10.01.2012 yildagi 4-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GERMANIYA XALQARO HAMKORLIK JAMIYATINING TEXNIKAVIY KOʻMAKLASHISH MABLAGʻLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GITS) bilan hamkorlikda texnikaviy koʻmaklashish mablagʻlarini jalb etish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi guruh (keyingi oʻrinlarda Muvofiqlashtiruvchi guruh deb ataladi) ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Muvofiqlashtiruvchi guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnikaviy koʻmaklashishning birgalikdagi loyihalari doirasida GITS bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GITSning texnikaviy koʻmaklashish mablagʻlarini jalb etgan holda amalga oshirish uchun loyihalarni tanlab olish va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan belgilangan tartibda kelishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GITSning texnikaviy koʻmaklashish mablagʻlarini jalb etish bilan bogʻliq tartibot masalalari yuzasidan muntazam muloqot olib borish, axborotlar almashish va ushbu masalalarni tezkorlik bilan hal etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan tayyorlangan loyihalarning bajaruvchilarini va texnikaviy koʻmak oluvchilarni taklif etgan holda, GITS ishtirokida loyihalarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni eshitish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga quyidagilar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi guruhning ishchi organi funksiyalarini bajarish hamda GITS ishtirokida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan loyihalarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi monitoringini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamkorlik masalalari boʻyicha GITS bilan muzokaralar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati oʻrtasida 1993-yil 28-aprelda tuzilgan Ilmiy tadqiqotlar va mutaxassislar jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi Bitimning 7-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organining Ilmiy tadqiqotlar va texnikaviy hamkorlik mutaxassislari jamgʻarmasini boshqarish bilan bogʻliq funksiyalarini bajarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi diplomatik kanallar orqali Germaniya Federativ Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Elchixonasini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Ilmiy tadqiqotlar va mutaxassislar jamgʻarmasini boshqarish yuzasidan javob beruvchi masʼul muassasa etib belgilanganligi toʻgʻrisida xabardor qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati ishtirokida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan loyihalar Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi guruh bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlarning rahbarlari GITS ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalar va boshqa tadbirlarni ishlab chiqish Muvofiqlashtiruvchi guruh bilan kelishilishi yuzasidan ularning shaxsan javobgar ekanligi toʻgʻrisida qatʼiy ogohlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Muvofiqlashtiruvchi guruh (Toʻlaganov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalar boʻyicha ijrochi agentliklar bilan birgalikda 2011-2012-yillarda va keyingi yillarda Germaniya Federativ Respublika Hukumati bilan texnikaviy hamkorlik dasturlari doirasida loyihalarning oʻz vaqtida tayyorlanishi va amalga oshirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati bilan texnikaviy koʻmaklashish mablagʻlarini jalb etgan holda amalga oshirish uchun loyihalarni tanlab olish tartibini ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda loyihalarning boshqa ijrochi tashkilotlari va GITSning texnikaviy koʻmagini oluvchilar har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga loyihalarning amalga oshirilishi va texnikaviy koʻmaklashish mablagʻlarining ishlatilishi toʻgʻrisida axborot taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar (ijrochi agentliklar) tomonidan olinadigan GITSning texnikaviy koʻmaklashish moliya mablagʻlaridan belgilangan maqsadda va samarali foydalanilishi yuzasidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M.Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 10-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 2-son, 15-modda)