25.11.2011 yildagi 8-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi PLENUMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SUDLAR TOMONIDAN OTALIKNI BELGILASHGA OID ISHLARNI KOʻRISHDA QONUNCHILIKNING QOʻLLANILISHI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar tomonidan otalikni belgilashga oid ishlarni koʻrishda qonunchilikni qoʻllash amaliyoti sudlar oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni asosan toʻgʻri hal etishayotganliklarini koʻrsatadi. Shu bilan birga, sudlar faoliyatida mazkur qonunchilikni qoʻllashda xatoliklar ham mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Otalikni belgilashga oid ishlarni koʻrishda qonunchilikning sudlar tomonidan toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tushuntirilsinki, davlat tomonidan onalik va bolalikning muhofaza qilinishi, bolalar huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarining, ota-onaning kelib chiqishi va fuqarolik holatidan qatʼi nazar, himoyalanishi kabi konstitutsiyaviy prinsipni taʼminlash sudlarning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan, sudlar otalikni belgilash toʻgʻrisidagi ishlarni toʻgʻri, oʻz vaqtida koʻrib chiqish va hal etishga nisbatan eʼtiborni oshirishlari, mazkur toifadagi ishlarni sudda koʻrishga puxta tayyorlashlari, ishning haqiqiy holatlari va taraflarning oʻzaro munosabatlarini toʻla aniqlash yuzasidan choralar koʻrishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oila kodeksining 61-moddasiga koʻra, oʻzaro nikohda boʻlmagan ota-onadan bola tugʻilganda, otalik onaning va oʻzini bolaning otasi deb tan olgan shaxsning birgalikdagi arizasiga muvofiq (bolaning onasi vafot etgan, u sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan, uning yashash joyini aniqlash imkoni boʻlmagan yoki u onalik huquqidan mahrum etilgan hollarda — oʻzini bolaning otasi deb tan olgan shaxsning arizasiga muvofiq) fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan otalikni belgilash rad etilganda, oʻz otaligini tan olgan shaxs tomonidan maʼmuriy sudga shikoyat berilishi mumkin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzaro nikohda boʻlmagan ota-onadan bola tugʻilgan taqdirda, ota-onaning birgalikdagi arizasi yoki bola otasining arizasi boʻlmasa, Oila kodeksining 61-moddasida koʻrsatilgan hollarda otalik sud tartibida belgilanadi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Otalikni belgilash toʻgʻrisidagi masala sud tomonidan bolaning ota-onasidan birining, vasiy (homiy)si yoki bola qaramogʻida boʻlgan shaxsning yoxud voyaga yetganidan soʻng bolaning oʻzi bergan arizaga muvofiq daʼvo ishini yuritish tartibida hal etiladi (OK 62-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolaning onasi vafot etgan, muomalaga layoqatsiz deb topilgan, ona qayerdaligini aniqlashning imkoni boʻlmagan yoki u onalik huquqidan mahrum etilgan hollarda ham, agar vasiylik va homiylik organi bolaning onasi bilan nikohda boʻlmagan shaxsning arizasiga binoan otalikni belgilashga rozilik bermagan boʻlsa, sud oʻsha shaxsning arizasiga muvofiq otalikni daʼvo ishini yuritish tartibida belgilashi mumkin (OK 61-moddasi ikkinchi qismi).
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oila kodeksining 72-moddasiga koʻra, nikohda boʻlmagan voyaga yetmagan ota-onadan bola tugʻilgan holda ular oʻn olti yoshga toʻlganlaridan soʻng otalikni belgilash toʻgʻrisida mustaqil ravishda talab qoʻyishga haqlidirlar. Shu munosabat bilan sud koʻrsatilgan shaxslarning otalikni belgilash toʻgʻrisidagi arizasini Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 195-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan qaytarishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Otalikni belgilash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha taraf voyaga yetmagan shaxs boʻlsa, sud uning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari himoyasini taʼminlash maqsadida uning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiysini qonuniy vakil sifatida ishda ishtirok etishga jalb etishi shart (FPK 42-moddasining ikkinchi qismi).
