Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT-PROTSESSUAL KODEKSIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 1-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2011-yil 5-dekabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2011-yil 5-dekabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 325-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jinoyat kodeksi 105-moddasining birinchi qismida, 109-moddasida, 110-moddasining birinchi qismida, 111-moddasida, 118-moddasining birinchi qismida, 119-moddasining birinchi qismida, 121-moddasining birinchi qismida, 136-moddasida, 139-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 140-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 149-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi jinoyat ishlari aybdorni javobgarlikka tortishni soʻrab jabrlanuvchi bergan shikoyat arizasi asosidagina qoʻzgʻatiladi. Jabrlanuvchi nochor ahvolda boʻlganligi, ayblanuvchiga qaram boʻlganligi tufayli yoki boshqa sabablarga koʻra oʻz huquqini va qonuniy manfaatlarini oʻzi himoya qila olmaydigan alohida hollarda prokuror jabrlanuvchining shikoyatisiz ham jinoyat ishini qoʻzgʻatishi shart”;
2) 333-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi qarorning yoxud ajrimning koʻchirma nusxasini prokurorga yuboradi”;
3) 339-moddaning ikkinchi qismi “milliy xavfsizlik xizmati” degan soʻzlardan keyin “davlat bojxona xizmati” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 5-yanvar,
OʻRQ-317-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 1-son, 3-modda)