19.01.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2316
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.01.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

KREDIT BYUROLARIDA ICHKI AUDIT OʻTKAZISHGA VA KREDIT BYUROLARINING YILLIK HISOBOTLARIGA NISBATAN QOʻYILADIGAN TALABLAR TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 19-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2316]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 412-modda) qonunlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kredit byurolarida ichki audit oʻtkazishga va kredit byurolarining yillik hisobotlariga nisbatan qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 10-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37/9-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 10-dekabrdagi 37/9-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit byurolarida ichki audit oʻtkazishga va kredit byurolarining yillik hisobotlariga nisbatan qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) va “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 412-modda) qonunlariga muvofiq, kredit byurolarida ichki audit oʻtkazishga va ularning yillik hisobotlariga nisbatan qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda kuyidagi atamalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki audit — kredit byurosi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, taʼsis hujjatlariga va ichki hujjatlarga, shuningdek xoʻjalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va taomillariga rioya qilinishini tekshirish va monitoring olib borish yoʻli bilan uning ishini nazorat qilish va baholash, maʼlumotlarning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettirilishining toʻliqliligi va ishonchliligini taʼminlash boʻyicha kredit byurosi tarkibiy boʻlinmasining faoliyati;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki audit xizmati — kredit byurosining yuqori boshqaruv organi (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb yuritiladi) qarori bilan tashkil etiladigan kredit byurosining ichki auditni amalga oshiradigan tarkibiy boʻlinmasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ichki audit xizmati oʻz faoliyatini mazkur Nizom va boshqa qonun hujjatlari asosida olib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir kredit byurosi ichki audit xizmatini tuzishi, vakolatli organ tasdiqlaydigan “Ichki audit xizmati toʻgʻrisida”gi nizomni va ichki audit xizmati xodimlari mansab yoʻriqnomalarini ishlab chiqishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ichki audit xizmati mustaqildir va u bevosita vakolatli organga boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ichki auditni oʻtkazishga nisbatan qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ichki audit faqat ichki audit xizmati xodimlari tomonidan har chorakda oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ichki audit bosh auditor tomonidan ishlab chiqilgan va vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan Ichki audit rejasiga muvofiq oʻtkaziladi. Ichki audit rejasi tegishli yilning 1-yanvariga qadar tasdiqlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ichki audit xizmati qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy hisobotning ishonchliligi va toʻgʻriligini, shuningdek kredit axborotini saqlash usullarini va zarurat tugʻilganda ularning mavjudligini tekshirishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ichki audit xizmati xodimlari ichki auditni oʻtkazish jarayonida quyidagilarga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit byurosining rahbari va xodimlaridan kredit byurosi faoliyatiga bogʻliq boʻlgan barcha zarur hujjatlarni yoki audit predmeti hisoblangan hujjatlarni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki audit jarayonida yuzaga kelgan savollar boʻyicha kredit byurosining rahbari va xodimlaridan ogʻzaki yoki yozma tushuntirishlar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda tegishli hujjatlarning aslini yoki ulardan nusxalar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit byurosi binosining barcha xonalariga erkin kirib-chiqish, barcha sanalarga tegishli hujjatlardan, arxiv va elektron baza maʼlumotlaridan erkin foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki audit oʻtkazilgandan soʻng audit jarayonida aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ichki audit xizmati xodimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki audit natijalarini buzib koʻrsatmaslikka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq tijorat, bank siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlarni tashkil etuvchi har qanday maʼlumotlarni oshkor etmaslikka;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit byurosining boshqa boʻlimlaridan olingan tegishli hujjatlarning butunligini taʼminlashga va qaytarishga masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Auditorlik hisoboti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ichki audit yakunlanganidan soʻng auditorlik hisoboti tayyorlanadi va vakolatli organga koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Auditorlik hisobotida ichki audit natijasida aniqlangan muammo va kamchiliklar bilan bir qatorda ularni bartaraf etish boʻyicha aniq tavsiyalar berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tavsiyalarda aniqlangan muammolarning qisqacha izohi, ularni bartaraf qilishga doir talab etiladigan chora-tadbirlar va ularni bajarish muddatlari aks ettirilishi lozim. Bunda, bosh auditor chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Auditorlik hisobotiga uni toʻliq tasdiqlovchi ish hujjatlari toʻplami ilova qilinadi. Ish hujjatlari ichki audit xizmati xodimlari tomonidan tayyorlanadi va bosh auditor tomonidan tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kredit byurosi har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan holda auditorlik hisobotining nusxasini taqdim etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Kredit byurosining yillik hisoboti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kredit byurosining yillik hisobotlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya balansini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kredit byurosining oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi yillik hisoboti hisobot yilidan keyingi yilning 1-mayidan kechiktirmasdan ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kredit byurosining yillik hisoboti ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingandan soʻng uch kun ichida ushbu nashr nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 3-4-son, 32-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)