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Otalikni belgilash haqidagi ariza sudning ish yurituviga faqat bola tugʻilganligi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd etilganidan soʻng va otasi haqidagi yozuv OK 207-moddasining uchinchi qismiga muvofiq amalga oshirilgan tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma taqdim etilganda qabul qilinishi mumkin. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida bolaning tugʻilganligi qayd etilmagan boʻlsa, sud arizani qabul qilishni rad etadi. Bunday holda sud manfaatdor shaxsga tugʻilishni qayd etish uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga murojaat qilish huquqini tushuntirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolaning otasi toʻgʻrisida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan amalga oshirilgan yozuv bola unda koʻrsatilgan shaxsdan kelib chiqqanligini tasdiqlovchi dalil hisoblanishi tufayli, tugʻilish toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvida OK 207-moddasining birinchi va ikkinchi qismiga muvofiq bolaning otasi sifatida boshqa aniq shaxs koʻrsatilgan holda ham sud arizani qabul qilishni rad etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, qonunda mazkur toifa ishlar boʻyicha daʼvo muddati nazarda tutilmagan boʻlib, otalik bola tugʻilganidan soʻng istalgan vaqtda belgilanishi mumkin. Bunda shuni eʼtiborga olish kerakki, Oila kodeksi 62-moddasining ikkinchi qismi mazmuniga koʻra, oʻn sakkiz yoshga toʻlgan bolaga nisbatan otalik faqat uning arizasiga muvofiq amalga oshiriladi, agar u muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa, uning vasiysi yoki vasiylik va homiylik organining arizasiga asosan belgilanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻn olti yoshga toʻlgan voyaga yetmagan toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilinganda (emansipatsiya), bunday voyaga yetmaganga nisbatan ham faqat uning roziligi bilan otalik belgilanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni nazarda tutish lozimki, qonunda (OK 62-moddasi uchinchi qismi) otalikni belgilash toʻgʻrisidagi nizolarni hal etish chogʻida sud eʼtiborga olishi zarur boʻlgan muayyan shartlar belgilangan. Bu shartlar quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolaning onasi va javobgarning bola tugʻilishiga qadar birgalikda yashaganliklari va umumiy roʻzgʻor yuritganliklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolaning onasi va javobgar bolani birgalikda tarbiya qilganliklari yoki taʼminlab turganliklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
javobgar otalikni tan olganligini ishonchli tasdiqlovchi boshqa dalillar mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, otalikni belgilash toʻgʻrisidagi talablarni qanoatlantirish uchun koʻrsatib oʻtilgan shartlardan bittasi ish boʻyicha aniqlanishi yetarli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Javobgarning bolaning onasi bilan birgalikda yashaganliklari va umumiy roʻzgʻor yuritganliklari oilaviy munosabatlarga xos boʻlgan holatlar (homila paydo boʻlgan vaqtda va bola tugʻilgunga qadar bitta turar joyda yashash, umumiy budjet yuritish, birgalikda ovqatlanish, oʻzaro gʻamxoʻrlik, umumiy foydalanish uchun mol-mulk sotib olish va h.k.lar) mavjudligi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar birgalikda yashashganmi va umumiy roʻzgʻor yuritishganmi, degan masalani hal etishda sud alohida olingan har bir holda ishning muayyan holatlaridan va taraflar hayotining obyektiv shart-sharoitlaridan kelib chiqishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bola tugʻilgunga qadar taraflar oʻrtasida bunday munosabatlarning tugatilishi, oʻz-oʻzidan, otalikni belgilash toʻgʻrisidagi daʼvoni rad etish uchun asos boʻlib xizmat qilmaydi, ular homiladorlik boshlangunga qadar tugatilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bolani birgalikda tarbiya qilish bolaning onasi va javobgar bilan birga yashaganligida yoki javobgarning bola bilan munosabatga kirishib, unga nisbatan otalarcha gʻamxoʻrlik va eʼtibor