Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Boshligʻining
BUYRUGʻI
SUYuQ GAZLARNI BOSIM OSTIDA SAQLANADIGAN ShARSIMON SIGʻIMLAR VA GAZGOLDERLARNI TEXNIK KOʻRIKDAN OʻTKAZISh BOʻYIChA YURIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan. 2007-yil 6-dekabr, 20-15-331/11-sonli xat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E. Shoismatov tomonidan 2007-yil 21-mayda tasdiqlangan Sanoat xavfsizligi sohasidagi meʼyoriy-huquqiy va meʼyoriy texnik hujjatlarni tayyorlash jadvaliga asosan buyuraman:
1. Suyuq gazlarni bosim ostida saqlanadigan sharsimon sigʻimlar va gazgolderlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnomasi* tasdiqlansin.
* Yoʻriqnoma rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilib, normativ-texnik hujjatlar jumlasiga kiritilgach, kuchga kiritilsin va koʻpaytirilsin.
“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi I. XOLMATOV
Toshkent sh.,
2007-yil 20-noyabr,
209-son