Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.07.2018 07.02.2012 yildagi 32-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.07.2018
Hujjat 07.02.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HISOB-KITOB (SMETA) QIYMATI OShIRIB YuBORILGAN OBYEKTLAR BOʻYIChA XULOSALAR TAYYORLASh VA ULARNI VAZIRLAR MAHKAMASIGA KIRITISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyundagi 493-sonli “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berishning zamonaviy va shaffof mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy va fuqaro obyektlarini loyihalash va qurishda tegishli tartib oʻrnatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 27-dekabrdagi PQ–1666-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek loyiha-smeta hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilganda obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash qiymatini aniqlashtirish mexanizmini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hisob-kitob (smeta) qiymati oshirib yuborilgan obyektlar boʻyicha xulosalar tayyorlash va ularni Vazirlar Mahkamasiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zokirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 7-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-fevraldagi 32-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob-kitob (smeta) qiymati oshirib yuborilgan obyektlar boʻyicha xulosalar tayyorlash va ularni Vazirlar Mahkamasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy va fuqaro obyektlarini loyihalash va qurishda tegishli tartib oʻrnatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 27-dekabrdagi PQ-1666-son qarorini bajarish yuzasidan ishlab chiqilgan va qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) qiymati ilgari belgilangan qiymatdan oshadigan ijtimoiy va fuqaro obyektlari boʻyicha xulosalarni tayyorlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomning amal qilishi qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) quyidagilar hisobiga amalga oshiriladigan ijtimoiy va fuqaro obyektlariga tatbiq etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlashtirilgan manbalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat korxonalari mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hamda xalqaro va xorijiy moliya institutlari tomonidan beriladigan xorijiy grantlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy va fuqaro obyektlari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomga muvofiq (loyiha yechimlarini yaxshilash, shuningdek ishlab chiqilgan loyihada ilgari yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida) ijtimoiy va fuqaro obyektlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlariga (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) oʻzgartirishlar kiritish masalalari koʻrib chiqiladi, ushbu oʻzgartirishlar natijasida qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) qiymati quyidagilardan oshadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender savdolari natijalari boʻyicha aniqlangan shartnomaviy qiymat (ishlarning fizik hajmlarini, boshqa ishlab chiqarish xarajatlarini aniqlashtirishda hamda tuzatishlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi ekspertiza organlarining tegishli xulosasidan keyin foydalaniladigan resurslarni oʻzgartirishda, oʻtuvchi obyektlarning qoldiq qiymatini belgilangan tartibda qayta hisoblab chiqish holatlaridan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular boʻyicha bosh pudratchi tashkilot Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qaroriga koʻra belgilangan yoki ishlar xoʻjalik usulida bajariladigan obyektlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi ekspertiza organlarining xulosasiga muvofiq smeta qiymati, shuningdek belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgandan keyin loyihalashtirish bilan parallel ravishda quriladigan obyektlar qiymati (ishlarning fizik hajmlarini, boshqa ishlab chiqarish xarajatlarini aniqlashtirishda hamda tuzatishlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi ekspertiza organlarining tegishli xulosasidan keyin foydalaniladigan resurslarni va ularning narxlarini oʻzgartirishda, shuningdek oʻtuvchi obyektning qoldiq qiymatini belgilangan tartibda qayta hisoblab chiqishda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Loyihaga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha materiallarni taqdim etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Loyihaga obyekt qiymatining koʻpayishiga olib keladigan oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflarning asoslanganligini koʻrib chiqish uchun vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat korxonalari (keyingi oʻrinlarda tashabbuskorlar deb ataladi) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga murojaat taqdim etiladi, unga quyidagi materiallar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ilgari tasdiqlangan loyihaga oʻzgartirishlar kiritish sabablari bayon qilingan holdagi tushuntirish xati, shuningdek tasdiqlangan loyiha yechimlarini yaxshilash uchun zarur boʻlgan chora-tadbirlar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ilgari tasdiqlangan loyihada nazarda tutilgan va qayta koʻrib chiqishga tavsiya qilinayotgan asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar (loyiha-smeta koʻrsatkichlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ilgari tasdiqlangan loyiha boʻyicha axborot: loyihalashga topshiriq, umumiy tushuntirish xati, texnik-iqtisodiy asoslashlar, obyektning bosh plani, planlari, kesmalari, muhim texnik yechimlarni tavsiflovchi prinsipial sxemalar, yigʻma resurs smetasi, ekspert xulosalarining nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oʻzgartirilgan loyihaning texnik-iqtisodiy qismi, unda ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq tuzilgan parametrlar koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) smeta qiymatini oʻzgartirishlar kiritiladigan moddalar boʻyicha obyektni qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) loyihasining boʻlimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) aniqlashtirilgan yigʻma resurs smetasi va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan xarajatlar maʼlumoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) xarajatlar turlari boʻyicha taqsimlangan yigʻma resurs smetasining boblar, obyektlar va moddalar boʻyicha ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq tuzilgan obyektni qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) qiymatining qiyosiy vedomosti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) qiymati tuzilgan kontraktga nisbatan oshib ketgan taqdirda, import kontrakti yuzasidan belgilangan tartibda berilgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) smeta qiymatining koʻpayishi, shu jumladan quyidagilar sababli zarur boʻladigan chizmalar va hisob-kitoblar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachilarning, loyihalash, qidiruv, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, davlat va tarmoq ekspertiza organlari va boshqa tashkilotlarning xato va kamchiliklari (ishlab chiqarish texnologiyasi va uskunalar turini tanlash boʻyicha asoslanmagan yechim, qurilishning geologik, gidrogeologik va boshqa shart-sharoitlarini notoʻgʻri belgilash, ishlarning hajmlarini, qurilish materiallari, buyumlar, uskunalar va boshqalarning narxlarini pasaytirib/oshirib yuborish, qurilish materiallari, konstruksiyalar va buyumlarni tashishning samarasiz transport sxemalarini qoʻllanish, fors-major holatlaridan tashqari). Shu bilan birga, tushuntirish xatiga yoʻl qoʻyilgan xatolar sababli (mavjud boʻlsa) ishlarni bajaruvchilarga nisbatan belgilangan tartibda qoʻllanilgan choralar va jarima sanksiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham ilova qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor konyunkturasining oʻzgarishi, yangi texnologik yechimlarni qoʻllanish, uskunalarga qoʻshimcha ehtiyoj (agar bu ilgari tasdiqlangan loyihani ishlab chiqishda loyihalash tashkiloti tomonidan hisobga olinmagan boʻlsa) bilan bogʻliq holda uskunalar qiymatining koʻpayishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektning iqtisodiy, ekologik yoki ijtimoiy samaradorligini oshirish maqsadida vazirliklar, idoralar va loyihalash tashkilotlari taklifi boʻyicha loyiha yechimlarini qayta koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) zarurligi loyihani qayta koʻrib chiqish natijasida paydo boʻlgan, loyihani yoki uning alohida qismlarini qoʻshimcha kelishish toʻgʻrisidagi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash)ning holati, hujjatlarni taqdim etish sanasidan oldingi yil choragi yakuni yuzasidan tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga oʻzlashtirilgan va moliyalashtirilgan mablagʻlar summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) tender komissiyasining protokollari yoki qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash)ning ilgari tasdiqlangan qiymati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli qarorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) ular boʻyicha bosh pudratchi tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga muvofiq belgilangan va/yoki ishlar xoʻjalik usulida bajariladigan oʻtuvchi obyektlarning qoldiq qiymatini belgilangan tartibda qayta hisoblab chiqish materiallari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash)ning qiymatini oʻzgartirishlarni tahlil qilish natijalari ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha, obyektning smeta qiymati koʻpayishi sabablari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma tarzida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Takliflarni koʻrib chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Nizomning 4-bandiga muvofiq taqdim etilgan materiallar Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan ular tushgan kundan boshlab 10 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Loyihaga oʻzgartirishlar kiritish asossiz boʻlgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan tashabbuskorga rad etishning sabablari mufassal yozilgan rad etish toʻgʻrisidagi yozma bildirishnoma yuboriladi. Bir vaqtning oʻzida xatning nusxalari Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga va Moliya vazirligiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Loyihaga oʻzgartirishlar kiritish masalasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining xulosasi ijobiy boʻlgan taqdirda tashabbuskor tomonidan ushbu xulosa Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligiga kelgusida koʻrib chiqish va kelishish uchun taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining ijobiy xulosasi tushgan kundan boshlab bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga tegishli xulosalarni taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Hukumat komissiyasiga obyektni qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) yuzasidan ilgari tasdiqlangan loyiha qiymatining qimmatlashishiga olib kelgan oʻzgartirishlarni kiritish boʻyicha yigʻma asoslangan taklifni Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligi xulosalari tushgan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosalarda kelishmovchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan qoʻshma majlis oʻtkaziladi va kelishilgan yagona qaror qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Obyektni qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) yuzasidan ilgari tasdiqlangan loyihaga obyekt qiymatining qimmatlashishiga olib kelgan oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi qaror qurilishi va rekonstruksiya qilinishi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati darajasida tasdiqlanadigan obyektlarning manzilli roʻyxatlarini tasdiqlash boʻyicha Hukumat komissiyasi protokoli bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihaga obyektlarni qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) qiymatining koʻpayishiga olib keladigan oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflarning asoslanganligi yuzasidan xulosalarni taqdim etish, koʻrib chiqish va yuborish sxemasi ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qurilishi va rekonstruksiya qilinishi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati darajasida tasdiqlanadigan obyektlarning manzilli roʻyxatlarini tasdiqlash boʻyicha Hukumat komissiyasining majlis qarori tashabbuskorlarning qurilishlar (mukammal taʼmirlash)ning manzilli roʻyxatlarini koʻrib chiqishda ular boʻyicha ushbu Nizomning shartlariga muvofiq qiymati oshirilgan obyektlarni qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) qiymatini (uni keyinchalik belgilangan tartibda moliyalashtirish uchun) koʻpaytirishga asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob-kitob (smeta) qiymati oshirib yuborilgan obyektlar boʻyicha xulosalar tayyorlash va ularni Vazirlar Mahkamasiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

