19.01.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2316
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

KREDIT BYUROLARIDA ICHKI AUDIT O‘TKAZISHGA VA KREDIT BYUROLARINING YILLIK HISOBOTLARIGA NISBATAN QO‘YILADIGAN TALABLAR TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 19-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2316]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 40-son, 412-modda) qonunlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kredit byurolarida ichki audit o‘tkazishga va kredit byurolarining yillik hisobotlariga nisbatan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 10-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37/9-son

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 10-dekabrdagi 37/9-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit byurolarida ichki audit o‘tkazishga va kredit byurolarining yillik hisobotlariga nisbatan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) va “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 40-son, 412-modda) qonunlariga muvofiq, kredit byurolarida ichki audit o‘tkazishga va ularning yillik hisobotlariga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda kuyidagi atamalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki audit — kredit byurosi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga, ta’sis hujjatlariga va ichki hujjatlarga, shuningdek xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va taomillariga rioya qilinishini tekshirish va monitoring olib borish yo‘li bilan uning ishini nazorat qilish va baholash, ma’lumotlarning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettirilishining to‘liqliligi va ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha kredit byurosi tarkibiy bo‘linmasining faoliyati;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki audit xizmati — kredit byurosining yuqori boshqaruv organi (keyingi o‘rinlarda vakolatli organ deb yuritiladi) qarori bilan tashkil etiladigan kredit byurosining ichki auditni amalga oshiradigan tarkibiy bo‘linmasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ichki audit xizmati o‘z faoliyatini mazkur Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari asosida olib boradi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir kredit byurosi ichki audit xizmatini tuzishi, vakolatli organ tasdiqlaydigan “Ichki audit xizmati to‘g‘risida”gi nizomni va ichki audit xizmati xodimlari mansab yo‘riqnomalarini ishlab chiqishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ichki audit xizmati mustaqildir va u bevosita vakolatli organga bo‘ysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ichki auditni o‘tkazishga nisbatan qo‘yiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ichki audit faqat ichki audit xizmati xodimlari tomonidan har chorakda o‘tkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ichki audit bosh auditor tomonidan ishlab chiqilgan va vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan Ichki audit rejasiga muvofiq o‘tkaziladi. Ichki audit rejasi tegishli yilning 1-yanvariga qadar tasdiqlanishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ichki audit xizmati qonunchilik hujjatlariga muvofiq moliyaviy hisobotning ishonchliligi va to‘g‘riligini, shuningdek kredit axborotini saqlash usullarini va zarurat tug‘ilganda ularning mavjudligini tekshirishi lozim.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ichki audit xizmati xodimlari ichki auditni o‘tkazish jarayonida quyidagilarga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit byurosining rahbari va xodimlaridan kredit byurosi faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan barcha zarur hujjatlarni yoki audit predmeti hisoblangan hujjatlarni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki audit jarayonida yuzaga kelgan savollar bo‘yicha kredit byurosining rahbari va xodimlaridan og‘zaki yoki yozma tushuntirishlar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda tegishli hujjatlarning aslini yoki ulardan nusxalar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit byurosi binosining barcha xonalariga erkin kirib-chiqish, barcha sanalarga tegishli hujjatlardan, arxiv va elektron baza ma’lumotlaridan erkin foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki audit o‘tkazilgandan so‘ng audit jarayonida aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ichki audit xizmati xodimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki audit natijalarini buzib ko‘rsatmaslikka;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga muvofiq tijorat, bank siri yoki qonunchilik bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirlarni tashkil etuvchi har qanday ma’lumotlarni oshkor etmaslikka;
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit byurosining boshqa bo‘limlaridan olingan tegishli hujjatlarning butunligini ta’minlashga va qaytarishga mas’uldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Auditorlik hisoboti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ichki audit yakunlanganidan so‘ng auditorlik hisoboti tayyorlanadi va vakolatli organga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Auditorlik hisobotida ichki audit natijasida aniqlangan muammo va kamchiliklar bilan bir qatorda ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq tavsiyalar berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tavsiyalarda aniqlangan muammolarning qisqacha izohi, ularni bartaraf qilishga doir talab etiladigan chora-tadbirlar va ularni bajarish muddatlari aks ettirilishi lozim. Bunda, bosh auditor chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Auditorlik hisobotiga uni to‘liq tasdiqlovchi ish hujjatlari to‘plami ilova qilinadi. Ish hujjatlari ichki audit xizmati xodimlari tomonidan tayyorlanadi va bosh auditor tomonidan tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kredit byurosi har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan holda auditorlik hisobotining nusxasini taqdim etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Kredit byurosining yillik hisoboti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kredit byurosining yillik hisobotlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya balansini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kredit byurosining o‘z faoliyati natijalari to‘g‘risidagi yillik hisoboti hisobot yilidan keyingi yilning 1-mayidan kechiktirmasdan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kredit byurosining yillik hisoboti ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingandan so‘ng uch kun ichida ushbu nashr nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 3-4-son, 32-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)