Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
ISHLAB CHIQARILADIGAN TABIIY GAZGA AKSIZ SOLIGʻINI TOʻLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 9-yanvarda 2310-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 11-avgustdagi 56 va 2016-27-sonli qarori (roʻyxat raqami 2310-2, 18.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 33-son, 398-modda)
1. Ishlab chiqariladigan tabiiy gazga aksiz soligʻini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 12-dekabr,
79-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 12-dekabr,
2011-37-son
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 12-dekabrdagi 79, 2011-37-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Ishlab chiqariladigan tabiiy gazga aksiz soligʻini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
Nizom
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tabiiy gazga aksiz soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 11-avgustdagi 56 va 2016-27-sonli qarori (roʻyxat raqami 2310-2, 18.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 33-son, 398-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
tabiiy gaz — konlardan qazib olinadigan, gaz va neft qazib oluvchi, gazni qayta ishlovchi va utilizatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan qayta ishlanadigan va utilizatsiya qilinadigan tabiiy gaz;
pirovard isteʼmolchilar — tabiiy gazdan ishlab chiqarish va/yoki maishiy maqsadlarda foydalanadigan tashkilotlar, avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalari;
gaz bilan taʼminlovchi tashkilot — gazning pirovard isteʼmolchilarga yetkazib berilishi, uzatilishi va taqsimlanishini taʼminlovchi “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorining 13-1-ilovasiga muvofiq respublikada ishlab chiqariladigan tabiiy gaz realizatsiyasiga, shu jumladan eksportiga aksiz soligʻi solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda, aholiga realizatsiya qilinadigan, tabiiy gazning narxida nazarda tutilgan tabiiy gazga hisoblangan aksiz soligʻi summasi, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga maqsadli ravishda yoʻnaltirish uchun “Oʻztransgaz” AK tasarrufida qoldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻztransgaz” AK tasarrufida qoldiriladigan, aholiga realizatsiya qilinadigan tabiiy gaz boʻyicha aksiz soligʻi summasini aniqlash bilan bogʻliq operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni budjetga toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1463, 2005-yil 2-aprel) bilan tartibga solinadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 11-avgustdagi 56 va 2016-27-sonli qarori (roʻyxat raqami 2310-2, 18.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 33-son, 398-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Tuzilgan Mahsulot taqsimotiga oid bitimda aksiz soligʻi toʻlanishi boʻyicha ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibdan boshqacha tartib belgilangan boʻlsa, unda Mahsulot taqsimotiga oid bitimda nazarda tutilgan tartib qoʻllaniladi.
II. Aksiz soligʻi toʻlovchilari va soliq solish obyekti
4. Quyidagi tabiiy gazga aksiz soligʻi solinadi:
ichki bozorda pirovard isteʼmolchiga realizatsiya qilinadigan;
eksportga yetkazib beriladigan;
Keyingi tahrirga qarang.
gaz va neft qazib oluvchi, gazni qayta ishlovchi va utilizatsiya qiluvchi tashkilotlar, shuningdek gaz bilan taʼminlovchi tashkilot tomonidan oʻz ehtiyoji uchun foydalaniladigan;
gaz bilan taʼminlovchi tashkilotga gaz va neft qazib oluvchi, gazni qayta ishlovchi va utilizatsiya qiluvchi tashkilotlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan eng yuqori deklaratsiya qilinadigan narxdan oshadigan narx boʻyicha realizatsiya qilinadigan.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Tabiiy gazga aksiz soligʻi toʻlovchilari quyidagilardir:
a) gaz bilan taʼminlovchi tashkilot – oʻzi sotib olgan va ichki bozorda pirovard isteʼmolchilarga hamda eksportga, avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalariga realizatsiya qiladigan hajmlar boʻyicha, shuningdek oʻz ehtiyojlari uchun foydalanadigan hajmlari boʻyicha;
Keyingi tahrirga qarang.
b) tabiiy gazni qazib olishni, qayta ishlashni va utilizatsiya qilishni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan quyidagi hajmlar boʻyicha:
gaz bilan taʼminlovchi tashkilotga gaz va neft qazib oluvchi, gazni qayta ishlovchi va utilizatsiya qiluvchi tashkilotlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan eng yuqori deklaratsiya qilinadigan narxdan oshadigan narx boʻyicha realizatsiya qilinadigan hajmlar boʻyicha;
Keyingi tahrirga qarang.
tabiiy gaz hajmini gaz bilan taʼminlovchi tashkilotga realizatsiya qilmagan holda ichki bozorda pirovard isteʼmolchilarga va eksportga realizatsiya qilish hajmlari boʻyicha;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻz ehtiyojlari uchun foydalanadigan hajmlari boʻyicha.
III. Soliq solinadigan baza
6. Realizatsiya qilinadigan tabiiy gazga aksiz soligʻini hisoblab chiqarish uchun soliq solinadigan baza boʻlib realizatsiya qilingan tabiiy gazning aksiz soligʻi va qoʻshilgan qiymat soligʻini oʻz ichiga olmagan holdagi qiymati hisoblanadi.
7. Oʻz ehtiyojlari uchun foydalaniladigan tabiiy gaz boʻyicha soliq solinadigan baza uning tannarxidan kelib chiqib aniqlanadi.
IV. Soliqdan chegirma
8. Gaz bilan taʼminlovchi tashkilot realizatsiya qilinadigan tabiiy gazga aksiz soligʻini hisoblab chiqarishda gaz va neft qazib oluvchi, gazni qayta ishlovchi va utilizatsiya qiluvchi tashkilotlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan eng yuqori deklaratsiya qilinadigan narxdan oshadigan narx boʻyicha tabiiy gazni qazib chiqarishni, qayta ishlashni va utilizatsiya qilishni amalga oshiruvchi tashkilotlardan sotib olingan tabiiy gazga toʻlangan aksiz soligʻi summasini chegirish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Chegirma gaz va neft qazib oluvchi, gazni qayta ishlovchi va utilizatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan soliq davrida realizatsiya qilingan tabiiy gaz hajmiga toʻgʻri keluvchi sotib olingan tabiiy gaz hajmidan kelib chiqib aniqlanadigan hisobvaraq-fakturalarda ajratib koʻrsatilgan aksiz soligʻi summasiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Hisob-kitobni taqdim etish va aksiz soligʻini toʻlash
Oldingi tahrirga qarang.
10. Aksiz soligʻining hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 11-avgustdagi 56 va 2016-27-sonli qarori (roʻyxat raqami 2310-2, 18.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 33-son, 398-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Aksiz soligʻini toʻlash hisob-kitoblarni topshirish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 11-avgustdagi 56 va 2016-27-sonli qarori (roʻyxat raqami 2310-2, 18.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 33-son, 398-modda)
VI. Yakuniy qoidalar
12. Tabiiy gaz uchun aksiz soligʻining toʻgʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Ushbu Nizom “Oʻzbekneftegaz” MXK bilan kelishilgan.
“Oʻzbekneftegaz” MXK Boshqaruv raisi Sh. FAYZULLAYEV
2011-yil 12-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 2-son, 20-modda; 2013-y., 6-son, 82-modda; 2016-y., 33-son, 398-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 18.08.2023-y., 10/23/2310-3/0623-son; 03.06.2026-y., 10/26/2310-4/0556-son)