___________________________________‎‎_______________________

‎‎(loyihaning nomi)

Ishlab chiqarish yoʻnalishida boʻlmagan obyektning asosiy
‎texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari

JADVALI

T/r‎‏

Parametrlar nomi

Obyektning koʻrsatkichlari

Tasdiqlangan loyiha boʻyicha

Qayta tasdiqlashga taqdim etilgan loyiha boʻyicha

Qayta tasdiqlash uchun tavsiya qilingan

oʻlchov birligi

quvvati

1.‎
2.‎
3.‎
4.‎
5.‎

‎Loyihalash tashkiloti rahbari

‎_________________

(imzo, muhr)

Buyurtmachi

_________________‎

(imzo, muhr)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob-kitob (smeta) qiymati oshirib yuborilgan obyektlar boʻyicha xulosalar tayyorlash va ularni Vazirlar Mahkamasiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

____________________________________________________________

(loyihaning nomi)

‎Qurilish obyekti narxini oʻzgartirishning

QIYOSIY JADVALI

T/r

Obyektlarning qismlari, yigʻma hisob-kitob boblari, ishlar va xarajatlar nomi

Obyektning ilgari tasdiqlangan narxi joriy narxlarda (tender obyektlari boʻyicha — ofertalar),
‎ ___________ dagi holatiga koʻra

‎Qayta tasdiqlash vaqtida oʻzlashtirilgan kapital qoʻyilmalar ___________dagi holatiga koʻra‎

‎‎‎Qayta tasdiqlash vaqtida moliyalashtirilgan ___________ dagi holatiga koʻra

jami‎‏

shu jumladan

jami

shu jumladan

jami‎‏

shu jumladan

qurilish-montaj ishlari

asbob-uskunalar‎ ‎

boshqa xarajatlar‎ ‎

qurilish-montaj ishlari

asbob-uskunalar

boshqa xarajatlar‎ ‎

qurilish-montaj ishlari‎

asbob-uskunalar‎

boshqa xarajatlar‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

13‎

14‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qayta tasdiqlash vaqtida qiymat qoldigʻi _________ dagi holatiga koʻra‎‎

