M-21‎ Bir vagonda 1 dona‎ 1,40‎
22.‎ Vagonlar ichida‎ Reklama lavhasi‎ 36x52‎ M-22‎ Bir vagonda 1 dona‎ 1,50‎
23.‎ Vagonlar ichida‎‎ Reklama lavhasi‎ 27x47‎ M-23‎ Bir vagonda 1 dona‎ 1,50‎
24‎. Vagonlar ichida‎‎ Reklama lavhasi‎ 42x61‎ M-24‎ Bir vagonda 1 dona‎‎ 3,0‎
25.‎ Vagonlar ichida‎‎ Reklama lavhasi‎ 51x57‎ M-25‎ Bir vagonda 1 dona‎‎ 3,0‎
26.‎ Vagonlar ichida‎‎ Reklama lavhasi‎ 80x60‎ M-26‎ 1 dona‎‎ 6,0‎
27.‎ Platformada‎ Monitor ‎ xxx‎ M-27‎ 1 dona‎‎ 51,50‎
28.‎ Vagon eshiklarida‎ Stiker ‎ 24x40‎ M-28‎ 1 dona‎‎ 1,25‎
29.‎ Stansiya chiqish-kirish eshiklarida Stiker ‎ 27x47‎ M-29‎ 1 dona‎‎ 4,25‎
30. Kassalarda Moslama‎ Ajratilgan maydonga binoan‎ M-30‎ 1 dona‎‎ 5,75‎
31.‎ Vestibyulda‎‎ Prizmatron ‎ 165x375‎ M-31‎ 1 taraf‎ 15,50‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu roʻyxatda koʻrsatilmagan joylarga berilsa, narxlar Komissiyasining qoʻshimcha qarori bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Reklama moslamasini joylashtirish tarifi boʻyicha toʻlov Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining toʻlov toʻlanadigan kundagi kursi boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yuqori texnologik va dinamik reklama qurilmalari (ekran, tablo, prizmatron, rollerli va boshqa harakatlanuvchan qurilmalar, chiroqli qutilar va hokazolar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Transport vositalarida reklama vositalarini joylashtirish boʻyicha 1 yildan kam boʻlmagan toʻlovni hisob-kitobida 15%li chegirma taqdim etiladi.