koʻrsatganligida namoyon boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolaning birgalikda taʼminlab turilishi deganda, bola onasi va javobgarning qaramogʻida boʻlganligi yoki javobgar tomonidan bola taʼminoti uchun muttasil yordam koʻrsatilib kelinganligi, bunday yordam miqdoridan qatʼi nazar, tushunilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Javobgar tomonidan otalik tan olinganligini tasdiqlovchi boshqa dalillar sifatida sud ishonchli deb topgan har qanday faktik maʼlumotlar (xatlar, telegrammalar, fotosuratlar, anketalar, turli instansiyalarga yozilgan arizalar, raqamli dalillar, ekspertlar xulosasi), u bolaning otasi ekanligini tan olganligini tasdiqlovchi boshqa harakatlar, shuningdek guvohlarning koʻrsatuvlari boʻlishi mumkin. Bunday iqrorlik onaning homiladorligi davrida ham (masalan, bolalik boʻlishni xohlash, boʻlajak bolaning onasi haqida gʻamxoʻrlik), bola tugʻilganidan soʻng ham ifoda etilishi mumkin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sud FPK 15-moddasi talablariga muvofiq ishning haqiqiy holatlarini, taraflarning huquq va majburiyatlarini har taraflama, toʻliq va xolisona aniqlash uchun daʼvogar tomonidan keltirilgan Oila kodeksining 62-moddasida nazarda tutilgan u yoki bu holatlardan qatʼi nazar, ushbu qonun normasida nazarda tutilgan eʼtiborga molik boshqa holatlar mavjud boʻlgan-boʻlmaganligini aniqlashi shart.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash jarayonida sudya nizoni taraflarning oʻzaro roziligi boʻyicha hal etish imkoniyatini aniqlashi, zarur hollarda, Oila kodeksining 62-moddasida nazarda tutilgan holatlarni tasdiqlovchi dalillarni talab qilib olishi lozim.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar suhbat davomida javobgar bolaning otasi ekanligini tan olsa, sud taraflarga otalikni OK 61-moddasining birinchi qismiga muvofiq fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga birgalikda ariza berish orqali ixtiyoriy rasmiylashtirish imkoniyatini tushuntirishi va shu maqsadlarda taraflarga muayyan muddat berishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Otalik taraflarning birgalikdagi arizasiga asosan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan belgilangan va bolaning tugʻilganligi haqida guvohnoma taqdim etilganda, sud FPK 124-moddasining birinchi qismiga muvofiq ish boʻyicha ish yuritishni tugatadi. Agar otalikni belgilash haqidagi daʼvo bilan bir paytda aliment undirish toʻgʻrisida talab qoʻyilgan boʻlsa, ishning shu qismi sud tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqilishi lozim.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Javobgar tomonidan otalik sud majlisida tan olinganda, sud FPK 44, 226-moddalariga muvofiq daʼvo tan olinganligini qabul qilish masalasini muhokama qilishi va u qabul qilinganda, ish holatlarini mazmunan tekshirmasdan, otalikni belgilash toʻgʻrisida hal qiluv qarori chiqarishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning eʼtibori javobgarning daʼvoni tan olganligi, ishga qoʻshib qoʻyiladigan, sudning nomiga yoʻllangan yozma arizada ifodalangan boʻlishi va sud majlisi bayonnomasida koʻrsatilishi shart ekanligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Otalikni belgilash shartlari, tartibi va huquqiy oqibatlari qonun bilan belgilanganligi sababli, sud bunday ish boʻyicha kelishuv bitimini tasdiqlashga haqli emas.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Zarur hollarda bolaning kelib chiqishini (masalan, homila paydo boʻlish vaqtini, urugʻlantirish qobiliyati bor-yoʻqligini va h.k.) aniqlash maqsadida sud, OK 62-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan shartlar mavjud boʻlganda, oʻz tashabbusi yoki taraflarning iltimosnomasi boʻyicha ish yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi, odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi tayinlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday ekspertizalar tayinlashda sudlar Oliy sud Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi “Fuqarolik ishlari boʻyicha ekspertiza tayinlash, oʻtkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida”gi 24-sonli qarorida berilgan tushuntirishlarga asoslanishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, FPK 80-moddasiga muvofiq sud-tibbiy ekspertizasi, odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi xulosalari isbotlash vositalaridan biri hisoblanadi va shu sababli ular ish boʻyicha toʻplangan boshqa dalillar majmui boʻyicha baholanishi lozim.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sudlar otalikni belgilash toʻgʻrisidagi talabni otalikni tan olish faktini belgilash va otalik faktini belgilash toʻgʻrisidagi alohida ish yuritish tartibida koʻriladigan talablardan farqlashlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar otalikni tan olish faktini, otalik faktini belgilash toʻgʻrisidagi arizani berish yoki koʻrish vaqtida sudga taalluqli boʻlgan huquq toʻgʻrisida nizo kelib chiqsa, ariza koʻrmasdan qoldiriladi, arizachi va boshqa manfaatdor shaxslarga nizoni daʼvo ishlarini yuritish tartibida hal qilish huquqi tushuntiriladi (FPK 122-moddasining 7-bandi).
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzini bolaning otasi deb tan olgan, biroq bolaning onasi bilan nikohda boʻlmagan shaxs vafot etgan taqdirda, sud uning otalikni tan olganligi faktini belgilashga haqli (1968-yil 1-oktabrga qadar tugʻilgan bolalarga nisbatan bunday fakt faqat bola marhum vafot etgan paytda yoki oldinroq uning qaramogʻida boʻlgan holdagina yoʻl qoʻyiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Otalikni tan olish fakti sud tomonidan vafot etgan shaxs bolaga nisbatan oʻzining otaligini tan olganligini ishonchli tasdiqlovchi har tomonlama tekshirilgan maʼlumotlarga asosan belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday fakt ishning muayyan holatlarini inobatga olgan holda, shuningdek, oʻzini boʻlajak bolaning otasi deb onaning homiladorligi davrida tan olgan shaxs vafotidan keyin tugʻilgan bolaga nisbatan ham belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Bolaning onasi bilan nikohda boʻlmagan shaxs vafot etgan holda, sud otalik faktini, yaʼni bolaning oʻsha shaxsdan kelib chiqqanligi faktini belgilashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1968-yil 1-oktabrdan keyin tugʻilgan bolalarga nisbatan otalik fakti OK 62-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan shartlardan hech boʻlmaganda bittasini ishonchli tasdiqlovchi dalillar mavjud boʻlgandagina belgilanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning shaxsiy hayotiga taalluqli maʼlumotlar oshkor boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida taraflarning iltimosnomasiga koʻra otalikni belgilash haqidagi ish yopiq sud majlisida koʻrilishi mumkin (FPK 12-moddasining uchinchi qismi).
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Otalikni, otalikni tan olish faktini, otalik faktini belgilashga oid hal qiluv qarorlari sud tomonidan har tomonlama tekshirilgan va arz qilingan talablarni tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi maʼlumotlarga asoslangan boʻlishi lozim. Hal qiluv qarorining xulosa qismida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida otalikni belgilashni qayd qilish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar (otaning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning tugʻilgan kuni, oyi, yili va tugʻilgan joyi, millati, doimiy yashash va ish joyi) koʻrsatilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari qonun buzilishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrgan holda otalikni belgilash haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyotini vaqti-vaqti bilan umumlashtirsin.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 1-iyundagi “Otalikni belgilash haqidagi ishlarni koʻrishda sudlar tomondan qonunlarning tatbiq etilishi toʻgʻrisida”gi 6-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud raisi B. MUSTAFAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi V. NAZAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 25-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-son