‎Qayta tasdiqlash vaqtida kiritilgan oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda maʼlum qilingan qiymat qoldigʻi, ___________ dagi holatiga koʻra

‎Kiritilgan oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda obyektning aniqlangan smeta qiymati

‎Obyekt qiymatining oʻzgarishi (+;–)

jami‎‏

‎‎shu jumladan

jami

shu jumladan‎

jami

‎shu jumladan

jami‎‏

shu jumladan‎ ‎

qurilish-montaj ishlari‎

asbob-uskunalar‎

‎boshqa xarajatlar‎ ‎‎

qurilish-montaj ishlari ‎

asbob-uskunalar‎ ‎‎

‎boshqa xarajatlar‎ ‎‎

qurilish-montaj ishlari ‎

asbob-uskunalar‎ ‎‎

‎boshqa xarajatlar‎ ‎‎‎

qurilish-montaj ishlari ‎‎

asbob-uskunalar‎‎

‎boshqa xarajatlar‎ ‎‎‎

15‎

16‎

17‎

18‎

19‎

20‎

21‎

22‎

23‎

24‎

25‎

26‎

27‎

28‎

29‎

30‎

Loyihalash tashkiloti rahbari

‎‎_______________

(imzo, muhr)

Buyurtmachi

‎‎_______________

(imzo, muhr) ‎‎

‎‎Kelishilgan (bosh pudratchi)

_______________

(imzo, muhr) ‎‎ ‎‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob-kitob (smeta) qiymati oshirib yuborilgan obyektlar boʻyicha xulosalar tayyorlash va ularni Vazirlar Mahkamasiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎_________________________________________________________________

‎‎(loyihaning nomi)

Qurilishning smeta qiymatini oshirish sabablari toʻgʻrisida ‎‎

MAʼLUMOTLAR‎

‎T/r‎
‎‏

Loyihani qayta tasdiqlashni kelishish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritgan vazirlik (idora), bosh loyihachi, loyiha nomi‎

Loyihani tasdiqlagan instansiya, tasdiqlaganligi toʻgʻrisidagi hujjatning sanasi va tartib raqami

‎‎Xarajatlar maʼlumoti boʻyicha qurilish obyektining qiymati, mln soʻm.

Qurilish obyektlarining qiymatini koʻpaytirish, mln soʻm.

ilgari tasdiqlangani‎

maʼlum qilingani‎‏

kelishilgani‎‏

jami (shu jumladan qurilish-montaj ishlari)‎

shu jumladan

loyihalash institutlari, qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari xatolari‎

yetkazib beruvchilar tomonidan asbob-uskunalar qiymatini koʻpaytirish‎

vazirliklar, idoralar va loyiha tashkilotlari takliflari boʻyicha loyiha qarorlarini qayta koʻrib chiqish‎‎

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari boʻyicha tadbirlar‎

ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida, shuningdek yangi texnik shartlar, normalar va qoidalar boʻyicha ‎

qurilish shartlarining oʻzgarishi munosabati bilan hamda 10-ustunda hisobga olinmagan boshqa sabablarga koʻra‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

‎‎Loyihalash tashkiloti rahbari

‎‎_________________

‎‎(imzo, muhr)

Buyurtmachi ‎

‎‎_________________

‎‎(imzo, muhr)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob-kitob (smeta) qiymati oshirib yuborilgan obyektlar boʻyicha xulosalar tayyorlash va ularni Vazirlar Mahkamasiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlarni qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) qiymatini oshirishga olib keladigan loyiha- smeta hujjatlari (LSH)ga oʻzgartirishlar kiritish takliflarining asoslanganligi boʻyicha xulosalarni taqdim etish, koʻrib chiqish va yuborish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Izohlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tashabbuskorlar murojaatlarini koʻrib chiqishning umumiy muddati, Hukumat komissiyasiga hujjatlarni kiritishni hisobga olgan holda, 20 ish kunidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xulosalarda Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining kelishmovchiliklari mavjud boʻlganda qoʻshma majlis oʻtkaziladi va kelishilgan yagona qaror qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 6-son, 62-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda)